24.03.2022 yildagi PQ-178-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6098-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan soliq islohotlarini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun Jahon banki Direktorlar kengashi 2021-yil 16-iyunda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 30 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan 60 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishini maʼqullaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish davri besh yil (2022 — 2027-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyihani amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlarni hisoblash va toʻlashni avtomatlashtirish darajasini 90 foizgacha yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari tomonidan koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar sonini oshirish orqali tadbirkorlik subyektlarini elektron xizmatlar bilan toʻliq qamrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshilgan qiymat soligʻini undirish jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish orqali ushbu soliqning undiruv darajasini 75 foizgacha yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilarning soliq hisobotlarini tayyorlash, taqdim etish va soliqlarni toʻlash uchun vaqt sarfini 2 baravargacha kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi Loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz boʻyicha foiz, xizmat koʻrsatish va majburiyatlar uchun vositachilik haqi hamda bojxona toʻlovlari, soliqlar va yigʻimlar (bundan ish haqi bilan bogʻliq boʻlgan soliqlar mustasno) boʻyicha xarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasiga Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini qurish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi huzurida alohida bank hisob raqamini ochish huquqiga ega boʻlgan, faoliyati Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlar smetasi har yili Moliya vazirligi bilan kelishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisiga Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari va xodimlariga Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan soliq organlari xodimlari uchun koʻzda tutilgan tartibda ish haqiga qoʻshimcha haq va ustamalar belgilash huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish, sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish va soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasidagi Loyihani moliyalashtirish yuzasidan moliyaviy bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat soliq qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 4-ilovaga muvofiq grafik boʻyicha soliq solish sohasida yangi axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar imkoniyatlari yuzasidan soliq organlari xodimlariga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat soliq qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha doirasida tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, shu jumladan xarid qilinadigan texnika hamda asbob-uskunalarni oʻrnatish va montaj qilish uchun maxsus xonalar tayyorlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uning muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Loyiha Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashqi ishlar vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining talabnomalariga binoan Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-178-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ming AQSH dollari

T/r

Komponent nomi

Jami*

Moliyalashtirishning taxminiy hisobi

Kredit

Davlat budjeti mablagʻlari

1.

Loyihaning umumiy qiymati

72 000

60 000

12 000

2.

Investitsiyalar miqdori, jami

60 000

60 000

1-komponent. Soliq maʼmuriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish

48 700

48 700

2.1.

1.1-subkomponent — soliq organlarining yangi integratsiyalashgan axborot tizimini joriy etish

300

300

2.2.

1.2-subkomponent — texnik infratuzilmani yangilash (Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi)

43 500

43 500

2.3.

1.3-subkomponent — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshqarish va rejalashtirish sohasida salohiyatni oshirish

100

100

2.4.

1.4-subkomponent — tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va faoliyatning uzluksizligini taʼminlash

4 800

4 800

2-komponent. Yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish

6 000

6 000

2.5.

2.1-subkomponent — soliq talablarini taʼminlash sohasida Davlat soliq qoʻmitasining salohiyatini oshirish

2 000

2 000

2.6.

2.2-subkomponent — talablarga ixtiyoriy rioya qilishni ragʻbatlantirish

3 000

3 000

2.7.

2.3-subkomponent — xususiy sektor bilan konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish

1 000

1 000

3-komponent. Kadrlar va institutsional salohiyatni oshirish

3 300

3 300

2.8.

3.1-subkomponent — xodimlarni yanada samarali boshqarish uchun Davlat soliq qoʻmitasining institutsional salohiyatini oshirish

1 700

1 700

2.9.

3.2-subkomponent — davlat soliq xizmati organlarining strategik maqsadlarga erishishini qoʻllab-quvvatlash uchun tashkiliy funksiyalar yaratish

800

800

2.10.

3.3-subkomponent — davlat soliq xizmati organlari xodimlarini kasbiy rivojlantirish

800

800

4-komponent. Notexnik komponent — loyiha boshqaruvini qoʻllab-quvvatlash

2 000

2 000

3.

Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona toʻlovlariga qoʻshgan hissasi

12 000

12 000

4.

Loyihani amalga oshirish davri

2022 — 2027-yillar

5.

Kreditni qaytarish muddati

30 yil

shu jumladan, asosiy qarzning imtiyozli davri

5 yil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi, tovarlarni yetkazib berish boʻyicha tenderlar va xizmatlarni bajarish natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasiga Loyiha doirasida ajratilib, iqtisod qilingan mablagʻlarni moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Jahon banki bilan kelishilgan holda qayta taqsimlash vakolati beriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qarz summasi:

60 million AQSH dollari

Qarz muddati:

30 yil

Imtiyozli davr:

5 yil

Foiz stavkasi:

1,25% + toʻgʻrilash stavkasi*

Majburiyatlar uchun vositachilik haqi:

0,50%

Xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlov

0,75% + toʻgʻrilash stavkasi**

AQSH dollari

Toʻlov davri

Qarz oʻzlashtirilishi

Qarz qoldigʻi

Toʻlov miqdori

Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy mablagʻ****

asosiy qarz

foizlar*

xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlov**

majburiyatlar uchun vositachilik haqi***

15.04.2022

6 000 000

6 000 000

15.10.2022

6 000 000

12 000 000

41 480

45 140

137 250

223 870

15.04.2023

6 000 000

18 000 000

82 507

89 787

121 333

293 627

15.10.2023

6 000 000

24 000 000

124 440

135 420

106 750

366 610

15.04.2024

6 000 000

30 000 000

165 920

180 560

91 500

437 980

15.10.2024

6 000 000

36 000 000

207 400

225 700

76 250

509 350

15.04.2025

6 000 000

42 000 000

247 520

269 360

60 667

577 547

15.10.2025

6 000 000

48 000 000

290 360

315 980

45 750

652 090

15.04.2026

6 000 000

54 000 000

330 027

359 147

30 333

719 507

15.10.2026

6 000 000

60 000 000

373 320

406 260

15 250

794 830

15.04.2027

60 000 000

412 533

448 933

0

861 467

15.10.2027

59 010 000

990 000

414 800

451 400

1 856 200

15.04.2028

58 020 000

990 000

407 956

443 952

1 841 908

15.10.2028

57 030 000

990 000

401 112

436 504

1 827 615

15.04.2029

56 040 000

990 000

392 113

426 711

1 808 824

15.10.2029

55 050 000

990 000

387 423

421 608

1 799 031

15.04.2030

54 060 000

990 000

378 499

411 896

1 780 396

15.10.2030

53 070 000

990 000

373 735

406 711

1 770 446

15.04.2031

52 080 000

990 000

364 886

397 082

1 751 967

15.10.2031

51 090 000

990 000

360 046

391 815

1 741 862

15.04.2032

50 100 000

990 000

353 202

384 367

1 727 569

15.10.2032

49 110 000

990 000

346 358

376 919

1 713 277

15.04.2033

48 120 000

990 000

337 659

367 452

1 695 110

15.10.2033

47 130 000

990 000

332 670

362 023

1 684 692

15.04.2034

46 140 000

990 000

324 045

352 637

1 666 682

15.10.2034

45 150 000

990 000

318 981

347 127

1 656 108

15.04.2035

44 160 000

990 000

310 431

337 822

1 638 254

15.10.2035

43 170 000

990 000

305 293

332 230

1 627 523

15.04.2036

42 180 000

990 000

298 449

324 782

1 613 231

15.10.2036

41 190 000

990 000

291 604

317 334

1 598 939

15.04.2037

40 200 000

990 000

283 204

308 193

1 581 397

15.10.2037

39 210 000

990 000

277 916

302 438

1 570 354

15.04.2038

38 220 000

990 000

269 591

293 378

1 552 968

15.10.2038

37 230 000

990 000

264 228

287 542

1 541 769

15.04.2039

36 240 000

990 000

255 977

278 563

1 524 540

15.10.2039

35 250 000

990 000

250 539

272 646

1 513 185

15.04.2040

34 260 000

990 000

243 695

265 198

1 498 893

15.10.2040

33 270 000

990 000

236 851

257 749

1 484 600

15.04.2041

32 280 000

990 000

228 750

248 934

1 467 683

15.10.2041

31 290 000

990 000

223 162

242 853

1 456 016

15.04.2042

30 300 000

990 000

215 136

234 119

1 439 255

15.10.2042

29 310 000

990 000

209 474

227 957

1 427 431

15.04.2043

28 320 000

990 000

201 523

219 304

1 410 826

15.10.2043

27 330 000

990 000

195 786

213 061

1 398 846

15.04.2044

26 340 000

990 000

188 941

205 613

1 384 554

15.10.2044

25 350 000

990 000

182 097

198 165

1 370 262

15.04.2045

24 360 000

990 000

174 295

189 674

1 353 970

15.10.2045

23 370 000

990 000

168 409

183 268

1 341 677

15.04.2046

22 380 000

990 000

160 682

174 860

1 325 541

15.10.2046

21 390 000

990 000

154 720

168 372

1 313 093

15.04.2047

20 400 000

990 000

147 068

160 045

1 297 113

15.10.2047

18 360 000

2 040 000

141 032

153 476

2 334 508

15.04.2048

16 320 000

2 040 000

126 929

138 128

2 305 057

15.10.2048

14 280 000

2 040 000

112 826

122 781

2 275 606

15.04.2049

12 240 000

2 040 000

98 183

106 846

2 245 029

15.10.2049

10 200 000

2 040 000

84 619

92 086

2 216 705

15.04.2050

8 160 000

2 040 000

70 131

76 319

2 186 449

15.10.2050

6 120 000

2 040 000

56 413

61 390

2 157 803

15.04.2051

4 080 000

2 040 000

42 078

45 791

2 127 870

15.10.2051

2 040 000

2 040 000

28 206

30 695

2 098 902

15.04.2052

0

2 040 000

14 103

15 348

2 069 451

60 000 000

14 281 332

15 541 449

685 083

90 507 864

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2021-yil 1-oktabr holatiga foiz toʻlovi uchun toʻgʻrilash stavkasi yillik 0,11 foizni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** 2021-yil 1-oktabr holatiga xizmat koʻrsatganlik uchun toʻgʻrilash stavkasi yillik 0,73 foizni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Majburiyatlar uchun vositachilik haqi qarz bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish, sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish va soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul ijrochilar

I. Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish

1.

“Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish yuzasidan moliyaviy bitim imzolanishini va yuridik xulosa olinishini taʼminlash.

Jahon banki bilan loyihani moliyalashtirish yuzasidan bitim imzolash.

Imzolangan qarz bitimiga Adliya vazirligining yuridik xulosasini olish va Jahon bankiga taqdim etish.

2022-yil aprel

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

2.

Loyiha ijrosini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Loyiha doirasida ajratilgan qarzdan foydalanish tartibini ishlab chiqish, Jahon banki bilan kelishish va tasdiqlash.

2022-yil may

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

2. Loyiha doirasida xarid qilinadigan texnika hamda asbob-uskunalarni oʻrnatish uchun maxsus xonalarni tayyorlash.

2023-yil dekabr

3.

1-komponent:

Soliq maʼmuriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun olinadigan texnika va dasturlar, axborot tizimlarining roʻyxatini tuzish va Jahon banki bilan kelishish.

2022-yil avgust

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

2. Axborot texnologiyalarini boshqarishning strategik va texnologik rejasini ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

3. Maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari uchun xavfsizlik strategiyasini, texnologiyasini va usullarini belgilash.

2022-yil dekabr

4. Loyihani amalga oshirish uchun olinadigan texnika va dasturlarni xarid qilish uchun:

2022-yil dekabr

tender hujjatlarini ishlab chiqish;

tender oʻtkazish va gʻolib bilan shartnomalar tuzish.

2023-yil davomida

4.

2-komponent:

Yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish.

1. Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga aholi va tadbirkorlarni keng jalb qilish maqsadida Maslahat kengashini tashkil etish.

2022-yil iyun

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(D. Raximov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Davlat statistika qoʻmitasi

(B. Begalov)

2. Soliq solish sohasidagi biznes jarayonlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, soliq solish tizimini soddalashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoni bilan tashkil etilgan Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha maxsus komissiya muhokamasiga kiritib borish.

Har chorakda

3. Insofli soliq toʻlovchilarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish choralarini ishlab chiqish.

Loyihani amalga oshirish davrida

5.

3-komponent:

Kadrlar va institutsional salohiyatni mustahkamlash.

1. Kadrlarni boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot yaratish.

2022-yil sentabr

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

2. Dasturiy taʼminot yordamida xodimlarning bilim va koʻnikmalarini tahlil qilib kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

3. Xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan oʻrta muddatli kompleks oʻquv rejasini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

4. Soliq organlariga xos boʻlmagan, takrorlovchi vazifa va funksiyalarni aniqlash hamda maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

5. Rivojlangan xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish va oʻrganish maqsadida xalqaro almashinuv va malaka oshirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2023-yil mart

6.

4-komponent:

Loyiha boshqaruvini qoʻllab-quvvatlash.

1. Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish, loyiha doirasidagi xarajatlar smetasini va loyihani amalga oshirish guruhining shtat jadvalini tasdiqlash.

2022-yil may

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

2. Loyihani amalga oshirish guruhining Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankida hamda Jahon banki tizimida alohida bank hisob raqamlarini ochish.

2022-yil may

3. Loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlar smetasini har yili Moliya vazirligi bilan kelishish.

Har yili yanvar oyida

4. Loyihani amalga oshirish doirasida, zaruratga qarab, xorijiy malakali konsultantlarni jalb etish.

Loyihani amalga oshirish davrida

5. Har yil yakuni bilan loyiha moliyaviy hisobotini tashqi mustaqil auditdan oʻtkazish.

Har yili 15-iyunga qadar

7.

Jahon banki tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish va qarz boʻyicha foizlarni toʻlash.

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz boʻyicha foiz, xizmat koʻrsatish va majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha xarajatlarni toʻlab berish.

Qarzni qaytarish davrida

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

8.

Jahon banki kreditining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini va undan maqsadli foydalanilishini taʼminlash.

Kredit liniyasini boshqarish, Jahon banki kreditining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va undan maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha hisobot va monitoring yuritish.

Doimiy ravishda

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

Loyihalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot kiritib borish hamda rasmiy veb-saytda muntazam eʼlon qilib borish.

Har chorakda

II. Soliq maʼmuriyatchiligiga axborot texnologiyalarini joriy etish darajasini oshirish

9.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini undirishda yoʻqotishlarni bartaraf etish.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini undirish jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish orqali ushbu soliqning undiruv darajasini bosqichma-bosqich 75 foizgacha yetkazish. Bunda:

Loyihani amalga oshirish davrida

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi zanjirini dasturiy mahsulot yordamida tahlil qilgan holda asossiz hisobga olingan yoki qoplab berish soʻralgan soliq summalarini aniqlash va ularning undirilishini taʼminlash.

Doimiy ravishda

2. Samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2022-yil mart

3. Elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasida mahsulotlarning identifikatsiya kodlari toʻliq va toʻgʻri koʻrsatilishini taʼminlash orqali soliq bazasini kengaytirish.

Doimiy ravishda

4. Ayrim tovarlarni markirovkalash tizimini kengaytirish yoʻli bilan tovarlarning yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan harakatlanish zanjirini toʻliq nazoratga olish.

2022-yil may

10.

Soliqlarni hisoblash va toʻlashni avtomatlashtirish darajasini 90 foizga yetkazish.

1. “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar boʻyicha tadbirkorlar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarni soliq organlarida joriy etilgan axborot tizimlari orqali shakllantirib berish imkoniyatini yaratish.

2022-yil dekabr

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Soliq organlari tomonidan soliq hisoboti shakllantiriladigan soliqlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2023-yil mart

11.

Soliq organlari tomonidan koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar sonini oshirish orqali tadbirkorlik subyektlarini elektron xizmatlar bilan toʻliq qamrab olish.

1. Soliq kodeksi hamda soliq solish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini oʻrgangan holda soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasida yuzaga keladigan aloqalarni aniqlab, ularni toʻliq elektronlashtirish boʻyicha qoʻshimcha joriy etiladigan elektron xizmatlar roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil iyul

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Joriy etiladigan elektron xizmatlar boʻyicha dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

3. Yangi elektron xizmatlar boʻyicha ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish.

2023-yil yanvar

12.

Soliq va moliya organlarining tadbirkorlik subyektlari yiriklashishini ragʻbatlantirishda faol koʻmaklashishini taʼminlash.

1. Soliq va moliya organlarining tadbirkorlik subyektlari yiriklashishini ragʻbatlantirishda faol koʻmaklashishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

soliq va moliya idoralari tomonidan hududlarda korxonalarni yiriklashtirishga koʻmaklashish jarayonlarini jadallashtirish va tadbirkorlik subyektlariga koʻmak berish tizimini yaratish;

mahsulotlar tannarxini kamaytirish, jumladan asossiz ishlatilayotgan energiya resurslarini qisqartirish, samarasiz foydalanilayotgan yer va mol-mulklarni aniqlash;

soliq va moliya idoralari xodimlari ishtirokida hududlardagi korxonalar uchun qoʻshimcha daromad topish imkoniyatlarni koʻrsatib berishga qaratilgan mikrotransformatsiyaga koʻmaklashish dasturi va tahlil qilish uslubiyotlarini ishlab chiqish;

jahon bozoridagi keskin tebranishlar natijasida korxonalarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarning oldini olish (korxonalar iqtisodiy holatini baholash);

zamonaviy kadrlarni tayyorlashda soliq maʼmuriyatchiligi boʻyicha xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalarini oʻrganish va tajriba almashish tizimini kengaytirish nazarda tutiladi.

2022-yil aprel

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Soliq tizimidagi maʼlumotlar asosida makroiqtisodiy oʻzgarishlar, yashirin iqtisodiyot, inflyatsiya va boshqa yoʻnalishlardagi tadqiqotlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Davlat soliq qoʻmitasi markaz va institutga makroiqtisodiy oʻzgarishlar, yashirin iqtisodiyot, inflyatsiya va boshqa yoʻnalishlardagi tadqiqotlarni amalga oshirishi uchun soliq tizimidagi maʼlumotlar boʻyicha oʻzaro axborot almashinuvi tizimini joriy etish.

2022-yil aprel

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

(O. Xakimov),

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

(U. Abidxadjayev),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

2. Soliq sohasidagi muammolarni monitoring qilish va xalqaro tajriba asosida soliq maʼmurchiligi metodologiyasini takomillashtirib borish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Ilmiy-tahliliy markaz tashkil etish.

2022-yil iyul

15.

Soliq tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish dasturini tasdiqlash.

Soliq tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish dasturini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

soliq organlari xodimlari uchun asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini joriy etish;

soliq organlarida komplayens nazorat tizimini takomillashtirish va xodimlar uchun mashgʻulotlar tashkil etish;

sohadagi korrupsiyaga moyillik bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etish, ochiqlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash yuzasidan “Oʻzini oʻzi baholash” tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashdan oʻtkazish hamda baholash natijalari asosida soliq organlarida korrupsiyaning oldini olish va kamchiliklarni bartaraf etish, ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

2022-yil 1-iyuldan boshlab soliq organlari xodimlarining daromadlari, aktivlari va majburiyatlarini deklaratsiyalash amaliyotini joriy etish;

ochiqlik va shaffoflikni oshirish, xodimlarda jamoatchilik oldida hisobdorlik madaniyatini yanada yuksaltirish tartib-taomillarini nazarda tutish.

2022-yil aprel

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

16.

Erkin bozor munosabatlarining joriy etilganligi hamda teng raqobat sharoitini yaratishni davom ettirish maqsadida undiruv qaratilmaydigan bank hisobvaraqlar roʻyxatini qisqartirish.

Undiruv qaratilmaydigan bank hisobvaraqlarning qisqartirilgan roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil aprel

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov)

III. Soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish

17.

Soliq organlari faoliyatida joriy etilayotgan yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar imkoniyatlarini soliq organlarining barcha xodimlariga oʻrgatish va ularning malakasini muntazam ravishda oshirib borish.

Soliq organlari xodimlarining IT-sohasida bilim darajasini yangi bosqichga koʻtarish hamda ularning malakasini oshirish, shuningdek, ularga yangidan joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar imkoniyatlarini har tomonlama oʻrgatish.

Bunda, soliq organlari xodimlarini oʻqitishda “tax gap”, “Tekshiruvdan oldin nazorat (avtokameral)”, “E-imtiyoz”, “E-ijara” va boshqa dasturiy mahsulotlar imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratish.

Grafikka asosan

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

18.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi zanjiridagi uzilishlarni bartaraf etish hisobiga tushumlarni oshirish imkoniyatlarini quyi soliq organlari xodimlari va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish.

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokida maxsus guruhlar tuzish va ularni hududlarga chiqish grafigini tasdiqlash. Bunda:

1. Maxsus guruhlar tomonidan har bir hudud boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi zanjiridagi uzilishlar koʻrsatkichi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilarning sohalar kesimida segmentlangan roʻyxatini shakllantirish.

2. Zanjir ishtirokchilari tomonidan asossiz chegirilgan va budjetga toʻlanmagan summalarni budjetga toʻlash zarurligini tadbirkorlik subyektlariga tushuntirib berish.

3. Kontragentlarni tanlashda yaratilgan texnik imkoniyatlardan keng foydalanish va tadbirkorlik subyektlariga xatoliklarini toʻgʻrilash imkoniyatini berish kabi yoʻnalishlarda tushuntirishlar olib borish.

2022-yil aprel

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

(D. Qosimov)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar imkoniyatlarini barcha darajadagi soliq organlari xodimlariga oʻrgatish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GRAFIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Masʼullar*

Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish joyi

Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish muddati

I. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga jalb qilinadigan malakali mutaxassislarni tayyorlash

1.

Sh. Kudbiyev

Sh. Shermatov

Davlat soliq qoʻmitasi

(hududlardan jami 60 nafar xodimlar jalb qilinib, 2 ta guruhga boʻlingan holda oʻqitiladi)

2022-yil 4 — 8-aprel

2022-yil 11 — 15-aprel

II. Hududiy soliq organlari xodimlarini oʻqitishni tashkil etish

2.

1-guruh

M. Mirzayev

O. Pekos

Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi

2022-yil 18 — 20-aprel

3.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2022-yil 21 — 23-aprel

4.

Xorazm viloyati

2022-yil 25 — 27-aprel

5.

Navoiy viloyati

2022-yil 28 — 30-aprel

6.

Buxoro viloyati

2022-yil 2-3-may

7.

2-guruh

S. Eshmatov

J. Egamberdiyev

Andijon viloyati

2022-yil 18 — 20-aprel

8.

Fargʻona viloyati

2022-yil 21 — 23-aprel

9.

Namangan viloyati

2022-yil 25 — 27-aprel

10.

3-guruh

J. Abdiyev

J. Maxsudov

Sirdaryo viloyati

2022-yil 18 — 20-aprel

11.

Jizzax viloyati

2022-yil 21 — 23-aprel

12.

Samarqand viloyati

2022-yil 25 — 27-aprel

13.

Qashqadaryo viloyati

2022-yil 28 — 30-aprel

14.

Surxondaryo viloyati

2022-yil 2-3-may

15.

4-guruh

A. Fayzibayev

J. Egamberdiyev

Toshkent viloyati

2022-yil 28 — 30-aprel

16.

Toshkent shahri

2022-yil 2-3-may

17.

Fiskal instituti

2022-yil 10 — 12-may

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Davlat soliq qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi masʼul hisoblanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/178/0236-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)