1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.03 Tabiat bogʻlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.06 Oʻrmon fondi yerlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bogʻliq qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq togʻ va togʻoldi hududlarda noyob hamda yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik va hayvonot dunyosi turlarini, oʻrmon resurslarini muhofaza qilish, takror koʻpaytirish, qayta tiklash hamda oʻrmon fondi yerlarida ekoturizmni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining oʻrmon fondi yerlarida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tegishlicha “Orolqum”, “Pop”, “Omonqoʻton”, “Yuqori Toʻpalang” va “Bobotogʻ” milliy tabiat bogʻlarini (keyingi oʻrinlarda — milliy tabiat bogʻlari) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Orolqum”, “Pop”, “Omonqoʻton”, “Yuqori Toʻpalang” va “Bobotogʻ” milliy tabiat bogʻlarining yer maydonlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Orolqum”, “Pop”, “Omonqoʻton”, “Yuqori Toʻpalang” va “Bobotogʻ” milliy tabiat bogʻlarining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalaniladigan zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi milliy tabiat bogʻlarining muassisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy tabiat bogʻlarining faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandiga muvofiq moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy tabiat bogʻlarining joriy xarajatlarini moliyalashtirish hamda budjetdan moliyalashtiriladigan shtat birliklarini saqlash Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi yer maydonlari qisqartirilayotgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining tegishli mablagʻlarini hamda shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan hamda belgilangan meʼyorlarga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda milliy tabiat bogʻlarining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida hamda boshqa tarzda foydalanish zonalari chegaralari belgilanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda milliy tabiat bogʻlari uchun yer maydonlarini ajratishga doir hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish choralari koʻrilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda milliy tabiat bogʻlarining ijro etuvchi apparatlarini operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirish uchun tegishli binolar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy tabiat bogʻlari belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy tabiat bogʻlarini malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 4-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-martdagi 93-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Orolqum”, “Pop”, “Omonqoʻton”, “Yuqori Toʻpalang” va “Bobotogʻ” milliy tabiat bogʻlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ER MAYDONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Milliy tabiat bogʻi nomi
Umumiy yer maydoni, gektar
Joylashgan hududi
Oldingi yerdan foydalanuvchilar
Berilayotgan yerlarning toifasi
1.
“Orolqum” milliy tabiat bogʻi
1 000 000
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Moʻynoq tumani
Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligi
Oʻrmon fondi yerlari
2.
“Pop” milliy tabiat bogʻi
10 000
Namangan viloyati, Pop tumani
Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi
3.
“Omonqoʻton” milliy tabiat bogʻi
1 500
Samarqand viloyati, Urgut tumani
Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi
4.
“Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi
27 851
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani
Uzun davlat oʻrmon xoʻjaligi
5.
“Bobotogʻ” milliy tabiat bogʻi
12 064
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani
Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-martdagi 93-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Orolqum”, “Pop”, “Omonqoʻton”, “Yuqori Toʻpalang” va “Bobotogʻ” milliy tabiat bogʻlarining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ER MAYDONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(gektar)
T/r
Milliy tabiat bogʻi nomi
Umumiy yer maydoni
Shundan:
qoʻriqxona zonasi
rekreatsiya zonasi
xoʻjalik maqsadida foydalanish zonasi
1.
“Orolqum” milliy tabiat bogʻi
1 000 000
700 000
200 000
100 000
2.
“Pop” milliy tabiat bogʻi
10 000
6 000
3 000
1 000
3.
“Omonqoʻton” milliy tabiat bogʻi
1 500
1 000
400
100
4.
“Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi
27 851
18 000
6 851
3 000
5.
“Bobotogʻ” milliy tabiat bogʻi
12 064
8 000
3 000
1 064
Jami:
1 051 415
733 000
213 251
105 164
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2022-y., 09/22/93/0182-son)