1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar | |||||
|
1. |
2025-yilga borib odam immun-tanqisligi virusi (keyingi o‘rinlarda — OIV) infeksiyasi epidemiyasiga barham berishga erishish uchun quyidagi sa’y-harakatlarni inobatga olgan holda tarmoqlararo va hududiy chora-tadbirlar rejalarini qabul qilish: mahalliy, moddiy va kadrlar resurslarini safarbar qilish; OIV infeksiyasining ijtimoiy, moliyaviy, tibbiy, ma’naviy-axloqiy jihatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish masalalariga kompleks yondashish. |
Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Kasallanishning ijtimoiy-demografik jihatlarini, epidemik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlarni inobatga olgan holda OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishni ko‘zda tutuvchi “95-95-95” tamoyiliga muvofiq tadbirlarni 2025-yilgacha amalga oshirish bo‘yicha hududiy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda mas’ul ijrochilar bilan kelishish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish. |
2022-yil aprel |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
2. |
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorligini jadallashtirish. |
Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish. |
2022-yil mart-aprel |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
3. |
OIV infeksiyasining profilaktikasi bo‘yicha milliy rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish. |
2022-yil mart-aprel |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
4. |
Respublikada OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish holati monitoringini yuritish va doimiy ravishda har tomonlama baholash, maqsadli va manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish. |
2022-yil mart-aprel |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
5. |
OIV/OITSning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz usullarini o‘rganish va joriy etishni ta’minlash; |
Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish. |
2022-yil mart-aprel |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov) | |
|
6. |
OITSga qarshi kurashda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
Xalqaro tashkilotlar, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan OIV infeksiyasi muammolari bo‘yicha turli yo‘nalishdagi loyihalarni jalb etish, tayyorlash va amalga oshirish. Ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomalarini imzolash. |
2022-yil mart-aprel |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
7. |
Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar, umumiy o‘rta, oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari o‘rtasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, uning kelib chiqishi sabablarini tushuntirish va oqibatlaridan himoya qilish choralarini ko‘rish. |
Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar, umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari o‘rtasida giyohvandlik, OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan quyidagi choralar ko‘rilishi lozim: mahalliy hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida keng tushuntirish-targ‘ibot ishlari, ko‘rgazmali uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilishini tashkil etish; aholining turli qatlamlari, turli kasb-hunar egalari, jumladan, yoshlar o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish va bilimlarini oshirishga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar, o‘quv modullari loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari o‘rtasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, uning kelib chiqishi sabablari va oqibatlaridan himoya qilish yuzasidan o‘quv darslariga OIV infeksiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi mavzusida o‘quv soatlarini oshirish choralarini ko‘rish. |
2022-yil aprel |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi (N. Narzullayev) |
|
8. |
Respublikada aholining barcha qatlami, ayniqsa qishloq aholisining OIV infeksiyasidan xabardorlik darajasini oshirish. |
Tarmoqlararo reja tuzish. Mahalla faollari, turli din vakillari, yosh volontyorlar va xotin-qizlarni OIV infeksiyasi masalalari bo‘yicha o‘qitib tayyorlash. Qishloq aholisi orasida OIV profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish va OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tishida mahalla fuqarolar yig‘inlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, Yoshlar ishlari agentligi faollari, diniy ulamolar hamda NNTlar bilan hamkorlikni ta’minlash. Aeroport va temir yo‘l kutish zallarida OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha videoroliklar namoyishini yo‘lga qo‘yish. |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (R. Turdiboyeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
9. |
Uyushgan va uyushmagan yoshlar o‘rtasida yuqumli infeksiyalarga ixtiyoriy davriy tekshiruvlardan o‘tishga yo‘naltirish va oila qurishga tayyorlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish. |
Migrantlar, nikohlanuvchilar, homiladorlar o‘rtasida “Sog‘lo� o??la — kelajak poydevori”, “Farzanding sog‘lom va barkamol bo‘lishi sening qo‘lingda” kabi mavzularda tadbirlarni o‘tkazish. Mahalla faollari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida uyushmagan yoshlar orasida OIV infeksiyasining oldini olishni targ‘ib etuvchi tadbirlar tashkil etish. |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (R. Turdiboyeva), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
10. |
OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga xalqaro va nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etish. |
Xalqaro tashkilotlar, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini OIV infeksiyasi muammolari bo‘yicha turli yo‘nalishdagi loyihalarni jalb etish, tayyorlash va amalga oshirish. Ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomalarini imzolash. OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar, mehnat migrantlari, uyushmagan yoshlar salomatligini qo‘llab-quvvatlash, jumladan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar (JYBYUK)ning oldini olish maqsadida aholini OIV, V, S gepatitlar, zaxm infeksiyalariga ekspress usulida tekshirishni amalga oshirishga yo‘naltirish. |
Reja asosida |
Ijrochilarning mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari, donorlik mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), O‘zNNTMA (O. Izzatillayev), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (R. Turdiboyeva), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va yoshlarga OIV infeksiyasi profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish. |
Hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini tayyorlash. Ushbu reja asosida har oyda bir marotaba markazdagi tarbiyasi og‘ir o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va OIV-infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Jo‘rayev) |
|
12. |
Ta’lim muassasalarida, harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida, mahallalarda va tibbiyot muassasalarida yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, tibbiy ko‘rikning sog‘lom hayot kechirishda tutgan o‘rni va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Salomatlik kunlari”ni o‘tkazish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini olib borish. |
Yoshlar, ayniqsa o‘smirlar orasida OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha turli shakldagi tushuntirish-targ‘ibot tadbirlarini (savol-javob kechalari, sport-madaniy tadbirlar, sahna namoyishi va h.k) o‘tkazish. “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida yoshlar orasida turli aksiya va sport musobaqalari o‘tkazishni davom ettirish. |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (R. Turdiboyeva), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sadullayev) |
|
13. |
“Yoshlar OIV infeksiyasiga qarshi” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlarning asosiy g‘oya va maqsadlarini ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, nashrlar) va Internet tarmog‘i orqali keng yoritish bo‘yicha targ‘ibot mediaplatformasini shakllantirish. |
“Yoshlar OIV infeksiyasiga qarshi” shiori ostida aholi, xususan, yoshlar uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot mediaplatformasini shakllantirish bo‘yicha media-rejani ishlab chiqish. Media-rejada quyidagilarni nazarda tutish: intervyu, brifing, matbuot anjumanlari tashkil etish; ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, elektron va bosma nashrlar) orqali mavzuga oid materiallar berib borish; maxsus videorolik, animatsiyalar, titr va fotolavhalar tayyorlash va Internet jahon axborot tarmoqlariga joylashtirish; mas’ul vazirliklar va idoralarning rasmiy saytlarida maxsus ruknlar tashkil etish; yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish. |
Reja asosida |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxoliqov), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
14. |
Yoshlar salomatligini asrash, hududlarda o‘smirlar o‘rtasida doimiy sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Salomatlik volontyorlari” faoliyatini tashkil etish. |
“Salomatlik volontyorlari” loyihasini amalga oshirishda: loyiha to‘g‘risida OAVda e’lon berish; nomzodlarni saralash; “Salomatlik volontyorlari” oromgohini tashkil etish, nomzodlarni trenerlikka tayyorlash; targ‘ibot yo‘nalishlari bo‘yicha mavzularni belgilab berish; targ‘ibot jarayonlarini doimiy yoritib borish. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sadullayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi (N. Narzullayev) |
|
15. |
Yoshlar orasida OIV/OITS va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi targ‘ibot materiallarini muntazam ravishda joylashtirib borish orqali yoshlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar “telegram”, “facebook”, “tik-tok”, “Instagram” hamda “youtube” sahifalarida “repro.uz” ruknini tashkil qilish va targ‘ibot materiallarini doimiy ravishda joylashtirib borish. |
Sahifa loyihasiga joylashtiriladigan materiallar ishlab chiqiladi, ishlab chiqilgan materiallar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirib boriladi. |
Doimiy ravishda |
Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sadullayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’lim vazirligi (B. Saidov) |
|
16. |
Aholi, ayniqsa yoshlar orasida milliy qadriyatlar va an’analarni hisobga olgan holda OIV infeksiyasi profilaktikasiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, hujjatli filmlar namoyishini tashkil etish. |
Sahna ko‘rinishlari, hujjatli filmlar loyihalarini tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va aholiga namoyish etish |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sadullayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’lim vazirligi (B. Saidov) |
|
17. |
OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasi yuqqan shaxslarga ruhiy yordam ko‘rsatish borasida aholi orasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlar uchun grantlar ajratish. |
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokida OIV infeksiyasi muammolari bo‘yicha turli yo‘nalishdagi loyihalarni jalb etish, tayyorlash va amalga oshirish. |
2022-yilda |
Ijrochilarning mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari, donorlik mablag‘lari |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), O‘zNNTMA (O. Izzatillayev) |
|
II. Aholini OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qamrovini oshirish bo‘yicha tadbirlar | |||||
|
18. |
“95-95-95” tamoyiliga asosan shifoxonalarda klinik ko‘rsatma asosida hamda ixtiyoriy tekshiruvlarni kengaytirish. |
Tibbiyot xodimlarini (vrach, hamshira) OIV infeksiyasi bo‘yicha o‘qitish uchun trenerlar tayyorlash. OIV infeksiyasi bilan bog‘liq masalalar bilan tuman va birlamchi bo‘g‘in darajasida shug‘ullanuvchi tibbiyot xodimlarining bilimlarini oshirish. |
Reja asosida |
Ijrochilarning mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari, donorlik mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
19. |
Aholi orasida OIV bilan kasallanganlarni erta aniqlash maqsadida tekshiruvlar qamrovini oshirish. |
Test to‘plamlariga ehtiyojni aniqlash va buyurtma tayyorlash. Test to‘plamlarini sotib olish. Mobil brigadalar tashkil etish orqali uzoq hududlardagi aholiga OIV infeksiyasi bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. O‘zini o‘zi OIV infeksiyasiga testdan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish. Ma’lum bir hududda sinov tariqasida o‘zini o‘zi OIV infeksiyasiga testdan o‘tkazish usuli samaradorligini o‘rganish va natijasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. |
Reja asosida |
Donorlik mablag‘lari, homiylik xayriyalari, ijrochilarning mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
III. OIV infeksiyasi diganostikasi va OIV infeksiyali shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasidagi tadbirlar | |||||
|
20. |
OIV infeksiyasi tarqalishi jadalligiga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablarni aniqlash, ularning faolligini baholash, OIV infeksiyali bemorlarni davolash samarasini o‘rganish bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkazish. |
Tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha normativ hujjat tayyorlash. Epidemiologik, serologik va ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish. O‘tkazilgan tadbirlarning samara- dorligini baholash va amalga oshiriladigan davolash-profilaktika ishlarini yaxshilash uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish. |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
21. |
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizligi xizmati tizimidagi hamda xususiy tibbiyot muassasalari tibbiy xodimlarini OIV infeksiyasi masalalari bo‘yicha o‘qitish. |
O‘quv va kalendar rejalarini tuzish. Reja asosida tajribaga ega va salohiyati yuqori mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘qitish ishlarini tashkil etish. Tibbiyot va soha xodimlarining OIV infeksiyasi masalalari bo‘yicha bilimini oshirish. |
2022-yil mart-aprel |
Ijrochilarning mablag‘lari, donorlik mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
22. |
OIV infeksiyasiga barham berishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlash, ushbu masalada jahon tajribasini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida turli o‘quv seminarlari va treninglarni tashkil etish va o‘tkazish. |
Ishtirokchilar ro‘yxatini aniqlash va dasturni tasdiqlash. OIV infeksiyasi sohasida ilg‘or zamonaviy tajribani o‘rganish. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va uning oldini olishda keng tajribaga ega Jahon sog‘liqni saqlash tashk?�oti (JSST), YUNEYDS (UNAIDS), YUSAID (USAID), SDS (CDC), YUNFPA (UNFPA) kabi xalqaro tashkilotlarni jalb qilish. Tajriba almashish, hamkorlik o‘rnatish, OIV infeksiyasi sohasida ilmiy izlanishlarni rejalashtirish. |
Reja asosida |
Ijrochilarning mablag‘lari, donorlik mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
23. |
OIV infeksiyasi profilaktikasi va ijtimoiy masalalar bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali maslahat berilishini tashkil etish. |
Ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasi masalalarini muntazam yoritib boruvchi alohida bloglar/saytlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Bloglar/saytlar orqali targ‘ib etiladigan materiallarni idoralararo va hududiy ishchi guruhlar ekspertizasidan o‘tkazish. |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablag‘lari, donorlik mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), O‘zNNTMA (O. Izzatillayev). |