07.03.2022 yildagi 5-28-2204/2-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan hal qiluv qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil mart oyining 7 kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raislik qiluvchi — sudya D. Tojiboyev,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayʼat aʼzolari — sudyalar D. Karimov va O. Barakabayevdan iborat tarkibda, S. Avazovning kotibligida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori X. Latipov, arizachi Sh. Ibragimov, javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi vakili D. Amirqulov, javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari S. Nosirov, U. Abduraxmonov, mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi vakili Sh. Sharopovning ishtirokida arizachi Sh. Ibragimovning arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish hujjatlarini Oliy sud binosida ochiq sud majlisida tekshirib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachi Ibragimov Sherzod Alisherovich javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga nisbatan ariza bilan sudga murojaat qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-martdagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-aprelda 3156-son bilan roʻyxatga olingan) 24-bandini haqiqiy emas deb topishni va javobgar zimmasiga mazkur bandni yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachi Sh. Ibragimov sud majlisidagi tushuntirishida, arizasini toʻliq quvvatlab, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksida berilgan huquqdan foydalanib, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-martdagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida murojaat qilganligini, Nizomning ushbu bandi Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni prinsiplariga zid qabul qilinganligi, chunki fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalarini va shikoyatlarini koʻrib chiqish vaqtida ishtirok etishlari lozimligini bildirdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi vakili D. Amirqulov arizani tan olmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-martdagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandi qonun talablariga zid emasligi, chunki fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari dastlab koʻrib chiqilishi, murojaat koʻrib chiqilishi natijasidan norozi boʻlgan manfaatdor shaxs ushbu qaror ustidan ushbu Nizom asosida ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilishi, murojaatlarni komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi davomida manfaatdor shaxslarning ishtirok etishi shart emasligini bildirib, arizani rad etishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakili S. Nosirov arizani tan olmasdan, Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, davlat roʻyxatiga olinganligini, arizachining talablari asossiz ekanligini, ushbu nizom “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida tartibga solinmasligini, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida harakatlar amalga oshirilishini, Nizomning 24-bandiga asosan murojaatlar komissiya tomonidan manfaatdor shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi qonunga zid emasligini bildirib, arizani rad etishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakili U. Abduraxmonov ham arizani tan olmasdan vakil S. Nosirov bilan bir xil mazmunda tushuntirish berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishini, prokurorning arizani rad etish haqidagi fikrini tinglab, arizada keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, kuyidagi xulosaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishdagi hujjatlar va sud majlisida aniqlangan holatlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1060-sonli qarorining toʻrtinchi qismida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari qoshida komissiyalar tashkil etish yoʻli bilan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilishning mustaqil mexanizmini joriy etish, yettinchi qismida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga ikki oy muddatda komissiya tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-martdagi 4-sonli qarori bilan Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 4-bobida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi belgilangan boʻlib, ushbu bobning 24-bandida murojaatlar komissiya tomonidan manfaatdor shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi haqida qoida kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan norozi boʻlgan arizachi sudga murojaat qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviylik, qonuniylik, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi, oshkoralik, ilmiylik, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va komplektliligi, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonunning 8-moddasida Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining soʻzsiz ustivorligi tan olinishi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinishi hamda uning normalari va prinsiplariga zid boʻlishi mumkin emasligi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasida ushbu qonun maʼmuriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa tartib-taomillariga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa maʼmuriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etilishi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari etib qonuniylik, tinglash imkoniyatining mavjudligi, maʼmuriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi yuzasidan arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun komissiya tuzilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlisida murojaatni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha komissiya aʼzolari murojaatda nazarda tutilgan masalaning barcha holatlarini hisobga olgan holda roʻyxatdan oʻtkazuvchining koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi qarorini bekor qilish lozimligi toʻgʻrisida; roʻyxatdan oʻtkazuvchining koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish haqidagi qarorini bekor qilish va koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish lozimligi toʻgʻrisida; roʻyxatdan oʻtkazuvchining koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi qarorini oʻz kuchida qoldirish lozimligi toʻgʻrisida; roʻyxatdan oʻtkazuvchining koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish haqidagi qarorini oʻz kuchida qoldirish lozimligi toʻgʻrisidagi qarorlardan birini qabul qilishi nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlov hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandida koʻrsatilgan murojaatlar komissiya tomonidan manfaatdor shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi haqida qoida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni prinsiplariga hamda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga zid deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chunki, har bir shaxs mulkiy huquqlari bilan bogʻliq murojaatlarini koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etishi, oʻz fikr va mulohazalarini bildirish huquqi mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomning ushbu bandi bilan qonuniylik, tinglash imkoniyatining mavjudligi, maʼmuriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi haqidagi prinsipi buzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Nizomning 24-bandi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni prinsiplariga, shuningdek mamlakatda olib borilayotgan ochiqlik islohotlarining maqsad va vazifalariga zid boʻlganligiga eʼtibor qaratmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarida, idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligini tekshirishni amalga oshirishi belgilab berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudda javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari oʻz eʼtirozlarini isbotlab bermadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar vakillarining suddagi Nizom bilan fuqarolarning huquqlari cheklanmasligi, Nizomning ushbu bandi qonun talablariga zid emasligi, Nizomga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni tatbiq qilinmasligi haqidagi vajlari bilan kelishmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chunki, Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasida mazkur qonunning qoʻllanilish sohasi maʼmuriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy-huquqiy faoliyatiga, ruxsat berish, roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa tartib-taomillariga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa maʼmuriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etilishi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan sudlov hayʼati arizachi Sh. Ibragimovning arizasini asosli deb hisoblab, uni qanoatlantirishni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan fuqarolardan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida davlat boji undirilishi, shunga asosan Sh. Ibragimovga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ortiqcha toʻlangan 4 050 000 soʻm davlat bojini qaytarishni, javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan ariza topshirishda toʻlangan 1 350 000 soʻm davlat boji, 21 600 soʻm pochta xarajatlari, jami 1 371 600 soʻmni arizachi Sh. Ibragimov foydasiga undirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 154, 158, 182-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachi Ibragimov Sherzod Alisherovichning arizasi qanoatlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-martdagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-aprelda 3156-son bilan roʻyxatga olingan) 24-bandi haqiqiy emas deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga ushbu nizomning 24-bandini Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish majburiyati yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan arizachi Sh. Ibragimovga 4 050 000 soʻm davlat boji qaytarilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligidan 1 371 600 soʻm sud xarajatlari arizachi Sh. Ibragimov foydasiga undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluv qarori ustidan bir oy ichila Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi D. TOJIBOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayʼat aʼzolari D. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O. BARAKABAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-28-2204/2-son