Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2003 30.12.1997 yildagi 576-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2003
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“USTOZ” RESPUBLIKA JAMFARMASI FAOLIYATINI TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-iyuldagi PF-3272-sonli “Istiqbolli yosh pedagoglarni va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va tajriba orttirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida”gi Farmonini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish, taʼlim muassasalari, birinchi navbatda oliy taʼlim muassasalari professor-pedagog xodimlari safidan yetuk oʻqituvchilar tayyorlash, ularning rivojlangan, demokratik xorijiy mamlakatlar taʼlimidagi ijobiy tajribalarni oʻrganishi, oʻqitishning yangi pedagogik texnologiyalari bilan tanishishi va chet ellarda tajriba orttirishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Ustoz” respublika jamgʻarmasi tashkil etilganligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston banklar uyushmasi, vazirliklar va idoralar, kompaniyalar, qoʻshma korxonalar, jamgʻarmalar, oliy oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlarning “Ustoz” respublika jamgʻarmasi muassislari sifatida ishtirok etishlari eʼtiborga olinsin (1-ilova) hamda ularning Jamgʻarmaga moliyaviy, moddiy-texnikaviy yordam koʻrsatish haqidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar, uyushmalar, jamgʻarmalar va fuqarolar uchun ochiq deb eʼlon qilingani maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Ustoz” respublika jamgʻarmasining boshqaruv tarkibi 2-ilovaga*, Jamgʻarmaning Nizomi va uning tuzilmasi 3 — 4-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar “Ustoz” respublika jamgʻarmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim muassasalari, birinchi navbatda oliy taʼlim tizimi professor-pedagog xodimlari safidan yetuk oʻqituvchi kadrlar tayyorlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yosh pedagoglarni aniqlash, ularning qobiliyati, ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish, kasb malakasini yuksaltirish, rivojlangan demokratik davlatlarning yetuk oʻquv yurtlarida va markazlarida tajriba orttirishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-pedagog kadrlarni xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirishga yuborish maqsadida tanlovlar oʻtkazish;

xorijda malaka oshirayotgan va tajriba orttirayotgan professor-pedagoglarning taʼlim olish jarayoni, shuningdek, oʻqishdan keyingi mehnat faoliyati monitoringini olib borish, ularning ilmiy-pedagogik salohiyatidan samarali foydalanishga koʻmaklashish;

Jamgʻarmaning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan mukofotlarini taʼsis etish;

professor-pedagog va oʻqituvchilarning malakasini oshirish maqsadida homiylar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ichki hamda chet ellik sarmoyadorlarning investitsiyalarini yuqori malakali professor-pedagog va oʻqituvchi kadrlar tayyorlashga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimga doir xalqaro loyiha va dasturlarda ishtirok etish, uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimiga rivojlangan demokratik mamlakatlar taʼlim tizimining ilgʻor tajribalarini yoyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan demokratik mamlakatlarning taʼlim tizimidagi ijobiy tajribalari oʻrganiladigan chet el taʼlim muassasalari va markazlarini aniqlashda Jamgʻarmaga koʻmaklashsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda bilim olayotgan va malaka oshirayotgan professor-pedagog kadrlarni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid zarur axborot manbalari bilan uzluksiz taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish uchun 25 mln. soʻm mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Pul-kredit siyosati boʻyicha Respublika komissiyasi Jamgʻarma faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar konvertatsiyasini ustuvor tarzda taʼminlasin (matbuotda berilmaydi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Jamgʻarmani oʻz binosiga joylashtirsin hamda kompyuter texnikasi va ofis jihozlari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari Jamgʻarma faoliyatini muntazam yoritib borishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Jamgʻarmani aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi Jamgʻarmaga xizmat koʻrsatish uchun ikkita yengil avtomobil, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning xarajatlari uchun zarur boʻlgan limit ajratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
576-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-dekabrdagi 576-son qaroriga
1-ILOVA

“Ustoz” respublika jamgʻarmasi muassislarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalq taʼlimi vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashqi ishlar vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fan va texnika davlat qoʻmitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston banklar uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Respublika aksiyadorlik-tijorat sanoat-qurilish banki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat “Paxta-bank”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ixtisoslashtirilgan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. “Oʻzbektelekom” konserni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. “Zarafshon-Nyumont” Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. “Oʻzplastital” Oʻzbekiston — Italiya qoʻshma korxonasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “Oʻzdunrobita” Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “OʻzDEUavto” Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma korxonasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. “Biznes-fond”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Toshkent davlat universiteti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Toshkent davlat texnika universiteti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qoraqalpogʻiston davlat universiteti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Samarqand davlat universiteti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Fargʻona davlat universiteti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu roʻyxat, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, “Ustoz” jamgʻarmasiga muassis va homiy boʻlish istagini bildirgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, jumladan, xorijiy korxonalar va tashkilotlar bilan toʻldirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-dekabrdagi 576-son qaroriga
3-ILOVA

“Ustoz” respublika jamgʻarmasi

NIZOMI

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Ustoz” respublika jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, taʼlim muassasalari, birinchi navbatda, oliy taʼlim muassasalari professor-pedagog xodimlari safidan yetuk oʻqituvchi kadrlar tayyorlash, ularning rivojlangan xorijiy mamlakatlar taʼlimidagi ijobiy tajribalarni oʻrganishi, oʻqitishning yangi pedagogik texnologiyalari bilan tanishishi va chet ellarda tajriba orttirishini taʼminlash maqsadini koʻzda tutgan notijorat xayriya jamgʻarmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blanklarga va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boshqa rekvizitlarga ega boʻladi hamda banklarda oʻz hisob raqamini ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma muassislarning ixtiyoriy badallari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi va oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarmaning manzili — Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 45-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. JAMGʻARMANING MAQSADI VA VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim muassasalari, birinchi navbatda, oliy taʼlim muassasalari professor-pedagog xodimlari safidan yetuk oʻqituvchi kadrlar tayyorlashga koʻmaklashish, shu maqsadda taʼlim tizimi professor-pedagoglarining rivojlangan demokratik mamlakatlar taʼlimidagi ijobiy tajribalar, oʻqitishning yangi pedagogik texnologiyalarini oʻrganishini va chet ellarda malaka oshirishini tashkil qilish va taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari uchun professor-oʻqituvchi kadrlarni chet eldagi yetakchi oʻquv va ilmiy markazlarda tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yosh pedagoglarni aniqlash, ularning qobiliyati, ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish maqsadida kasb malakasini yuksaltirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-pedagog kadrlarni xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirishga yuborish maqsadida tanlovlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda malaka oshirayotgan va tajriba orttirayotgan professor-pedagoglarning taʼlim olish jarayoni, shuningdek, oʻqishdan keyingi mehnat faoliyati monitoringini olib borish, ularning ilmiy-pedagogik salohiyatidan samarali foydalanishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan mukofotlarini taʼsis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik faoliyatning ijtimoiy maqomi va obroʻ-eʼtiborini oshirish borasida faoliyat koʻrsatish, chunonchi, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”, “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi”, “Yilning eng yaxshi ilmiy rahbari” kabi Jamgʻarma sovrindorlarini aniqlash uchun koʻrik-tanlovlarni tayyorlash va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professor-pedagog va oʻqituvchilarning malakasini oshirish maqsadida homiylar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ichki hamda chet ellik sarmoyadorlarning investitsiyalarini yuqori malakali professor-pedagog va oʻqituvchi kadrlar tayyorlashga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimga doir xalqaro loyiha va dasturlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimiga rivojlangan demokratik mamlakatlar taʼlim tizimining ilgʻor tajribalarini yoyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimni axborot bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish, uzluksiz taʼlim tizimini jahon axborot tarmogʻi bilan ilgʻor axborot texnologiyalari asosida bogʻlashga koʻmaklashish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yuqori malakali chet el mutaxassislarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonlik yetakchi professor-pedagoglar, olimlar va mutaxassislarning oʻquv-uslubiy, ilmiy asarlarini nashr etishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma oʻqituvchi, professor-pedagog xodimlarning chet ellardagi yetakchi oʻquv muassasalari va markazlarida tajriba orttirishlariga oid dasturlar, loyihalar tuzadi, ularni shu maqsadda jamlangan mablagʻlar hisobiga amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. MALAKA OShIRISh ShAKLLARI VA MUDDATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma yoʻllanmasi boʻyicha professor-pedagoglarni malakasini oshirish quyidagi shaklda olib boriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-pedagoglarni qayta tayyorlash (6 oygacha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish (3 oygacha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba almashish (2 oygacha).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. JAMGʻARMA GRANTLARINI OLISh TANLOVI TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Ustoz” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimidagi professor-pedagoglarning rivojlangan demokratik mamlakatlar taʼlimidagi ijobiy tajribalarni, oʻqitishning yangi pedagogik texnologiyalarini oʻrganishi, chet ellarda malaka oshirish va mutaxassislarni qayta tayyorlash boʻyicha tanlovlarni tashkil etadi hamda ular haqidagi axborotlarni matbuotda muntazam ravishda eʼlon qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov gʻoliblarining Jamgʻarma grantlari boʻyicha xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi (qayta tayyorlash) shartnoma asosida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovning asosiy maqsadi obyektivlik, oshkoralik, keng qamrovlilikni taʼminlash, jamoatchilikning fikrini inobatga olgan holda vatanparvar, yuqori malakali, madaniyatli, jiddiy ilmiy talablarga javob bera oladigan, oʻz sohasining yetuk mutaxassislarini saralab olishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Ustoz” jamgʻarmasi grantlarini olish tanlovlarida Oʻzbekiston fuqaroligiga ega boʻlgan, oliy maʼlumotli, taʼlim muassasalarining, birinchi navbatda oliy taʼlim muassasalarining quyidagi tanlov mezonlariga munosib boʻlgan professor-pedagoglari va xodimlari ishtirok etishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlagan mutaxassisligi boʻyicha 5 yildan kam boʻlmagan uzluksiz mehnat tajribasiga ega boʻlgan va oʻz sohasini mukammal oʻzlashtirgan pedagoglar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim sohasining tashabbuskori va ijodkorlari, yilning eng yaxshi oʻqituvchisi, yilning eng yaxshi tarbiyachisi, yilning eng yaxshi ilmiy rahbari kabi respublika va viloyatlar koʻrik-tanlovlari gʻoliblari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-uslubiy sohada izlanuvchan, uslubiy tavsiyalar, dasturlar, qoʻllanmalar, darsliklar, maqolalar, ixtirolar, yangi pedagogik texnologiyalarning mualliflari, taʼlim-tarbiya sohasida doktorlik ilmiy izlanishi olib borayotgan pedagog-xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori saviyada ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy bilimlarga ega boʻlgan pedagog-xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz sohasida xorijiy ilgʻor tajribalarni oʻrganishga istak bildirgan va shu mamlakat tilini biladigan, sogʻlom, vatanparvar, yuksak milliy madaniyat sohiblari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlovga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov komissiyasi nomiga ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv muassasasi tavsiyanomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, ilmiy daraja va unvonlar toʻgʻrisidagi hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur hujjatlarning xorijiy taʼlim olib boriladigan tildagi tarjimasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chop etilgan uslubiy tavsiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy asarlar va ixtirolar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy anketa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasidan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malaka mutaxassisligini belgilaydigan boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqich Respublika Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari hamkorligida tashkil etiladigan joylardagi tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga “Ustoz” jamgʻarmasi vakili kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tanlovda qatnashish istagini bildirgan pedagoglar, tarbiyachilar va professor-oʻqituvchilarning hujjatlarini oʻquv muassasalari tavsiyasiga asosan qabul qiladi va tanlovni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovning mazkur bosqichi yuqorida keltirilgan mezonlar boʻyicha tuzilgan maxsus testlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqich “Ustoz” jamgʻarmasi huzuridagi markaziy tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi va sohalar yoʻnalishlari boʻyicha hamda chet tili boʻyicha sinov-suhbatlar shaklida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy tanlov komissiyasi tarkibi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlovlar “Ustoz” jamgʻarmasi boshqaruvi tasdiqlagan jadval asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar oʻz sohalari va toifalariga muvofiq “Ustoz” jamgʻarmasi rejasi asosida xorijga borishga yoʻllanmalar oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Ustoz” jamgʻarmasi tanlovidan oʻtgan va oʻqishga jalb etilgan nomzodlarning asosiy ish joylaridagi lavozimlari va maoshlari saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. JAMGʻARMANING HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma quyidagi huquqlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻz vakolati doirasida shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlar tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nizom maqsadlari doirasida respublika hududida va uning tashqarisida koʻrgazmalar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar majmuini tayyorlash va oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga rioya qilgan holda, Nizom maqsadlarini bajarish uchun zarur boʻlgan taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatishni uyushtiradigan kichik va qoʻshma korxonalar, markazlar taʼsischisi boʻlish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mavjud qonunchilik doirasida noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nizom maqsadlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va Nizomga zid boʻlmagan tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa faoliyatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. JAMGʻARMANING BOShQARUV ORGANI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamgʻarmaning rahbar organi Boshqaruv boʻlib, u Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boshqaruv Jamgʻarmaning hayʼat organi boʻlib, uning tarkibi va raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv yigʻilishlariga Rais rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv yigʻilishlari zaruriyatga koʻra (kamida 6 oyda bir marta) oʻtkaziladi, Boshqaruv qarorlari Rais imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruvning vazifalari doirasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyatining uning maqsadlariga doir yoʻnalishlarini ishlab chiqish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi professor-oʻqituvchi kadrlar tayyorlash maqsadida rivojlangan demokratik davlatlardagi ilgʻor taʼlim muassasalari va markazlarini aniqlash hamda ular bilan hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma homiylari bilan aloqalar oʻrnatish va hamkorlik qilish, moliyaviy mablagʻlar, shuningdek, chet el investitsiyalarini izlab topish va yuqori malakali chet el mutaxassislarini yetakchi professor-pedagog va oʻqituvchi kadrlarni tayyorlash jarayoniga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma grantlarining har yillik sonini belgilash hamda ularni taqsimlash, Markaziy tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi Jamgʻarma tanlov komissiyalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellarda malakasini oshirgan hamda qayta tayyorlangan professor-pedagoglar va oʻqituvchilarning mehnat faoliyati monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi direktor tomonidan taqdim qilingan Jamgʻarma faoliyatining har yillik rejalarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning yillik hisobotini muhokama qilish va tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Rais oʻrinbosari — ijro etuvchi direktor Jamgʻarmaning joriy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi direktor vazifalari doirasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyatining uning maqsadlari asosida belgilangan yoʻnalishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv qarorlarini hayotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mintaqalari boʻyicha chet el tajribalarini oʻrganishga va malakasini oshirishga munosib professor-pedagog kadrlarni aniqlashga doir tanlovlarni tashkil qilish va natijalarini umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijasida belgilangan Jamgʻarma grantlari boʻyicha grant sovrindori bilan chet davlatda malaka oshirish (qayta tayyorlash) yuzasidan shartnoma tuzish va uning bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma vazifalarini amalga oshirish uchun yetakchi mutaxassislardan iborat ishchi va ekspert guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tajriba orttirayotgan va malaka oshirayotgan professor-oʻqituvchilarning xizmat va ijtimoiy faoliyatlariga doir monitoringni amalga oshirish, ular bilan doimiy aloqada boʻlish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijro etuvchi direktor Jamgʻarma xodimlarining ishini tashkil qiladi va boshqaradi, Jamgʻarma nomidan faoliyat koʻrsatadi, shu jumladan, uning moliyaviy-xoʻjalik ishlarini amalga oshiradi, Jamgʻarma nomidan bitimlar tuzadi, Jamgʻarma xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi. Ijro etuvchi direktor Jamgʻarmaning Nizom doirasidagi barcha faoliyati uchun masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori maqomiga koʻra, mehnatga haq toʻlash, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, ijro etuvchi direktor oʻrinbosari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. JAMGʻARMANING MOL-MULKI VA MOLIYAVIY MABLAGʻLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamgʻarmaning mol-mulki asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va shu kabilar)dan, aylanma mablagʻlardan, shuningdek, mablagʻ bilan taʼminlashning barcha manbalari hisobiga olingan moliyaviy resurslar va boshqa moddiy boyliklardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning Nizomdagi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan budjet ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayriya, homiylik tushumlari, xolisona tushumlar, shu jumladan, chet el investitsiyalari, grantlari va boshqa Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan mablagʻlari hisobiga shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarmaning xayriya, homiylik tushumlari va xolisona tushumlar hisobiga sotib olgan mol-mulklari, chet el investitsiyalari, grantlari Jamgʻarmaning oʻz mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma asosiy fondlarni va boshqa moddiy boyliklarni qonunchilikda belgilangan tartibda tasarruf etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga biriktirilgan, amaldagi qonunchilikka muvofiq toʻlov undirib olinishi mumkin boʻlgan mol-mulk bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. HISOB VA HISOBOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma oʻz faoliyati natijalarini amaldagi qonun va qoidalarga binoan tezkorlik bilan tahlil qiladi va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, hisobot maʼlumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. JAMGʻARMA FAOLIYATINI TOʻXTATISh VA QAYTA TAShKIL ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyatini toʻxtatish yoki qayta tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-dekabrdagi 576-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ustoz” respublika jamgʻarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Lavozimlar‎

Soni‎

1. Ijro etuvchi direktor‎

1‎

2. Ijro etuvchi direktor‎ oʻrinbosari‎

1‎

3. Bosh mutaxassis‎

1‎‎

4. Etakchi mutaxassis‎

1‎‎

5. Buxgalter-hisobchi‎

1‎‎

6. Ishlar boshqaruvchisi‎

1‎‎

7. Referent-ish yurituvchi‎

1‎‎

Jami:‎

7‎