08.02.2022 yildagi 1820-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 08.02.2022 yildagi 1820-IV-son
Kuchga kirish sanasi
08.02.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2021-yildagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) taʼkidlaydiki, mamlakatimizda olib borilayotgan ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosatning huquqiy asoslarini mustahkamlash, Oʻzbekistonning xalqaro munosabatlarning toʻlaqonli subyekti sifatidagi oʻrnini yanada oshirish, qonun loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribadan unumli foydalanish, shuningdek ikki tomonlama va koʻp tomonlama parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish kabi eng muhim ustuvor yoʻnalishlarga hisobot davrida Qoʻmita tomonidan katta eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita mamlakat tashqi siyosati va xalqaro aloqalarini kuchaytirish, sohaning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish va xalqaro hujjatlarga qoʻshilishga qaratilgan 10 ta qonun loyihasiga masʼul etib belgilangan boʻlib, ularning barchasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. Qonun loyihalarini takomillashtirish, jamoatchilik oʻrtasida muhokamalar tashkil etish maqsadida 15-marta ishchi guruh yigʻilishlari oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita Qonunchilik palatasi faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblangan xalqaro hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning parlament vakillari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirib borishga ustuvor vazifa sifatida qaragan. Hisobot davrida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlari, xorijiy mamlakatlar parlamentlari, xalqaro tashkilotlar hamda mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari bilan 70 dan ortiq uchrashuv oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita masʼulligida parlamentlararo amaliy hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Qonunchilik palatasida 52-marta chet el delegatsiyalari qabul qilingan hamda Qonunchilik palatasining deputatlari va Devoni xodimlari uchun 29-marta chet el xizmat safari amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bevosita Qoʻmita masʼulligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining 4 ta qoʻshma qarori qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarining ijro etilish holatini va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, qonunlarning amaliyotda qoʻllanilishiga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish doirasida Qoʻmita tomonidan 8-marta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Jumladan, 6-marta davlat organlari rahbarlarining tegishli masalalarga oid axboroti eshitilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbarlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalar qay darajada hal etilayotganligi toʻgʻrisidagi axboroti Qoʻmita majlisida eshitilgan. “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilish holati oʻrganilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita saylovchilar koʻtarayotgan masalalar va joylarda olib borilayotgan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni hamda muammolarni mutasaddilar eʼtiborini ularga qaratgan holda hal etishga ustuvor ahamiyat bergan. Hisobot davrida saylovchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlashga doir masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talabi bilan mansabdor shaxslarga Qoʻmita tashabbusiga koʻra 1 ta parlament soʻrovi hamda 14 ta deputat soʻrovi yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarini takomillashtirish, Oʻzbekistonning tashqi siyosat sohasida xalqaro maydondagi nufuzi va obroʻ-eʼtiborini yanada oshirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini ijrochilarga, shuningdek keng aholi qatlamlariga yetkazish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida Qoʻmita tomonidan 5 ta davra suhbati, 7 ta xalqaro konferensiya, seminar hamda boshqa bir qator tadbirlar oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga alohida eʼtibor berilgan. Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolariga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 495 ta murojaat qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati hamda saylovchilar bilan uchrashuvlari ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda 1200-marta yoritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot yilida Qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili ayrim masalalarga eʼtiborni yanada kuchaytirish lozimligini ham koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2020-2021-yillarda Qoʻmita masʼulligida qabul qilingan va kuchga kirgan yangi qonunlarning amaliyotga taʼsirini baholash nuqtai nazaridan ularning ijro etilish holatini chuqur oʻrganish va natijalarini mutasaddi organlarning masʼul xodimlari ishtirokida muhokama etib borish maqsadga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Qoʻmita tomonidan oʻtkaziladigan parlament nazorati tadbirlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida ushbu tadbirlar yakunlari boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini doimiy ravishda monitoring qilib borish masalasi ham muhim vazifalardan biridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazish jarayonida milliy amaliyot va xalqaro tajribani puxta oʻrganishga, shuningdek nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishga doimiy ravishda keng jamoatchilikni, soha mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning hamda ikki tomonlama va koʻp tomonlama asosda oliy darajada olib borilayotgan munosabatlar boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”ning ijro etilish holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish va amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish borasida mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan samarali parlament nazoratini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalari va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻmita va uning aʼzolari nomiga yuborilgan murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama, chuqur tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga yechim topish borasida mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1820-IV-son