O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PARRANDA GO‘ShTI YETIShTIRIShNI YaNADA KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 2000-yilgacha mo‘ljallangan Dasturiga muvofiq va parranda go‘shti yetishtirishni yanada ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zparrandasanoat” uyushmasining “Do‘stlik” aksiyadorlik jamiyatida “Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhi hamda “Chinoz omixta yem zavodi” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida parranda go‘shti yetishtirishni ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi “Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhiga:
“Do‘stlik” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining erkin sotishga va xorijiy investorlarga sotish uchun mo‘ljallangan ulushini, shuningdek aksiyalarning davlatga tegishli paketini nominal qiymati bo‘yicha;
“Chinoz omixta yem zavodi” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining erkin sotishga va xorijiy investorlarga sotish uchun mo‘ljallangan ulushini nominal qiymati bo‘yicha sotish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Belgilansinki, “Chinoz omixta yem zavodi” aksiyadorlik jamiyati birinchi navbatda, shartnomaviy asosda baliqchilik tarmog‘i baliqchilik va baliq ovlash korxonalarining baliq omixta yemiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-sentabrdagi 412-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 157-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zparrandasanoat” uyushmasi va “Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhi o‘rtasida Shartnoma imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, unga muvofiq:
“Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhi aksiyalarning oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan keyin bir oy mobaynida aksiyalarning sotib olinayotgan paketlari qiymatini milliy valyutada to‘laydi;
“Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhi korxonalarni texnika bilan qayta jihozlashga va yangi texnologiyalarni joriy qilishga ikki yil mobaynida kamida 1 milliard so‘m yo‘naltiradi hamda parranda go‘shti yetishtirishni yiliga 5 ming tonnagacha yetkazadi;
“Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhi korxonalar aksiyalarini nominal qiymati bo‘yicha sotib olib, ularning qarz majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi;
“Virtex” qo‘shma korxonasi tomonidan sotib olingan aksiyalar paketi boshqaruviga beriladigan “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyati “Virtex” qo‘shma korxonasi kompaniyalari guruhining mazkur loyiha bo‘yicha vakili hisoblanadi;
Toshkent viloyati hokimligi tomonidan, “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyatining takroriy ekishlar hisobga olingan holdagi hisob-kitoblariga muvofiq, ozuqa ekinlari o‘stirish uchun yerlar ajratiladi.
4. “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyati amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 2004-yilgacha:
import qilinayotgan yangi texnika va texnologiya asbob-uskunalari, nasl materiali, konsentratlar, premikslar va omixta yemga biologik qo‘shimchalar, veterinariya preparatlari va don ekinlari uchun boj to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtiruvlar uchun yig‘imlardan tashqari);
foydaning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilishga, yangilarini qurishga, asbob-uskunalar, yangi texnika va texnologiyalar sotib olishga yo‘naltiriladigan qismi bo‘yicha soliqlar va budjetga to‘lovlardan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan parranda go‘shti yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha loyihani O‘zbekiston Respublikasining 1999-yilgi va keyingi yillar Investitsiya dasturiga kiritsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
6. “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyatiga:
aholi va fermyerlardan, don uchun uning yetkazib beruvchilarining bank muassasalaridagi shaxsiy schyotlariga mablag‘ o‘tkazgan holda, bug‘doy va makkajo‘xori doni xarid qilishiga;
2004-yilgacha olingan tushumning hammasini parranda go‘shti va omixta yem yetishtirishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan resurslarni xarid qilishga yo‘naltirgan holda o‘zining tayyor mahsulotini eksport qilishiga ruxsat berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda ushbu loyiha doirasida import bo‘yicha olinadigan nasl materiali, omixta yem, konsentratlar, premikslar va omixta yemga biologik qo‘shimchalarni, shuningdek don ekinlari uchun urug‘likni jadal sertifikatsiyalashni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqsin va o‘n kun muddatda tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, olinadigan tovarlar (bir sutkalik jo‘jalar, ularni boqish uchun premikslar va konsentratlar)ning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, tovarlarni, jo‘jalarning nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar keyinchalik taqdim etilgan holda, o‘z vaqtida o‘tkazib yuborilishini ta’minlasin.
9. “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi “Virtex-Agro” aksiyadorlik jamiyati bilan parranda go‘shti va submahsulotlar yetkazib berish yuzasidan fyuchers shartnomalari tuzish masalalarini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 445-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 184-modda)
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 6-may,
220-son
“Do‘stlik” AJda parranda go‘shti yetishtirish