Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2023 25.02.2022 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq aholiga o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida o‘limni qayd qilish bo‘yicha quyidagilardan iborat kompozit xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasasi xodimi vafot etganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirib, “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi o‘rinlarda — FHDY) organiga yuboradi. Bunda, vafot etganlik to‘g‘risidagi tibbiyot ma’lumotnomasi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga qog‘oz shaklida berilishi va ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri FHDY organiga murojaat qilishi ham mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FHDY organi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida shaxsning o‘limini “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimida qayd qilib, QR-kod orqali tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FHDY organi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga vafot etganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini gerbli guvohnomada eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘limni qayd etish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-apreldan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma o‘lim haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli vazirlik va idoralarda davlat xizmatini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bir oy muddatda o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma berish vakolatiga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalari, mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar va tibbiy-ijtimoiy muassasalar (Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy reabilitatsiya markazlari, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati hamda Nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalar uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari) zarur kompyuter texnikalari bilan jihozlanishini, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i hamda “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2022-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 25-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular bo‘lmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxsga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma berish, o‘limni qayd qilish, vafot etgan shaxsni dafn qilish uchun qabristonga ma’lumotnoma berish va dafn etish uchun nafaqa berish bo‘yicha kompozit davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatlari) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tibbiyot muassasalari, mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar va tibbiy-ijtimoiy muassasalar (keyingi o‘rinlarda — tibbiyot muassasalari) vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni o‘lim haqidagi elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda o‘lim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun tibbiyot muassasasi joylashgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda — FHDY bo‘limi) “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — avtomatlashtirilgan axborot tizimi) orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, elektron tizim orqali shakllantirilgan o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma ariza beruvchilarning talabiga asosan ularga qog‘oz shaklida berilishi va ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri FHDY bo‘limiga murojaat qilishi ham mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) FHDY bo‘limi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasasidan o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma kelib tushishi bilan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali o‘lim haqida dalolatnoma yozuvini avtomatik ravishda qayd etadi va o‘lim haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi)ning axborot tizimiga elektron shaklda yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan ularga o‘lim haqidagi ma’lumotnomani gerbli guvohnomada eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tibbiyot muassasasi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda olingan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga ikki nusxada chop etib beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Pensiya jamg‘armasi har oyning 5-sanasiga qadar o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot (keyingi o‘rinlarda — tijorat banki) hisobvarag‘iga moliyalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tijorat banki dafn etish uchun nafaqa to‘lovini tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma asosida Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Reglament talablari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan vafot etgan shaxsga nisbatan FHDY bo‘limida tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lim holatini sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qaroriga asosan qayd qilishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘limi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaxslarning o‘limini qayd etishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsi aniqlanmaganlarning o‘limini qayd etishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘limini qayd etishda tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda ko‘rsatilgan toifadagi shaxslarning o‘limini qayd etish Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tibbiyot muassasasi, FHDY bo‘limi, Pensiya jamg‘armasi va tijorat banki (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xizmatini ko‘rsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shaxsning biologik o‘lim holati belgilangan tartibda (patologoanatomik, sud-tibbiy ekspertiza va boshqalar) tasdiqlanganidan so‘ng tibbiyot muassasasi xodimi bir soat ichida o‘lim haqidagi elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq so‘rovnoma shaklida avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi va avtomatik ravishda o‘lim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun tibbiyot muassasasi joylashgan joydagi FHDY bo‘limiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, vafot etgan shaxsga tegishli ma’lumotlar uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma avtomatik ravishda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma ariza beruvchilarning talabiga asosan ularga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda berilishi va ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri FHDY bo‘limiga murojaat qilishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. FHDY bo‘limi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasasidan o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma kelib tushishi bilan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali o‘lim haqida dalolatnoma yozuvini avtomatik ravishda qayd etadi va o‘lim haqidagi ma’lumotnomani ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda tibbiyot muassasasiga hamda Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga elektron shaklda yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan ularga o‘lim haqidagi ma’lumotnomani gerbli guvohnomada eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tibbiyot muassasasi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga ikki nusxada, shu jumladan qabristonga taqdim etish uchun chop etib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Pensiya jamg‘armasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya va/yoki nafaqa to‘lovini axborot tizimida avtomatik ravishda to‘xtatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat bankining elektron ma’lumotiga asosan axborot tizimida dafn etish uchun to‘langan nafaqalar ro‘yxatini shakllantiradi va hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyning 5-sanasiga qadar o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni tijorat bankining hisobvarag‘iga moliyalashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, moliyalashtirishning so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ish kuni bo‘lmagan) kunlariga to‘g‘ri kelgan hollarda keyingi ish kuni muddatning so‘nggi kuni hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchilar FHDY bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma yoki tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini ko‘rsatgan holda, o‘lim holati qayd qilingandan boshlab 60 kun muddat ichida dafn etish uchun nafaqa pulini olish maqsadida tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tijorat banki dafn etish uchun nafaqa to‘lovini olish maqsadida murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini FHDY bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma yoki tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma asosida Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqa to‘lovini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish uchun nafaqa FHDY bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma yoki tibbiyot muassasasi tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma berilgan jismoniy shaxslarga to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish uchun nafaqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma orqali to‘lanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish uchun nafaqa pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining to‘rt baravari miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish uchun nafaqa to‘lovi miqdori o‘lim sodir bo‘lgan kundagi, asosli sabablarga ko‘ra (marhumni qidirish, jasadni xorijiy davlat hududidan olib kelish va boshqalar) marhum o‘lim aniqlangan kundan kech dafn etilgan hollarda ushbu holatni tasdiqlaydigan hujjatlar asosida dafn etish kunida belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dafn etish nafaqasini olish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqi bo‘lmasa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, nafaqani olish uchun fuqaroning o‘limi qayd qilingandan boshlab 60 kundan keyin murojaat qilsa dafn etish uchun nafaqa to‘lash rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakolatli organlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy nazoratni (monitoring) amalga oshiradilar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘limni qayd etish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Tibbiyot muassasasi xodimi

O‘lim holati belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng, vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritish va avtomatik ravishda o‘lim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun FHDY bo‘limiga “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuborish.

O‘lim holati belgilangan tartibda (pa�ologoanatomik, sud-tibbiy ekspertiza va boshqa) tasdiqlangandan so‘ng bir soat ichida

2-bosqich

FHDY bo‘limi

1. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va bu haqdagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasi va Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda yuborish.

Ma’lumotlar kelib tushgandan so‘ng avtomatik ravishda

2. Vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida o‘lim haqidagi gerbli guvohnomani chop etib berish yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuborish.

Ariza beruvchilar, vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari yoki merosxo‘rlari tomonidan murojaat qilinganda

3-bosqich

Tibbiyot muassasasi xodimi

QR-kod tasviri tushirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga ikki nusxada chop etib berish.

Ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng darhol

4-bosqich

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi

1. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya va/yoki nafaqa to‘lovini axborot tizimida avtomatik ravishda to‘xtatish.

Avtomatik ravishda

Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi

2. Har oyning 5-sanasiga qadar o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni Tijorat bankining hisobvarag‘iga moliyalashtirish.

Har oyning 5 sanasiga qadar

5-bosqich

Tijorat banki

Dafn etish uchun nafaqa to‘lovini olish maqsadida murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini FHDY bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma yoki tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan QR-kod tushirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma asosida Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlash hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqa to‘lovini amalga oshi�ish.

Murojaat qilgan vaqtda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

_______________________

(sana)

_____________________

(raqam)

O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarid�n

foydalanish uchun

SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqida ma’lumot:

1. F.I.O.:

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR):

3. Telefon raqami va elektron pochta manzili:

4. Yashash joyi:

II. Vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlar

(ma’lumotlar to‘liq yozilishi shart):

1. Vafot etgan shaxsning F.I.O.:

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR):

3. Millati:

4. Fuqaroligi:

5. Jinsi:

6. Vafot etgan vaqti:

7. Vafot etgan joyi:

8. O‘limning sababi:

9. Tug‘ilgan sanasi va joyi:

10. Yashagan joyi (manzili) va shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar:

11. Yoshi:

III. Dafn etish uchun nafaqa olish

1. Dafn etish uchun nafaqa olish:

ha

yo‘q

2. Gerbli guvohnomani pochta aloqasi orqali yetkazib berish:

ha

yo‘q

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilinganligi to‘g‘risida

MA’LUMOTNOMA
№ _______
_____

1. Fuqaroning F.I.O.

2. Vafot etgan sanasi:

3. O‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilingan sana:

4. Dalolatnoma raqami:

5. O‘lim sababi:

6. Qayd qilgan FHDY bo‘limi:

7. Tug‘ilgan vaqti va yoshi:

8. Vafot etgan joyi:

9. Ma’lumotnoma berilgan sana:

10. Vafot etg�n shaxsning JShShIR:

11. Tibbiyot muassasasi:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 14-iyundagi 174-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-son Qonuni)” 2014-yil 31-dekabrdagi 372-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 25-sentabrdagi 766-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni) 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 105-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 23-maydagi 327-son qarori 1-bandi uchinchi xatboshisi, 5-bandi, shuningdek unga 2 va 5-ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori) 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)