02.02.2022 yildagi 49-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash sohasida mutlaqo yangi ochiqlik standartlarini joriy etish va shaffoflikni taʼminlash hamda sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi) tomonidan avtomobil yoʻllari sohasida shaffoflik va jamoatchilik oldidagi hisobdorlik standartlarini joriy qilish boʻyicha “Shaffof yo'l” onlayn axborot platformasi (keyingi oʻrinlarda — “Shaffof yo'l” platformasi) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda avtomobil yoʻllari sohasiga tegishli maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga olgan “Shaffof yo'l” platformasini 2022-yil 1-iyuldan boshlab test rejimida ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Shaffof yo'l” onlayn axborot platformasida avtomobil yoʻllari sohasida ochiq axborotlar shaklida joylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash ishlari uchun yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Moliya vazirligi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash obyektlarida olib borilayotgan yoʻl qurilish ishlari haqidagi, shu jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari bilan bogʻliq maʼlumotlar — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimliklar buyurtmachiligidagi ichki xoʻjalik yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi koʻchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan shakllantiriladi hamda “Shaffof yo'l” platformasiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Shaffof yo'l” platformasining alohida sahifasi orqali aholining yoʻllar nosozligi, shuningdek, yoʻllarda va yoʻl boʻyida xavfsiz harakatlanish uchun yuzaga kelgan favqulodda texnik muammolar (svetoforlar va yoʻl belgilar oʻrnatilmaganligi yoki ularning shikastlanganligi, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan hodisalar ortidan hosil boʻladigan oqibatlar) haqida foto- va videomurojaatlar — jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Shaffof yo'l” platformasida joylashtiriladigan maʼlumotlar bazasi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi rasmiy veb-sayti hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga tegishli maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan holda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan holda 2022-yil 1-mayga qadar avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash obyektlarining interaktiv onlayn xaritasi-sxemasini (keyingi oʻrinda — xarita) ishlab chiqsin va “Shaffof yo'l” platformasiga joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yildan boshlab va keyinchalik har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda keyingi yilda qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, taʼmirlanishi nazarda tutilgan barcha toifadagi yoʻl uchastkalarini xaritaga joylashtirish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, xaritadagi har bir obyekt boʻyicha texnik-pasport, foto-video materiallar yuritilishi va aks ettirilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali (keyingi oʻrinlarda — “Ochiq budjet” portali) orqali tuman (shahar)lar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yoʻllarini taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarni jamoatchilik fikri asosida shakllangan ichki xoʻjalik yoʻllarni taʼmirlashga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki xoʻjalik yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarni jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlashga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki xoʻjalik yoʻllarining joylashgan manzili (geopozitsiyasi), toʻliq nomi, uzunligi, holati (asfaltlangan, taʼmirtalab) va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan Ichki xoʻjalik yoʻllari reyestrini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki xoʻjalik yoʻllari reyestridan geomaʼlumot asosida fuqarolar tomonidan tegishli hududdagi ichki xoʻjalik yoʻlini tanlash orqali oʻz taklifini qoldirish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ochiq budjet” portalining “Shaffof yo'l” platformasi bilan integratsiya qilinishini hamda “Ochiq budjet” portalining mobil ilovasi ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, fuqarolar tomonidan ichki xoʻjalik yoʻllarini real vaqtdagi joylashgan joyi (geolokatsiya) asosida qayd etish orqali ichki xoʻjalik yoʻllari toʻgʻrisida xabar berish imkoniyati nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Transport vazirligi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Shaffof yo'l” platformasi ishini test rejimida tashkil etish natijasida yuzaga kelgan muammo va mavjud kamchiliklarni bartaraf etsin, zaruratga koʻra, platformani takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqsin hamda 2023-yil 1-yanvardan boshlab “Shaffof yo'l” platformasi toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transport vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Transport vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror maqsadi va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ichki xoʻjalik yoʻllarni sement-beton qoplamaga oʻtkazgan holda taʼmirlashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sement-beton qoplamali yoʻllarni qurishga ixtisoslashgan tajribali korxonalar faoliyatini oʻrganish asosida ularning texnologiyalarini tatbiq etish va maxsus uskunalarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik sement-beton ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan kooperatsion aloqalarni oʻrnatish orqali yoʻllarni taʼmirlash tannarxini tushirishni taʼminlovchi tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-fevraldagi 49-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaffof yo'l” onlayn axborot platformasida avtomobil yoʻllari sohasida ochiq axborotlar shaklida joylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maʼlumot turi

Taqdim etish va yangilash muddati

Joylashtirish uchun masʼul vazirlik va idoralar

1.

Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmalariga respublika budjetidan har yili ajratiladigan maqsadli mablagʻlar.

Real vaqt rejimida

Moliya vazirligi

2.

Avtomobil yoʻllari sohasiga ajratiladigan xalqaro moliya institutlari mablagʻlari.

Real vaqt rejimida

Moliya vazirligi

3.

Avtomobil yoʻllari sohasi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ajratmalari.

Real vaqt rejimida

Moliya vazirligi,
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

4.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida joriy taʼmirlash va saqlash ishlarini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan maqsadli mablagʻlar.

Har chorakda

Moliya vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

5.

Ichki xoʻjalik yoʻllari va shaharlar, boshqa aholi punktlari koʻchalari uchun mahalliy vakillik hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan yigʻimlardan tushumlar.

Har chorakda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun toʻlovlardan kelib tushadigan mablagʻlar.

Har chorakda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻimning bazaviy stavkasiga qoʻshimcha koeffitsiyentlarni qoʻllashdan tushadigan mablagʻlar.

Har chorakda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmalariga Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasidan amalga oshiriladigan transfertlar.

Har chorakda

Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari yoʻl boʻyida joylashgan yer uchastkalarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurish uchun elektron auksionlar yakunlari boʻyicha huquq taqdim etishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek, tashqi reklamaning oʻrnatilgan obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik toʻlovlar.

Har chorakda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

10.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyida joylashgan yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, savdo, servis obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining boshqa obyektlarini joylashtirish va qurish uchun mazkur yer uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar.

Har chorakda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash obyektlarida olib borilayotgan yoʻl qurilish ishlari hamda obyektlar boʻyicha belgilangan tartibda tender savdolari oʻtkazish natijalari haqida maʼlumotlar.

Doimiy

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

12.

Viloyat, shahar va tumanlar kesimida tegishliligi boʻyicha, obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yoʻllarni loyihalash, qurish, taʼmirlash va saqlash ishlari xarajatlar smetasi).

Har chorakda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi idoraviy yoʻllar va koʻpriklar holati, ularni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar.

Har chorakda

Suv xoʻjaligi vazirligi

14.

Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi idoraviy yoʻllar va koʻpriklar holati, ularni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash ishlari uchun ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotlar.

Har chorakda

Moliya vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi

15.

Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlangan avtomobil yoʻllari sohasini rivojlantirishga oid “yoʻl xaritalari”, davlat va investitsiya dasturlari ijrosi boʻyicha maʼlumotlar.

Real vaqt rejimida

Transport vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

16.

Avtomobil yoʻllarini, shu jumladan, ichki xoʻjalik yoʻllari va shaharlar, boshqa aholi punktlari koʻchalarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalar toʻgʻrisida maʼlumotlar.

Real vaqt rejimida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Avtomobil yoʻllarini, shu jumladan, ichki xoʻjalik yoʻllari va shaharlar, boshqa aholi punktlari koʻchalarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek, yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish holatlari boʻyicha maʼlumotlar.

Real vaqt rejimida

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-fevraldagi 49-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki xoʻjalik yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarni jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki xoʻjalik yoʻllarni taʼmirlashga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki xoʻjalik yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarni jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki xoʻjalik yoʻllarni taʼmirlashga yoʻnaltirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki xoʻjalik yoʻllar reyestri — respublika boʻyicha barcha shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, xoʻjalik avtomobil yoʻllarini (keyingi oʻrinlarda — ichki yoʻllar) toʻliq roʻyxatini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtacha narx — bir kvadrat metrlik ichki yoʻlni taʼmirlash uchun talab etiladigan xarajatlarning oʻrtacha qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (shahar) mahalliy budjeti parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarning kamida 50 foizi “Ochiq budjet” axborot portali (keyingi oʻrinlarda — axborot portali) orqali bildirilgan jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yoʻllarni taʼmirlash tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmalari tomonidan har yili 15-dekabr sanasiga qadar hisobot yili davomida amalga oshirilgan ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun sarflangan mablagʻlar asosida oʻrtacha narx shakllantiriladi va axborot portaliga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har bir tuman (shahar)da tuman (shahar) mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori hamda hududlar boʻyicha aniqlangan oʻrtacha narx tuman (shahar) hokimliklari tomonidan axborot portalida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Axborot portali avtomatik ravishda oʻrtacha narx va tuman (shahar) mahalliy budjeti parametrlaridan kelib chiqib, har bir tuman (shahar) boʻyicha taʼmirlanadigan ichki yoʻllarning umumiy hajmini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Axborot portali orqali bildirilgan jamoatchilik fikri asosida ichki yoʻllarni taʼmirlashga doir takliflarni shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ichki yoʻllarini taʼmirlashga doir takliflar axborot portali orqali keng jamoatchilik va bevosita fuqarolar tomonidan bildirilgan fikrlar asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamoatchilik fikri asosida ichki yoʻllarni taʼmirlashda takliflarni qabul qilib olish har yili 10-yanvarga qadar, bildirilgan takliflar orasidan gʻolib takliflarni ovoz berish yoʻli bilan aniqlab olish joriy yilning 31-yanvarga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Axborot portali orqali takliflarni yuborish hamda ovoz berish jarayonida voyaga yetgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamoatchilik fikri asosida ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun tuman (shahar) mahalliy budjeti mablagʻlarini yoʻnaltirish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fuqarolar har yili ichki yoʻllarni taʼmirlashga doir faqat bitta taklifni kiritishi hamda bitta taklifga ovoz berishi mumkin. Fuqarolar oʻzlari tomonidan kiritilgan taklifga ovoz berishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ichki yoʻllarni taʼmirlashga doir takliflar kiritish fuqarolar tomonidan axborot portalida taqdim etilgan Ichki yoʻllar reyestridagi tegishli ichki yoʻllardan birini tanlash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Axborot portali orqali taklif kiritish bevosita portalda roʻyxatdan oʻtish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fuqarolar tomonidan tanlangan ichki yoʻllar axborot portalida avtomatik ravishda taklif sifatida shakllanadi va boshqa fuqarolarning ovoz berishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Har bir tuman va shaharlarda bildirilgan takliflar boʻyicha berilgan eng koʻp ovozlar sonidan kelib chiqib, yuqoridan pastga qarab saralanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Gʻolib takliflar tuman (shahar) mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarning kamida 50 foizi doirasida takliflarni amalga oshirish qiymatini hisobga olgan holda avtomatik tarzda ketma-ketlik boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar ketma-ketlik boʻyicha gʻolib deb topilgan takliflarning amalga oshirish qiymati tegishli tuman (shahar) mahalliy budjeti parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlashga ajratilgan mablagʻlarning 50 foizidan kam boʻlsa, tegishli tuman (shahar) mahalliy budjeti parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlashga ajratilgan mablagʻlar qiymatidan ortiq boʻlmagan ketma-ketlik boʻyicha navbatdagi taklif ham gʻolib deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Har bir gʻolib deb topilgan taklif uchun alohida gʻazna hisobvaragʻi ochiladi va tegishli mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Gʻolib deb topilgan takliflar uchun ajratiladigan mablagʻlarning qiymati hisob-kitobiga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi. Bunda, loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritilgan qiymat gʻolib deb topilgan taklif dastlabki qiymatining 5 foizidan oshib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Aniqlik kiritilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan taklifni amalga oshirish qiymati dastlabki taklif qiymatining 5 foizdan oshib ketgan hollarda loyiha-smeta hujjatlari qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar gʻolib deb topilgan taklifda koʻrsatilgan ichki yoʻllarni taʼmirlash joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumatning tegishli qarorlari yoki rivojlantirish dasturlari doirasida boshqa manbalar hisobidan taʼmirlanishi nazarda tutilgan boʻlsa, axborot portaliga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmalari tomonidan ushbu taklifni boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi uchun asos boʻluvchi hujjatlar yuklanadi hamda ushbu taklif avtomatik ravishda axborot portalidagi gʻoliblar roʻyxatidan chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday hollarda axborot portalida ketma-ketlik boʻyicha gʻoliblar roʻyxatini qayta shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Gʻolib deb topilgan takliflar Ichki yoʻllar reyestrida qayd etib borilib, kelgusi uch yil davomida qayta taklif berish imkoniyati berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Gʻolib deb topilgan takliflar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ushbu takliflarni ilgari surgan fuqarolar jalb qilingan holda ishlab chiqiladi, fuqarolar tomonidan ishtirok etish rad etilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Axborot portali orqali bildirilgan jamoatchilik fikri asosida ichki yoʻllarni taʼmirlashni moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Gʻolib deb topilgan takliflar boʻyicha ichki yoʻllarni loyihalashtirish, taʼmirlashda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari buyurtmachi vazifasini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlar tegishli tartibda tuman (shahar) moliya boʻlimlari tomonidan tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan ichki yoʻllarni taʼmirlashga masʼul vakolatli organga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Axborot portali orqali bildirilgan jamoatchilik fikri asosida ichki yoʻllarni taʼmirlashni moliyalashtirish boʻyicha hisobdorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlash hamda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida gʻolib deb topilgan takliflarni moliyalashtirish uchun ochilgan gʻazna hisobvaraqlar axborot portaliga biriktiriladi va foydalanuvchilarga ajratilgan mablagʻlar va ularning sarflanishi yuzasidan real vaqt sharoitida maʼlumotlar bilan tanishib borish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Axborot portali orqali bildirilgan jamoatchilik fikri asosida taʼmirlangan ichki yoʻllarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan majburiy ravishda koʻrgazma planshetlari oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Planshetlarda axborot portali orqali tegishli ichki yoʻlni taʼmirlashga doir kelib tushgan taklifga yoʻnaltiruvchi “QR” shtrix-kod bilan tasvirlangan veb-manzil aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Axborot portali orqali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish va mablagʻlardan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni amalga oshirish bosqichlari boʻyicha tashabbuskorlar quyidagi hollarda SMS-xizmati orqali xabardor etib boriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif gʻolib deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolib deb topilgan taklifni moliyalashtirish uchun mablagʻ hisobvaraqqa kelib tushganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolib deb topilgan taklifni amalga oshirish maqsadida shartnoma imzolanganda (pudrat tashkiloti nomi, shartnoma summasi va davlat xaridlari portalidagi maxsus raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan xarajatlar amalga oshirilganda (qaysi tashkilotga mablagʻ oʻtkazilganligi, mablagʻ miqdori va toʻlov maqsadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Gʻolib deb topilgan takliflar asosida manzilli roʻyxatga kiritilgan ichki yoʻllari boʻyicha loyiha hujjatlarini, ishlar roʻyxatini tasdiqlanishi toʻgʻriligini, budjet mablagʻlarini maqsadli sarflanganligi, tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari hajmi va sifati ustidan jamoatchilik nazorat oʻrnatish maqsadida ushbu takliflarni ilgari surgan fuqarolar jalb qilinadi fuqarolar tomonidan ishtirok etish rad etilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, axborot portalida har bir loyihalar boʻyicha jamoatchilik nazorati natijalari joylashtiriladi va har bir taklif va eʼtirozlarga mahalliy organlar va buyurtmachilar tomonidan asoslantirilgan javoblar qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizomga asosan ichki yoʻllarni taʼmirlash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, keyinchalik ushbu yoʻllardan foydalanish boʻyicha ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun masʼul vakolatli organ shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlardan belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi ustidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizomga muvofiq taʼmirlangan yoʻllarning davlat standartlariga muvofiq ekanligi va texnik talablarga mosligi ustidan doimiy nazorat Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarni jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki xoʻjalik yoʻllarni taʼmirlashga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik fikri asosida ichki xoʻjalik yoʻllarni taʼmirlash uchun tuman (shahar) budjeti mablagʻlarini yoʻnaltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


Bosqichlar


Subyektlar


Tadbirlar


Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

1. Tuman (shahar) mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori hamda hududlar boʻyicha aniqlangan oʻrtacha narx summasi axborot portalida eʼlon qilinadi.

Har yili 15-dekabrga qadar

Tuman (shahar) hokimliklari

2. Rasmiy veb-saytlar, hududiy OAV orqali taklif bildirish jarayoni boshlanishi haqida eʼlon beradi.

Har yili 15-dekabrga qadar

2-bosqich

Tashabbuskor fuqarolar

Fuqarolar tomonidan Ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash yuzasidan “Ochiq budjet” axborot portalida taqdim etilgan Ichki xoʻjalik yoʻllari reyestridan tegishli ichki xoʻjalik yoʻllaridan birini tanlash orqali taklif qoldiriladi.

Har yili yanvar oyining 10 sanasiga qadar

3-bosqich

Ovoz berish istagini bildiruvchi fuqarolar

Bildirilgan takliflar orasidan takliflarga ovoz beradi.

Moliya yilining 10 — 31-yanvar kunlari davomida

4-bosqich

“Ochiq budjet” axborot portali

Tuman (shahar) mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarning kamida 50 foizi doirasida takliflarni amalga oshirish qiymatini hisobga olgan holda avtomatik ravishda ketma-ketlik boʻyicha gʻolib takliflar aniqlanadi.

Fevral oyida

5-bosqich

Tuman (shahar) moliya boʻlimlari

Har bir gʻolib deb topilgan taklif uchun alohida gʻazna hisobvaragʻi ochiladi va tegishli mablagʻlar oʻtkazib beriladi.

Aprel oyida

6-bosqich

Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari

Gʻolib deb topilgan takliflar uchun ajratiladigan mablagʻlarning qiymati hisob-kitobiga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi.

Aprel oyida

7-bosqich

Obodonlashtirish boshqarmalari

Ajratilgan mablagʻlar doirasida ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash uchun pudratchi tashkilot bilan shartnomalar rasmiylashtirilib, ishlar bajariladi.

Yil davomida

8-bosqich

Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari

Taʼmirlangan yoʻllarga maxsus “QR” shtrix-kod tushirilgan koʻrgazma planshetlar oʻrnatiladi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 09/22/49/0091-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)