07.03.2022 yildagi 101-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarga zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarini (bakalavriat va magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning (keyingi oʻrinlarda — yosh mutaxassislar) lavozim maoshiga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ustamalar toʻlab borish tartibi joriy etilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan oylik ustamalar tatbiq etiladigan taʼlim yoʻnalishlari, tor mutaxassisliklar hamda davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati shakllantirilishi;
(1-bandg “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qoʻshimcha oylik ustamalar toʻlanishi Agentlik, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha boʻlgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoni bilan tasdiqlangan Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinda — Jamgʻarma) toʻgʻrisidagi nizomga koʻra Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, taʼlim va tibbiyot muassasalarida, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida, ayniqsa, eng yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va qoʻllash sohalarida ishlayotgan, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarimiz bilan aloqalar oʻrnatish belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Jamgʻarma tomonidan xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh olimlar, tajribali ekspertlar va tadqiqotchilar uchun ochiq roʻyxatdan oʻtish elektron platformasi ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, yosh mutaxassislarga qoʻshimcha ustamalar miqdori belgilanishida nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining (TNE (The Times Nigher Education World University Rankings), QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings), ARWU (Academic Ranking of World Universities) yuqori 500 talik roʻyxatidagi eng yuqori oʻrinda joy olgan xorijiy oliy taʼlim tashkiloti inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2022-yil iyun oyidan boshlab xorijdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan, ilm-fan bilan shugʻullanayotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan hamda yuksak bilim va malakaga ega boʻlgan Oʻzbekiston yoshlarining (keyingi oʻrinlarda — yosh vatandoshlar) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari hamda ularning hududiy boʻlinmalarida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida quyidagicha tizim joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh vatandoshlarni faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga asosan yashash uchun xizmat turar joylari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil mehnat stajiga ega boʻlgan yosh vatandoshlarga uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya (keyingi oʻrinlarda — subsidiya) berish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya berish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartib orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari yosh vatandoshlar bilan mehnat shartnomasi tuzilganligi, mehnat staji yetarliligi va uy-joyga muhtojligi haqidagi maʼlumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumotnomaga asosan yosh vatandoshlarga ijtimoiy mezonlar boʻyicha 30 ball beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar yosh vatandoshlarning maʼlumotlarini oʻz ichiga oladigan “Yosh vatandoshlar reyestri” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) yaratsin va Jamgʻarmaning xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh olimlar, tajribali ekspertlar va tadqiqotchilar uchun ochiq roʻyxatdan oʻtish elektron platformasiga integratsiya qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimini ishga tushirish va yuritish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarmaning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimida xorijiy davlatlardagi yosh vatandoshlar va yosh mutaxassislarning ochiq roʻyxatdan oʻtish imkoniyati, ularning dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida samarali faoliyat olib borishlari uchun zarur koʻnikmalarni egallashga qaratilgan maxsus oʻquv kurslari, ilmiy va amaliy tadbirlar, onlayn uchrashuvlar, interaktiv vazifalar joy olishi nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi ishlar vazirligi Jamgʻarma va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyundan boshlab doimiy ravishda xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassis va yosh vatandoshlarning axborot tizimida roʻyxatdan oʻtishiga koʻmaklashib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan yuqori malakali, maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik sifatlariga ega boʻlgan yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatish va ularni ishga taklif qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma bilan birgalikda yosh kadrlarni malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtish uchun belgilangan tartibda rivojlangan xorijiy davlatlarga yuborish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatda tajriba orttirish bilan bogʻliq xarajatlar vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlikning quyidagicha tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifi inobatga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-martga qadar davlat organlari va tashkilotlari oʻz tizimida faoliyat yuritayotgan malakali yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash yuzasidan asoslangan takliflarni (faoliyat samaradorligini baholash va ish natijadorligini tahlil qilish asosida) Agentlikka taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-aprelga qadar Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining takliflari asosida yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash yuzasidan tavsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlar Agentlik tomonidan ularning bilim darajasi hamda rahbarlik sifatlarini baholash orqali saralab olinadi va rahbarlik lavozimlari zaxirasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.03.2022-y., 09/22/101/0203-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)