ILOVA
|
Obyekt nomi |
Oʻlchov birligi |
Soni |
Amalga oshirish muddati |
Buyurtmachi |
Limit (mln soʻm) | |
|
I. Turizm xizmatlari sohasini rivojlantirish — 29,4 mlrd soʻm | ||||||
|
1. |
Yirik turistik salohiyatga ega boʻlgan togʻli va togʻoldi hududlarni geografik, iqlim va boshqa tadqiqotlari, konsepsiyasi, texnik iqtisodiy asoslari, marketing tahlili, togʻli va togʻoldi hududlarning transport modeli, arxitektura qiyofasi, loyihani istiqbolini belgilash hamda tibbiy, eko, agro, sport va boshqa turizm turlarini rivojlantirishni oʻz ichiga olgan master-rejalarini ishlab chiqish va moslashtirish.*** |
roʻyxat** |
1 |
2022-yil noyabr |
“Binolardan foydalanish va qurilish taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK |
8 000,0 |
|
2. |
“Shahrisabz tarixiy markazi” butunjahon madaniy meros obyektini dastlabki regeneratsiya (tarixiy shaklini qayta tiklash boʻyicha loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish va loyihani amalga oshirish uchun dastlabki ishlarni boshlash) ishlarini amalga oshirish. |
Tarixiy madaniy hudud |
1 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
10 000,0 |
|
3. |
“Ichan qalʼa” hamda “Buxoro tarixiy markazi” butunjahon madaniy merosi joylashgan Xiva va Buxoro shaharlarining boshqaruv rejasini ishlab chiqish. |
obyekt |
2 |
2022-yil may |
Madaniy meros agentligi |
600,0 |
|
4. |
A373, M39, A380, M37 Xalqaro avtomobil yoʻllari boʻyida milliy karvonsaroylar uslubidagi 4 turdagi namunaviy loyihalarni ishlab chiqish (Vodiy viloyatlari uchun alohida, Samarqand-Buxoro yoʻnalishi boʻyicha, Xorazm-Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo-Surxondaryo yoʻnalishi boʻyicha). Majmuada AYQSh, AGQSh, Dizel, elektr mobillar uchun zaryad olish stansiyalari, motel, savdo rastalari, ona-bola xonasi, sanitariya-gigiyenik shaxobchalar, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tez tibbiy yordam koʻrsatish punkti, turistik axborot markazi loyihalarini oʻz ichiga oladi. |
loyiha |
4 |
2022-yil may |
“Binolardan foydalanish va qurilish taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK |
800,0 |
|
5. |
2022-yilda “Qoʻqon — Turkiy dunyo turizm poytaxti” maqomini olgani munosabati bilan Qoʻqon shahrining turizm infratuzilmasini zamonaviy shaklga keltirish. Bunda, Turistik obyektlarni bogʻlovchi yoʻllarni sayyohlar gavjum joylarda zamonaviy LED ekranlar, sanitariya-gigiyeniya shaxobchalar, dekorativ soyabonli oʻrindiqlar, reklama shitlari va turistik axborot markazlari, Wi-Fi zonalar, servis nuqtalarni tashkil etish, targʻibot materiallarini chop etish, yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish. |
shahar |
1 |
2022-yil avgust |
Fargʻona viloyati hokimligi |
10 000,0 |
|
II. Madaniy meros sohasi obyektlarini rivojlantirish — 117,3 mlrd soʻm | ||||||
|
6. |
Qoʻqon shahrida joylashgan madaniy meros obyekti (Istiqlol koʻchasi, 16-uy) restavratsiya qilish va uni Art rezidensiya sifatidagi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Mazkur madaniy meros hisoblangan binoni Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tasarrufiga oʻtkazish. |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
5 500,0 |
|
7. |
Samarqand shahrida joylashgan “Shoxi-Zinda” majmuasini obodonlashtirish, turniket oʻrnatish, meʼmoriy yodgorliklardagi bezaklarni qotirish, namlikni qochirish, xatabalarni tiklash.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
700,0 |
|
8. |
Samarqand shahrida joylashgan “Bibi-Xonim” majmuasining tom, ravoq panjarasi va poydevor qismini mustahkamlash, suv ketish yoʻllarini tiklash, gumbazlarni va devorlarini taʼmirlash-qayta tiklash, obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
3 000,0 |
|
9. |
Samarqand shahrida joylashgan “Saroy Mulk Xonim” maqbarasida restavratsiya ishlarini amalga oshirish, obodonlashtirish, yoriqlarni taʼmirlash, suv ketish yoʻllarini taʼmirlash.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
300,0 |
|
10. |
Samarqand shahrida joylashgan “Registon” majmuasidagi koʻchgan koshinlarning analogi boʻyicha asl holatidek taʼmirlash, tom qismini mustahkamlash.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
4 000,0 |
|
11. |
Samarqand shahrida joylashgan “Amir Temur” majmuasida gumbaz va devor old qismi, galereyaning pol qismlari va peshtok mukarnaslarini qayta taʼmirlash.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
3 000,0 |
|
12. |
Samarqand shahrida joylashgan “Ashratxona” maqbara majmuasi tashqi va ichki bezaklarini tarixiy foto-hujjatlar asosida taʼmirlash-tiklash, obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
1 000,0 |
|
13. |
Samarqand shahrida joylashgan “Mahdumi Xorazmiy” masjidi majmuasida arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, namlangan joylarning suvlarini qochirish, obodonlashtirish va tarixiy hovuzni tiklash.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
400,0 |
|
14. |
Samarqand shahrida joylashgan “Ruxobod” majmuasining tom va pol qismlarini, suv ketish yoʻllarini taʼmirlash, namlangan joylarning suvlarini qochirish, devor qismlari va minorani taʼmirlash.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
200,0 |
|
15. |
Samarqand shahrida joylashgan “Xoʻja Doniyor” maqbarasining poydevor qismini mustahkamlash, yoriqlarni taʼmirlash va obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
300,0 |
|
16. |
Samarqand shahrida joylashgan “Sobiq Avliyo Nikolay Cherkovi” bino majmuasining devorlaridagi namlikni qochirish, ichki va tashqi qiyofasini tarixiy foto-hujjatlar asosida qayta tiklash va obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
800,0 |
|
17. |
Samarqand shahrida joylashgan “Oq Saroy” maqbarasini obodonlashtirish, tom qismlarni mustahkamlash va suv yoʻllarini taʼmirlash.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
500,0 |
|
18. |
Samarqand shahrida joylashgan “Dari Zanjir” majmuasining tom va poydevor qismini mustahkamlash, qulab tushgan qismini qayta tiklash, obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
600,0 |
|
19. |
Samarqand shahrida joylashgan “Qoʻsh-Xavuz” masjidining ayvonidagi yogʻoch konstruksiyalarni restavratsiya qilish, tom qismini taʼmirlash, obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil noyabr |
Madaniy meros agentligi |
200,0 |
|
20. |
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan “Qadimgi Poykent” arxeologiya yodgorligini konservatsiya qilish, atrofini oʻrab olish, obodonlashtirish, turizm axborot markazini tashkil etish. |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
3 000,0 |
|
21. |
Buxoro shahrida joylashgan “Abdullazizxon” madrasasining tom va poydevor qismini mustahkamlash, qulab tushgan va unga tutash devor qismlarini taʼmirlash va qayta tiklash, obodonlashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil noyabr |
Madaniy meros agentligi |
3 500,0 |
|
22. |
Buxoro shahrida joylashgan “Abdullaxon” madrasasining tom va poydevor qismini mustahkamlash, qulab tushgan devor qismlarini qayta tiklash, namlikni qochirish, bino atrofidagi tuproq sathini tushirish va obi gʻisht bilan qoplash, obodonlashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
3 000,0 |
|
23. |
Buxoro shahrida “Tosh Saroy” madrasasining tom va poydevor qismini mustahkamlash, qulab tushgan qismlar va ichki hujralarni taʼmirlash-qayta tiklash, obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
3 000,0 |
|
24. |
Buxoro shahridagi “Masjidi Kalon” (Poi Kalon �ajmuasi) qulab tushgan qismlar va taʼmirtalab devorlarini taʼmirlash-qayta tiklash, atrofini obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
2 500,0 |
|
25. |
Buxoro “Ark” qoʻrgʻoni majmuasidagi Qushbegi, Saisxona, Salomxona, Taxtxona madaniy meros obyektlarida taʼmirlash tiklash ishlarini olib borish va “Ark” qoʻrgʻoni majmuasi vayronalari qismida “Arxeologik park”ni tashkil qilish hamda obyektda tungi yoritish uskunalari oʻrnatish. |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
6 000,0 |
|
26. |
Buxoro shahridagi “Ulugʻbek tamokifurush karvon saroyi” (qoldiqlari) tom va poydevor qismini mustahkamlash, qulab tushgan va unga tutash devor qismlarini taʼmirlash va qayta tiklash, atrofini obodonlashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
1 500,0 |
|
27. |
Buxoro shahridagi Ahmadjon karvon saroyi tom va poydevor qismini mustahkamlash, qulab tushgan va unga tutash devor qismlarini taʼmirlash va qayta tiklash, obodonlashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
1 000,0 |
|
28. |
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani “Qadimiy Gʻijduvon qoʻrgʻoni” eski qalʼa devorlari va darvozalarini qayta tiklash va unga tutash devor qismlarini taʼmirlash, atrofini obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
1 000,0 |
|
29. |
Buxoro shahri tarixiy markazi hududidagi turizm obyektlari, mahalla va koʻchalari hamda xonadonlarga sopoldan tarixiy uslubda ishlangan 1017 ta manzil koʻrsatkich belgilarini tayyorlash va oʻrnatish. |
dona |
1 017 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
500,0 |
|
30. |
Buxoro shahridagi “Toʻraqulboy uyi”ning ichki hovli va tashqi hovli qismlarini asl holatida qayta tiklash va unga tutash devor qismlarini taʼmirlash, atrofini obodonlashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
1 000,0 |
|
31. |
Buxoro shahrida joylashgan “Modarixon” madrasasining tom va poydevor qismini mustahkamlash, qulab tushgan devor qismlarini qayta tiklash, namlikni qochirish, bino atrofidagi tuproq sathini tushirish va obi gʻisht bilan qoplash, atrofini obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
2 000,0 |
|
32. |
Buxoro shahar “Gavkushon” majmuasidagi “Xoja Kalon” masjidining tom va poydevor qismini mustahkamlash, qulab tushgan va unga tutash devor qismlarini taʼmirlash va qayta tiklash, atrofini obodonlashtirish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
2 500,0 |
|
33. |
Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Tosh oʻrmon” tabiiy arxeologiya yodgorligini tevarak atrofini 3D panjara bilan oʻrash, quyosh batareya panellari, kuzatuv kameralari, tungi yoritgich chiroqlari oʻrnatish. |
obyekt |
1 |
2022-noyabr |
Madaniy meros agentligi |
1 500,0 |
|
34. |
Navoiy viloyati Navbahor tumanida joylashgan “Sarmishsoy” davlat muzey qoʻriqxonasini obodonlashtirish, kirish darvozasi, tosh stella va axborot markazi tashkil etish. |
obyekt |
1 |
2022-noyabr |
Navoiy viloyati hokimligi |
2 000,0 |
|
35. |
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Uzundara” arxeologiya yodgorligini konservatsiya qilish, atrofini oʻrab olish, obodonlashtirish, turizm axborot markazi va kichik muzey tashkil etish. |
obyekt |
1 |
2022-yil oktyabr |
Madaniy meros agentligi |
2 000,0 |
|
36. |
Xorazm viloyati “Qibla toza bogʻ” madaniy meros obyektini qayta taʼmirlash, qisman konservatsiya qilish, muzeylashtirish hamda turistik marshrutga kiritish uchun kerakli infratuzilmasini yaratish. |
obyekt |
1 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
5 000,0 |
|
37. |
Xorazm viloyati “Ibrohimxoʻja madrasasi” arxeologik yodgorligini qayta taʼmirlash va restavratsiya qilish, tevarak atrofini obodonlashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
2 000,0 |
|
38. |
Xorazm viloyati “Said mohi roʻi jahon” maqbarasini qayta taʼmirlash va restavratsiya qilish, tevarak atrofini obodonlashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
1 500,0 |
|
39. |
Toshkent shahri Sayilgoh koʻchasida joylashgan “Knyaz Romanov saroyi” va fligeli yoʻqotilgan meʼmoriy qismlarni tiklash-taʼmirlash, yertoʻla va saroy xonalari, eshik va derazalarni qayta tiklash-taʼmirlash, fligel qismini tarixiy holatiga keltirish, tarixiy hujjatlar asosida obodonlashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil noyabr |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
10 000,0 |
|
40. |
Toshkent shahri Mirobod tumani Amir Temur tor koʻchasi 6-uy manzilda joylashgan sobiq Toshtramning dizel stansiyasi binosi negizida “Zamonaviy sanʼat markazi”ni tashkil etish. |
obyekt |
1 |
2022-yil noyabr |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
7 000,0 |
|
41. |
Toshkent shahri “Abulqosim Eshon” madrasasini tarixiy va asl holatga keltirish va taʼmirlash, konstruktiv mustahkamlash va obodonlashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil noyabr |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
4 000,0 |
|
42. |
Toshkent shahri Olmazor tumani Langar koʻchasi 111-uyda joylashgan “Langar ota” masjidi tevarak atrofini obodonlashtirish, yoʻlaklarni taʼmirlash va darvoza oʻrnatish. |
obyekt |
1 |
2022-yil noyabr |
Madaniy meros agentligi |
400,0 |
|
43. |
Toshkent shahri Shayxontoxur tumanida “Azlarxon eshon” maqbarasining tevarak atrofini obodonlashtirish, yoʻlaklarni taʼmirlash. |
obyekt |
1 |
2022-yil noyabr |
Madaniy meros agentligi |
400,0 |
|
44. |
Madaniy boyliklar, rangtasvir asarlarini yuqori aniqlikda fotofiksatsiya, material tarkibi, yaratilgan vaqti boʻyicha spektr va boshqa usullarda tahlil qilish imkoniyatiga ega rentgen-spektr tahlili uskunalarini sotib olish.*** |
roʻyxat** |
1 |
2022-yil iyun |
Madaniy meros agentligi |
2 000,0 |
|
45. |
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va turizm hududlari master-rejalarini loyihalashtirish institutining moddiy — texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.*** |
roʻyxat** |
1 |
2022-yil iyun |
Madaniy meros agentligi |
4 000,0 |
|
46. |
Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning mintaqaviy restavratsiya markazlari moddiy-texnika bazasini shakllantirish, restavratsiya ishlarini olib borish hamda arxeologiya ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda mavjud arxeologiya obyektlarini oʻrganish va konservatsiyasi uchun zarur texnika va uskunalar sotib olish.*** |
roʻyxat** |
1 |
2022-yil may |
Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi |
15 000,0 |
|
47. |
Madaniy meros obyektlariga shikast yetkazilishining oldini olish va xavfni oldindan aniqlash maqsadida kuzatuv kamerasi, marker, datchik, yoritish va boshqalarni oʻrnatish.*** |
roʻyxat** |
1 |
2022-yil iyun |
Madaniy meros agentligi |
10 000,0 |
|
III. Muzeylar faoliyatini yaxshilash — 43 mlrd soʻm | ||||||
|
48. |
Muzey qoʻriqxonalari va alohida koʻchmas mulk madaniy meros obyektlarida yongʻin xavfsizligi, videokuzatuv moslamalari va zamonaviy turniket uskunalari bilan taʼminlash va oʻrnatish.*** |
roʻyxat** |
1 |
2022-yil iyul |
Madaniy meros agentligi |
12 000,0 |
|
49. |
Xorazm viloyati Urganch shahridagi Oʻzbekiston zamonaviy sanʼat muzeyining tom qismini va isitish-sovutish tizimini taʼmirlash hamda yongʻin xavfsizligi va video kuzatuv moslamalarini oʻrnatish. |
obyekt |
1 |
2022-yil iyul |
Madaniy meros agentligi |
4 500,0 |
|
50. |
“Sanʼatsevar millat” umummilliy loyihasi doirasida Boʻstonliq tumani, Buxoro, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida loyiha asosida yengil konstruksiyali galereyani qurish hamda xizmat koʻrsatish uchun avtobus va maxsus yuk mashinasi sotib olish. |
obyekt |
4 |
2022-yil iyun |
Madaniy meros agentligi |
16 000,0 |
|
51. |
Muzeylar faoliyatini jonlantirish dasturi doirasida ularning reekspozitsiyasini tashkil qilish va fond saqlash sharoitlarini yaxshilash, eksponatlarni saqlash uchun munosib sharoitlarni yaratish. Bunda, eksponatlar uchun stellaj va vitrinalar bilan jihozlash, muzlatgich xona-dizenfeksiya uchun moʻljallangan maxsus kamera, muzey eksponatlari uchun maxsus chang yutgich, elektron havo namlangich, gilam va matolik eksponatlarni saqlash uchun maxsus javonlar, zargarlik buyumlarini saqlash uchun maxsus seyf, nostandart hajmdagi eksponatlarni saqlash uchun stellaj xarid qilish, kuzatuv kameralarini oʻrnatish, zamonaviy turniketlar oʻrnatish.*** |
roʻyxat** |
1 |
2022-yil sentyabr |
Madaniy meros agentligi |
10 000,0 |
|
52. |
Toshkent shahridagi “Muqimiy” nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va taʼmirlash. |
obyekt |
1 |
2022-yil noyabr |
Madaniy meros agentligi |
1 800,0 |
|
53. |
Samarqand shahridagi Samarqand arxeologik tadqiqotlar instituti binosini tashqi fasad qismini taʼmirlash va tevarak atrofini obodonlashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil noyabr |
Madaniy meros agentligi |
1 500,0 |
|
IV. Turizm sohasidagi taʼlim muassasalarini rivojlantirish — 73,1 mlrd soʻm | ||||||
|
54. |
Mamlakatimizning Buyuk Ipak yoʻli va dunyo sivilizatsiyalari chorrahasidagi ahamiyatini koʻrsatib beruvchi Samarqand shahridagi “ShHT turizm va madaniy meros taʼlim bogʻi”ni barpo etish. |
obyekt |
1 |
2022-yil iyun |
“Binolardan foydalanish va qurilish taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK |
8 000,0 |
|
55. |
Samarqand shahar Beruniy koʻchasi 1-uyda joylashgan madaniy meros obyektini qayta taʼmirlab uning negizida “Ipak yoʻli” sanʼat galereyasini tashkillashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil dekabr |
“Binolardan foydalanish va qurilish taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK |
6 500,0 |
|
56. |
Samarqand shahar Mahmud Qoshgʻariy koʻchasi 85A-uyda joylashgan madaniy meros obyekti rekonstruksiya qilib, uning negizida “Art rezidensiya” tashkillashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil dekabr |
“Binolardan foydalanish va qurilish taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK |
12 000,0 |
|
57. |
2023-yilda Butunjahon turizm tashkilotining (UNWTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi doirasida ochilishi rejalashtirilgan Samarqand shahri Boburmirzo koʻchasi 3-uyda joylashgan madaniy meros obyekti rekonstruksiya qilib, uning negizida “Ipak yoʻli instituti”ni tashkillashtirish. |
obyekt |
1 |
2022-yil dekabr |
“Binolardan foydalanish va qurilish taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK |
3 000,0 |
|
58. |
Buxoro turizm va madaniy meros texnikumini zamon talabida barcha sharoitlar yaratib rekonstruksiya qilish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil dekabr |
“Binolardan foydalanish va qurilish taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK |
11 500,0 |
|
59. |
Zomin tuman turizm va servis kollejini rekonstruksiya qilish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil dekabr |
“Binolardan foydalanish va qurilish taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK |
12 000,0 |
|
60. |
Samarqand turizm va madaniy meros texnikumini kapital taʼmirlash.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil dekabr |
“Binolardan foydalanish va qurilish taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK |
8 600,0 |
|
61. |
Xiva turizm va madaniy meros texnikumini rekonstruksiya qilish.*** |
obyekt |
1 |
2022-yil dekabr |
“Binolardan foydalanish va qurilish taʼmirlash ishlari direksiyasi” DUK |
11 500,0 |
|
jami |
300 000,0* | |||||