01.03.2022 yildagi PQ-145-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda iqlimning global oʻzgarishi natijasida kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida suv resurslarini boshqarish, ularning hisobi va hisobotini yuritish hamda suv munosabatlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, suvdan tejamli va samarali foydalanish yuzasidan mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga qaramasdan, quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish, suv tanqisligi sharoitida isteʼmolchilar oʻrtasida suv taqsimlash, suvning hisobi va hisobotini yuritish hamda suvdan foydalanish samarasi pastligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini toʻlaqonli yuritish, suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni takomillashtirish hamda ushbu jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni oʻz hududida suvni boshqarish va taqsimlash ishlariga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan taʼminlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvning hisobi va hisobotini inson omiliga minimal ravishda bogʻliq boʻlgan avtomatlashtirilgan tizimlar orqali yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi yerlari oʻz hisobida mavjud boʻlgan klasterlarga oʻzlariga tegishli maydonlardagi barcha suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqaruvga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavotchilik hamda sholichilikka ixtisoslashgan tumanlar suv xoʻjaligi obyektlari boshqaruviga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy sektorni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisida nazarda tutilmagan qishloq xoʻjaligi sugʻoriladigan yerlarida faoliyat koʻrsatayotgan suv isteʼmolchilari va tuman irrigatsiya boʻlimlari oʻrtasida suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning 2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqaruvga berishda klasterlar oʻz hisobiga olgan yer maydonlarida, suv xoʻjaligi obyektlarini boshqaruvga olgan xususiy korxonalar esa xizmat koʻrsatish hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud boʻlgan barcha suv xoʻjaligi obyektlarini mustaqil boshqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalarini belgilangan tartibda suv olish limiti doirasida suv bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv hisobi va hisobotining toʻliq yuritilishini taʼminlaydi hamda bu jarayonga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatish hududidagi barcha suv xoʻjaligi obyektlarining bosqichma-bosqich modernizatsiyasini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, biriktirilgan hududdagi suv xoʻjaligi obyektlarining ekspluatatsiya xarajatlari uchun Davlat budjetida nazarda tutiladigan mablagʻlarning bir qismi xususiy sherikka toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev mazkur qarorning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligi sugʻoriladigan yerlarida faoliyat koʻrsatayotgan suv isteʼmolchilari va tuman irrigatsiya boʻlimlari oʻrtasida suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma asosidagi tizimning ishga tushirilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari Suv xoʻjaligi vazirligi (A.A. Mirzayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (M.I. Roʻzmetov) va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (A.V. Allaberganov) bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar hududidagi suv xoʻjaligi obyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda ularning balansiga berilishini, shuningdek, belgilangan tartibda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta suv isteʼmolchiga xizmat koʻrsatuvchi ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmogʻi, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlarni ulardan doimiy va maqsadli foydalanish hamda taʼmirlash-tiklash uchun tegishli suv isteʼmolchisi balansiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki va undan ortiq suv isteʼmolchisiga xizmat koʻrsatuvchi fermerlararo ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmogʻi, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlarni ulardan doimiy va maqsadli foydalanish hamda taʼmirlash-tiklash uchun tegishli xizmat koʻrsatuvchi tashkilot balansiga toʻlovlarsiz beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi, suv xoʻjaligi obyektlarini oʻz balansiga olgan subyektlar tomonidan suv olish limiti asosida suv yetkazib berilishi hamda suv isteʼmolchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov) suv xoʻjaligi obyektlarini boshqaruvga olgan subyektlarning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman irrigatsiya boʻlimlarining suv isteʼmolchilariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xizmat koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarishga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy sektorni jalb qilish shartlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-145-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/145/0171-son; 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)