Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.09.1997 yildagi 446-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida islohotlarni davom ettirish to‘g‘risida” 1997-yil 17-sentabrdagi PF-1843-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maishiy xizmat ko‘rsatish tizimining tashkiliy tuzilmasi, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalarining ijroiya apparati namunaviy tuzilmasi va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalari ijroiya apparatining namunaviy tuzilmasi 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalari aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalari tuman (shahar) uyushmalarini va mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni ixtiyoriy asosda birlashtiradi, o‘zlariga berilgan funksiyalar bajarilishi uchun o‘z muassislari oldida javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalari ijroiya apparatiga va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalariga sarflanadigan xarajatlar ular tomonidan maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga xizmat ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek o‘z xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining tugatilayotgan “O‘zmaishiyxizmatuyushma”ning bir qancha obyektlari 4-ilovaga* muvofiq aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy organlari tarkibiga belgilangan tartibda kirishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi 1997-yil oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga muvofiq maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalariga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini belgilangan tartibda qayta taqsimlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘zlariga qarashli hududlarda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishni ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar, ularga quyidagilarni kiritsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy xizmatning yangidan tashkil etilayotgan obyektlarini joylashtirish va qurish uchun tegishli binolar va yer osti uchastkalari ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashgan binolar va imoratlarni olib qo‘yish, berish yoki buzish paytida teng qiymatli binolar va ishlab chiqarish maydonlari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan tashkil etilayotgan maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga mahalliy hokimiyat organlari balansida bo‘lgan binolarni imtiyozli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatni amalga oshirishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashi, tegishli mintaqaviy kengashlar, Davlat raqobat qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil etish va texnika bilan qayta jihozlashga investitsiya loyihalari uchun xorijiy banklar va xalqaro moliya tashkilotlari kredit liniyalari bo‘yicha kreditlar olishda, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda, xomashyo, asbob-uskunalar, inventar va boshqalarni yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma aloqalari o‘rnatishda hududiy uyushmalarga, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalariga, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga har tomonlama ko‘maklashsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Texmaishiyloyiha” aksiyadorlik jamiyati, “Dastgohsozlash” aksiyadorlik jamiyati, “Marhabo” aksiyadorlik jamiyati va Respublika o‘quv-kurs kombinatining ular negizida “Maishiy xizmat markazi” firmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maishiy xizmat markazi” firmasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida ta’sis etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maishiy xizmat markazi” firmasining ustav jamg‘armasi tugatilgan “O‘zmaishiyximzmatuyushma” mol-mulki, aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini trast boshqaruvchi shartlarida firmaga berish hisobiga hosil bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini bir oy muddatda belgilangan tartibda 5-ilovaga* muvofiq qayta taqsimlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, quyidagilar “Maishiy xizmat markazi” firmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik siyosatni belgilash, yangi texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalangan holda maishiy xizmat ko‘rsatishning yirik zamonaviy korxonalarini barpo etish masalalarida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalariga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalariga, bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga xizmatlar bozori konyunkturasini o‘rganish masalalari, ularning faoliyati bilan bog‘liq iqtisodiy, huquqiy va boshqa masalalar bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan xomashyo resurslari bozorlarini o‘rganish, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlarining buyurtmalari bo‘yicha ularni tashqi bozorlardan ulgurji xarid qilishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlash uchun professional xodimlar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maishiy xizmat markazi” firmasi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash o‘z xo‘jalik faoliyati, xizmatlar ko‘rsatish, trast boshqaruviga berilgan aksiyalarning davlat paketlari bo‘yicha dividendlar, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalari va Respublika o‘quv-kurs kombinati 2000-yilgacha bo‘lgan davrda maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi uchun ish bilan band bo‘lmagan aholi orasidan o‘n ming kishini, shu jumladan sakkiz ming kishini Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga va ikki kishini hududiy uyushmalar, maishiy xizmat ko‘rsatish tuman (shahar) uyushmalari mablag‘lari hisobiga tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qoidalariga rioya etish, shu jumladan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya qilish ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining soliqqa tortiladigan daromadlari aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladigan barcha xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari maishiy xizmatlarga bo‘lgan talabdan, ularning turini ko‘paytirishdan, shuningdek normativ ko‘rsatkichlarga muvofiq aholining maishiy xizmatlar bilan ta’minlanganligidan kelib chiqib yilning har choragida maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi har choraklik hisobotni belgilangan tartibda joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zmaishiyxizmatuyushma” qonun hujjatlarida belgilan tartibda tugatilsin. Tugatish davrida “O‘zmaishiyxizmatuyushma” ga rahbarlik qilish funksiyasi “O‘zmaishiyxizmatuyushma” raisi va uning o‘rinbosarlarida saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Maishiy xizmat markazi” firmasi Toshkent shahar, A. To‘qay ko‘chasidagi 1-uyga joylashtirilsin, “Texmaishiyloyiha” aksiyadorlik jamiyati binosi foydalanish uchun tasarruf etish huquqisiz “Maishiy xizmat markazi” firmasi balansiga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarorining 1, 2 va 8-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.Z. Usmonov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
446-son

Vazirlar Mahkamasining
19-sentabrdagi 446-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maishiy xizmat ko‘rsatish tizimining tashkiliy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil
19-sentabrdagi 446-son qaroriga
2-ILOVA

Maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmasi boshqaruv
apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy tuzilmasi

(Shtatdagi xodimlar soni 8—14)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil
19-sentabrdagi 446-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar
tuman (shahar) uyushmasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(Ijro etuvchi apparat xodimlari soni — 5—7)‎