Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 09.03.2022 yildagi 107-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 670-sonli “Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat unitar korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilishni tartibga solish, davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv organlarining bu boradagi masʼuliyatini oshirish, mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligi uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal xatarlarni pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarz jalb etilishi ularning boshqaruv organlari (ijroiya organi, kuzatuv kengashi, aksiyadorlar (ishtirokchilar, muassis) umumiy yigʻilishi) qarorlari asosida mustaqil ravishda amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga muvofiq korporativ buyurtmachilar tomonidan tashqi qarzlar jalb qilinishini nazorat qilish Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining texnik koʻmagi doirasida davlat ishtirokidagi korxonalarni, ularning moliyaviy holatidan kelib chiqib, xatarlar darajalariga tasniflash taklifi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2022-yil 1-maydan boshlab, 1-ilovadagi davlat unitar korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish, ulardan foydalanish va ularning miqdorini maqbullashtirish ustidan nazorat qilishning quyidagi mexanizmi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tashqi qarzlarni jalb qilish va tashqi qarzga xizmat koʻrsatishni tartibga solish maqsadida davlat ishtirokidagi korxonalar, moliyaviy holatiga koʻra, “past xatarli”, “oʻrta xatarli” va “yuqori xatarli” toifalariga avtomatik tarzda toifalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tashqi qarz quyidagi hollarda Respublika komissiyasi ruxsati asosida jalb etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yuqori xatarli” toifasiga kiradigan davlat ishtirokidagi korxonalar uchun — tashqi qarz miqdoridan qatʼi nazar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻrta xatarli” toifasiga kiradigan davlat ishtirokidagi korxonalar uchun — tashqi qarz 20 mln AQSH dollaridan ortiq miqdorda boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tashqi qarz quyidagi hollarda Respublika komissiyasini xabardor qilgan holda jalb etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“past xatarli” toifasiga kiradigan davlat ishtirokidagi korxonalar uchun — tashqi qarz miqdoridan qatʼi nazar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻrta xatarli” toifasiga kiradigan davlat ishtirokidagi korxonalar uchun — tashqi qarz 20 mln AQSH dollari va undan kam miqdorda boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jalb etiladigan tashqi qarz miqdori davlat ishtirokidagi korxonalarning biznes-rejasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning jalb qilinadigan tashqi qarzga xizmat koʻrsatish xarajatlari (foiz stavkasi, komissiya va boshqa toʻlovlar yigʻindisi)ning yuqori chegarasi Respublika komissiyasi tomonidan har chorakda belgilab boriladi va undan oshmasligi taʼminlanadi. Bunda, jalb qilinadigan tashqi qarzga xizmat koʻrsatish xarajatlarining belgilangan yuqori chegaradan oshishiga faqat Respublika komissiyasining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning yil yakuni boʻyicha moliya-xoʻjalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish xalqaro auditorlik tarmoqlariga va xalqaro uyushmalariga aʼzo boʻlgan auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan mazkur qaror qabul qilingan sanadan oldin tanlab olingan auditorlik tashkilotlari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini va boshqa hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish mazkur qarorga muvofiq Respublika komissiyasining ijobiy xulosasi yoki uning xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarz hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalari, tashqi qarz bitimlari boʻyicha majburiyatlarining bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan tegishli maʼlumotlari har chorak yakuni bilan Moliya vazirligiga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan amaldagi tashqi qarz bitimlarining moliyaviy shartlari (kovenantlari) buzilgan hollarda, ular bartaraf etilguncha tashqi qarzlarni jalb qilish faqatgina Respublika komissiyasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida davlat ishtirokidagi korxonalarning xatar darajasini avtomatik tarzda aniqlash imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning xatar darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan Moliya vazirligi tomonidan foydalanish imkoniyatini koʻzda tutishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vazirligi har chorakda Respublika komissiyasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi jalb qilingan tashqi qarz boʻyicha tashqi qarz bitimlarining moliyaviy shartlariga (kovenantlariga) rioya etilishi yuzasidan tahliliy maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilingan yangi tashqi qarz, uning hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va kredit liniyalari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat ishtirokidagi korxonalar ustavlari va ichki hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 9-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 107-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi qarzlarni jalb qilish, ulardan foydalanish va ularning miqdorini maqbullashtirish ustidan nazorat qilinadigan davlat ishtirokidagi korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat ishtirokidagi korxonalar nomi

Davlat ulushi

1.

“Navoiyuran” DK

100,0

2.

“Navoiy KMK” AJ

100,0

3.

“Olmaliq KMK” AJ

97,5

4.

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ

81,6

5.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

100,0

6.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

100,0

7.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

99,6

8.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

100,0

9.

“Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

99,9

10.

“Oʻztransgaz” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

99,5

11.

“Hududgaztaʼminot” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

100,0

12.

“Uzbekistan airways” AJ

100,0

13.

“Uzbekistan airports” AJ

100,0

14.

“Oʻzaeronavigatsiya markazi” DUK

100,0

15.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

100,0

16.

“Toshkent metropoliteni” DUK

100,0

17.

“Toshshahartransxizmat” AJ

100,0

18.

“Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

100,0

20.

“Oʻzdonmahsulot” AJ

100,0

21.

“Maxsustrans ICHB” DUK

100,0

22.

“Oʻzbektelekom” AJ

94,1

23.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

77,6

24.

“Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ

99,0

25.

“Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ

99,6

26.

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

97,9

27.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

100,0

28.

“Oʻzavtosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar***

100,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar hamda ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-242-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 107-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning tarkibidagi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonaning tashqi qarzi — davlat ishtirokidagi korxonaning xorijdan mablagʻ jalb qilishi natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organ — Moliya vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boʻyicha tashabbuskorlar — loyiha, qayta moliyalashtirish yoki kredit liniyani jalb qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiquvchi hamda uni amalga oshiruvchi davlat ishtirokidagi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha konsepsiyasi (pasporti) — loyihaning nomi, mazmuni, ishtirokchilari, maqsadi, amalga oshirish muddatlari, qiymati, moliyalashtirish manbalari, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari mavjudligini, samaradorligi va kutilayotgan natijalarni oʻz ichiga oluvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga muvofiq tuzilgan Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish va xatarlarni aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish korxonaning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasidan kelib chiqib, ushbu nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq Respublika komissiyasi ruxsati bilan yoki uni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasi ushbu korxonalar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlardan kelib chiqib, ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga asosan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida avtomatik tarzda “past xatarli”, “oʻrta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu maʼlumotlar yoki ularning bir qismi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasidan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumot korxonalardan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida ochiladigan ularning shaxsiy kabineti orqali olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat ishtirokidagi korxonalarning xatarlar darajasi 100 ballik reyting tizimida baholanadi. Bunda, davlat ishtirokidagi korxonalar reyting natijasi 60 balldan past boʻlganda xatar darajasi — “yuqori xatarli”, 60 balldan 80 ballgacha boʻlganda — “oʻrta xatarli” va 80 balldan 100 ballgacha boʻlganda — “past xatarli” deb toifalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatar darajasi “yuqori xatarli” boʻlganda miqdoridan qatʼi nazar, “oʻrta xatarli” boʻlganda tashqi qarz miqdori 20 mln AQSH dollaridan oshgan holatda tashqi qarzlar Respublika komissiyasi ruxsati asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatar darajasi “past xatarli” boʻlganda tashqi qarz miqdoridan qatʼi nazar, xatar darajasi “oʻrta xatarli” boʻlganda esa tashqi qarz miqdorining 20 mln AQSH dollari va undan kam boʻlganda tashqi qarz Respublika komissiyasini xabardor (boshqaruv organi qaror qabul qilgandan soʻng 5 ish kunida) qilgan holda jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur nizomning 7-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar jalb etiladigan tashqi qarz summasi, uni jalb qilish shartlari va ishlatish maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni uni jalb qilish toʻgʻrisida boshqaruv organi qaror qabul qilingan sanadan boshlab 5 ish kunida keyinchalik Respublika komissiyasini xabardor qilish uchun Ishchi organga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzni jalb qilishda Respublika komissiyasi ruxsatini olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar tashqi qarzlarni jalb qilishda Ishchi organga tashqi qarzlarni jalb qilish toʻgʻrisida arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq loyiha konsepsiyasi (pasporti);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yili yakuni boʻyicha auditorlik tashkiloti xulosasi nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi qarz mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi tegishli boshqaruv organining qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ soʻroviga muvofiq korxonaning moliyaviy holatiga bogʻliq boshqa maʼlumotlar (jumladan, moliyaviy modellar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi organ arizani koʻrib chiqib, koʻrib chiqish natijasiga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki qoʻshimcha hujjatlarni oʻrganish talab etilganda bu toʻgʻrisida 2 ish kuni ichida davlat ishtirokidagi korxonani xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hujjatlar toʻliq boʻlganda 10 ish kunida tegishli hujjatlarni Respublika komissiyasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishchi organ quyidagi hollarda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishini Respublika komissiyasiga kiritmagan holda rad etishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi 12 oy davomida davlat ishtirokidagi korxonaning davlat tomonidan kafolatlangan yoki kafolatlanmagan kreditlari boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti oldida muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonaning oxirgi hisobot yili uchun moliyaviy hisobotining ishonchliligi va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida auditorlik xulosasi mavjud boʻlmaganda yoki salbiy xulosa mavjud boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishini Respublika komissiyasiga kiritmagan holda rad etilganligi toʻgʻrisida davlat ishtirokidagi korxonani xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisidagi tashqi qarzni jalb qilish bilan bogʻliq hujjatlar, jumladan loyiha va tahliliy maʼlumotlar Ishchi organ tomonidan Respublika komissiyasiga kiritiladi va majlis oʻtkaziladigan kun haqida davlat ishtirokidagi korxonalar va Respublika komissiyasi aʼzolarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Respublika komissiyasi tashqi qarzni jalb qilish boʻyicha davlat ishtirokidagi korxonalarning hujjatlari va loyihalarini koʻrib chiqib, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb etiladigan mablagʻlarni qaytarmaslik xavfi yuqori boʻlganda yoki loyihaning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmaganda tashqi qarzni jalb qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Respublika komissiyasi loyihalarni koʻrib chiqishda quyidagi ustuvor maqsadlardan kelib chiqib tashqi qarzni jalb qilish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy, strategik ahamiyati hamda natijadorligi va oʻz-oʻzini oqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtirilgan loyiha yoki kredit liniyalarning natijalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublika komissiyasi davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan taqdim etilgan tashqi qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha hujjatlarni koʻrib chiqib, ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Respublika komissiyasi bayoni Ishchi organ tomonidan tayyorlanadi va imzolangandan keyin 1 ish kunida davlat ishtirokidagi korxonalarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Respublika komissiyasi loyihalarning umumiy qiymatiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tashqi qarzni jalb qilgan davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati va holatini monitoring qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tashqi qarz jalb qilingandan soʻng davlat ishtirokidagi korxonalar Ishchi organga har chorak yakuni bilan 30 kun ichida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi va istiqbolda amalga oshiriladigan rejalar boʻyicha maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb qilingan barcha qarz bitimlari, jumladan, tashqi va ichki qarzlari xorijiy va milliy valyutalarda, asosiy qarz (qoldigʻi) va foiz toʻlovlari, shuningdek, muddati oʻtgan toʻlovlar kesimida maʼlumotlar hamda ular boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda Ishchi organining soʻrovi asosida yangi jalb qilingan tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilgan loyiha samaradorligining monitoringini olib borish uchun talab etiladigan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Respublika komissiyasi va Ishchi organning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Respublika komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan hollarda jalb qilinayotgan tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha tashabbuskorlarining taqdimotlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzni jalb qilishni maʼqullash yoki rad etish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan moliyalashtirilgan loyiha natijadorligini nazorat qiladi, tegishli korxonalarning bu boradagi hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi qarzni jalb qilishning maqbul moliyaviy shartlari miqdorlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilinayotgan tashqi qarzga doir masalalarni har chorakda kamida bir marta koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ishchi organ quyidagilar vazifalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalardan tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha boʻyicha tegishli maʼlumotlarni ushbu Nizom doirasida qabul qilib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi qarzni jalb qilish uchun murojaat qilgan davlat ishtirokidagi korxonalar holatini tahlil qiladi va tegishli taklif ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasini inobatga olgan holda ular tomonidan tashqi qarzni jalb qilish hajmlarining yuqori miqdorini belgilash boʻyicha takliflarni Respublika komissiyasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tashqi qarzni jalb qilishning moliyaviy shartlari va qarz yuki yuqori miqdorlarini davlat ishtirokidagi korxonalarga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi kun tartibiga davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarz hisobidan moliyalashtiriladigan loyihaga doir masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritadi, ishtirokchilarni yigʻilish oʻtkazish kuni haqida xabardor qiladi, loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdimotlar oʻtkazilishini tashkil etadi, majlis bayonnomalari loyihasini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasining bayonnomalarini ijro etish uchun tegishli davlat ishtirokidagi korxonalarga yuboradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi va Respublika komissiyasiga har chorakda kamida bir marta axborot kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda kamida bir marta Respublika komissiyasiga qabul qilingan qarorlarning ijrosi boʻyicha axborot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi qarz jalb qilishda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan Respublika komissiyasini xabardor qilish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni 10 ish kunida Respublika komissiyasining navbatdagi yigʻilishiga maʼlumot uchun kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzni jalb qilish boʻyicha Respublika komissiyasi ruxsatini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni 15 ish kunida Respublika komissiyasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilingan tashqi qarz hisobiga moliyalashtirilgan loyihaning natijadorligi, ularning oʻz-oʻzini oqlashi boʻyicha tahlillar hamda va majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlar taqdim etilgandan soʻng 10 ish kunida maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Respublika komissiyasiga axborot kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi qarz jalb qilish boʻyicha davlat ishtirokidagi korxonalar uchun turli xalqaro kredit reytinglar va muddatlar kesimida xalqaro moliyaviy bozorlar holatidan kelib chiqib AQSH dollari, yevro, yen, yuan va Rossiya rublida tashqi qarzni jalb qilishning maqbul moliyaviy shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarz bitimlarining moliyaviy shartlari (kovenantlari)ga rioya etilishini monitoring qiladi va Respublika komissiyasiga har chorakda axborot kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar boʻyicha xatarlar tahlilini doimiy yangilab boradi va ular boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga oʻzgartirish kiritish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat ishtirokidagi korxonalar ushbu Nizomga muvofiq ularning xatarlar darajasini hisoblashda foydalaniladigan hisobotlarni (maʼlumotlarni) har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oy davomida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus axborot tizimida joylashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Xatarlar darajasini aniqlash

Davlat ishtirokidagi korxonalar,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasi ushbu korxonalar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlardan kelib chiqib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida avtomatik tarzda “past xatarli”, “oʻrta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalanadi.

har chorakda chorak tugaganidan keyin bir oy ichida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar

2-bosqich

Tashqi qarzni jalb etish toʻgʻrisida xabardor qilish

Davlat ishtirokidagi korxonalar

(past xatarli)

1. Jalb etiladigan tashqi qarz summasi, uni jalb qilish shartlari va ishlatish maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni Moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ) Respublika komissiyasini xabardor qilish uchun taqdim etish.

boshqaruv organi qaror qabul qilgandan soʻng 5 ish kunida

Moliya vazirligi

2. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va Respublika komissiyasining navbatdagi yigʻilishiga maʼlumot uchun kiritish.

10 ish kunida

3-bosqich

Tashqi qarzni jalb etishga ruxsat olish

Davlat ishtirokidagi korxonalar

(oʻrta va yuqori xatarli)

1. Ishchi organga tashqi qarzni jalb qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etish.

tashqi qarz mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi tegishli boshqaruv organining qarori qabul qilingandan soʻng

Moliya vazirligi

2. Arizani koʻrib chiqib, koʻrib chiqish natijasiga koʻra:

a) hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki qoʻshimcha hujjatlarni oʻrganish talab etilganda bu toʻgʻrisida davlat ishtirokidagi korxonani xabardor qilish;

hujjatlar taqdim etilgandan soʻng 2 ish kunida

b) davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishini Respublika komissiyasiga kiritmagan holda rad etish;

v) hujjatlar toʻplamini Respublika komissiyasiga kiritish.

hujjatlar taqdim etilgandan soʻng 10 ish kunida

Respublika komissiyasi

3. Tashqi qarzni jalb qilishga ruxsat berish yoki rad qilish toʻgʻrisida (qaytarmaslik xavfi mavjud boʻlgan yoki loyiha iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmaganda) qaror qabul qilish.

Respublika komissiyasining navbatdagi yigʻilishida

(har chorakda kamida bir marta)

Moliya vazirligi

4. Komissiya qarorini davlat ishtirokidagi korxonalarga yetkazish.

1 ish kunida

4-bosqich

Jalb qilingan tashqi qarz monitoringi

Davlat ishtirokidagi korxonalar

1. Tashqi qarz jalb qilish loyihasi doirasida oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi hamda majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlarni Ishchi organga taqdim etish.

har chorakda chorak yakunlangandan keyin 30 kun ichida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar

Moliya vazirligi

2. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarz mablagʻlarining natijadorligi va ulardan samarali foydalanish, loyihalarni oʻz-oʻzini oqlashi boʻyicha tahlillar va ularning natijasi boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Respublika komissiyasiga axborot kiritish.

har chorakda, maʼlumotlar taqdim etilgandan soʻng 10 ish kunida

Respublika komissiyasi

3. Tashqi qarz mablagʻlaridan foydalanish natijadorligini koʻrib chiqadi va bu borada tegishli davlat ishtirokidagi korxonaning hisobotini eshitadi.

hisobotlarning taqdim etilishiga koʻra

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilishda xatarlarni aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash formulalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Koʻrsatkichlar

Hisoblash formulasi

I. Likvidlik koʻrsatkichlari

Joriy likvidlik darajasi

joriy aktivlar

–––––––––––––––––––––––

joriy majburiyatlar

Tez likvidlik darajasi

(joriy aktivlar — tovar moddiy zaxiralar)

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

joriy majburiyatlar

Kunlik kreditor qarzlar aylanmasi

(mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzdorlik*365)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi

Kunlik debitor qarzlar aylanmasi

(xaridor va buyurtmachilarning qarzi*365)

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

II. Toʻlov qobiliyati koʻrsatkichlari

Qarz (majburiyatlar)ning kapitalga nisbati

jami majburiyatlar*

–––––––––––––––––––

jami oʻz mablagʻlari

Qarz (majburiyatlar)ning aktivlarga nisbati

jami majburiyatlar*

–––––––––––––––––––

jami aktivlar

Majburiyatlarning EBITDAga nisbati

jami majburiyatlar

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi oʻzgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi oʻzgarishi)

EBITDAning qarz toʻlovlariga nisbati

(foizlar shaklidagi qarz xarajatlar + qarzning asosiy toʻlovi)

Foiz xarajatlarining qoplanishi

(sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar)

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

foizlar shaklidagi xarajatlar

III. Daromadlik koʻrsatkichlari

Sof foyda marjasi %

sof foyda (zarar)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

Operatsion foyda marjasi %

(sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

Aylanma mablagʻlarning rentabelligi %

(sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi oʻzgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi oʻzgarishi)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(joriy aktivlar — joriy majburiyatlar)

Aktivlarning rentabelligi %

sof foyda (zarar)

–––––––––––––––––––

jami aktivlar

Kapitalning rentabelligi %

sof foyda (zarar)

––––––––––––––––––––

jami oʻz mablagʻlari

Xarajatlarning qoplanishi

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(sotilgan mahsulot(tovar, ish va xizmat)larning tannarxi + boshqa operatsion xarajatlar)

IV. Tashqi qarzga bogʻliq koʻrsatkichlari

Tashqi qarzning majburiyatlarga nisbati

jami tashqi qarz*

––––––––––––––––––––

jami majburiyatlar*

Xorijiy valyutadagi tashqi qarzning jami qarzga nisbati

xorijiy valyutadagi tashqi qarz

––––––––––––––––––––––––––––––

jami qarz

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Jalb qilinishi koʻzda tutilgan tashqi qarzlarni ham oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilishda xatarlarni baholash tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Xatarlarni baholash tizimi*

Yuqori

Oʻrta

Past

Qiymati

Ball

Qiymati

Ball

Qiymati

Ball

Qiymati

Ball

I.

Likvidlik koʻrsatkichlari

1.1.

Joriy likvidlik darajasi

1,25 dan past

0

1,25 — 1,50

3,0

1,50 — 1,75

4,0

1,75 dan yuqori

5,0

1.2.

Tez likvidlik darajasi

0,8 dan past

0

0,8 — 1,0

3,0

1,0 — 1,10

4,0

1,10 dan yuqori

5,0

1.3.

Kunlik kreditor qarzlar aylanmasi

90 dan yuqori

0

60 — 90

1,2

60 — 45

1,6

45 dan past

2,0

1.4.

Kunlik debitor qarzlar aylanmasi

50 dan yuqori

0

40 — 50

1,2

40 — 35

1,6

35 dan past

2,0

II.

Toʻlov qobiliyati koʻrsatkichlari

2.1.

Qarz (majburiyatlar)ning kapitalga nisbati*

1,50 dan yuqori

0

1,0 — 1,5

3,6

1,0 — 0,75

4,8

0,75 dan past

6,0

2.2.

Qarz (majburiyatlar)ning aktivlarga nisbati*

0,75 dan yuqori

0

0,50 — 0,75

3,0

0,50 — 0,35

4,0

0,35 dan past

5,0

2.3.

Qarz (majburiyatlar)ning EBITDAga nisbati

3,0 dan yuqori

0

2,0 — 3,0

6,0

2,0 — 1,75

8,0

1,75 dan past

10,0

2.4.

EBITDAning qarz toʻlovlariga nisbati

0,75 dan past

0

0,75 — 1,25

6,0

1,25 — 2,0

8,0

2,0 dan yuqori

10,0

2.5.

Foiz xarajatlarining qoplanishi

1,20 dan past

0

1,2 — 1,5

3,0

1,5 — 1,75

4,0

1,75 dan yuqori

5,0

III.

Daromadlilik koʻrsatkichlari

3.1.

Sof foyda marjasi %

4,0 dan past

0

4,0 — 8,0

3,0

8,0 — 10,0

4,0

10,0 dan yuqori

5,0

3.2.

Operatsion foyda marjasi %

5,0 dan past

0

5,0 — 10,0

3,0

10,0 — 12,5

4,0

12,5 dan yuqori

5,0

3.3.

Aylanma mablagʻlarning rentabelligi %

10,0 dan past

0

10,0 — 15,0

3,0

15,0 — 17,5

4,0

17,5 dan yuqori

5,0

3.4.

Aktivlarning rentabelligi %

0,0 dan past

0

0,0 — 4,0

3,0

4,0 — 6,0

4,0

6,0 dan yuqori

5,0

3.5.

Kapitalning rentabelligi %

0,0 dan past

0

0,0 — 8,0

3,0

8,0 — 11,5

4,0

11,5 dan yuqori

5,0

3.6

Xarajatlar qoplanishi

1,0 dan past

0

1,0 — 1,25

3,0

1,25 — 1,35

4,0

1,35 dan yuqori

5,0

IV.

Tashqi qarzga bogʻliqlik

4.1.

Tashqi qarzning majburiyatlarga nisbati*

0,4 dan yuqori

0

0,3 — 0,4

6,0

0,30 — 0,25

8,0

0,25 dan past

10,0

4.2.

Xorijiy valyutadagi tashqi qarzning jami qarzga nisbati

0,4 dan yuqori

0

0,3 — 0,4

6,0

0,3 — 0,2

8,0

0,2 dan past

10,0

Jami ballar

0

60,0

80,0

100,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: * Jalb qilnishi koʻzda tutilgan tashqi qarzlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi ushbu xatarlarni baholash tizimi koʻrsatkichlari va ballarini oʻzgartirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning xatarlar darajasi 100 ballik reyting tizimida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, davlat ishtirokidagi korxonalar reyting natijalari quyidagicha toifalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 balldan past boʻlganda xatar darajasi — “yuqori xatarli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 balldan 80 ballgacha boʻlganda — “oʻrta xatarli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80 balldan 100 ballgacha boʻlganda — “past xatarli”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilinayotgan tashqi qarz loyihalarining konsepsiyasi (pasporti) shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

I. Loyihaning tavsifi

Loyihaning nomi:

Tarmoq nomi:

Loyiha turi:

(Loyiha doirasida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va boshqa turdagi ishlar koʻzda tutilgan)

Kreditor nomi:

(Kreditor haqida toʻliq maʼlumot)

Davlat ishtirokidagi korxona:

Loyiha amalga oshiriladigan joy (viloyat, tuman, shahar):

II. Boshqaruv organi xulosasi

Xulosa, davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy koʻrsatkichlari, kreditorlar tanlovi natijalari, tashqi audit xulosasi, qarz jalb etish boʻyicha topshiriq mavjudligi, xatarlar tahlili haqidagi batafsil maʼlumot va tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

III. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumot

Qoʻshimcha maʼlumotlar

1.

a) Loyihaning TIA/TIHK mavjudligi: Ha Yoʻq

Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

2.

b) Loyiha quyidagilardan biriga kiritilgan boʻlsa:

Investitsiya dasturi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni yoki qarori / Vazirlar Mahkamasi qarori

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Boshqa

Batafsil maʼlumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting

3.

a) Kapital qoʻyilmalar va boshqa xarajatlar summasi (AQSH dollarida):

b) Ekspluatatsiya xarajatlari miqdori (AQSH dollarida):

v) Umumiy xarajatlar (AQSH dollarida):

g) Davlat korxonasining tashqi qarz yuki hajmi:

davlat kafolati ostida tashqi qarzlari

davlat kafolatisiz tashqi qarz mablagʻlari

d) Loyihaning iqtisodiy yashash muddati: ____ yil

Aniq maʼlumot boʻlmasa, oraliq muddatni belgilang:

<10 10-30 >30

4.

Loyihalar boʻyicha xatarlar

Xavf yoki xatarlar turlari

Xatarlarni oldini olish choralari

Loyihaga tegishli xavf xatarlar

Dizayn va texnologiyalarning eskirish xavfi

Yashirin nuqson xavfi

Yer sotib olish va koʻchirish bilan bogʻliq xatarlar

Moliyaviy xatarlar

Qurilish bilan bogʻliq xatar (aniq boʻlmagan)

Qurilish bilan bogʻliq xatar (aniq boʻlgan)

Ishga tushirish bilan bogʻliq xatarlar

Loyiha shartnomasi tuzulganidan keyingi loyihaga kiritiladigan oʻzgarishlar

Soliq bilan bogʻliq xatarlar

Tariflarning oʻzgarishiga bogʻliq xatarlar

Qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgarishlarning loyihaga salbiy taʼsiri xatarlari

Litsenziya, ruxsatnomalar kechikishi yoki berilmasligi xatarlari

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Siyosiy beqarorlik xatarlari

Taʼmirlash va rekonstruksiya qilishga oid xatarlar

Qarz mablagʻlarini qaytarilmasligi natijasida mulk musodarasi boʻyicha xatarlar

Operatsion xatarlar

Ekologik/ijtimoiy xatar (ekspluatatsiya bilan bogʻliq)

Operativ faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan xatarlar

Talab bilan bogʻliq xatarlar

Boshqa

5.

Tashabbus koʻrsatilgan loyiha boʻyicha tashqi qarzlarning jalb etilishi iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni/muammolarni hal etishga qaratilganmi?

Ha Yoʻq

Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

6.

Tashabbus koʻrsatilgan loyiha doirasida ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish nazarda tutilganmi?:

Ha Yoʻq

Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

7.

Tashabbus koʻrsatilgan loyiha innovatsion yondashuvni oʻz ichiga olganmi va taraflar uchun maqbul boʻlgan mutanosib nafni taʼminlab bera oladimi?

Ha Yoʻq

Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

8.

Tashabbus koʻrsatilgan loyiha doirasida avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar va hisobotlarni joriy etish nazarda tutilganmi?

Ha Yoʻq

Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

9.

Loyihani amalga oshirish uchun yer uchastkasiga zarurat bormi?

Ha Yoʻq

Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, kerakli yer uchastkasi maydonini koʻrsating (ga.):

10.

a) Loyihani amalga oshirish oqibatida ijtimoiy muammolar kelib chiqish ehtimoli mavjudmi?

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Ha Yoʻq

Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, izohlang:

Asoslantirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

b) Loyihani amalga oshirish oqibatida ekologik muammolar vujudga kelish ehtimoli mavjudmi?

Ha Yoʻq

Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, izohlang.

Asoslantirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

11.

Loyihani amalga oshirilishi zarur boʻlgan qoʻshimcha ish hajmlarini koʻrsating:

Suv taʼminoti obyektlarini qurish

Gaz taʼminoti obyektlarini qurish

Elektr taʼminoti qurilmalariga ulanish

Kirish yoʻllari

Transport bogʻlanishi

Boshqa

Ushbu bilan shuni maʼlum qilamanki, mazkur loyihaning konsepsiyasi shaklida keltirilgan maʼlumotlar va taqdim etilgan tasdiqlovchi barcha hujjatlar haqiqiy va toʻgʻri hamda Kuzatuv kengashi (aksiyadorlar, taʼsischilar umumiy yigʻilishi, muassis) tomonidan maʼqullangan.

Davlat ishtirokidagi korxona

(Birinchi rahbar)

______________________________

(F.I.O., imzo, tashkilot muhri)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi organ arizani 5 ish kunida koʻrib chiqib, hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki qoʻshimcha hujjatlarni oʻrganish talab etilganda bu toʻgʻrisida 2 ish kuni ichida davlat ishtirokidagi korxonani xabardor qiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 09/22/107/0197-son; 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)