03.02.2022 yildagi F-22-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita taʼsir qilishi mumkin boʻlgan masalalarni hal qilish, masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengash (keyingi oʻrinlarda — Milliy kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kengashlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) kengashlari) 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda ularning yangi avlodini yaratish, oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida optimallashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, ularning moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash, samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti, boy madaniy-tarixiy meros, milliy urf-odat, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar gʻoyalari asosida maʼnaviy yetuk avlodni tarbiyalashning samarali pedagogik shakl va metodlari tatbiq etilishini tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy va mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish, mazkur ishlarda zamonaviy texnologiyalar va energiya tejamkor materiallar qoʻllanilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq taʼlimi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish, masʼul vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining bu borada qilingan ishlar boʻyicha hisobotlarini tinglash, shu asosda ularni ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish boʻyicha choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq taʼlimi tizimida islohotlarni amalga oshirishda vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati oʻzaro kelishilgan tarzda, samarali olib borilishini, sustkashliklar va masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻymasligini taʼminlash, shuningdek, hududiy hamda tuman (shahar) kengashlari ishini sifatli tashkil qilish, mazkur farmoyishda belgilangan chora-tadbirlar bilan bir qatorda ularning qoʻshimcha vazifa va funksiyalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq taʼlimi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kesimida ishlab chiqilgan yillik hududiy dasturlarning vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Milliy kengashning joriy faoliyatini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov boshchiligida Respublika shtabi tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika shtabi tomonidan joylarda amalga oshiriladigan ishlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — ish reja) va hududlarni oʻrganish reja jadvali 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklariga — ish rejada nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitovga — ish rejada nazarda tutilgan tadbirlarni toʻliq hajmda amalga oshirish boʻyicha vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vaqtida va puxta ishlab chiqish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hududiy kengashlar tuman (shahar) kengashlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-fevralga qadar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, oʻquvchilarning ota-onalari, malakali mutaxassislar va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqsin va keng muhokama qilish uchun rasmiy veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-martga qadar muhokama doirasida kelib tushgan takliflardan kelib chiqib qayta ishlangan hududiy dasturlarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarida taqdimot qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 5-martga qadar hududiy dasturlarni tasdiqlasin va Milliy kengashga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyning 20-sanasiga qadar hududiy dasturlar ijrosi boʻyicha hisobotini hamda xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha taklif va tashabbuslarini Respublika shtabiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, tashabbuslar va takliflar Respublika shtabiga taqdimot koʻrinishida kiritiladi hamda ularga tahliliy maʼlumotnoma va jadvallar, rivojlangan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish boʻyicha maʼlumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika shtabi (Abduvaxitov, Saidov) har oyning 25-sanasigacha hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar, tashabbuslar va takliflarni umumlashtirib Milliy kengashga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda kengashlarning tashkiliy yigʻilishlarini oʻtkazib, tegishli yoʻnalish doirasida belgilangan vazifalar sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha savolnoma, tarmoq grafigi va taqdimot materiallari namunalarini tasdiqlasin hamda kengash aʼzolarining vazifalar taqsimotini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kengashlar ishini samarali tashkil qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirsin, ularning faoliyatiga ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har kuni tegishli kengashlar tomonidan tayyorlanayotgan takliflarning, shu jumladan joyiga chiqqan holda muhokamasini tashkil etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takliflarni tayyorlash jarayonida kengash aʼzolari oʻrtasida samarali va doimiy kommunikatsiya hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kengashlar tomonidan har tomonlama asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilishini va ularning oʻz vaqtida Respublika shtabiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, 2022-yil 1-martdan boshlab har oyda ikkita hududiy kengashlar xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha tayyorlagan taklif va tashabbuslarini Milliy kengashga taqdimot qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika shtabi (Abduvaxitov, Saidov) hududiy kengashlarga taqdimot materiallarini tayyorlashda koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika shtabi soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarini jalb qilgan holda xalq taʼlimi tizimini isloh qilish yuzasidan rivojlangan davlatlarning tajribasini chuqur oʻrganib, ular boʻyicha maʼlumotlarning tezkor taqdim etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu maʼlumotlarni tayyorlashda xorijiy davlatlarning nufuzli ekspertlari, olimlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar va muhokamalar oʻtkazish (shu jumladan, videokonferensaloqa shaklida), ulardagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni tarjima qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlaridan xalq taʼlimi tizimini isloh qilish yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborotlar va hisobotlar, shuningdek, tavsiya va takliflarni Respublika shtabiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda zarur hollarda kengash aʼzolarini rivojlangan xorijiy davlatlarga qisqa muddatli xizmat safariga yuborishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-22-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-son farmoyishiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh.M. Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy kengash raisi

2.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Milliy kengash raisi oʻrinbosari

3.

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Milliy kengash raisi oʻrinbosari

Milliy kengash aʼzolari

4.

T.K. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

5.

N.M. Ismoilov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri

6.

U.I. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari

7.

A.K. Qodirov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari

8.

B.A. Abduhalimov

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi

9.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri

10.

S.Oʻ. Umurzoqov

Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

11.

A.A. Abduxakimov

Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri

12.

A.A. Azizov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

13.

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror

14.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

15.

D.M. Kenjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

16.

R.Q. Davletov

adliya vaziri

17.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

18.

B.N. Qurbonov

mudofaa vaziri

19.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

20.

Sh.X. Shermatov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

21.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

22.

A.V. Shin

maktabgacha taʼlim vaziri

23.

A.H. Toshqulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

24.

I.Y. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

25.

B.A. Musayev

sogʻliqni saqlash vaziri

26.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

27.

R.T. Mamatov

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

28.

A.X. Quldashev

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

29.

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

30.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

31.

U.N. Tashkenbayev

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi

32.

S.D. Toshboyev

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

33.

X.Oʻ. Umarova

Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori

34.

M.M. Vaxobov

Vazirlar Mahkamasi Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati mudiri

35.

A.J. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

36.

M.M. Xodjimatov

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

37.

B.O. Saidov

xalq taʼlimi vaziri, Milliy kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Milliy kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-son farmoyishiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari, hududiy kengash raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, hududiy kengash raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari

4.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Milliy gvardiyaning boshqarma boshliqlari

5.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari

6.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari

7.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari

8.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari

9.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari boshliqlari

10.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari

11.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari

12.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari boshliqlari

13.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmalari boshliqlari

14.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari

15.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari

16.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari

17.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari

18.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari

19.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari

20.

Lavozimiga koʻra

Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha hududiy boʻlim boshligʻi

21.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari

22.

Lavozimiga koʻra

Pedagogika taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari rektori

23.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy ishlar boʻyicha hokim oʻrinbosari, hududiy kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-son farmoyishiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kengashlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimlari, tuman (shahar) kengashi raisi

2.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari, tuman (shahar) kengashi raisining oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) prokurori

4.

Lavozimiga koʻra

qurilish boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

turizm va sport boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

adliya boʻlimi boshligʻi

7.

Lavozimiga koʻra

ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi (boshqarmasi) boshligʻi

8.

Lavozimiga koʻra

mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi

9.

Lavozimiga koʻra

favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi

10.

Lavozimiga koʻra

moliya boʻlimi boshligʻi

11.

Lavozimiga koʻra

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi

12.

Lavozimiga koʻra

aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari boshligʻi

13.

Lavozimiga koʻra

maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi

14.

Lavozimiga koʻra

tibbiyot birlashmasi boshligʻi

15.

Lavozimiga koʻra

madaniyat boʻlimi boshligʻi

16.

Lavozimiga koʻra

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

17.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi

18.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy ishlar boʻyicha hokim oʻrinbosari, tuman (shahar) kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-son farmoyishiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengashning joriy faoliyatini taʼminlash uchun tashkil etilgan respublika shtabi tomonidan joylarda amalga oshiriladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IShLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

I. Hudud rahbarlarining maktablarni rivojlantirish boʻyicha masʼuliyatini oshirish

1.

Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar kengashlarini (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar) tashkil etish.

1. Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar kengashlarini tashkil etish.

2. Kengashlarning birinchi yigʻilishini oʻtkazish hamda kengash vazifalarini belgilash.

2022-yil 15-fevral

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2.

Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, oʻquvchilarning ota-onalari, malakali mutaxassislar va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni keng muhokama qilish uchun Internet va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish hamda ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2022-yil 20-fevral

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2. Muhokama doirasida kelib tushgan takliflardan kelib chiqib, hududiy dasturlarning tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarida taqdimotini oʻtkazish.

2022-yil 1-mart

3. Hududiy dasturlarni tasdiqlash va Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengashga (Keyingi oʻrinlarda — Milliy kengash) kiritish.

2022-yil 5-mart

4. Hududiy dasturlar ijrosi boʻyicha hisobotni hamda xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha taklif va tashabbuslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov boshchiligida tashkil etilgan shtabga kiritish.

Har oyning 20 sanasiga qadar

3.

Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini malakali rahbar kadrlar bilan taʼminlash.

1. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga malakali rahbar kadrlarni jalb qilish, ularning malakasini doimiy oshirish hamda bilimlarini baholab borish tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Bunda:

tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbar kadrlarining bilim va koʻnikmalarini baholash;

baholash natijalaridan kelib chiqib tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbar kadrlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga malakali rahbar kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni nazarda tutish.

2022-yil 1-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi

(S?idov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

2. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining rahbar kadrlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish tizimini yaratish.

2022-yil 1-sentabr

II. Maktablarning moddiy-texnika bazasini va infratuzilmasini mustahkamlash

4.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini va infratuzilmasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

1. Hududdagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini, jihozlanishini va infratuzilmasini tahlil qilish.

2022-yil 15-fevral

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari,

Qurilish vazirligi

(Zokirov)

2. Taʼmirtalab, infratuzilmasi nochor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini aniqlash.

2022-yil 1-mart

3. Mahalliy budjet mablagʻlarini taʼmirtalab, infratuzilmasi nochor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish.

2022-yil iyuldan boshlab

5.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida qurilish-taʼmirlash ishlarini samarali tashkil etish.

1. Maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini tashkil etish.

Bunda, maktablarning yangi binolarini qurish va ularni bevosita mahalla faollari, ota-onalar va jamoatchilik nazorati ostida foydalanishga qabul qilish mexanizmini joriy etish.

2022-yil 1-avgustdan boshlab

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari,

Qurilish vazirligi

(Zokirov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov),

Bosh prokuratura

(E.Yuldashev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev)

2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining laboratoriya jihozlari bilan taʼminlanganlik holatini va hojatxonalar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini oʻrganish.

2022-yil 1-mart

3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash hamda jihozlashga xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish.

2022-yil 1-noyabr

6.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda “Bolalar kutubxonalari”ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. “Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda “Bolalar kutubxonalari” moddiy-texnika bazasi holatini tahlil qilish.

2022-yil 1-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari,

Qurilish vazirligi

(Zokirov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov)

2. Tahlil asosida ushbu muassasalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash hamda jihozlash boʻyicha mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan dastur ishlab chiqish.

2022-yil 1-may

3. Dastur asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Dasturda koʻrsatilgan muddatlarda

7.

“Namunaviy maktab” loyihalarini ishlab chiqish.

“Namunaviy maktab” loyihalarini ishlab chiqish.

Bunda:

maktablarning yer maydoni va binolaridan samarali foydalanish;

qoʻshimcha binolarni barpo etish orqali maktablarning quvvatlarni �shirish;

maktablarning binolari, inshootlari, sinf xonalari va jihozlarining (parta, doska, laboratoriya jihozlari) foydalanish uchun qulayligini taʼminlash;

maktablarga quyosh paneli va issiq suv kollektori oʻrnatishga eʼtibor qaratishni nazarda tutish.

2022-yil 1-mart

Qurilish vazirligi

(Zokirov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Kadastr agentligi

(Umarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

8.

Xalq taʼlimi vazirligining umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga buyurtmachi boʻlish vakolatini tugatish.

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Xalq taʼlimi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUKning umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga buyurtmachi boʻlish vakolatini tugatishni nazarda tutuvchi �ormativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 15-mart

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Qurilish vazirligi

(Zokirov)

9.

Toshkent shahridagi maktablar infratuzilmasini yaxshilash va taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish.

Toshkent shahridagi maktablar infratuzilmasini yaxshilash va taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish.

Bunda, dasturlarni ishlab chiqish uchun finlyandiyalik mutaxassislarni jalb etish.

2022-yil 15-mart

Toshkent shahri hokimligi

(Ortiqhoʻjayev),

Sergeli tumani hokimligi

(Shukurov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov)

10.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun elektron doskalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun elektron doskalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-mart

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(Yunusov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Qudratov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov)

11.

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

1. Jahon banki, YUNISEF, Osiyo taraqqiyot banki kabi nufuzli tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikda Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish strategiyasini (National Compact) ishlab chiqish va xalqaro hamkorlar bilan birga tasdiqlash.

2023-yil iyun

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shahar hokimliklari

2. Strategiyani (National Compact) maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga joriy etib borish boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri buyrugʻi bilan belgilash.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab har yili sentyabr oyida

III. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va pedagoglar salohiyatini oshirish

12.

Xalqaro tajribani inobatga olgan holda fanlarni oʻqitish metodikasini takomillashtirish.

1. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Bunda, chora-tadbirlar dasturida quyidagilarni nazarda tutish:

oʻqituvchilar uchun zamonaviy metodik qoʻllanmalar yaratish;

oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash, xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarish va umumiy xulosalarni xususiy hollarga tatbiq qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mediaresurslar yaratish;

aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bogʻlash;

malakali xorijiy mutaxassislarni umumtaʼlim maktablarida dars berishga jalb qilish.

2022-yil 1-iyun

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

13.

Xorijiy nashriyotlarning darsliklarini amaliyotga joriy etish.

Xalqaro miqyosda keng foydalaniladigan darsliklarni taʼlim jarayoniga tatbiq etish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov)

14.

Individual dasturlar orqali maktab oʻqituvchilarining malakasini oshirish.

Maktab oʻqituvchilarini “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasi orqali pedagoglarning bilim va pedagogik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan malaka oshirish kursiga jalb qilish.

2022-yil 1-maydan boshlab

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

A. Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti

(Radjiyev),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev)

15.

Maktab oʻqituvchilariga metodik yordam beruvchi mobil metodik guruhlarni tashkil etish.

1. Har bir hududda yetakchi oliy taʼlim muassasasi huzurida professor-oʻqituvchilar, akademik litsey hamda umumtaʼlim maktablarining malakali va tajribali oʻqituvchilaridan tashkil topgan mobil metodik guruhlarni tashkil etish.

2022-yil 1-mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

oliy taʼlim muassasalari rektorlari,

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2. Har oyda mobil metodik guruhlar tomonidan hududlardagi kamida ikkitadan taʼlim sifati past, muhiti ogʻir boʻlgan maktablarga borib, pedagoglarga ilgʻor oʻqitish metodikalari va innovatsiyalarga oʻrgatish tizimini yoʻl�a qoʻyish.

2022-yil 1-apreldan boshlab

16.

Taʼlim sifatini oshirish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

1. Har bir tuman (shahar) hokimligi tomonidan aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillari boʻyicha xorijiy mutaxassis (metodist, oʻqituvchi)ni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan jalb qilish va ularga barcha shart-sharoitlarni taʼminlash.

Bunda:

xorijiy mutaxassis tomonidan oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatishni tashkil etish;

xalqaro standartlarga mos boʻlgan darsliklarni Milliy oʻquv dasturi bilan moslashtirish;

jalb qilinadigan mutaxassislar tomonidan hududdagi maktablarda taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida maktablar roʻyxatini Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishish.

2. Tuman (shahar) hokimlari tomonidan fizika va matematika fanlari oʻqituvchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari,

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev)

17.

Malakali va tajribali oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish.

1. Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasini tashkil etishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Qaror loyihasida jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan, taʼlim sifatini oshirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan, oʻquvchilari yuqori bilim koʻrsatkichlariga erishgan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish tartibi belgilanadi.

2022-yil 15-fevral

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 15-mart

18.

Maktablarni rivojlantirish boʻyicha jahondagi (global) ijobiy tendensiyalarni amaliyotga joriy etish.

1. Maktablar boshqaruvida zamonaviy va samarali modellarni joriy etish boʻyicha xalqaro tajribadan kelib chiqib takliflarni tayyorlash.

2022-yil 1-sentabr

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov)

2. Fanlarning xususiyatidan kelib chiqib, oʻquv jarayoniga amaliy koʻnikmaga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlarni keng joriy etish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

3. Fan dasturlariga raqamli savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan mavzularni kiritish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

19.

Xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tubdan isloh qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tubdan isloh qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

pedagogika taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv reja va amaliyot jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;

Toshkent shahridagi 5 ta hamda hududlardagi 17 ta pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining fakultetlarini maktablarga biriktirish;

pedagogika yoʻnalishidagi talabalar uchun 1-kursdan boshlab darslarning 4 kunini oliy taʼlim muassasasida, 2 kunini maktabda bevosita amaliyot oʻtash tartibida tashkil etishni belgilash.

2022-yil 1-aprel

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshkulov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

IV. Maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirish va oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

20.

Mahallalarda madaniy, sport va kitobxonlik tadbirlarini tashkil etish.

Mahalladagi yoshlar uchun yoshlar yetakchilari tomonidan maktablarda darsdan tashqari vaqtda musobaqa, konsert, kitobxonlik, “Zakovat” va boshqa intellektual oʻyinlar tashkil etish.

Yil davomida

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev)

21.

Maktablarda besh tashabbus doirasida toʻgaraklar tashkil etish.

1. Mavjud bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini ular joylashgan hududdagi maktablarga biriktirish hamda kamida 1 ta sport toʻgaragi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 1-mart

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Ikramov),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

2. Umumiy oʻrta taʼlim tizimida sport va jismoniy tarbiyani yanada rivojlantirishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-mart

Bunda:

bolalar va oʻsmirlar sport maktablari metodistlari tomonidan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga metodik yordam koʻrsatish;

har bir maktabda futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish;

sport musobaqalari boʻyicha tuman va viloyat bosqichi gʻoliblari uchun hokim sovrinini taʼsis etish;

maktablarni zarur sport anjomlari bilan taʼminlashni nazarda tutish.

3. Maktablarda, ularning joylashgan hududi hamda oʻquvchilarning qiziqishlariga qarab baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik yoʻnalishlarida toʻgaraklar va badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish.

2022-yil 1-iyun

22.

Maktab oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

1. Har bir harbiy okrugning 2022-yilga moʻljallangan maktab oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2. Maktab oʻquvchilari uchun poligonlarda harbiy dala mashgʻulotlarini oʻtkazish hamda ularni chavandozlar maktabiga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. Ijtimoiy-maʼnaviy muhiti sogʻlom boʻlmagan, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilarga harbiy taʼlim muassasalari, “Temurbeklar maktablari”, harbiy qism ofitser va serjantlarini yakka tartibda biriktirish.

2022-yil 1-mart

Mudofaa vazirligi

(Qarshiyev),

Milliy gvardiya

(Joʻrayev),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Saidov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(Qoʻldoshev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-son farmoyishiga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish va ularni muvofiqlashtirib borish yuzasidan respublika shtabi aʼzolarining hududlarni oʻrganish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJA JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Maktablar soni

Oʻrganish sanasi

Shtab aʼzolari

1.

Buxoro viloyati

534

2022-yil 1 — 5-fevral

1.

A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

xalq taʼlimi vaziri

3.

S. Seytkamalov

Prezident Administratsiyasi xodimi

4.

R. Xakimov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri oʻrinbosari

5.

O. Qoʻysinov

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari

2.

Navoiy viloyati

367

2022-yil 6 — 11-fevral

6.

F. Esonboboyev

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi

7.

E. Murodov

Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi

8.

A. Kirgizbayev

Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori

9.

D. Nabiyev

Qarshi davlat universiteti rektori

10.

B. Sobirov

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori

11.

A. Nasullayev

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori

3.

Qashqadaryo viloyati

1 217

2022-yil 14 — 16-fevral

12.

M. Daminov

Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti direktori

13.

F. Maxammatqulov

Navoiy davlat pedagogika instituti akademik lits�yi ijrochi direktori

14.

A. Gʻaniyev

Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti direktori

15.

Gʻ. Jumaqulov

Buxoro davlat universiteti Qorakoʻl akademik litseyi ijrochi direktori

16.

I. Xushmurodova

Qarshi davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

4.

Samarqand viloyati

1 266

2022-yil 17 — 20-fevral

1.

A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

xalq taʼlimi vaziri

3.

S. Seytkamalov

Prezident Administratsiyasi xodimi

4.

S. Buzrukxanov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri oʻrinbosari

5.

X. Ketmonov

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari

5.

Jizzax viloyati

367

2022-yil 21 — 23-fevral

6.

Sh. Rasulov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi xodimi

7.

E. Murodov

Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi

8.

A. Nasullayev

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori

9.

A. Begmatov

Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti direktori v.b.

10.

Sh. Sharipov

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori

6.

Sirdaryo viloyati

534

2022-yil 24 — 26-fevral

11.

F. Saidamatov

Toshkent davlat pedagogika universiteti katta oʻqituvchisi

12.

M. Xadjiyev

Guliston davlat universiteti rektori

13.

A. Umarov

Samarqand davlat universiteti qoshidagi akademik litsey ijrochi direktori

14.

J. Yusupov

Jizzax viloyati pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey ijrochi direktori

7.

Andijon viloyati

767

2022-yil 28-fevral — 2-mart

1.

A. Abduvaxitov

Prezident maslahatchisi

2.

B. Saidov

Xalq taʼlimi vaziri

3.

S. Seytkamalov

Prezident Administratsiyasi xodimi

4.

R. Xakimov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri oʻrinbosari

5.

O. Qoʻysinov

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari

8.

Fargʻona viloyati

959

2022-yil 3-4-mart

6.

O. Toshpoʻlatov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi

7.

E. Murodov

Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi

8.

I. Raximov

Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻquv boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

9.

D. Xodjayeva

Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori

10.

B. Rasulov

Andijon davlat universite�ining pedagogika instituti direktori

9.

Namangan viloyati

712

2022-yil 5 — 7-mart

11.

S. Turgʻunov

Namangan davlat universiteti rektori

12.

A. Nasullayev

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori

13.

U. Valiyev

Andijon davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

14.

X. Davronov

Namangan davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

15.

A. Mahkamov

Qoʻqon davlat pedagogika instituti akademik litseyi ijrochi direktori v.b.

10.

Surxondaryo viloyati

929

2022-yil 9 — 12-mart

1.

A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

xalq taʼlimi vaziri

3.

S. Seytkamalov

Prezident Administratsiyasi xodimi

4.

S. Buzrukxanov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri oʻrinbosari

5.

X. Ketmonov

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari

11.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

726

2022-yil 14 — 16-mart

6.

B. Toʻraqulov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi xodimi

7.

E. Murodov

Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi

8.

B. Xodjayev

Toshkent davlat pedagogika universiteti kafedra mudiri

9.

Gʻ. Raximov

Samarqand davlat universiteti Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

10.

Sh. Saidaxmatov

Termiz davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

12.

Xorazm viloyati

549

2022-yil 17 — 19-mart

11.

B. Otemuratov

Nukus davlat pedagogika instituti rektori

12.

B. Abdullayev

Urganch davlat universiteti rektori

13.

A. Nasullayev

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori

14.

Q. Kalxorozov

Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi ijrochi direktori

15.

A. Kutlimuratov

Urganch davlat universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

13.

Toshkent viloyati

886

2022-yil 24 — 26-mart

1.

A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

2.

B. Saidov

xalq taʼlimi vaziri

3.

S. Seytkamalov

Prezident Administratsiyasi xodimi

4.

R. Xakimov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri �rinbosari

5.

O. Qoʻysinov

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari

6.

F. Esonboboyev

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi

14.

Toshkent shahar

340

2022-yil 28 — 30-mart

7.

E. Murodov

Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi

8.

A. Kirgizbayev

Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori

9.

G. Muxamedov

Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori

10.

A. Nasullayev

Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori

11.

Q. Ruziyev

Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi ijrochi direktori

12.

F. Nazarova

Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ijrochi direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika shtabi tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning oʻrinbosarlari, Ichki ishlar, Mudofaa, Xalq taʼlimi, Turizm va sport hamda Moliya vazirliklari, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlari jalb qilinadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)