04.02.2022 yildagi SQ-475-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini (keyingi oʻrinlarda — Hukumat hisoboti) oʻrganib chiqib, aksariyat vazifalar ijrosi taʼminlanganini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur 273 ta banddan iborat boʻlib, unda qayd qilingan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 187 ta hujjat qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini oʻtgan yilga nisbatan 7,4 foizga oshirishga erishilgan, chakana savdo aylanmasi hajmi oʻtgan yilga nisbatan 12,0 foizga oʻsgan, budjet daromadlari 164 trln 700 mlrd soʻmga ijro etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirish uchun tuman va shahar qoʻshimcha daromad manbalarining 30 foizi hamda 14 ta tuman (shahar) budjeti xarajatining 5 foizi hisobidan 1 600 ga yaqin loyihalarni amalga oshirish uchun 407 mlrd 100 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 7 800 ta qishloq va mahallalardagi 45 567 ta obyektda qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari toʻliq yakuniga yetkazilgan. 8 trln 731 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar hisobiga 20 300 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarida, 382 ta koʻprikda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bajarilgan. 5 892 km ichimlik suvi tarmoqlari hamda 559 ta inshoot qurilishi va rekonstruksiya qilinishi natijasida 1 mln 500 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan va markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 65,1 foizdan 69,7 foizga yetkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan 23 trln 500 mlrd soʻm mablagʻ toʻliq oʻzlashtirilib, 2 173 ta obyekt (umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim, tibbiyot, sport, madaniyat muassasalari) foydalanishga topshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 524 000 nafardan ortiq yoshlarning bandligi taʼminlanib, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etilgan, 23 000 nafarga yaqin yoshlarning xalqaro imtihon topshirish, haydovchilik kurslarida oʻqish xarajatlari, muddatli harbiy xizmat badali hamda kontrakt toʻlovlari toʻlab berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrovi 62 foizga yetgan, maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga qabuli 2020-yilga nisbatan 1,7 baravarga ortgan. Yoshlarni oliy taʼlimga umumiy qamrov darajasi 28 foizga oshirilib, 170 ming nafardan ortiq oʻgʻil-qizlar oliy taʼlimga qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi salomatligini mustahkamlash sohasida ommaviy shakldagi profilaktik va chuqurlashtirilgan koʻriklar oʻrniga maqsadli skrining dasturlari, total patronaj oʻrniga universal-progressiv patronaj tizimi joriy qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari uchun 224 mln 100 ming dollar qiymatida yetti turdagi 49 mln doza vaksina olib kelingan va ishlab chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyasi asosida 18 yoshdan yuqori boʻlgan jami 21 mln 500 ming aholining 18 mln 800 ming nafari vaksinalar bilan emlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat hisobotida Dasturning 71, 147, 105, 156, 241-bandlaridagi topshiriqlar toʻliq ijro etilgani qayd etilgan, biroq aslida ularning ijrosi yetarli darajada taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Dasturda 50 ta kon va istiqbolli maydonlarni mahalliy va xorijiy investorlarga shaffof mexanizmlar asosida foydalanishga berish vazifasi belgilangan boʻlib, amalda 20 ta geologik obyektgina sotilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, qaytib kelgan mehnat migrantlarini mahalla darajasida kasb-hunarga, tadbirkorlikka oʻqitish koʻlamini kengaytirish maqsadida mahalla kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tarmogʻini kengaytirish vazifasi yuzasidan tuman (shahar)larda amalga oshirilgan ishlar qoniqarsiz ahvolda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish, davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) tizimi joriy etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tajribasi asosida barcha shahar va tumanlarda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”ni tashkil etish vazifasi bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning 71, 105, 147, 156, 241-bandlaridagi topshiriqlar ijrosini toʻliq taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandlardagi topshiriqlar ijrosini toʻliq taʼminlamagan hamda ularning bajarilganligi haqida notoʻgʻri maʼlumot taqdim etgan mutasaddi vazirlik va idoralar faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ikkilamchi bozordan xarid qilinib, taqdim etilgan uy-joylarni taʼmirlash va zarur jihozlar bilan taʼminlash ishlarini yakuniga yetkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati tugatilayotgan “Mehribonlik” uylari negizida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar farzandlikka yoki vasiylik (homiylik)ka berilgunga qadar vaqtincha saqlash muassasalarini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”dagi er-maydonlarini yosh tadbirkorlarga imtiyozli asoslarda taqdim etish yuzasidan taklif tayyorlash hamda mazkur hududlarning infratuzilmasini yaxshilash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklikka taklif etilayotgan barcha obyektlar boʻyicha maʼlumotlar yagona elektron portalda toʻliq joylashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga oʻqish imkoniyatini yaratish, kattalar uchun taʼlim tizimini rivojlantirish hamda bu jarayonda nodavlat taʼlim muassasalarining ishtirokini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusida davlat dasturlari bajarilishi yuzasidan Hukumat hisobotlarida Dasturda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalari, chora-tadbirlar dasturlari va yoʻl xaritalarini hamda ularning bajarilishi yuzasidan monitoring natijalarini, shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ishlarning manzilli roʻyxatini Senatga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari “Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan maqsadlar hamda ularni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi topshiriqlar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” ustuvor yoʻnalishidagi vazifalar ijrosini muntazam ravishda mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlari bilan birgalikda muhokama qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan maqsadlar hamda ularni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi topshiriqlarning hududlardagi ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlar axborotini har chorakda eshitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tuman va shahar hokimining kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha manzilli dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha hisobotini muntazam eshitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda tashqi qarz hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha muhokamalar tashkil qilish hamda ularning natijalari toʻgʻrisida jamoatchilikka hisobot berish tizimini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) mazkur Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi maʼlumotlarni 2022-yilning 1-apreliga qadar Senatga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 4-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-475-IV-son