03.03.2022 yildagi O‘RQ-757-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.03.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 21-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 3-fevralda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning amal qilishi tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Geografik koʻrsatkich tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari (bundan buyon matnda tovarning xususiyatlari deb yuritiladi) uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi. Mazkur geografik obyekt hududida tovarni ishlab chiqarishning tovarning xususiyatlarini shakllantirishga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan bosqichlaridan loaqal bittasi amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el geografik koʻrsatkichlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida muhofaza qilish faqat tegishli belgi oʻzi kelib chiqqan mamlakatda muhofaza qilingan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazgan shaxs muayyan sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari sezilarli darajada uning geografik kelib chiqishiga bogʻliq boʻlgan tovarni ishlab chiqarayotgan boʻlsa, mazkur shaxs ushbu geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi xuddi shu geografik obyektda joylashgan va xuddi shunday xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik:

geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi yagona davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik koʻrsatkichlarni va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular yuzasidan davlat ekspertizasini oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik koʻrsatkichlarni va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichlarning davlat reyestrini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish va geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkich muayyan geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaxsning (alohida hollarda, agar boshqa shaxslar mavjud boʻlmasa yoxud ular talabnomani berishda ishtirok etish istagini bildirmasa, bitta shaxsning) talabnomasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning manfaatlarini ifodalash uchun vakolatli, birlashma shaklida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti (bundan buyon matnda birlashma deb yuritiladi) tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli geografik obyekt joylashgan hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ham berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) yuridik yoki jismoniy shaxs (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita yoxud uning patent vakili yoki ishonchli vakili tomonidan davlat axborot tizimlari orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma berilgan sana talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma berilganidan keyin Agentlik talabnoma haqidagi maʼlumotlarni talabnoma kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnomani va roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomini geografik koʻrsatkich etib oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnomani ekspertiza natijalari boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar geografik koʻrsatkichga doir talabnoma etib oʻzgartirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma egasining (egalarining) arizasiga koʻra geografik koʻrsatkich etib oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomining geografik koʻrsatkich etib oʻzgartirish bilan bogʻliq ishlarni yuritish tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma egasi (egalari) tomonidan mustaqil ravishda, patent vakili yoki ishonchli vakil orqali amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Patent vakillari orqali vakillik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar va chet el yuridik shaxslari geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazishga hamda geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga doir ishlarni, shuningdek bu ishlar bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatga molik boshqa harakatlarni Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, lekin vaqtinchalik uning hududidan tashqarida boʻlgan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi doirasidagi yozishmalar uchun manzilni koʻrsatgan taqdirda, geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazishga va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga doir ishlarni hamda bu ishlar bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatga molik boshqa harakatlarni patent vakilisiz olib borishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Talabnomaga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma bitta geografik koʻrsatkichga taalluqli boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnomada koʻrsatilgan belgi yoki, agar reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, geografik koʻrsatkich;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaysi tovar turi uchun geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan boʻlsa, oʻsha tovar turining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik obyektning chegaralaridagi tovar ishlab chiqariladigan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning xususiyatlari u ishlab chiqarilayotgan joyga bogʻliq ekanligiga taalluqli maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning geografik jihatdan kelib chiqishiga, mazkur geografik obyekt uchun xos boʻlgan tabiiy sharoitlarga va (yoki) inson omillariga sezilarli darajada bogʻliq boʻlgan tovar xususiyatlarining tavsifi, shu jumladan tovarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan boshlangʻich materialning tavsifi, tovarning fizik, kimyoviy, mikrobiologik, organoleptik yoki badiiy xususiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentda (bundan buyon matnda maʼmuriy reglament deb yuritiladi) nazarda tutilgan boʻlsa, talabnomada bayon etilgan qoidalarga va tovarning aniq xususiyatlariga rioya etilganligini tasdiqlovchi vakolatli inspeksiya organlarining hamda laboratoriyalarning nomi va joylashgan yeri (pochta manzillari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma berganlik uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma patent vakili yoki ishonchli vakil orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarayotgan shaxs boʻlsa, talabnoma beruvchining mazkur geografik obyektda joylashganligini va xususiyatlari ushbu geografik obyekt bilan sezilarli darajada bogʻliq boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tovarlar ishlab chiqarayotgan shaxs boʻlsa, geografik obyekt joylashgan mamlakatda talabnomada bayon etilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma birlashma tomonidan berilgan taqdirda, ushbu birlashmaga kiruvchi shaxslar tegishli xususiyatlarga ega boʻlgan tovarni ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaga talabnoma beruvchi reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga doir talablar maʼmuriy reglamentda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Geografik koʻrsatkichlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi belgilar geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar qaysi geografik obyekt chegarasida dastlab ishlab chiqarilgan yoki fuqarolik muomalasiga kiritilgan va ishlab chiqarilish joyi bilan bogʻliq boʻlmagan muayyan turdagi tovarning belgisi sifatida Oʻzbekiston Respublikasida umumiy isteʼmolga kiritilgan boʻlsa, oʻsha geografik obyektning belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayni bir turdagi tovarga nisbatan geografik koʻrsatkich yoki tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan belgi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nisbatan ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan tovar belgisi yoki xizmat koʻrsatish belgisi bilan bir xil yoxud unga aynan oʻxshash boʻlgan belgi, agar bunday geografik koʻrsatkichdan foydalanish tovar yoki uni tayyorlovchi xususida isteʼmolchini chalgʻitsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik navining yoki hayvon zotining nomini ifodalovchi belgi, agar bunday geografik koʻrsatkichdan foydalanish tovar xususida isteʼmolchini chalgʻitsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar yoki uni tayyorlovchi xususida isteʼmolchini chalgʻitadigan belgi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan tovarga nisbatan geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgan belgi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Talabnomaning davlat ekspertizasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomaning davlat ekspertizasi Agentlik tomonidan amalga oshiriladi hamda u rasmiy ekspertizani va talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasini oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi talabnoma davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi davrida bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallarini tuzatishga, aniqlashtirishga yoki ularni talabnomani mohiyatan oʻzgartirmaydigan materiallar bilan toʻldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekspertizasini oʻtkazish jarayonida qoʻshimcha materiallarsiz ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmasa, Agentlik talabnoma beruvchidan bunday materiallarni soʻrab olishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekspertizasining soʻroviga koʻra qoʻshimcha materiallar soʻrov talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida taqdim etilishi kerak. Talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra mazkur muddat koʻpi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlar talabnoma beruvchining mazkur muddatlar tugaganidan ikki oydan kechiktirmay bergan iltimosnomasiga binoan Agentlik tomonidan tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi maʼmuriy reglamentda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Talabnomaning rasmiy ekspertizasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma Agentlikka berilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy ekspertiza chogʻida talabnomaning mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchiga rasmiy ekspertiza natijalariga koʻra Agentlikning talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud uni rad etish haqidagi qarori maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq, mazkur qaror qabul qilinganidan keyin bir oy ichida Agentlik tomonidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi chogʻida talabnomada ifodalangan belgining ushbu Qonun 4, 5, 7 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi natijalariga koʻra Agentlikning geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi yoxud uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi, talabnoma beruvchi bu haqda xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Davlat ekspertizasi natijalari ustidan shikoyat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasi natijalari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch oy ichida shikoyat berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekspertizasi natijalari ustidan Apellyatsiya kengashiga shikoyat berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida sudga shikoyat berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Talabnomadan voz kechish yoki uni chaqirib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi talabnomadan uni koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish sanasidan kechiktirmay voz kechishi yoki uni chaqirib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ekspertizasi natijalari asosida Agentlik geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazishni patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlar tarkibi maʼmuriy reglamentda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Geografik koʻrsatkich yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkich yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan tovarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborot Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytiga ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlarning tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) uning egasining geografik koʻrsatkichdan guvohnomada koʻrsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin uch ish kuni ichida Agentlik tomonidan beriladi. Guvohnomaning shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Geografik koʻrsatkichni muhofaza qilish muddati hamda guvohnomaning amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkich ushbu Qonun talablariga javob beradigan tovarni ishlab chiqarish imkoniyati mavjud boʻlgan butun vaqt davomida muhofaza qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning amal qilish muddati guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yil ichida uning egasi tomonidan berilgan arizaga koʻra har safar oʻn yilga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patent vakili yoki ishonchli vakil orqali ariza berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs mazkur geografik obyektda ekanligini va reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovarni ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv ariza berilgan sanadan eʼtiboran uch kun ichida reyestrga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza berishning ushbu modda birinchi qismida koʻrsatilgan muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin olti oy ichida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga koʻra uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Guvohnomaga oʻzgartishlar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning egasi Agentlikni oʻz nomi, familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganligi toʻgʻrisida, geografik koʻrsatkichga taalluqli boshqa oʻzgartishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu oʻzgartishlar toʻgʻrisidagi yozuv Agentlik tomonidan guvohnomaga va reyestrga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Guvohnomani haqiqiy emas deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar guvohnoma ushbu Qonunda belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa, ushbu guvohnoma uning butun amal qilish muddati ichida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma Apellyatsiya kengashining yoki sudning qarori asosida haqiqiy emas deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Geografik koʻrsatkichning roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish, guvohnomaning amal qilishini tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichning roʻyxatdan oʻtkazilganligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlar bilan ishlab chiqarishning imkoniyati yoʻqligi munosabati bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el yuridik yoki jismoniy shaxslari tovar kelib chiqqan mamlakatda mazkur geografik koʻrsatkichga doir huquqini yoʻqotganligi munosabati bilan Apellyatsiya kengashining qarori asosida bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning amal qilishi uning amal qilish muddati oʻtganligi munosabati bilan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma egasining Agentlikka bergan arizasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma egasi geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini yoʻqotganligi munosabati bilan Apellyatsiya kengashining qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qarori asosida muddatidan ilgari tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Geografik koʻrsatkichdan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning egasiga geografik koʻrsatkichdan qonunga zid boʻlmagan har qanday usulda foydalanish, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan, koʻrgazmalarda va yarmarkalarda namoyish etilayotgan yoki boshqacha tarzda Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan yoki tashilayotgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarda, tovarlarning yorliqlarida, oʻrovlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan blankalarda, hisobvaraqlarda, boshqa hujjatlarda va bosma nashrlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni sotish toʻgʻrisidagi takliflarda, shuningdek eʼlonlarda, peshlavhalarda va reklamada foydalanish huquqi tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashma tomonidan geografik koʻrsatkich roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, bunday geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi, basharti ushbu geografik koʻrsatkichdan reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovarga nisbatan foydalanilsa, ushbu birlashma aʼzosi boʻlgan har bir shaxsga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya shartnomasi asosida geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, bunday huquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻgʻrisida bitimlar tuzishga va geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar geografik koʻrsatkichdan qonunga xilof ravishda foydalanish deb eʼtirof etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan undan foydalanish, hatto bunda, agar tovar ishlab chiqarilgan haqiqiy joy koʻrsatilgan boʻlsa yoki geografik koʻrsatkichdan uni tarjima qilgan holda yoxud “xildagi”, “turdagi”, “oʻxshatib ishlangan” degan va boshqa shunga oʻxshash soʻzlar bilan qoʻshib foydalanilayotgan boʻlsa ham;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlmagan yoxud geografik obyekt chegarasidan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarga nisbatan foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichga oʻxshash belgidan tovar ishlab chiqarilgan joy yoki tovarning xususiyatlari xususida isteʼmolchilarni chalgʻitadigan tarzda har qanday tovarlar uchun foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichdan qonunga xilof ravishda foydalanilgan yoki u bilan adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan belgilardan foydalanilgan tovarlar, tovarlarning yorliqlari, oʻrovlari kontrafakt hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Ogohlantiruvchi tamgʻalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma egasi geografik koʻrsatkich bilan bir qatorda tovarda yoki uning oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkich ekanligini bildiradigan, aylana ichiga olingan, lotin alifbosidagi “GI” harflari tarzidagi ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Patent bojlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichlarni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun patent bojlari olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent bojlarining miqdorlari va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Tovarlarning belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomalarning egalari tovarlarning reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga muvofiqligini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va (yoki) tegishli vazirlik, idora yoki boshqa tashkilot qaysi tovarlarga nisbatan geografik koʻrsatkich roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha tovarlarning xususiyatlari saqlab qolinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan mazkur geografik obyekt uchun xos boʻlgan sharoitlar yoʻqolganligi toʻgʻrisida hamda geografik koʻrsatkich oʻziga nisbatan roʻyxatdan oʻtkazilgan, reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish mumkin emasligi haqida xulosa beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashmalar geografik koʻrsatkich bilan tamgʻalangan va ushbu birlashmaga kiruvchi shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning xususiyatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga haqli. Davlat bunday birlashmalarni qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkich bilan tamgʻalangan tovarlarni sertifikatlashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Geografik koʻrsatkichni boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari geografik koʻrsatkichni belgilangan tartibda boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki oʻzarolik prinsipi asosida foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 10-modda birinchi qismi 13-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 11-modda quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi 712-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 21-moddasi birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi “xizmat koʻrsatish belgilarini” degan soʻzlardan keyin “geografik koʻrsatkichlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrda qabul qilingan “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-51-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 493-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 4-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“belgilangan tartibda qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joyning nomlari bilan, shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshash boʻlgan belgilar ham koʻrsatilmasligi kerak”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “xizmat koʻrsatish belgilariga” degan soʻzlardan keyin “geografik koʻrsatkichlarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 5-moddaning 9-bandi “xizmat koʻrsatish belgilari” degan soʻzlardan keyin “geografik koʻrsatkichlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi “xizmat koʻrsatish belgilari” degan soʻzlardan keyin “geografik koʻrsatkichlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi qismi “xizmat koʻrsatish belgilarini” degan soʻzlardan keyin “geografik koʻrsatkichlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 12-bandi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi “xizmat koʻrsatish belgilari” degan soʻzlardan keyin “geografik koʻrsatkichlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik bandining oʻn beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“geografik koʻrsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini, ulardan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga talabnoma, ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma berish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b” kichik bandi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tovar belgisini, geografik koʻrsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish, geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish, tovar belgisini Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisidagi “tovar kelib chiqqan joy nomlari” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik bandining oʻn oltinchi xatboshisidagi “tovar kelib chiqqan joy nomidan” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d” kichik bandining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “tovar kelib chiqqan joy nomini” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichni hamda tovar kelib chiqqan joy nomini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisidagi “tovar kelib chiqqan joy nomidan” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichdan hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“e” kichik bandining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “tovar kelib chiqqan joy nomiga” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisidagi “tovar kelib chiqqan joy nomiga” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshisidagi “tovar kelib chiqqan joy nomiga” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshisidagi “tovar kelib chiqqan joy nomiga” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 14-bandi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik bandining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisidagi “tovar kelib chiqqan joy nomidan” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshisidagi “tovarlarning kelib chiqish joyi nomidan” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “tovar kelib chiqqan joy nomini” degan soʻzlar “geografik koʻrsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 3-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-757-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son; 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)