02.03.2022 yildagi PQ-154-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi Geologiya fanlari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, oʻqitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, geologiya sohasida taʼlim, ilm-fan va amaliyot oʻrtasida uzviy bogʻliqlikni yetarli darajada taʼminlash, yer haqidagi fanlar, shu jumladan ularning fundamental yoʻnalishlari hamda amaliyot oʻrtasida real integratsiyalashuv jarayoni uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi) tizimidagi Geologiya fanlari universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) geologiya sohasida taʼlim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlovchi ilmiy klaster hamda malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublikaning tayanch oliy taʼlim muassasasi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2024-yillarda Geologiya fanlari universitetini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya fanlari universiteti ixtisoslashgan kafedralari talabalarini amaliyot oʻtash obyektlariga biriktirish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya fanlari universiteti uchun xarid qilinadigan zamonaviy laboratoriya va texnologik uskunalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz geologiyasi yoʻnalishida amalga oshiriladigan maqsadli ilmiy loyihalar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetdagi oʻquv jarayonining 70 foizi ilmiy-amaliy mashgʻulotlarga ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning ixtisoslashgan kafedralari talabalarining amaliyot oʻtash jarayoni zarur shart-sharoitlar yaratilgan holda mazkur qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan tashkilotlar bilan birgalikda olib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari va sanoat tashkilotlariga amaliyot oʻtash uchun yuborilgan talabalarning yashash xarajatlari (ovqatlanish, yotoqxona) ushbu tashkilotlar hisobidan qoplanadi, bundan Toshkent shahrida va talaba doimiy yashaydigan tuman (shahar)da joylashgan tashkilotlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-iyulga qadar Universitetning Kuzatuv kengashi qarori bilan sanoatda ahamiyati yuqori boʻlgan noyob va rangli metallarga boy boʻlgan istiqbolli maydonlarni aniqlash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib tasdiqlashni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2024-yillarda Geologiya fanlari universitetini rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini qatʼiy nazoratga olsin hamda samarali monitoringini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab Universitet professor-oʻqituvchilarining tizimli ravishda nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda zamonaviy taʼlim usullari asosida malakasini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-sentabrga qadar Universitet faoliyatiga oid ilmiy-texnik jurnal chop etilishini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Universitet faoliyatida “Raqamli Universitet” tizimini bosqichma-bosqich joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yildan boshlab ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha Universitet tadqiqotchilari va ilmiy xodimlarini xorijiy yetakchi universitet va ilmiy tashkilotlarga ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun yuborishni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvardan boshlab Universitetda geologiya sohasi va konchilik sanoati muammolarini ilmiy asosda tahlil qilish, tahlil natijalarini xalqaro darajada amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar bilan integratsiya qilish va SsiVal platformasini keng joriy etish asosida ilmiy va innovatsion faoliyatni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Rossiya Federatsiyasi va boshqa xorijiy davlatlarning ilmiy tashkilotlari va yetakchi geologiya-qidiruv kompaniyalarida Universitet talabalarining ishlab chiqarish amaliyoti oʻtashini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Termiz davlat universitetining Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan 10,3 gektar yer maydonidan iborat Darband dala-oʻquv poligonini hududning geologik tuzilishi, togʻ jinslarining litologik va tuzilmaviy shart-sharoitlaridan maqsadli foydalanish uchun Universitetga doimiy foydalanish huquqi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Oqsoq-ota dala-oʻquv poligonining gʻarbiy qismidan 2,7 gektar yer maydonini Universitetga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Universitet axborot-resurs markazining Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron axborot-kutubxona resursiga barcha xizmat turlaridan bepul foydalanish huquqi asosida ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat geologiya qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatidagi Darband va Toshkent viloyatidagi Oqsoq-ota dala-oʻquv poligonlarida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Universitet talabalarining oʻquv amaliyotini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish va tegishli hududlarni obodonlashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar Universitet huzurida akademik litsey tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 2-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-154-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi PQ-154-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2024-yillarda Geologiya fanlari universitetini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻquv jarayonini takomillashtirish

1.

Iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozori talablariga muvofiq holda oʻquv yuklamalari hajmini optimallashtirish, kompetensiyaviy yondashuv taʼminlanganini nazarda tutuvchi yangi oʻquv rejasi va fan dasturlarini yaratish.

1. Universitet taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejasi va fan dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan ishchi guruhlar tuzish.

2022-yil mart

-

Geologiya fanlari universiteti

(B. Islamov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov)

2. Ishlab chiqilgan oʻquv rejasi va fan dasturlarida oʻquv dasturlari hajmining 70 foizini amaliyotga asoslangan tartibda tasdiqlash.

2022-yil aprel

3. Oʻquv jarayoniga geologiya tarmogʻi ilmiy-tadqiqot markazlarining yetuk mutaxassislarini jalb etish, ularning pedagogik mahoratini oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish.

2022/2023 oʻquv yilidan

4. Tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlarini oʻquv jarayoniga joriy etish.

2022/2023 oʻquv yilidan

5. Yangi oʻquv rejasi joriy qilingan akademik guruhlarda, kafedralar yigʻilishlari, fakultet va Universitet kengashlarida buyurtmachi tashkilotlar, talabalar amaliyot oʻtashini taʼminlagan tashkilotlar ishtirokida bitiruvchilar erishgan kasb malakalaridan kelib chiqib tanqidiy tahlil oʻtkazish, oʻquv rejasi va fan dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda oʻquv jarayoniga joriy etish.

2023/2024 oʻquv yili yakuniga koʻra

2.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan xalqaro hamkorlik doirasida bakalavrlar tayyorlash.

1. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan hamkorlik doirasida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab faoliyat koʻrsatishi belgilangan 2+2 ikki diplomli qoʻshma taʼlim dasturi uchun zarur oʻquv-uslubiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash.

2022-yil mart

Toʻlov-kontrakt asosida

Geologiya fanlari universiteti

(B. Islamov)

2. Ikki diplomli 2+2 qoʻshma taʼlim dasturi, qabul kvotalari, qabul qoidalari, qabul muddatlari va boshqa zarur maʼlumotlar bilan respublika umumtaʼlim muassasalari bitiruvchi oʻquvchilarini batafsil tanishtirish.

2022-yil mart

3. Belgilangan tartibda iqtidorli yoshlarni tanlash va talabalikka qabul qilish.

2022-yil may-iyun

4. Talabalarni Rossiya Federatsiyasining geologiya tashkilotlarida amaliyot oʻtashini tashkillashtirish.

2023-yildan boshlab

5. Oʻquv, ilmiy, tarbiya jarayonini muntazam monitoring qilish, Universitet ilmiy kengashida tahlil qilish, takomillashtirish yuzasidan aniq samarali choralar belgilash va amalga oshirish.

Muntazam ravishda

(har oʻquv yilida ikki marta)

3.

Universitetda kafedralar tizimini takomillashtirish.

1. Tarmoq sohasidagi mutaxassislardan iborat ishchi guruh tashkil qilish.

2022-yil mart

-

Geologiya fanlari universiteti

(O. Qodirov),

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Sh. Alimov)

2. Ishchi guruh tomonidan universitetda, iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda yangidan faoliyat koʻrsatishi zarur boʻlgan kafedralar va ularning filiallari roʻyxatini shakllantirish hamda asoslash.

2022-yil mart

3. Kafedralar faoliyat koʻrsatishini boshlash muddatlarini belgilash.

2022/2023 oʻquv yili

4. Kafedralarni belgilangan muddatlarda oʻquv-uslubiy va boshqa hujjatlar bilan taʼminlash.

2022-yil iyun

5. Kafedralarda professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish hamda kafedralar faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish.

2023-yil avgust

II. Tashkilotlar bazasida amaliyotni tashkil etish

4.

Talabalarda amaliy va ishlab chiqarish koʻnikmalarini shakllantirishda ish beruvchi tashkilotlarning ishtirokini oshirish va masʼuliyatini belgilash.

1. Universitet talabalarining amaliyotini tashkil etish boʻyicha amaliyot oʻtash obyektlari — ish beruvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2022-yil mart

-

Geologiya fanlari universiteti

(B. Islamov),

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanaqulov),

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev),

Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlar rahbarlari

2. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi tashkilotlar bilan talabalarning amaliyot oʻtashi boʻyicha oʻzaro hamkorlik shartnomalarini tuzishda, ish beruvchi tashkilotlarning talabalarda amaliy va ishlab chiqarish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha majburiyatlarini eʼtiborga olish.

2022-yil mart-aprel

3. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan muntazam “Boʻsh ish oʻrinlari” yarmarkalarini oʻtkazish.

Yiliga 2-marta

5.

Talabalar amaliyoti biriktirilgan tashkilotlar bazasida samarali tashkil etilishini taʼminlash.

Talabalar amaliyotini tashkilotlar bazasida oʻtkazish, amaliyotni zarur jihoz va texnikalar, transport vositalari, talabalar yashash sharoitlari bilan taʼminlash.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Amaliyotga biriktirilgan tashkilotlar mablagʻlari doirasida

Amaliyotga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari

6.

Iqtisodiyot tarmoqlari va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari hamda talablariga muvofiq talabalarning sohaga intilish va qiziqishlarini rivojlantirish.

1. Amaliyot oʻtash dasturini tanqidiy tahlil qilish, takomillashtirish va oʻquv jarayoniga joriy etish.

2022-yil mart

Amaliyotga biriktirilgan tashkilotlar mablagʻlari doirasida

Geologiya fanlari universiteti

(B. Islamov),

Amaliyotga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari

2. Talabalar amaliyoti uchun masʼul tashkilotlar tomonidan iqtidorli talabalarga istiqbolda oʻz ish oʻrinlarini topishda koʻmaklashish maqsadida amaliyot davrida ularni mavsumiy ishlarga jalb qilgan holda keyinchalik ishga qabul qilish imkoniyatini koʻrib chiqish va yoʻlga qoʻyish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, muntazam ravishda

III. Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyani rivojlantirish

7.

Xalqaro (shu jumladan, hamkorlikdagi) ilmiy-tadqiqot grant loyihalarini amalga oshirish.

1. Xorijiy davlatlar oliy taʼlim va ilmiy muassasalari bilan aloqalar oʻrnatish, qoʻshma konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishish.

Har yili 20-sentabrga qadar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, xalqaro grantlar va xorijiy hamkorlarning mablagʻlari

Davlat geologiya qoʻmitasi

(A. Qodirxoʻjayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish va ilmiy ishlarni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash va dasturini tasdiqlash hamda oʻz faoliyati yoʻnalishidagi ishlarni tashkil etish.

Har yili 30-sentabrga qadar

3. Sohaga ilgʻor ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish maqsadida Geologiya fanlari universiteti va Janubiy Koreyaning tajribaga ega ixtisoslashgan kompaniyalari bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda ushbu ishlarga Toshkent shahridagi Italiyaning Piza universiteti filialini jalb qilish.

2022-yil mart

4. Barcha ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalar va grantlarning bajarilishini tizimli monitoring qilish.

Har chorakda

8.

Respublika mineral xom ashyo bazasini kengaytirishga qaratilgan davlat ilmiy dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

1. Geologiya fanlariga oid muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish uchun takliflarni (mavzu loyihasini) shakllantirish.

Har yili oktabr oyida

Davlat ilmiy dasturiga ajratilgan mablagʻlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(A. Abduraxmonov),

Davlat geologiya qoʻmitasi

(A. Qodirxoʻjayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

Har yili noyabr oyida

3. Tanlov natijalariga koʻra loyihalarni moliyalashtirish.

Har yili fevral oyidan boshlab

9.

Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning ishtirokini taʼminlash.

1. Geologiya fanlari universiteti negizida geologiya, mineralogiya, togʻ jinslarini qazib olish va ulardan foydali elementlarni ajratib olish innovatsion texnologiyalari yoʻnalishida ilmiy konferensiyalarni tashkil etish. Bunda:

tashkiliy qoʻmitalarni faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

ilmiy konferensiyani oʻtkazish borasida barcha tashkiliy-amaliy choralarni koʻrish;

xorijiy va mahalliy sohaga oid oliy taʼlim va ilmiy muassasalar, nufuzli ishlab chiqaruvchi va servis korxonalarga taklifnomalar yuborish.

Har yili iyun oyida

Geologiya fanlari universiteti mablagʻlari

Davlat geologiya qoʻmitasi

(A. Qodirxoʻjayev),

Geologiya fanlari universiteti

(O. Qodirov)

2. Ilmiy konferensiyalarni oʻtkazish, yuqori darajadagi tashkilotlar uchun zarur boʻlgan barcha hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish.

Har yili avgust oyida

10.

Ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy maktablarni shakllantirishga koʻmaklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni ragʻbatlantirish ishlarini olib borish.

1. Magistratura, stajyor-tadqiqotchilik va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlash.

Har yili sentabr

Geologiya fanlari universiteti mablagʻlari

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Ilmiy ishlar bilan taʼminlovchi dekanatlar va kafedralar faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

Har yili iyun

3. Ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun moddiy-texnik bazani yaratish, tegishli ilmiy uskunalar bilan taʼminlash, ularni taqsimlash ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish.

Reja jadvalga asosan

4. Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatiga yiliga kamida 30 nafar iqtidorli magistrantlarni jalb qilish.

2022-yil sentabrdan boshlab

(2021/2022 oʻquv yili yakuni natijalari asosida)

11.

Iqtidorli yoshlar seleksiya-sini taʼminlash va ular bilan ishlash, talabalar, stajyorlar va tadqiqotchilar bilan tizimli ishlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Iqtidorli talabalarni tanlab olish va ularga rahbarlik qilish boʻyicha ishlarni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil sentabrdan boshlab

(2021/2022 oʻquv yili yakuni natijalari asosida)

Geologiya fanlari universiteti mablagʻlari

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Iqtidorli talabalar uchun oʻquv rejasidan tashqari qoʻshimcha ilmiy-amaliy mashgʻulotlar rejasini ishlab chiqish.

Har yili noyabr oyida

3. Qoʻshimcha ilmiy-amaliy mashgʻulotlar rejasi asosida iqtidorli talabalarni oʻqitish va ularning amaliy koʻnikmalarini oshirish jarayonini yoʻlga qoʻyish.

Har yili yanvar oyida

12.

Universitetda geologiya sohasidagi yirik ishlab chiqarish tashkilotlarining dolzarb ilmiy muammolari yechimiga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarni amalga oshirish uchun doktorantlarni maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Dolzarb ilmiy muammolardan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot institutlari va ixtisoslashgan kafedralarning ilmiy yoʻnalishlarini tahlil qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2022-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Geologiya fanlari universiteti

(B. Islamov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

2. Doktorantura ilmiy yoʻnalishlarining 70 foizgacha boʻlgan qismini togʻ-kon, geologiya sohalaridagi tashkilotlarning murojaatlari asosida hamda ular bilan yaqin hamkorlikni va ilmiy-texnik kengashlarida qatnashishni yoʻlga qoʻyish orqali ishlab chiqarish muammolariga yoʻnaltirish.

Har yili mart oyida

3. Doktorantura tadqiqotchilariga ilmiy rahbar sifatida salohiyatli mahalliy va xorijiy ilmiy kadrlarni jalb etish.

2022-yil sentabr

4. Doktoranturada oʻqish uchun har yili kamida 10 nafar iqtidorli yoshlarni izlab topish va qabul qilish.

2022-yil oktabr

IV. Yoshlar bilan ishlar tizimini takomillashtirish

13.

Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallan-gan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi keng joriy etish.

1. Universitet talabalarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni doirasida dolzarb mavzularda tadbirlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil sentabr

Geologiya fanlari universiteti mablagʻlari

Geologiya fanlari universiteti

(M. Haydarov)

2. Tizimli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni doirasida dolzarb mavzularda tadbirlar oʻtkazish.

Reja-jadvalga asosan

14.

Universitet talabalari orasida ijtimoiy va maʼnaviy sogʻlom muhitni rivojlantirish maqsadida tashabbuskorlik guruhlarini (harakatini) tashkil etish.

1. Talabalar oʻrtasida Talabalar kengashi va Yosh olimlar kengashi kabi tashabbuskorlik guruhlarini tuzish va ular faoliyati uchun tegishli sharoitlar yaratish.

2022-yil mart

Geologiya fanlari universiteti mablagʻlari

Geologiya fanlari universiteti

(M. Xaydarov)

2. Yoshlar tashabbuskorlik guruhlarining manzilli chora-tadbirlar dasturini shakllantirish, har bir talaba bilan ishlash mexanizmini ishlab chiqish.

2022-yil mart

3. tashabbuskorlik guruhlari tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirish, faol talabalarni moddiy ragʻbatlantirib borish.

Reja-jadvalga asosan

15.

Talabalar turar joylarida munosib shart-sharoitlarni yaratish.

1. Talabalar turar joylaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

-

Geologiya fanlari universiteti

(M. Xaydarov)

2. Talabalar turar joyi maʼmuriyati, tarbiyachilar, tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar) talabalar tashabbuskorlik guruhlari bilan hamkorlikda talabalarning oʻzini oʻzi boshqarish tizimini takomillashtirish.

Doimiy

16.

Universitet professor-oʻqituvchilari, institutlar ilmiy xodimlari va talabalari oʻrtasida yakdillik muhitini yaratish maqsadida “Team building” tadbirlarini tashkil etish.

1. Universitet professor-oʻqituvchilari, institutlar ilmiy xodimlari va talabalarini bir-biriga gʻoyaviy va maʼnaviy jihatdan yaqinlashtirish maqsadida “Team building” tadbirlari reja-jadvalini ishlab chiqish.

Har yili avgust oyida

Geologiya fanlari universiteti mablagʻlari

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. “Team building” tadbirlarida ishtirok etuvchi liderlar tarkibini aniqlash va tadbirni oʻtkazish joylarini belgilash.

3. Tizimli ravishda “Team building” tadbirlarini oʻtkazib borish va ularda talabalar tashabbuskorlik guruhlarining ishtirokini taʼminlash.

Reja-jadvalga asosan

V. Universitetning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish

17.

Toshkent viloyatidagi Oqsoq-ota dala-oʻquv poligonida talabalarning amaliyot oʻtashlari uchun yetarli sharoitlar yaratish.

1. Poligon hududini talabalarning 2022/2023 oʻquv yili oʻquv amaliyotini oʻtash uchun tayyorlash ishlari reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

Geologiya fanlari universiteti mablagʻlari

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlari universiteti

(A. Mirabdullayev)

2. Tasdiqlangan rejalarga muvofiq talabalarning yashash va amaliyot oʻtashlari uchun yetarli sharoitlarni yaratish, infratuzilma obyektlarini tayyorlash.

2022-yil may

18.

Surxondaryo viloyatidagi Darband dala-oʻquv poligonida talabalarning amaliyot oʻtashlari uchun yetarli sharoitlar yaratish.

1. Poligon hududini oʻrganib chiqish va talabalarning dala-oʻquv amaliyotini oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bajariladigan ishlar reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

Geologiya fanlari universiteti mablagʻlari

Davlat geologiya qoʻmitasi

(Sh. Alimov),

Geologiya fanlari universiteti

(A. Mirabdullayev)

2. Tasdiqlangan rejalarga muvofiq talabalarning yashash va amaliyot oʻtashlari uchun yetarli sharoitlarni yaratish, infratuzilma obyektlarini tayyorlash.

2022-yil may

19.

Universitet tarkibidagi Geoinnovatsion texnologiyalar markazini neft va gaz yoʻnalishida tadqiqotlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha jihozlash.

1. Universitet tarkibidagi Geoinnovatsion texnologiyalar markazini neft va gaz yoʻnalishida tadqiqotlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha jihozlanadigan zamonaviy uskunalarni roʻyxat asosida xarid qilish va oʻrnatish.

2022-2023-yillar

“Oʻzbekneftgaz” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev),

Geologiya fanlari universiteti

(M. Isoqov)

2. Neft va gaz yoʻnalishida tadqiqotlarni amalga oshirish uchun olib kelingan zamonaviy uskunalardan samarali foydalanish hamda ularda talabalarning oʻqitilishini taʼminlash.

Doimiy

Geologiya fanlari universiteti mablagʻlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi PQ-154-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya fanlari universiteti ixtisoslashgan kafedralari talabalarini amaliyot oʻtash obyektlariga biriktirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Kafedralar

Amaliyot oʻtkaziladigan tashkilotlar*

(talabalar soni)

Amaliyot oʻtkaziladigan hududlar va togʻ-konchilik mintaqalarining xususiyatlari

Ijro muddati

Masʼullar

1.

Umumiy geologiya

Geologiya muzeyi

(1-2 kurs bakalavriat, 433 talaba, yil davomida)

Turli geologik jarayonlar bilan bogʻliq togʻ jinslarining mineralogik va petrografik namunalari oʻziga xosligini oʻrganish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Geologiya muzeyi

(A. Ahmedshayev)

Kitob milliy geologiya bogʻi

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Qashqadaryo viloyatidagi Kitob milliy geologiya bogʻida turli geologik jarayonlarda togʻ jinslarining yer yuzasidagi ochilib qolgan stratigrafik kesimlarini oʻrganish.

Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi

(T. Toʻrayev)

2.

Foydali qazilma konlari geologiyasi

“Olmaliq KMK” AJ

(Qalmoqir kon boshqarmasi,
Xondiza kon boshqarmasi, 3-4 kurs bakalavriat,
1-kurs magistratura,
50 talaba)

Toshkent viloyatining Chotqol-Qurama va Surxondaryo viloyatining Hisor togʻ-konchilik mintaqalaridagi rangli va polimetall konlarning geologik tuzilishini oʻrganish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov)

“Navoiy KMK” AJ

(Markaziy kon boshqarmasi,
Janubiy kon boshqarmasi, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 70 talaba)

Navoiy viloyatining Markaziy Qizilqum va Samarqand viloyatining Nurota togʻ-konchilik mintaqalaridagi qimmatbaho va yoʻldosh metallar konlarining geologik tuzilishini oʻrganish.

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanaqulov)

“Navoiyuran” DK bazalari

(Shimoliy kon boshqarmasi,
5-kon boshqarmasi, 3-4 kurs bakalavriat,
1-kurs magistratura, 30 talaba)

Navoiy viloyatining Markaziy Qizilqum hududida joylashgan uran va yoʻldosh kamyob yer metallari konlarining geologik tuzilishini oʻrganish.

“Navoiyuran” DK

(J. Hasanov)

“Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK

(Toshkent va Fargʻona topo-marksheyderlik otryadlari, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba),

“Regionalgeologiya” DK

(Sharqiy Oʻzbekiston dala geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi, Namangan partiyasi, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

va “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ

(Sharqiy Qurama va Hisor dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari, 3-4 kurs bakalavriat 1-kurs, magistratura, 50 talaba)

Toshkent, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan turli xildagi noruda foydali qazilma konlarining geologik tuzilishini oʻrganish.

“Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK

(F. Sh???pov),

“Regionalgeologiya” DK

(A. Varisov),

“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ

(H. Ismailov)

3.

Neft-gaz geologiyasi

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, 3-4 kurs bakalavriat,
1-kurs magistratura, 70 talaba)

Qashqadaryo viloyatining Buxoro-Xiva neft-gaz mintaqasidagi neft va gaz konlarining geologik tuzilishini oʻrganish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(M. Abdullayev)

4.

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi

“Oʻzbekgidrogeologiya” DK

(Toshkentoldi dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi,
3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)
,

Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati

(Boʻstonliq kuzatuv stansiyasi, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 30 talaba)

Toshkent viloyatining Toshkent yaqinidagi artezian basseyni va Chirchiq yer osti chuchuk suvlari konining gidrogeologik tuzilishini oʻrganish, Boʻstonliq tumanida koʻchkilarni kuzatish usullarini oʻrganish, togʻ jinslarining fizik-mexanik xossalarini zamonaviy asbob-uskunalarda aniqlash koʻnikmalarini shakllantirish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

“Oʻzbekgidrogeologiya” DK

(B. Qodirov),

Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati

(M. Toshpoʻlatov),

GIDROINGEO instituti

(Q. Mingboyev)

“OʻzGASHKLITI” AJ oʻquv markazi

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Toshkent shahridagi “OʻzGASHKLITI” AJ tomonidan loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan inshootlarda muhandislik-geologik tadqiqotlar oʻtkazish usullari, togʻ jinslarining (gruntlarning) fizik-mexanik xossalarini zamonaviy asbob-uskunalar yordamida aniqlash koʻnikmalarini shakllantirish.

“OʻzGASHKLITI” AJ

(Yu. Magrupov)

5.

Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi

“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ bazalari

(Olmaliq, Sharqiy Qurama, Shimoliy Nurota, Zarmitan va Zarafshon dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari,
3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 70 talaba)

Toshkent viloyatining Chotqol-Qurama va Samarqand viloyatining Nurota togʻ-konchilik mintaqalarida olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarida qoʻllanilayotgan texnikalar va texnologiyalar bilan tanishish, ulardan foydalanish talablarini oʻrganish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ

(H. Ismailov)

“Oʻzbekgidrogeologiya” DK bazalari

(Toshkent yaqinidagi, Mirzachoʻl, Gʻarbiy Oʻzbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyalari,
3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 70 talaba)

Sirdaryo viloyati hududidagi Toshkent yaqinidagi artezian basseyni va Buxoro viloyati hududini qamrab oluvchi Gʻarbiy Oʻzbekiston mintaqalarida olib borilayotgan gidrogeologik tadqiqotlarda qoʻllanilayotgan texnikalar va texnologiyalar bilan tanishish, ulardan foydalanish talablarini oʻrganish.

“Oʻzbekgidrogeologiya” DK

(B. Qodirov)

“Urankamyobmetgeologiya” AJ bazalari

(Nurota va Bukantau geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Navoiy viloyatining Markaziy Qizilqum mintaqasida uran boʻyicha olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarida qoʻllanilayotgan texnikalar va texnologiyalar bil?n tanishish, ulardan foydalanish talablarini oʻrganish.

“Urankamyobmetgeologiya” AJ

(Sh. Yoʻldoshev)

6.

Mineralogiya, petrografiya va geokimyo

“Mineral resurslar instituti” DM

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 40 talaba)

Toshkent shahridagi Mineral resurslar instituti bazasida respublikamizning barcha hududlarida joylashgan foydali qazilma konlaridan olingan namunalarning mineralogik, petrografik va geokimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish usullarini oʻrganish va zamonaviy analitik uskunalar bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Mineral resurslar instituti

(M. Isoqov)

7.

Foydali qazilma konlarini izlashning geofizik usullari

“Regionalgeologiya” DK bazalari

(Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 40 talaba)

Respublikaning togʻ-konchilik mintaqalarida maʼdanli foydali qazilma konlarini izlashning geofizik usullari va uskunalari bilan tanishish, zamonaviy dasturlarda dala materiallarini interpretatsiya qilishni oʻrganish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

“Regionalgeologiya” DK

(A. Varisov)

“Oʻzbekgeofizika” AJ bazalari

(Fargʻona, Yakkabogʻ, Buxoro

va Ustyurt geofizika ekspeditsiyalari,
3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 40 talaba)

Respublika hududidagi neft-gazga istiqbolli tuzilmalarni aniqlash boʻyicha dala-geofizika ishlari (2D va 3D), neft va gaz konlaridagi quduqlarda bajariladigan kon-geofizika ishlari, kernlarning petrofizik xususiyatlarini aniqlash usullari, foydalaniladigan zamonaviy geofizik uskunalarni ishlatish koʻnikmalarini shakllantirish.

“Oʻzbekgeofizika” AJ

(R. Yusupjonov)

8.

Geologik tasvirlash va geoaxborot texnologiyalari

“Regionalgeologiya” DK bazalari

(Sharqiy Oʻzbekiston dala geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi, 3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Respublika hududidagi togʻ-konchilik mintaqalari boʻyicha tizimli geologik tasvirlash ishlari natijasida turli miqyosdagi geologik xaritalarni tuzish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

“Regionalgeologiya” DK

(A. Varisov)

“Mineral resurslar instituti” DM

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Respublika hududidagi togʻ-konchilik mintaqalari boʻyicha yuqori aniqlikdagi raqamli geologik xaritalarni yaratish.

Mineral resurslar instituti

(M. Isoqov)

9.

Iqtisodiy geologiya

“Davlat geologiya axborot markazi” DK

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 50 talaba)

Toshkent shahrida geologiya-qidiruv ishlaridagi meʼyorlash, loyiha va smeta hujjatlarining tayyorlanish jarayonini oʻrganish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

“Davlat geologiya axb?ro? markazi” DK

(O. Zaripov)

“Oʻzgeorangmetliti” MCHJ

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 30 talaba)

Toshkent shahrida joylashgan “Oʻzgeorangmetliti” MCHJ bazasida respublika hududlarida aniqlangan foydali qazilmalar konlari zaxiralarini hisoblash, ularning geologik modellarini yaratish, zaxira hisoblash konditsiyalarini ishlab chiqish, konlarni sanoatda oʻzlashtirishning ratsional usullarini tanlash va iqtisodiy baholash usullari va zamonaviy texnologiyalarini oʻrganish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

“OʻzGEORANGMETLITI” MCHJ

(J. Ismailov)

10.

Geoekologiya

“Urankamyobmetgeologiya” AJ

(Nurota va Bukantau geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari, 3-4 kurs bakalavriat,
1-kurs magistratura, 30 talaba)
,

“GIDROINGEO instituti” DM

(3-4 kurs bakalavriat, 1-kurs magistratura, 30 talaba)

Respublikaning barcha hududlaridagi geologik muhitga yer qaʼridan foydalanish ishlarining taʼsirini, ularning oqibatlarini bartaraf etish usullari va texnologiyalarini oʻrganish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

“Urankamyobmetgeologiya” AJ

(Sh. Yoʻldoshev),

GIDROINGEO instituti

(Q. Mingboyev)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kafedralar koʻlamini kengayishiga koʻra amaliyot oʻtkaziladigan tashkilotlar, hududlar va togʻ-konchilik mintaqalari oʻzgarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi PQ-154-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya fanlari universiteti uchun xarid qilinadigan zamonaviy laboratoriya va texnologik uskunalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Laboratoriya va texnologik uskunalar nomi

Soni

Qoʻllanilishi

I. Analitik uskunalar

1.

Togʻ jinslarining atmosfera sharoitida elektr qarshiligini aniqlash uskunasi.

1

Qatlam suvi bilan toʻyingan togʻ jinslarining atmosfera sharoitida elektr qarshiligini aniqlash uchun ishlatiladi.

2.

Kernlarning bitumlarga toʻyinganligini aniqlash uskunasi.

1

Togʻ jinslarining bitumlarga toʻyinganligini aniqlash uchun ishlatiladi. Organik moddalarni tezkor usulda aniqlash imkonini beradi.

3.

Togʻ jinslarini qizdirish yoʻli bilan ulardagi neft va gaz mavjudligini aniqlash uskunasi.

1

Togʻ jinslarini qizdirish yoʻli bilan ulardagi neft va gaz mavjudligi salohiyatini baholash imkonini beradi. Neft hosil boʻlishi mumkin boʻlgan qatlamni aniqlashga yordam beradi.

4.

Kern tomografiyasi uskunasi.

1

Kernning ichki tuzilishini, hajmiy gʻovakligini, darzliklarni yuqori aniqlikda oʻrganish uchun ishlatiladi.

5.

Kern namunasini tahlil qilish uchun ultratsentrifuga.

1

Suyuqlikni suv bilan toʻyingan kern namunalaridan siqib chiqarish jarayonida ortib borayotgan markazdan qochirma kuchni aniqlash uchun moʻljallangan.

6.

Fluoressent mikroskop.

1

Migratsiya jarayonlarini oʻrganish uchun togʻ jinslarida uglevodorod mavjudligini, singenetik va epigenetik bitumni sifatli baholaydi va uchuvchan, yengil, ogʻir organik modda turlarini aniqlaydi.

7.

Kernni qatlam sharoitida tahlil qilish uskunasi.

1

Kernda qatlam sharoitida boʻylama va koʻndalang akustik toʻlqinlarning tarqalish tezligini, elektr qarshiligini oʻlchaydi.

8.

Kernning qatlam sharoitida suvlangan-ligini tahlil qilish uskunasi.

1

“Suyuqlik-suyuqlik” va “suyuqlik-gaz” tizimlarida suyuqlik oʻtkazuvchanligini, nisbiy oʻtkazuvchanligini aniqlaydi.

9.

Kimyoviy parchalanish uchun laboratoriya oʻlchov idishlari toʻplami (A toifali).

1 komplekt

Toʻplam laboratoriyalarda turli xil tahliliy ishlar uchun moʻljallangan.

II. Axborot-kommunikatsiya uskunalari

10.

3D geologik modellashtirish markazi uchun:

Neft va gaz yoʻnalishidagi turli ilmiy izlanishlarda hamda talabalar uchun geomodellashtirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishda qoʻllaniladi.

Petrel, Petromod, Techlog dasturiy taʼminotlariga moʻljallangan maxsus kompyuterlar;

10

monitor 100 duym;

1

server.

1

11.

Oʻquv jarayoni uchun konlarni raqamli geologik modellashtirish boʻyicha dasturiy taʼminotlar.

1

Neft va gaz yoʻnalishidagi talabalar uchun geomodellashtirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishda qoʻllaniladi.

III. Dala jihozlari

12.

Chuqurlik termo-monometri.

1

Qatlamdagi bosim va haroratni bir vaqtning oʻzida oʻlchash va nazorat qilish uchun moʻljallangan.

13.

Quduq usti termo-manometri.

2

Quduq ogʻzidan turib, quduqdagi bosim va haroratni bir vaqtning oʻzida oʻlchash va nazorat qilish uchun moʻljallangan.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi PQ-154-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz geologiyasi yoʻnalishida amalga oshiriladigan maqsadli ilmiy loyihalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ilmiy loyiha mavzusi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish hajmlari

Kutilayotgan asosiy natijalar

1.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan izlash-qidiruv ishlari olib borilayotgan konlarning uglevodorod zaxiralarini operativ hisoblash va qayta hisoblash, quduqlar kon-geofizik maʼlumotlarini “INGEF-W” va “Techlog” dasturlarida kompleks tahlil qilish.

2023-yil oktabr

1 500 mln soʻm

Oʻtkazilgan tadqiqot ishlari natijasida konlarning geologik-geofizik modellari quriladi, mahsuldor qatlamlarning zaxiralari hisoblanadi va Davlat geologiya qoʻmitasi huzurida doimiy faoliyat yurituvchi komissiyadan tasdiqdan oʻtkaziladi.

2.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan burgʻilanadigan parametrik, izlash va qidiruv quduqlarini burgʻilash uchun geologik va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2023-yil aprel

1 000 mln soʻm

Parametrik, izlash va qidiruv quduqlarining konstruksiyalari, bajariladigan tadqiqotlar turlari va hajmlari aniqlanadi, ilmiy asoslanadi hamda shu asosda quduqlarni burgʻilash boʻyicha geologik loyihalar ishlab chiqiladi. Quduqlarni burgʻilash ishlarining hozirgi holati va mavjud yangi texnologiyalarni hisobga olgan holda quduqlarni qurish loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.

3.

“Oʻzbekneftgaz” AJ maydonlari boʻyicha neft va gaz qidirish burgʻilash ishlarining natijalari asosida geologik ilmiy hisobotlarni tuzish.

2023-yil dekabr

600 mln soʻm

Burgʻilash ishlarining natijalari asosida maydonlarning neft va gazga istiqbollari baholanadi va ularda kelgusida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan geologiya-qidiruv ishlari boʻyicha xulosalar beriladi.

4.

“Oʻzbekneftgaz” AJ obyektlarida burgʻilanayotgan quduqlardan olingan kern, shlam, neft, kondensat, gaz va qatlam suvlari namunalarini kompleks tahlil qilish.

2023-yil noyabr

1 500 mln soʻm

Togʻ jinslarining stratigrafiyasi, litologik tarkibi, kollektorlik xususiyatlari hamda uglevodorod zaxiralarini hisoblash uchun barcha zarur parametrlarni aniqlab, qatlamlarni mahsuldorlikka sinash boʻyicha tavsiyalar beriladi.

Quduqlardan olingan neft va kondensatning kimyoviy tarkibi, tovar xususiyatlari aniqlanadi. Olingan gazlarning kimyoviy tarkibi aniqlanib, uyumlarning fazaviy tarkibi prognoz qilinadi. Qatlam suvlarining gidrokimyoviy va gidrodinamik xususiyatlari hamda uglevodorod zaxiralarini hisoblash koʻrsatkichlari aniqlanadi.

5.

Neft va gazga istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini bajarish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarni (UTER) ishlab chiqish.

2023-yil may

600 mln soʻm

“Oʻzbekneftgaz” AJ uglevodorod xom ashyo resurs bazasini rivojlantirish va koʻpaytirish boʻyicha konlar va maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini bajarish maqsadida yer qaʼri uchastkasidan foydalanish uchun litsenziya olish talabi boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslar (UTER) ishlab chiqiladi.

6.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarining natijalarini tezkor kompleks ilmiy tahlil qilish hamda ularning kelgusi istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash va asoslash.

2023-yil iyun

2 000 mln soʻm

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining neft va gazli hududlarida bajarilgan geologiya-qidiruv ishlari tezkor va kompleks ilmiy tahlil qilinadi, keyingi istiqbolli yoʻnalishlar aniqlanadi va ilmiy asoslanadi. Konlar va maydonlarda kelgusi izlash va qidiruv quduqlarini joylashtirish boʻyicha tavsiyalar beriladi.

7.

Ustyurt, Hisor oldi va Surxondaryo neft va gazli hududlari konlarining neft va kondensat tarkibi va xossalari albomini yaratish.

2022-yil dekabr

700 mln soʻm

Ustyurt, Hisor oldi va Surxondaryo neft va gazli hududlaridagi konlardan olingan neft va kondensat namunalarining fizik-kimyoviy parametrlari tadqiqotlar natijalari bilan umumlashtiriladi. Neft va kondensat-larning fizik-kimyoviy parametrlari oʻzgarishining geokimyoviy xaritalari taqdim etiladi.

8.

Berdaq-Shimoliy Berdaq va Sharqiy Berdaq konlari boʻyicha 2D va 3D seysmik-qidiruv ishlari maʼlumotlarini barcha quduqlarning burgʻilash va sinash natijalari asosida kompleks tahlil qilish.

2023-yil iyun

900 mln soʻm

Berdaq-Shimoliy Berdaq va Sharqiy Berdaq konlari boʻyicha mavjud barcha geologik-geofizik hamda quduqlarni burgʻilash va sinash maʼlumotlarini kompleks tahlil qilish asosida ushbu hududda mavjud boʻlgan istiqbolli qatlamlar aniqlanadi va quyi qatlamlarda neft va gazga istiqbolli maydonlar xaritasi tuzilib, izlash quduqlarini joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

9.

Oʻzbekiston Respublikasining neft va gazga istiqbolli hududlari boʻyicha mavjud geologik, geofizik, seysmik va burgʻilash maʼlumotlarini kompleks tahlil qilish asosida izlash quduqlarini burgʻilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

1 200 mln soʻm

Oʻzbekiston Respublikasining neft va gazga istiqbolli hududlari, maydonlari va yangi oʻrganilayotgan uchastkalari boʻyicha barcha mavjud geologik, geofizik, seysmik, quduqlarni burgʻilash va sinash ishlarining maʼlumotlari kompleks tahlil qilinadi va shu asosda yangi chuqur izlov quduqlarini burgʻilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

10.

Buxoro-Xiva hududidagi Gadin grabeni va unga yondosh hududlarning geologik tuzilishini va ularning neft va gazga istiqbollarini baholash.

2023-yil oktabr

1 100 mln soʻm

Buxoro-Xiva hududidagi Gadin grabeni va unga yondosh hududlarning quyi qatlamlarida neft va gazga istiqbolli maydonlar xaritalanadi, geologik modellar ishlab chiqiladi va asoslanadi. Seysmik va quduq maʼlumotlarining tahlili asosida mahsuldor qatlamlarning chuqur yer osti geologik tuzilishi aniqlashtiriladi. Quyi qatlamlarda yangi tuzilmalarni tayyorlash hamda izlash-qidiruv va ishlatish quduqlarini burgʻilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

11.

Sudochye botiqligi va Berdax valining oʻrta va quyi yura yotqiziqlari boʻyicha istiqbollarni baholash hamda geologiya-qidiruv ishlarining kelgusidagi istiqbolli yoʻnalishlarini asoslash.

2023-yil oktabr

1 000 mln soʻm

Sudochye botiqligi va Berdax vallarining yura, quyi yura va paleozoy yotqiziqlari boʻyicha kompleks xaritalar tuziladi, neft va gazga istiqbolli yangi maydonlar aniqlanib, geologiya-qidiruv ishlarining kelgusi istiqbolli yoʻnalishlari aniqlab beriladi. Har bir maydonda keyingi izlov ishlari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

12.

Oʻzbekiston Respublikasining neft va gazga istiqbolli hududlarida ilgari geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilgan maydonlar va tuzilmalar boʻyicha barcha geologik-geofizik maʼlumotlarni qayta tahlil qilish va yangi izlash quduqlarini burgʻilash boʻyicha tavsiyalar tayyorlash.

2023-yil noyabr

800 mln soʻm

Oʻzbekiston Respublikasining neft va gazli hududlaridagi maydonlarda ilgari geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilgan, ammo yetarli darajada istiqbollari oʻrganilmagan maydonlar va tuzilmalarning mavjud barcha geologik-geofizik va seysmik maʼlumotlari qayta tahlil qilinadi hamda yangi izlash quduqlarini burgʻilash boʻyicha tavsiyalar tayyorlanadi.

13.

Neft va gazga istiqbolli konlar va maydonlar boʻyicha geologik va geofizik maʼlumotlarni raqamlashtirish.

2023-yil oktabr

700 mln soʻm

Neft va gazli hududlarda toʻplangan geologik va geofizik hamda quduqlar maʼlumotlari raqamlashtiriladi va maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.

14.

Neft va gazga istiqbolli konlar va maydonlar boʻyicha mavjud seysmik va kon-geofizik maʼlumotlarni zamonaviy dasturiy komplekslar yordamida qayta ishlash va tahlil qilish.

2023-yil dekabr

1 200 mln soʻm

Respublika boʻyicha neft va gazga istiqbolli konlar va maydonlarning mavjud seysmik va kon-geofizik maʼlumotlari zamonaviy dasturiy komplekslar va kompyuterlar yordamida qayta ishlanadi va umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi. Olingan natijalar asosida yangi izlash obyektlari va maydonlarni belgilab beriladi.

15.

Oʻzbekistonning neft va gazga istiqbolli hududlari boʻyicha kern namunalarining koʻrgazma kolleksiyasini hamda talabalar uchun oʻquv qoʻllanma nusxalarini yaratish.

2022-yil noyabr

1 000 mln soʻm

Oʻzbekistonning neft va gazli hududlari boʻyicha uglevodorod xom-ashyosiga istiqbolli yotqiziqlarining kern namunalari va ularning barcha xususiyatlari stend-koʻrgazma koʻrinishida, tavsif va tahlillari bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tayyorlanadi.

Bundan tashqari, kern namunalarining talabalar uchun oʻquv qoʻllanma koʻrinishidagi nusxalari majmuasi yaratiladi.

16.

Dengizkoʻl koʻtarilmasi va unga yondosh hududlarning geologik tuzilishini va ularning neft va gazga istiqbollarini baholash.

2023-yil dekabr

1 100 mln soʻm

Dengizkoʻl koʻtarilmasi va unga yondosh hududlarning quyi qatlamlarida neft va gazga istiqbolli maydonlar xaritalanadi, geologik modellari ishlab chiqiladi va asoslanadi hamda mahsuldor qatlamlarning chuqur yer osti geologik tuzilishi aniqlashtiriladi. Quyi qatlamlar boʻyicha yangi tuzilmalarni tayyorlash borasida tavsiyalar hamda izlash-qidiruv va ishlatish quduqlarini burgʻilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

17.

“Oʻzbekneftgaz” AJning neft va gazli obyektlarida gaz kondensati tadqiqotlarini oʻtkazish va olingan materiallarni tahlil qilish asosida tavsiyalar ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

7 000 mln soʻm

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan burgʻilangan quduqlarda gaz kondensati tadqiqotlari oʻtkaziladi, namunalar olinib, laboratoriya tahlillari amalga oshiriladi va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

18.

Ustyurt hududidagi neft va gazga istiqbolli boʻlishi mumkin boʻlgan hududlar boʻyicha kosmos, seysmik va burgʻilash ishlari maʼlumotlarini kompleks tahlil qilish hamda yangi izlash quduqlarini burgʻilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

1 000 mln soʻm

Ustyurt hududi boʻyicha mavjud multispektral kosmik maʼlumotlarni deshifrovka qilish va ularni geologik, geofizik, seysmik hamda burgʻilash va sinash ishlari maʼlumotlari bilan kompleks tahlil qilish asosida “Oʻzbekneftgaz” AJ geologiya-qidiruv ishlari doirasida yangi izlash quduqlarini joylashtirish boʻyicha tavsiyal?r ishlab chiqiladi.

19.

“Oʻzbekneftgaz” AJ faoliyat olib borayotgan konlarning chuqur yer osti geologik tuzilishini aniqlashtirish hamda uglevodorod xom ashyosi zaxiralarini hisoblash va qayta hisoblash.

2023-yil noyabr

3 600 mln soʻm

Konlarning geologik-geofizik modellari tuziladi, kon-geologik parametrlari aniqlanadi hamda ulardagi uglevodorod va yoʻldosh komponentlar zaxiralari hisoblanadi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

19 ta shartnoma boʻyicha jami:

28 500 mln soʻm

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ilmiy loyihalarning moliyalashtirish hajmlariga shartnomalar doirasida bajariladigan ishlarning aniq hajmlari asosida aniqlik kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 07/22/154/0195-son)