1-ILOVA
2-ILOVA
| Asosiy yoʻnalishlar | Amalga oshirish mexanizmlari | Kutilayotgan natijalar, baholash indikatorlari | Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) | Masʼul ijrochilar | Xalqaro hamkorlar |
| I. Ekologik barqarorlik va ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha choralar kompleksi | |||||
| 1.1. Suv resurslarini barqaror boshqarish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Suv xoʻjaligi mutaxassislari malakasini oshirish va oʻquv materiallarini tayyorlash. 2. Mahalliy darajada suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish uchun suv isteʼmolchilari uyushmalari imkoniyatlarini kengaytirish. 3. Suv isteʼmolchilari uchun suv tejaydigan texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari tizimini tashkil etish. 4. Orolboʻyi mintaqasida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarishni joriy qilish va suv resurslaridan foydalanishni muvofiqlashtirishni yaxshilash masalalari boʻyicha institutsional-huquqiy bazani takomillashtirish. | Suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlari va suv isteʼmolchilarining asosiy guruhlari ehtiyojlarini qoplaydigan, muvofiq ishlaydigan oʻqitish va maslahat xizmatlarini koʻrsatish tizimi. Suv xoʻjaligi vazirligi boshchiligida joylarda asosiy oʻquv markazi, barcha tuman markazlarida maslahat markazlari. | BRM 4, 6 | Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzgidromet markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNESKO, Jahon banki, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Kompleks gidrologik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun suv xoʻjaligi tizimining statsionar va dala laboratoriyalarini jihozlash. 2. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash va Orol dengizi havzasida gidropostlar tarmogʻini kengaytirish orqali suv resurslarini monitoring qilish tizimini kuchaytirish. 3. Suv taqsimlashni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish uchun davlatlararo suv resurslarini monitoring qilish tizimini tashkil etish. 4. Suv isteʼmolchilari oʻrtasida suv resurslari sarfi hisobini yuritish mahalliy tizimlarini ishlab chiqish va joriy qilish. 5. Asosiy suv xoʻjaligi inshootlarining samaradorligini oshirish va suvning texnik yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida ularni rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash. 6. Kanalboʻyi linzalaridan aholi ehtiyojlari uchun foydalanishni kengaytirish maqsadida ularning hozirgi holatini baholash. 7. Yer osti suvlari holatini baholash va monitoring qilishning kompleks dasturi, jumladan, masofadan tadqiq etish usullarini ishlab chiqish. | Suv xoʻjaligi tizimini modernizatsiyalash hamda yer usti va yer osti suvlarini boshqarish boʻyicha tadqiqot, monitoring va xoʻjalik ishlari kompleksini amalga oshirish uchun zamonaviy jihoz-uskunalar bilan jihozlash. Asosiy suv xoʻjaligi infratuzilmasining samaradorligini oshirish. 20 ta gidropostni, jumladan, qoʻshni davlatlar chegaralaridagi postlarni texnik jihozlash, 10 ta mahalliy suv isteʼmoli hisobi tizimi, 20 tagacha rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi inshooti, 3 ta laboratoriya, yer osti suvlarini monitoring qilish dasturlarini ishlab chiqish. | BRM 6 | Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzgidromet markazi, “Oʻzbekgidrogeologiya” DUK”, Respublika agroxizmatlar milliy markazi | YEIB, YUNESKO, Jahon banki, IRSA-CNR-suv tadqiqotlari instituti, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Mintaqani rivojlantirish omillari va iqlim oʻzgarishining taʼsirini hisobga olgan holda, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda suv resurslari va suv taʼminotiga ehtiyojlarni modellashtirish va prognozlash. 2. Masofadan zond tadqiqoti usullari va geografik axborot tizimlaridan foydalangan holda, suv resurslarini monitoring qilish tizimini tashkil etish. 3. Orolboʻyi mintaqasida monitoring avtomatik punktlarini va zamonaviy tahliliy jihoz-uskunalarni joriy qilish hisobiga suv resurslari sifatini monitoring qilish tizimini yaxshilash. 4. Biotexnologiyalardan foydalanib, yer usti suvlarini tozalash boʻyicha sinov choralarini oʻtkazish. 5. Amudaryo suv havzasi deltasida chuchuk yer osti suvlarini muqobil suv taʼminoti manbai sifatida reabilitatsiya qilish ishlarini bajarish. | Zamonaviy usullar, texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish hamda suv xoʻjaligi sohasida boshqarish, monitoring va tadqiqot masalalarida avtomatlashtirish darajasini oshirish. Suv isteʼmoli-suv taʼminoti modeli, masofadan suv resurslarini monitoring qilish tizimi, geografik axborot tizimlari, 10 ta avtomatik suv resurslarini monitoring qilish tizimi, yer usti suvlarini tozalash boʻyicha 4 ta tajriba loyihalari, oʻzanboʻyi linzalarni reabilitatsiya qilish boʻyicha 2 ta tajriba loyihalari. | BRM 6 | Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzgidromet markazi | YUNESKO, JAYKA, IRSA-CNR-suv tadqiqotlari instituti, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Orolboʻyi mintaqasining oliy taʼlim muassasalarida “gidrologiya” mutaxassisligiga oʻqitish boʻyicha grant dasturlarini joriy qilish hisobiga yoshlarni suv xoʻjaligi tizimiga jalb qilish dasturini ishlab chiqish. 2. Suv xoʻjaligi sohasida yosh mutaxassislarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish. | Suv xoʻjaligi sohasida ishlashning jozibadorligini oshirish dasturini joriy etish. “Gidrologiya” mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha grant dasturi, yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlashningtajriba dasturini ishlab chiqish. | BRM 4, 6 | Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 1.2. Yer resurslarini barqaror boshqarish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Yerdan foydalanuvchilar uchun tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashishda zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari tizimini tashkil etish. 2. Yaylovlar va sugʻoriladigan yerlar degradatsiyasi va tuproq shoʻrlanishiga qarshi kurashish sohasida tadqiqotlarni kengaytirish. 3. Yaylovlardan oqilona foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy bazani rivojlantirish va takomillashtirish. 4. Qishloq xoʻjaligi ishchilarini yaylovlar va sugʻoriladigan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish usullariga oʻqitish. | Yerdan foydalanuvchilar uchun muvofiq ishlaydigan oʻqitish va maslahat xizmatlarini koʻrsatish tizimini joriy etish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi agroxizmatlar markazi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazini tashkil etish. | BRM 2, 4, 15 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Respublika agroxizmatlar milliy markazi, fuqarolik jamiyati institutlari | FAO, YUNESKO, Jahon banki, G�rmaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GITS)ning Orol boʻyi hududida ekologiyaga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 1. Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va yer resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish choralarini ishlab chiqish uchun tuproq holatini monitoring qilish tizimini rivojlantirish. 2. Yaylov yerlarini tiklash va yaylovlardan oqilona foydalanish usullarini joriy qilish choralari kompleksini amalga oshirish. 3. Yaylovlarga yuklanishni kamaytirish va taqsimlash, aholi punktlari atrofida va oʻtloqlarda yerlar degradatsiyasining oldini olish uchun yaylovlardan rotatsion (almashlab) foydalanish tizimini joriy qilish. 4. Choʻllanish jarayonlarini tadqiq etish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish uchun statsionar va dala laboratoriyalarini jihozlash. | Yer resurslarini monitoring qilish tizimini modernizatsiyalash va jihozlash hamda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish usullarini joriy qilish. Monitoring tizimini texnik jihozlash (5 ta punkt), 2 ta laboratoriya, 3 ta tumanda yaylovlarni boshqarish boʻyicha tajriba dasturini ishlab chiqish. | BRM 2, 15 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | FAO, YEIB, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari | |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Yer resurslarini samarali monitoring qilish va boshqarish uchun masofadan zond tadqiqoti va geografik axborot tizimlaridan foydalanish. 2. Tuproqlarni barqarorlashtirish, shoʻrlanishga qarshi kurashish va qishloq xoʻjaligida maqsadli qurgʻoqchil tuproqlarda suvni ushlab qolish uchun fito melioratsiya va boshqa innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni qoʻllash choralaridan foydalanishni kengaytirish. 3. Ekologik xavfsiz oʻgʻitlarni ishlab chiqarish. | Yer resurslarini monitoring qilish va yer samaradorligini oshirish sohasida zamonaviy usullar, texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish. Yer resurslarini monitoring qilish tizimi, geografik axborot tizimlari, qishloq xoʻjaligida maqsadli yerlarda fito melioratsiya boʻyicha 5 ta tajriba dasturlari, 2 ta tumanda oʻgʻitlarni ishlab chiqarish tajriba dasturlarini amalga oshirish. | BRM 2, 15 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | FAO, Jahon banki, GITSning Orol boʻyi hududida ekologiyaga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi, JAYKA, IRSA-CNR-suv tadqiqotlari instituti, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | Oʻtloqlarga haydab chorvachilik bilan shugʻullanadigan oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash. | Qishloq xoʻjaligida ishlash jozibadorligini oshirish dasturini joriy qilish. 1 ta qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajriba dasturini amalga oshirish. | BRM 1 | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 1.3. Biologik xilma-xillikni, oʻrmon xoʻjaligini va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni barqaror boshqarish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Seleksiya va urugʻchilik bilan shugʻullanadigan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash va Orolboʻyi sharoitida ekish materiallarini yetishtirish, oʻrmonlarni tashkil qilish va oʻrmonlar zararkunandalariga qarshi kurashish texnologiyalarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash. 2. Oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislari va mahalliy aholi uchun zamonaviy uslublar va texnologiyalardan foydalanib, oʻrmonchilik va hududlarni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. 3. Aholi punktlarini koʻkalamzorlashtirish va oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha hamda oʻrmon xoʻjaligi ishchilari uchun malaka oshirish kurslarini oʻtkazish boʻyicha oʻquv markazini tashkil etish va jihozlash. 4. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlarining hayvonot va oʻsimlik dunyosini monitoring va muhofaza qilish boʻyicha tadqiqot ishlarini oʻtkazishning zamonaviy yondashuvlari boʻyicha, hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish boʻyicha malakasini oshirish. 5. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlarini va yaqin joylashgan aholi punktlarida yashovchilarni ekologik turizmni tashkil qilish yuzasidan oʻqitish. 6. Mahalliy aholi va yoshlar uchun atrof muhitni muhofaza qilish va bioresurslardan oqilona foydalanish boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. | Ilmiy tadqiqotlar va oʻrmon xoʻjaligi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarishchilari, mahalliy aholi uchun taʼlim dasturlarini amalga oshirish. Oʻrmon xoʻjaligi oʻquv markazini tuzish hamda bir qator (4) oʻrmon xoʻjaligi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida oʻqitish va ilmiy tadqiqotlar taʼlim dasturlarini amalga oshirish. | BRM 4, 15 | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, fuqarolik jamiyati institutlari | Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD), FAO, Jahon Banki, YUNESKO, GITS, JAYKA, Okfsord universiteti, Kent universiteti, Saygʻoqlarni asrash alyansi |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Oʻrmon xoʻjaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va koʻchatxonalarni suv bilan taʼminlash. 2. Mintaqaviy oʻrmon-urugʻchilik, seleksiya bazasini va oʻrmon oʻsimliklari urugʻlarining sifatini tahlil qilish stansiyalarini tashkil qilish. 3. Oʻrmon koʻchatxonalari, shu jumladan, aholi punktlarini koʻkalamzorlashtirish uchun koʻchatxonalar tarmogʻini kengaytirish. 4. Oʻrmon ekinlarini biologik himoya qilish boʻyicha laboratoriyalarni tashkil qilish. 5. Orol dengizining qurigan tubini oʻrmonlashtirish ishlarini davom ettirish. 6. Naʼmatak, unabi, chakanda va qizilmiya oʻsimliklarining yuqori hosildor plantatsiyalarini tashkil qilish. 7. Degradatsiyaga uchragan toʻqay oʻrmonlarini tiklash. 8. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasini va infratuzilmasini mustahkamlash. 9. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va boshqarish boʻyicha kompleks rejalarni ishlab chiqishga va amalga oshirishga koʻmaklashish. 10. Mintaqaning asosiy (choʻl va suvli-botqoq) ekotizimlarini tiklash va ulardan oqilona foydalanish va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmogʻini kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish. 11. Aholi yashash punktlarida mintaqaning iqlim va tabiiy sharoitlariga mos keluvchi daraxtlarni ekish, ularni parvarish qilish va oʻstirish boʻyicha davlat xususiy sherikchilik tamoyillari asosida sektorni keng jalb qilish. 12. Noyob hayvonlar turlarini koʻpaytirish uchun pitomniklar tarmogʻini rivojlantirish. “Jayron” Buxoro ixtisoslashgan pitomnigini qoʻllab-quvvatlash. | Nihol oʻtkazish materialini yetishtirish va oʻrmonlarni tiklash boʻyicha oʻrmon xoʻjaligi tizimini modernizatsiyalash va jihozlash, oʻsimlik va hayvonot dunyosini monitoring qilish va muhofaza qilish samaradorligini oshirish uchun muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish. 6 ta oʻrmon xoʻjaligini moddiy-texnik taʼminlash, 5 ta oʻrmon xoʻjaligining suv taʼminoti uchun quduqlar, oʻrmon niholxonalari (6) va oʻrmon urugʻlik stansiyalari (1) tarmogʻini tashkil qilish, oʻrmonlarni himoyalash laboratoriyasi (1), Orol dengizi tubida oʻrmon ekinlarini kengaytirish (90 ming ga), madaniy plantatsiyalarini (2) tashkil qilish va toʻqay oʻrmonlari maydonini kengaytirish, mintaqada muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish, ekotizimlar boʻyicha 2 ta kompleks dasturni amalga oshirish. Orol dengizining Oʻzbekiston tomonidagi qurigan tubi qismidagi oʻrmonzorlar bilan qoplangan maydon ulushini 60 foizga yetkazish. | BRM 15 | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | BMTTD, FAO, YEIB, YEI, Jahon banki, Okfsord universiteti, Kent universiteti, Saygʻoqlarni asrash alyansi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqa�o moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Oʻrmon xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish texnologiyalarini joriy qilish. 2. Urugʻlarni kapsulalash va granulalash yoʻli bilan, avia-vositalar, shu jumladan, dronlardan foydalanib, choʻl oʻsimliklarini ekishni kengaytirish. 3. Oʻrmon fondini xatlov, monitoring qilish va hisobini yuritish uchun masofadan zondlash, geografik axborot tizimlari usullaridan foydalanish. 4. Oʻsimlik va hayvonot dunyosini masofadan zondlash hamda zamonaviy monitoring qilish usullaridan foydalanish. 5. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni zamonaviy aloqa vositalari bilan texnik jihozlash. | Oʻrmonlarni tiklash, oʻrmon fondini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini monitoring qilish va hisobini yuritish boʻyicha zamonaviy usullar, texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilish. Oʻrmon xoʻjaligida suvdan oqilona foydalanish boʻyicha 3 ta tajriba loyihasi, kapsulalash markazi, oʻrmon xoʻjaligi geografik axborot tizimlarini tashkil qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda masofadan monitoring qilishning 2 ta tajriba dasturini amalga oshirish. | BRM 15 | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | BMTTD, FAO, GITSning Orolboʻyi hududida ekologiyaga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi, JAYKA, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Koʻchatxonalarda, oʻrmon xoʻjaliklarida daraxtlar va oʻsimliklarni ekish uchun vaqtincha (mavsumiy) ish joylarini va doimiy ish joylarini tashkil qilish. 2. Aholi, ayniqsa, ayollar va yoshlar, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun oʻrmon ekinlarini ekish, koʻchatxonalar/issiqxonalar faoliyati boʻyicha yangi ish oʻrinlarini yaratish. | Oʻrmon sektorida va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda vaqtincha va doimiy ish oʻrinlarini tashkil qilish, yoshlar va ayollarga alohida eʼtibor qaratish. 700 tagacha ish oʻrinlari yaratish. | BRM 1, 15 | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | FAO, GITSning Orolboʻyi hududida ekologiyaga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi, Jahon banki, JAYKA, Okfsord universiteti, Kent universiteti, Saygʻoqlarni asrash alyansi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 1.4. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi sohasi mutaxassislarni oʻqitish dasturlarini tayyorlash va joriy qilish. 2. Qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini rivojlanish va kuchaytirish sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish. 3. Maishiy turmushda ham, xususiy biznesni rivojlantirishda ham qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish va energiya samaradorligini oshirish imkoniyatlarini tushuntirish boʻyicha mahalliy aholi bilan keng axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish. 4. Mintaqaviy dasturni ishlab chiqish hamda kichik qayta tiklanuvchi energiya obyektlaridan foydalanish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va aholi va biznes tuzilmalari ichida energiyani tejash boʻyicha bilimlarni oshirish. 5. Chorvachilikni rivojlantirish uchun yaylov oʻsimliklarining urugʻini ekish, bogʻdorchilikni rivojlantirish uchun mahalliy aholini urugʻlik va koʻchat materiallari bilan taʼminlash. | Mintaqada ushbu yoʻnalishni faol rivojlantirish uchun yetarli miqdorda qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini tashkil qilish. 2 ta oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻqitishning tajriba dasturlari, 1 ta malaka oshirish kursi, qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi boʻyicha mintaqaviy dasturni amalga oshirish. | BRM 4, 7 | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tegishli vazirlik va idoralar Energetika vazirligi, Milliy teleradiokompaniya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi fuqarolik jamiyati institutlari | BMTTD |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya jihoz-uskunalarini yetkazib berish yoki ularni yirik qismlarda yigʻishni tashkil etish boʻyicha tashkilotlarni/texnoparklarni tuzish uchun sharoit yaratish va koʻmaklashish, aholi, xususiy biznes foydalanishi uchun energetik samarali boʻlgan texnologiyalarni (pechlar, termoizolyatsiya, davomiy sovitish va boshqalar) rivojlantirish. 2. Kichik qayta tiklanuvchi energiya obyektlariga xizmat koʻrsatish servis tizimini tashkil qilish. 3. Uzoqda joylashgan, izolyatsiyadagi hududlar yoki biznesning energiya taʼminoti uchun aholi va xususiy biznes qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishini rivojlantirish uchun moliyaviy dasturlarini ishlab chiqish. 4. Qulaylikni yaratish va foydalanish xarajatlarini kamaytirish uchun xususiy uylar hamda kichik va oʻrta biznes obyektlari energiya samaradorligini oshirish dasturini amalga oshirish. 5. Suv-nasos stansiyalarini modernizatsiyalash va energiya samaradorligini oshirish. 6. Kommunal sektorda va qurilish sohasida energiya samaradorligiga oid dasturlarni amalga oshirish. | Xususiy darajada, biznesda va kommunal sohada qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni va energiya samaradorligini keng koʻlamli rivojlantirishni joriy qilish boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish. Kamida jihoz-uskunalarga xizmat koʻrsatish tizimi boʻlgan 1 ta ishlab chiqarishni tashkil qilish, mintaqaning barcha tumanlarida olish mumkin boʻlgan moliyalashtirish va maslahat xizmatlari dasturini va 3 ta kompleks dasturni amalga oshirish. | BRM 7, 8, 9, 11 | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Energetika vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi | Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Energiyani tejash va qayta tiklanuvchi energiya masalalari boʻyicha jihoz-uskunalarni va xizmatlarni izlashni yengillashtirish maqsadida yagona axborot platformasini tashkil qilish. 2. Qayta tiklanuvchi energiyadan yer osti suvlarini soʻrib olish, yer osti suvlarini chuchuklashtirish va markazlashgan energiya taʼminotidan uzoq boʻlgan nasos stansiyalarining energiya taʼminoti uchun foydalanish usullarini sinovdan oʻtkazish. 3. Qayta tiklanuvchi energiyadan uzoq boʻlgan oʻrmon xoʻjaligi obyektlari energiya taʼminotining tajriba loyihalarini amalga oshirish. 4. Qayta tiklanuvchi energiyadan uzoq boʻlgan qishloq xoʻjaligi obyektlari energiya taʼminotining tajriba loyihalarini (yaylov joylar, asal ishlab chiqaruvchilar va boshqalar) amalga oshirish. 5. Qayta tiklanuvchi energiyadan uzoq boʻlgan sogʻliqni saqlash obyektlari energiya taʼminotining tajriba loyihalarini (elektr energiyasi, issiq suv) amalga oshirish. 6. Qayta tiklanuvchi energiyadan uzoq boʻlgan Oʻzgidromet markazi obyektlari energiya taʼminotining tajriba loyihalarini amalga oshirish. 7. Tiklanadigan energiya manbalarini tashkil etish orqali turistik infratuzilma obyektlari (joylashtirish, ovqatlanish obyektlari, yoʻlboʻyi infratuzilmasi, osori atiqalar) energiya taʼminotining tajriba loyihalarini (elektr energiyasi, issiq suv) amalga oshirish. | Ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning asosiy sektorlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish imkoniyatlarini namoyish etish. Har bir sektor boʻyicha 10 tagacha tajriba loyihalari hamda muvofiq ishlaydigan axborot platformasi. | BRM 3, 6, 7, 15 | Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekchorvanasl” agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari guruhlari uchun ularning yashash sifatini oshirish hamda issiqlik va energiya taʼminoti xarajatlarini kamaytirish maqsadida energiya samaradorligi boʻyicha dasturlarni joriy qilish. 2. Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya masalalarini rivojlanish sohasida tanlovlarni oʻtkazish, startaplarni qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlarni ragʻbatlantirish. | Aholining ijtimoiy ehtiyojmand guruhlarini ijtimoiy va iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash va yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish. | BRM 7, 4, 10 | Energetika vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, fuqarolik jamiyati institutlari | Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 1.5. Ekologik taʼlimni rivojlantirish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Umumtaʼlim maktablarining ekologiyani oʻqitish boʻyicha moddiy-texnik va metodologik-uslubiy bazasini mustahkamlash hamda maxsus moslashtirilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. 2. Orolboʻyi oliy taʼlim muassasalarida atrof muhitning holatini monitoring qilish boʻyicha oʻquv laboratoriyalari tarmogʻini rivojlantirish. | Ekologik taʼlimni sifatli oʻqitish uchun moddiy-texnik va metodologik bazani taʼminlash. MTT va maktablar uchun oʻquv qoʻllanmalar toʻplamini ishlab chiqish. Oliy taʼlim muassasasi laboratoriyalarini texnik jihozlash. | BRM 4, 15 | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNESKO, Saygʻoqlarni asrash alyansi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Umumtaʼlim va “Barkamol avlod” bolalar maktablari hududlarini koʻkalamzorlashtirish hamda maqbul mikroiqlimni hosil qilish uchun maktab yonida bogʻlarni hamda atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha amaliy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun ekomaydonchalarni tashkil qilish. 2. Yoshlar markazlari va umumtaʼlim maktablari negizida eko-maktablar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha dasturlari boʻlgan maktablar tarmogʻini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash. 3. Oliy taʼlim muassasalarida va maktablarda yoshlar uchun tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va energiya samaradorligi boʻyicha taʼlim dasturlarini tashkil etish. 4. Oʻqitishda va xabardorlikni oshirishda qoʻllash uchun taʼlim muassasalarida qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi sohasida tajriba loyihalarini amalga oshirish. 5. Yoshlarni ijtimoiy faollashtirish hamda ijtimoiy va ekologik dasturlarga jalb qilish uchun koʻngillilar harakatini rivojlantirish. Orolboʻyi yoshlar ekologik harakatini qoʻllab-quvvatlash. 6. Yoshlarni Orolboʻyi ekologik muammolarini hal qilish uchun ragʻbatlantirish va innovatsion ishlash usullarini shakllantirish uchun tanlovlar dasturini amalga oshirish. 7. Talabalarning tashkilotlarda innovatsiyalar va texnologiyalar sohasida atrof muhitni muhofaza qilish sohasida kasbiy-texnik stajirovkalarini tashkil etish. | Atrof muhitni muhofaza qilish masalalarini oʻqitish uchun zarur infratuzilmani tashkil qilish va yoshlar tashabbuslarini ragʻbatlantirish. 300 ta umumtaʼlim maktabi hamda 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarini koʻkalamzorlashtirish, 5 ta tajriba-sinov maktabini qoʻllab-quvvatlash (3 ta umumtaʼlim maktabi, 2 ta Yoshlar markazi), 5 ta taʼlim muassasasida oʻquv dasturlarini sinovdan oʻtkazish, qayta tiklanuvchi energiya boʻyicha 5 ta demo loyiha, barcha tumanlarda koʻngillilar harakatlarini va tashkilotlarini tashkil qilish, 1 ta grant va 1 ta tanlov dasturini amalga oshirish. | BRM 4, 7, 15 | Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | YUNESKO, Saygʻoqlarni asrash alyansi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Oʻquv jarayonida foydalanish uchun moslashtirilgan, ekologiya va suvni tejash sohasidagi zamonaviy innovatsion texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazlarini tashkil etish. 2. Atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻzbek va qoraqalpoq tillarida onlayn oʻquv platformalarini tashkil qilish. 3. Innovatsiyalar va texnologiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha “xakaton”larni (IT-texnologiyalar forumi) oʻtkazish. | Yoshlarni oʻqitish va hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun AKT va innovatsion yondashuvlarni qoʻllash. 3 ta demo markaz, 1 ta platforma va mintaqaning barcha tumanlarida “xakaton”larni oʻtkazish. | BRM 4, 7, 15 | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi | Saygʻoqlarni asrash alyansi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Oʻziga xos rivojlanish xususiyatlari boʻlgan bolalarni atrof muhitni muhofaza qilish sohasida taʼlimga va tadqiqotlarga faol jalb qilish uchun ularni qoʻllab-quvvatlash. 2. Qizlarni atrof muhitni muhofaza qilish sohasida taʼlimga va tadqiqotlarga, shu jumladan, muhandislik va AKT tadqiqotlariga faol jalb qilish uchun ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish. | Ijtimoiy ehtiyojmand toifalarni qoʻllab-quvvatlash va gender tenglikni rivojlantirish tizimini tashkil qilish. 2 ta qoʻllab-quvvatlash dasturini amalga oshirish. | BRM 4, 5, 15 | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, fuqarolik jamiyati institutlari | Saygʻoqlarni asrash alyansi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 1.6. Atrof muhit va iqlim holatini monitoring qilish tizimini rivojlantirish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Gidrometeo prognozlash, ekologik monitoring, iqlim oʻzgarishlari sohasida modellashtirish va tadqiqotlarning zamonaviy yondashuvlari/usullari boʻyicha xalqaro tajribani boʻlishish. 2. Mutaxassislar, ayniqsa, yosh mutaxassislar uchun xodimlarni almashish, stajirovka, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish yordamida gidrometeorologik xizmat xodimlarining ilmiy va amaliy salohiyatini oshirish. 3. Gidrometeoxizmatni kompleks rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqish. 4. Gidrometeorologik prognozlarni yakuniy foydalanuvchilarga taqdim etish formatini takomillashtirish, samarali xabar berish kanallarini rivojlantirish. 5. Gidrometeorologik xizmat tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga taqdim etiladigan xizmatlar koʻlamini kengaytirishga koʻmaklashish va tijorat servislar hisobiga oʻzini qoplashni oshirish. | Atrof muhit va iqlimni monitoring qilish sohasida xalqaro tajriba almashish tizimini rivojlantirish. Gidrometeoxizmatni strategik rivojlantirish va koʻrsatiladigan xizmatlar koʻlamini kengaytirish. Stajirovkalar tizimi, uzoq muddatli rivojlanish konsepsiyasi, kengaytirilgan xizmatlar roʻyxati. | BRM 13 | Oʻzgidromet markazi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, fuqarolik jamiyati institutlari | BMTTD, Jahon banki, YUNESKO, IRSA-CNR-suv tadqiqotlari instituti, FAO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Gidrometeokuzatuvlar, ekologik nazorat va iqlim oʻzgarishlari tadqiqotlar statsionar tarmogʻini hamda qor-koʻchki stansiyalari tarmogʻini rivojlantirish va texnik mustahkamlash. 2. Atrof muhitni monitoring qilish va gidro-meteorologik tadqiqotlar mobil stansiyalarini/ laboratoriyalarni texnik jihozlash. 3. Gidrometeorologik xizmatning gidrometeorologik jarayonlarni va iqlim oʻzgarishlarini modellashtirish va prognozlash boʻyicha tizimini texnik jihozlash. | Atrof muhit va iqlimni monitoring qilish tizimini moddiy-texnik jihozlash. Tarmoqni kengaytirish va 10 ta monitoring stansiyalarini jihozlash. | BRM 13 | Oʻzgidromet markazi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | Jahon banki, IRSA-CNR-suv tadqiqotlari instituti, FAO |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Iqlim oʻzgarishlariga moslashish sohasida innovatsiyalarni qoʻllash boʻyicha tadqiqotlarni oʻtkazish. Iqlim oʻzgarishlarining atrof muhitga, ustuvor iqtisodiy sohalarga va ijtimoiy rivojlanishga taʼsir etishini modellashtirish. 2. Ilmiy tadqiqotlarga AKTni joriy qilish va Orol mintaqasi uchun ekologik maʼlumot bankini tuzish, atrof muhit holatining masofadan zondli tadqiqotlari va kompleks geografik axborot tizimlarini tashkil qilish. 3. Ekologik va gidrometeorologik monitoring tarmogʻini avtomatlashtirish. 4. Gidrometeorologik arxiv va ekologik monitoring maʼlumotlarini raqamli formatga oʻtkazish. | Atrof muhit va iqlimni monitoring qilish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish. Iqlimning asosiy tarmoqlarga taʼsir etishi modellarini ishlab chiqish, yagona axborot bankini va geografik axborot tizimlarini tashkil qilish, 10 ta stansiyani avtomatlashtirish, arxivlarni raqamli formatga oʻtkazish. | BRM 13 | Oʻzgidromet markazi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | IRSA-CNR-suv tadqiqotlari instituti, FAO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Mazkur kasbning jozibadorligini oshirish va kadrlar zaxirasini tayyorlash uchun Gidrometeorologik xizmatning yosh mutaxassislarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash. 2. Gidrometeorologik xizmat xodimlarining uzoq stansiyalarda yashash sharoitlarini yaxshilash. | Yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash va ishchilar uchun turar joy tizimini tashkil qilish. 1 ta qoʻllab-quvvatlash dasturini amalga oshirish, 10 ta stansiyani rekonstruksiya qilish. | BRM 13 | Oʻzgidromet markazi, fuqarolik jamiyati institutlari | FAO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 1.7. Nokimyoviy sanoatni rivojlantirish va chiqindilarni boshqarish/oldini olish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Chiqindilarning oldini olish va boshqarish hamda kam kimyoviy sanoatni rivojlantirish boʻyicha kompleks mintaqaviy konsepsiyani ishlab chiqish, shu jumladan, normativ-huquqiy bazani va institutsional rivojlanishni takomillashtirish. 2. Kam chiqindili materiallar va chiqindi hajmini kamaytirishgan qaratilgan siklik iqtisodiy modellarni ishlab chiqish va ilmiy izlanishlar olib borish. 3. Qishloq xoʻjaligi chiqindilarini qayta ishlash va utillashtirish yondashuvlari va texnologiyalari boʻyicha moslashtirilgan materiallarni ishlab chiqish. 4. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni qayta ishlash va utillashtirish yondashuvlari va texnologiyalari boʻyicha moslashtirilgan materiallarni ishlab chiqish. 5. Zaharli va biologik xavfli chiqindilar, shu jumladan, tibbiy chiqindilarni qayta ishlash va utillashtirish yondashuvlari va texnologiyalari boʻyicha moslashtirilgan xamda yonmaydigan materiallarni ishlab chiqish. 6. Aholi uchun chiqindilarni boshqarish boʻyicha ommaviy axborot-taʼlim dasturini ishlab chiqish. | Chiqindilarni barqaror boshqarish boʻyicha ishlarni uslubiy va institutsional-huquqiy taʼminlash. Chiqindilarni boshqarishning mintaqaviy konsepsiyasi, chiqindilarning asosiy turlari boʻyicha metodologik materiallar toʻplami, axborot kampaniyasini oʻtkazish. | BRM 11, 12 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi | YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Barcha turdagi chiqindilarni kompleks xatlovdan oʻtkazish. 2. Chiqindilarni boshqarish va kamaytirish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik va sanoat simbiozi va hamkorligi orqali dasturlarini ragʻbatlantirish. 3. Markazlashtirilgan oqova tizimlari va chiqindilarni tozalash tizimlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish. 4. Yirik aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini rivojlantirish. 5. Kichik aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni va qishloq xoʻjaligi chiqindilarini boshqarish tizimini rivojlantirish. 6. Zaharli qishloq xoʻjaligi chiqindilari, barqaror organik ifloslantiruvchilar va tibbiy chiqindilarni xavfsiz utillashtirish dasturini amalga oshirish. 7. Maishiy turmushda va ishlab chiqarishda plastikdan foydalanishni kamaytirish. 8. Ustyurt platosi va Qozogʻiston Respublikasi yaqinidagi 1 mln. gektardan ortiq maydondagi oʻtloqlarda tarqalgan Qoʻngʻirot soda zavodi sanoat chiqindilari va uy xoʻjaliklari chiqindilariga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Chiqindilarni boshqarishning butun sikli boʻyicha barqaror tashkiliy sxemalarni ishlab chiqish maqsadida, chiqindilarning asosiy turlarini boshqarish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. Mintaqaning barcha yirik va bir qator kichik aholi punktlarida (5) chiqindilarni yigʻish, utilizatsiya va qayta ishlash boʻyicha loyihalar amalga oshirilgan. Hududlarni sanoat va uy xoʻjaliklari chiqindilaridan tozalash. | BRM 11, 12 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNESKO, FAO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Chiqindilarni yigʻish, utillashtirish va qayta ishlash boʻyicha innovatsion yondashuvlardan foydalanish. 2. Chiqindilarni monitoring va nazorat qilish tizimini tashkil qilish uchun AKTdan foydalanish. 3. Chiqindilarni boshqarishda va qayta ishlashda innovatsiyalar boʻyicha “xakaton”larni oʻtkazish va startaplarni qoʻllab-quvvatlash. | Chiqindilarni boshqarish sohasida AKT va innovatsion yondashuvlarni qoʻllash, aholini faol jalb qilishni ragʻbatlantirish. Monitoring tizimi, 5 ta tajriba loyihalari, muntazam “xakaton”lar va startaplarni qoʻllab-quvvatlash. | BRM 11, 12 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | IRSA-CNR-suv tadqiqotlari instituti, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | Sanitariya va gigiyena standartlarini oshirish uchun, uy xoʻjaligi darajasida chiqindilarni barqaror boshqarish tizimlarini joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash | Uy xoʻjaliklari darajasida chiqindilarni boshqarishni rivojlantirish tizimini tashkil qilish. | BRM 11, 12 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| II. Mintaqani iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha choralar | |||||
| 2.1. Tadbirkorlikni rivojlantirish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Xususiy tadbirkorlik rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali aholining bandligi va daromadlarini oshirish. Biznesni amalga oshirish va tadbirkorlik boʻyicha kurslarni va treninglarni tashkil qilish. 2. Aholining kasbiy malakalarini rivojlantirish, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda, hunarmandchilik, turizm, va qishloq xoʻjaligi sohalarida ijodiy faollikni ragʻbatlantirish hamda yoshlarga va ayollarga alohida eʼtibor qaratish. | Kasbiy taʼlim va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish boʻyicha choralar koʻrish. | BRM 1, 4, 8 | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNESKO, Saygʻoqlarni asrash alyansi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha moliyaviy mahsulotlarni, imtiyozli kredit liniyalarini ishlab chiqish va rivojlantirish. 2. Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat markazlari tarmogʻini rivojlantirish. 3. Yoshlar oʻrtasida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish. Mintaqadagi yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan doimiy faoliyat yurituvchi grant dasturini joriy qilish va yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish. 4. Yoshlar ishlari agentligining barcha tuman boʻlinmalarida yuridik klinikalarni tashkil qilish. 5. Qishloq joylarida tovarlarni ishlab chiqarishda va xizmatlarni koʻrsatishda kasanachilik va oilaviy biznes imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish texnikasi va uskunalarni xarid qilish uchun grantlarni taqdim etish. 6. Kasanachilar va oilaviy guruhlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlarni rivojlantirishda marketing qoʻllab-quvvatlash. Shaxsiy tadbirkorlar, kichik va oʻrtacha tashkilotlarning tovarlari va xizmatlarining yarmarkalarini muntazam oʻtkazish. 7. Xususiy tadbirkorlar, kichik va oʻrta tashkilotlar ishlab chiqaradigan mahsulotlarning muvofiqlik standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish. 8. Tovarlar va xizmatlarni birgalikda samarali rivojlantirish va sotish uchun tadbirkorlar tomonidan kooperativlar va/yoki ishlab chiqaruvchilarning uyushmalarini tashkil etishga koʻmaklashish. | Tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini oshirish va marketing qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish. Ijtimoiy tadbirkorlik dasturi, barcha tumanlarda yuridik klinikalar, yoshlar uchun grant dasturi, kasanachilarni qoʻllab-quvvatlash dasturi va standartlarni joriy qilish, kooperativlar/ assotsiatsiyalar tarmogʻini rivojlantirish. | BRM 1, 4, 8 | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | Saygʻoqlarni asrash alyansi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Yoshlarning turli toifalari uchun universal treyning markazini (kovorking markazini) tashkil qilish. 2. Xususiy tadbirkorlar tomonidan tovarlarni sotish va xizmatlarni koʻrsatish uchun onlayn platformalarni rivojlantirish. 3. Kasanachilik va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bilimlar va malakalarga kasbiy oʻqitish boʻyicha onlayn plat�ormalarni ishlab chiqish. 4. Muntazam tanlovlarni oʻtkazish va startaplarni qoʻllab-quvvatlash tizimlarini tashkil qilish. | Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun zamonaviy texnologiyalarni va onlayn platformalarni joriy qilish. Tovarlar va xizmatlarni sotish uchun platformani rivojlantirish, trening markazini va oʻqitish platformasini tashkil qilish, tashbbuslarni qoʻllab-quvvatlash tizimi. | BRM 1, 4, 8 | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Startaplar uchun, shu jumladan, texnologiyalar va jihoz-uskunalarni sotib olish uchun grantlar berilishi yoʻli bilan aholining ijtimoiy ehtiyojmand guruhlari, jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mavjud ijtimoiy tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash va yangi tashkilotlarni tashkil qilish. 2. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun yoshlarga va ayollarga alohida eʼtibor qaratgan holda, kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha kasbiy kurslarni tashkil etish. | Aholining ijtimoiy ehtiyojmand guruhlarini tadbirkorlikka jalb qilish uchun qoʻllab-quvvatlash tizimini tashkil qilish. Ijtimoiy tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi, va 3 ta tumanda kurslar tashkil etish. | BRM 1, 2, 8 | Yoshlar ishlari agentligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 2.2. Turizmni rivojlantirish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Turizm klasterini tashkil etish va uning asosida namunaviy markazlarni tashkil etish, keyinchalik koʻp funksiyali “Ijtimoiy hamkorlik” qishloq markazlarini tashkil etish. 2. Turizmni davomiy rivojlantirish boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqish (boshqarish, aloqa, marketing, brendlash, servis, mehmondoʻstlik, mehmon uylarini barpo etish, gidlarni tayyorlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, turistik mahsulotlarni, yoʻnalishlarni ishlab chiqish). Ayollar, yoshlar, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqish. 3. Turizmning barqaror rivojlanishi bilan muvofiqlashgan xolda madaniy va tabiiy merosni, shu jumladan, muzey va muzey kolleksiyalarini himoya qilish boʻyicha maxsus dasturlar ishlab chiqish. 4. Turizm klasteri negizida, turistik sohada xizmat koʻrsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha mahalliy aholi/jamoat uchun oʻqitish markazini tashkil etish. 5. Mahalliy aholini/jamoatni turistik sohada xizmat koʻrsatishga jalb qilish masalalari boʻyicha ayollar va yoshlarga alohida eʼtibor qaratgan holda, joylarga chiqib sayyor amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish. | Mintaqada turizmni rivojlantirish uchun kadrlarni tayyorlashning muvofiq ishlaydigan va samarali tizimini rivojlantirish. Turizm klasterini tashkil qilish boʻyicha loyiha ishlab chiqish, tematik oʻquv dasturlari toʻplamini ishlab chiqish, joylarga chiqib mashgʻulotlar oʻtkazish. | BRM 4, 8, 15 | Turizm va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNESKO, GITSning Orolboʻyi hududida ekologiyaga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi, Saygʻoqlarni asrash alyansi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Xizmat koʻrsatishga oid standartlarni ishlab chiqish va joriy qilish. 2. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi tashabbuskor guruhlarni va tadbirkorlarni doimiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat markazlarini tashkil etish. 3. Turistik mahsulotlarni va manzillarni ishlab chiqish va joriy qilish hamda materiallarni xatlovdan oʻtkazish va shakllantirish. 4. Mahalliy turistik biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish uchun qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish. 5. Orolboʻyi mintaqasining salohiyati, raqobat ustuvorliklari haqida turistik mahsulotlar va manzillar boʻyicha materiallarni targʻib etish, tashkilotchilarning salohiyatini rivojlantirish boʻyicha maxsus marketing dasturini ishlab chiqish. 6. Ekologik va qishloq turizmni rivojlantirish va Orol mintaqasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, davlat qoʻriqxonalari va tabiat bogʻlari va biosfera rezervatlarning qoʻriqxona zonalaridan tashqari, hududi boʻylab sayohatlarni tashkil etish uchun turizmni rivojlantirish boʻyicha dasturni ishlab chiqish. 7. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar atrofidagi qoʻriqlanma zonalarda bazaviy turistik infratuzilmani (tabiat muzeylari, yoʻnalishlar), logistikani rivojlantirish. 8. Orolboʻyida balneologik turizmni rivojlantirish uchun yerosti suvlaridan (mineral va termal suvlar) foydalanish. 9. Suv havzalari hududida baliqchilikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. 10. Yoʻllar tarmogʻini va yoʻlboʻyi infratuzilmasini rivojlantirish. 11. Turistlarni joylashtirish tarmogʻini tashkil qilish (mehmonxonalar, mehmon uylari), yurtada (etnik) yashash joylari. 12. Osori atiqalar atrofida infratuzilmani tashkil etish, (yoʻnalishlarni jihozlash, ovqatlanishni, hojatxonalarni, dam olish joylarini tashkil etish, suvenirlar bilan savdo qilish). 13. Transport xizmatlarini koʻrsatish tizimini rivojlantirish. | Xizmatlarning keng koʻlamini koʻrsatgan holda, turizmni kompleks rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish. Standartlarni, turistik mahsulotlarni ishlab chiqish, 2 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda infratuzilmani yaratish, balneologik markazni tashkil qilish hamda joylashtirish. | BRM 8, 15 | Turizm va sport vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | YUNESKO, GITSning Orolboʻyi hududida ekologiyaga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi, Saygʻoqlarni asrash alyansi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Tematik saytlarda, jahonning yirik yangilik kanallarida, Internet jahon axborot tarmogʻidagi forumlarda tegishli materiallarni joylashtirish, turli darajadagi xalqaro festivallar, etno-turistik ekspeditsiyalar, noaʼnanaviy turistik yoʻnalishlar tashkil etish xamda mahalliy aholini loyihalarga faol jalb etish yoʻli bilan Orolboʻyi masalalariga xalqaro eʼtiborni qaratish uchun mintaqada turizmni axborot-targʻibot qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. Turizmni rivojlantirish maqsadida AKT ishlanmalarini keng joriy qilish, veb-sahifalar, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish. 3. Orolboʻyi mintaqasini sayohat maskani sifatida reklama qilish uchun ijtimoiy platformalar uchun turistik media kontent ishlab chiqish boʻyicha salohiyatini oshirish/rivojlantirish. | Mintaqada turizmni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun zamonaviy AKTlardan foydalanish. Axborot kampaniyasi, turistik xizmatlar saytlari. | BRM 8, 15 | Turizm va sport vazirligi, Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Turizm klasterini tashkil etish va uning asosida namunaviy markazlarni tashkil etish xamda qishloqlarda koʻp funksiyali rivojlanish markazlarini rivojlantirish. 2. Mahalliy aholi uchun turistik faoliyatga va tadbirkorlikni rivojlantirishga jalb qilish boʻyicha oʻqitish va maslahat xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish. 3. Mahalliy aholi uchun turistik sohada xizmatlarni koʻrsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va oʻqitishni tashkil etish, bunda xotin-qizlarga, yoshlarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga alohida eʼtibor qaratish. | Mahalliy aholini turizmni rivojlantirishga faol jalb qilish va ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga alohida eʼtibor qaratish. | BRM 5, 8, 15 | Turizm va sport vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNESKO, GITSning Orolboʻyi hududida ekologiyaga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 2.3. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Mutaxassislarni tayyorlash va agronomlarning malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish. 2. Aholini yaylovlarda barqaror chorvachilikni rivojlantirishga oʻqitish. 3. Salohiyatni oshirish va aholining shaxsiy tomorqa va fermerlik xoʻjaliklarida qoʻllanishi mumkin boʻlgan ilgʻor qishloq xoʻjaligiga oid va resurslarni tejaydigan ishlash usullari haqidagi xabardorligini oshirish. 4. Seleksiya, qishloq xoʻjaligi texnologiyalari bilan shugʻullanadigan ilmiy muassasalarning salohiyatini va texnik imkoniyatlarini oʻstirish, qishloq xoʻjaligida yangi texnologiyalardan va innovatsiyalardan foydalanish sohasida oʻsimlikshunoslik va chorvachilikni (shu jumladan, parrandachilikni) yaxshilash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash. | Mintaqada qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha kuchaytirilgan va samarali tizim. Kasbiy taʼlim dasturini ishlab chiqish, mintaqadagi asosiy ilmiy muassasalarni texnik jihozlash. | BRM 1, 2, 4, 8 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | FAO, Jahon banki, YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Naslchilik ishlari, seleksiya sohasida qishloq xoʻjaligi hayvonlarining yangi zotlarini, liniyalarini yoʻlga qoʻyish, hamda yem ekinlarining navlarini va gibridlarini ishlab chiqish, urugʻchilik va urugʻshunoslik boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. 2. Yemlarni ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish. Urugʻchilikni rivojlantirish, urugʻchilik xoʻjaliklarini tashkil qilish. 3. Aholiga yerga ishlov berish va mahsulotni yigʻib-terish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun ixtisoslashgan MTP (mashina-traktor parklari) moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. 4. Xoʻjalik ichidagi irrigatsiya tizimlarini taʼmirlash-qurilish ishlarini qoʻllab-quvvatlash. 5. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini biologik himoyalash boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash. 6. Qorakoʻlchilik va tuyachilik rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash. | Texnik jihozlashdan, to ilmiy kuzatuv va logistik tarmoqni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligini har tomonlama rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotini yigʻib-terish, qayta ishlash va sotish boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish. | BRM 1, 2, 8 | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi | FAO, Jahon banki, YEIB, YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Yaylov va oʻtloq hududlarini kengaytirish uchun ularni suv bilan taʼminlash. 2. Oʻtloq va yaylov xoʻjaliklari infratuzilmasini rivojlantirish (suv, energiya taʼminoti, oʻtloqlarni jihozlash). 3. Orolboʻyi mintaqasida mavjud boʻlgan suv havzalarini rivojlantirish va ulardan baliqchilik va akvakultura yetishtirish uchun oqilona foydalanish choralari kompleksini ishlab chiqish. 4. Inkubatsion sexlar, oqsilning yuqori miqdori boʻlgan yemlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash punktlari, saqlash va tashish tizimlari boʻlgan zamonaviy baliq pitomniklarini tashkil qilish orqali baliqchilikni rivojlantirish. 5. Akvakulturani rivojlantirish, shu jumladan, tabiiy va sunʼiy suv havzalari negizida moʻynali hayvonlarni (ondatra, nutriya va boshqalar) koʻpaytirish va boqish uchun hayvonot fermalarini tashkil qilish. | 2 ta kredit dasturi, 2 ta tumanda sotuvlarning tajriba tizimi, kamida 2 ta kooperativni tashkil qilish, moliyalashtirish dasturi, barcha tumanlarda maslahat markazlari, sertifikatlash dasturi, 2 ta laboratoriyani jihozlash, yemlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturi, 5 ta tumanda yaylovlarni suv bilan taʼminlash, 5 ta uzoqda boqish joylarini jihozlash, sotuvlar, qayta ishlash va marketing qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish, muntazam koʻrgazmalarni tashkil etish. | BRM 1, 2, 8 | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi | FAO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Artemiyani ishlab chiqarishda koʻmaklashish boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish. 2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari yangi texnologiyalar va innovatsiyalardan foydalana olishlari uchun yangi maqsadli kredit moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish. Shu jumladan, shaxsiy tomorqa xoʻjaliklari darajasida ham, fermerlik xoʻjaliklari darajasida ham zamonaviy texnologiyani qoʻllashni ragʻbatlantirish uchun bank mahsulotlarini qoʻshma moliyalashtirish/subsidiyalash. 3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun kredit dasturlari va mahsulotlaridan foydalanish yoʻllari boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish. 4. Kichik va oʻrta qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining rentabelligini va unumdorligini oshirish uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining uyushmalarini, kooperativlarini tashkil qilish. 5. Mayda va oʻrta qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlash uchun chorvachilik mahsulotlarini (goʻsht, jun, terilar, sut) sotish tizimini tashkil qilish. 6. Kichik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha choralar ishlab chiqish. 7. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni logistik hamda marketing qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish orqali mintaqaning eksport salohiyatini kengaytirish. 8. Mintaqaning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasida texnik salohiyatini mustahkamlash, shu jumladan, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni qoʻllash. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tashkilotlari tizimini rivojlantirish. 9. Veterinariya nazoratini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi laboratoriyalarini tashkil qilish va texnik jihozlash, shu jumladan, yemlarning sifatini nazorat qilish. 10. Mintaqaning eksport salohiyatini oshirish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sertifikatlash sohasida jahon standartlarini joriy qilish. 11. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlashning fitosanitariya nazorati boʻyicha mobil va/yoki statsionar punktlarni tashkil qilish. 12. Xalqaro anjumanlar va koʻrgazma-yarmarkalarni tashkil etish orqali qishloq xoʻjaligi sohasidagi muvaffaqiyatli tajribani tarqatish. | Mahalliy aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qishloq xoʻjaligi faoliyatiga jalb qilish maqsadida qoʻllab-quvvatlash tizimini tashkil qilish. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dasturlarini joriy qilish. | BRM 1, 2, 8 | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolik jamiyati institutlari | FAO, YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Orolboʻyi mintaqasi fermerlik jamoalarining iqlimiy barqarorligini oshirish. 2. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga koʻmaklashish. 3. Chorvachilik uchun yemlarni ishlab chiqarishda innovatsiyalardan va yangi texnologiyalardan foydalanish. 4. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish. 5. Zonalarga ajratish, qishloq xoʻjaligi ishlarini monitoring qilish va rejalashtirish uchun masofadan zondlash tadqiqotlari usullaridan foydalanish. 6. Yuqori mahsuldor qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun energetik samarali boʻlgan quyosh issiqxonalari tarmogʻini tashkil qilish. | Iqlim oʻzgarishlariga moslashish, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni va AKTni joriy qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish. Orolboʻyi mintaqasida qishloq xoʻjaligini moslashtirish dasturi, suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish dasturini amalga oshirish. | BRM 1, 2, 8 | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi | FAO, YUNESKO, GITSning Orolboʻyi hududida ekologiyaga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi, IRSA-CNR-Suv tadqiqotlari instituti, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, shu jumladan, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mavjud ijtimoiy tashkilotlarni, ayollarning tashabbuskor guruhlarini/kooperativlarni (sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, kigizni ishlab chiqarish va boshqalar) qoʻllab-quvvatlash va yangi tashkilotlarni tashkil qilish. | Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qishloq xoʻjaligiga jalb qilish uchun ularni qoʻllab-quvvatlash tizimini tashkil qilish. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dasturini amalga oshirish. | BRM 1, 2, 5, 8 | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | FAO, YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| III. Mintaqani ijtimoiy rivojlantirish choralari kompleksi | |||||
| 3.1. Aholi punktlarini rivojlantirish | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Choralarni rejalashtirish hamda hududlarni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan harakatlar rejalarini tayyorlash sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining salohiyatini oshirish. 2. Orolboʻyi aholi punktlarini rivojlantirish metodologiyalarini va kompleks rejalarini ishlab chiqish. 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlari xodimlarini hududlarni boshqarishning zamonaviy usullariga oʻqitish. 4. Orolboʻyi mintaqasida oʻqitish dasturlarini va markazlarni tashkil qilish yordamida suv taʼminoti va oqova tizimi xizmati xodimlarini yangi texnologiyalardan foydalanishga oʻqitish. 5. Kommunal xizmatlarning samarali boshqarish va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha salohiyatini oshirish. 6. Aholi punktlarining kompleks rivojlanishi uchun normativ-huquqiy taʼminotni takomillashtirish. | Hududlarni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan rejalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining salohiyatini oʻstirish. Orolboʻyidagi asosiy aholi punktlari uchun rivojlanish rejalarini ishlab chiqish, aholi punktlarining turli xizmatlar uchun oʻqitish treninglarini oʻtkazish. | BRM 4, 11 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Aholi punktlari rivojlanishining integratsiyalashgan sektoral dasturlarini va bosh rejalarini (tarhlarini) ishlab chiqish. 2. Aholi punktlarini (shahar, qishloq) koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish dasturini amalga oshirish. 3. Sport maydonchalari (shahar, qishloq) tarmogʻini rivojlantirish. 4. Kichik aholi punktlarida, shu jumladan, eski quduqlarni taʼmirlash va yangi quduqlarni burgʻilash hamda eski qurilmalarni taʼmirlash va yangi chuchuklashtirish qurilmalarini va nasos stansiyalarni oʻrnatish yoʻli bilan mahalliy suv taʼminoti va oqova tizimlarini joriy qilish. 5. Suv hisobini yuritishni yaxshilashga koʻmaklashish va suv taʼminoti subyektlarining iqtisodiy barqarorligini oshirish uchun toifalangan tarif siyosatini rivojlantirish. 6. Suv taʼminoti va suvni chiqarish sifatini nazorat qilish uchun suv taʼminoti tashkilotlarida tegishli laboratoriyalarni tashkil etish. 7. Suv taʼminoti, oqova va issiqlik taʼminoti tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish. 8. Oqova suvlarni tozalash sifatini oshirish hamda markazlashtirilgan va avtonom tozalash tizimlarini rivojlantirish. 9. Turar joy fondini yangilash (renovatsiya) va koʻp xonadonli uylarda va ijtimoiy binolarda energiyani tejash choralarini joriy qilish boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish. 10. Aholi punktlari ichida hamda shaharlararo barqaror transport harakatini kengaytirish. | Qulay yashash sharoitlarini yaratish uchun aholi punktlarining integratsiyalashgan rivojlanishi boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish. 30 ta aholi punktlarini koʻkalamzorlashtirish, barcha aholi punktlarida sport maydonchalarini tashkil qilish, kamida 10 ta aholi punktlarida mahalliy suv taʼminoti tizimlarini tashkil qilish, infratuzilmani, turar joy fondini, transportni rivojlantirishning kompleks dasturlarini amalga oshirishni. | BRM 4, 11 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi | BMTTD, Jahon Banki, YUNESKO, IRSA-CNR-Suv tadqiqotlari instituti, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Suv taʼminoti, oqova va issiqlik taʼminoti tizimlarini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish, shu jumladan, isteʼmol qilish va yoʻqotishlarning hisobini yuritish, resurslarni samarali tartibga solish/dispetcherlashtirish, geografik axborot tizimlarini tashkil qilish. 2. Suv taʼminoti, oqova va issiqlik taʼminoti sohasida eng yaxshi tajriba va texnologiyalarni tadqiq etish va katalogini tayyorlash. 3. Qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish uchun urbanistika tamoyillarini qoʻllash. 4. Aholi punktlarini rivojlantirishda smart cities tamoyillarini qoʻllash. | Aholi punktlari rivojlanishi yuzasidan zamonaviy usullar va texnologiyalarni qoʻllash choralarini tajriba-sinov rejimida amalga oshirish. Katalog ishlab chiqish, 2 ta aholi punktida dispetcherlashtirishni avtomatlashtirish va uni sinovdan oʻtkazish. | BRM 4, 11 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi | YUNESKO, IRSA-CNR-Suv tadqiqotlari instituti, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Bolalar bogʻchalarini tashkil etish yordamida, yosh bolali ayollar uchun mehnat sharoitlarini yaratish. 2. Aholining barcha guruhlari, shu jumladan, yoshlar, ayollar, oʻziga xos rivojlanish xususiyatlari boʻlgan shaxslar uchun taʼlim va ijodiy toʻgaraklar, rivojlanish markazlari tarmogʻini rivojlantirish. 3. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhitni yaratish. | Aholining eng ijtimoiy ehtiyojmand toifalari turmushini yaxshilash uchun aholi punktlarining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish. Toʻsiqlarsiz muhitni mintaqaning barcha aholi punktlarida qisman joriy qilish, tuman markazlarida rivojlanish markazlarini tashkil qilish. | BRM 4, 11 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 3.2. Sogʻliqni saqlash | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Tibbiyot xodimlarning shu jumladan, masofadan oʻqitish tizimini joriy qilish hisobidan doimiy malakasini oshirish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. Yoshlar uchun reproduktiv salomatli�ni muhofaza qilish va oilani rejalashtirish maqsadida profilaktik tibbiy dasturlar ishlab chiqish. 3. Aholining tibbiy savodxonligini oshirish. 4. Oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va oliy taʼlim muassasalar darajasida sogʻlom turmush tarzi boʻyicha oʻquv modullarini ishlab chiqish va joriy qilish. | Aholi va tibbiy xodimlar salohiyatini oshirish tizimini joriy qilish. Aholi va tibbiy xodimlarni oʻqitish dasturini amalga oshirish, 20 ta taʼlim muassasalarida oʻquv modulini tajriba-sinov rejimida joriy etish. | BRM 3, 4 | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNFPA, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Oilaviy va qishloq poliklinikalarini, birinchi navbatda uzoq hududlarda texnik jihozlashni yaxshilash. 2. Uzoq aholi punktlarida yashovchilarga tibbiy xizmatlarni koʻrsatish uchun kerakli jihoz-uskunalar (raqamli flyuorograf, EKG, ultratovushli moslamalar, gematologik va bioximik analizatorlar) bilan jihozlangan mobil ambulatoriyalarni tashkil etish. 3. Shoshilinch yordam tizimini rivojlantirish, transport bilan taʼminlash. 4. Tibbiy preparatlardan foydalanish imkonini taʼminlash. | Uzoq hududlarda aholi punktlarining tibbiy muassasalarini texnik jihozlash. 20 ta tibbiy punktni, 3 ta mobil ambulatoriyani jihozlash, 2 ta tez tibbiy yordam punktini kuchaytirish. | BRM 3 | Sogʻliqni saqlash vazirligi | YEIB, Yapon elchixonasi, JAYKA, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | Tibbiy xizmat koʻrsatish uchun AKT, uzoq hududlardagi jamoalar uchun masofadan maslahat berish tizimini rivojlantirish. | Masofadan tibbiy maslahat berish tizimini joriy qilish. | BRM 3 | Sogʻliqni saqlash vazirligi | YUNFPA, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Uzoqda joylashgan aholi punktlarida birlamchi boʻgʻin mutaxassislari uchun maqbul turar joy sharoitlarini yaratish. 2. Uzoqda joylashgan aholi punktlarida ishlaydigan yosh mutaxassislarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish. | Yosh mutaxassislarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, qoʻllab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish. | BRM 3 | Sogʻliqni saqlash vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| 3.3. Taʼlim | |||||
| Salohiyatni oshirish va normativ-huquqiy bazani (taʼminotni) takomillash-tirish | 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT) xodimlarining stajirovkalarini, tematik treninglarini tashkil etish orqali malakasini oshirish. MTT xodimlari uchun mavjud boʻlgan taʼlim muassasalari (kollejlar/texnikumlar) va pedagogik oliy taʼlim muassasalari negizida trening markazlarini tashkil qilish. 2. Oliy taʼlim muassasalarida xalqaro taʼlim standartlariga oʻtishda pedagoglarga uslubiy yordam koʻrsatish. 3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirish markazlari salohiyatini rivojlantirish va texnik jihozlash. 4. Orolboʻyi uchun ustuvor boʻlgan mavzuli yoʻnalishlarda innovatsion texnologiyalar, shu jumladan, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, AKT, til oʻqitish, qayta tiklanuvchi energiya va suv tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish kabi sohalarda oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini takomillashtirish. | Taʼlim jarayoni samaradorligini oshirish uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari va oliy taʼlim muassasalari salohiyatini rivojlantirish. Almashish dasturi, oʻqitish markazini tashkil qilish, 2 ta oliy taʼlim muassasalarida innovatsiyalar boʻyicha tajriba dasturini joriy qilish va uslubiy qoʻllab-quvvatlash. | BRM 4 | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Infratuzilmani, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va eng ilgʻor tajribalarni namoyish etish | 1. Taʼlim muassasalarini texnik jihozlashni yaxshilash. 2. Oʻquvchilar uchun transport xizmatlarini yoʻlga qoʻyish va maxsus maktab avtobuslarini sotib olish. 3. Orolboʻyi maktablarida sanitariya-gigiyenik infratuzilmani taʼminlash. 4. Mintaqada maktablar isitish tizimlarini taʼmirlash. 5. Mintaqada maktablarning ichimlik suv taʼminotini taʼminlash. 6. Yoshlarning kasbiy va til tayyorgarligi markazlarini rivojlantirish. 7. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining ilmiy muassasalarda, dala tadqiqotlarida amaliyot oʻtash tizimini rivojlantirish. | Taʼlim berishning samaradorligini oshirish va oʻqitishning qulay jihatlarini yaxshilash uchun taʼlim tizimi tashkilotlarini texnik jihozlash.20 ta MTTni texnik jihozlash, 211 ta hojatxonani taʼmirlash, 123 ta — qurish, 153 ta — suv taʼminotiga ulash, 57 ta — artezian manbalariga ulash, 36 ta — filtrlar oʻrnatish. | BRM 4 | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi | YUNESKO, Yaponiya elchixonasi, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Innovatsiyalar va AKTni joriy etish | 1. Umumtaʼlim va “Barkamol avlod” bolalar maktablarida robototexnika boʻyicha kurslarni tashkil qilish. 2. Axborot texnologiyalari (AT) sohasida mutaxassislarning doimiy maktabini tashkil qilish maqsadida mahalliy AT mutaxassislari uchun trening kurslarini tashkil etish. 3. Oʻquv jarayonini masofadan oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlash orqali onlayn taʼlim tizimini takomillashtirish. 4. Oʻquv materiallarini raqamlashtirish va oʻquv jarayonini tashkil etish maʼlumotlari, shu jumladan, oʻquvchilar oʻzlashtirishi maʼlumotlari bazalarini yaratish. | Taʼlim sifatini oshirish va oʻquvchilarning foydali koʻnikmalarini koʻpaytirish uchun oʻquv jarayoniga innovatsiyalar va AKTni joriy qilish. Robototexnika boʻyicha kurslar, materiallarni raqamlashtirish, AT boʻyicha mashgʻulot dasturi va 20 ta maktabga masofadan taʼlim berishni kuchaytirishda koʻmaklashish. | BRM 4 | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi | YUNESKO, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
| Inklyuziv rivojlanish | 1. Qizlarning kasbiy-texnik taʼlimi uchun jihoz-uskunalarni taqdim etish. 2. Yosh mutaxassislarni Orolboʻyi oliy taʼlim muassasalarida va professional taʼlim muassasalarida ishlashga jalb qilish va qoʻllab-quvvatlash. Yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash va ilm-fanga jalb qilish fondini tashkil qilish. 3. Professional maxsus uslubiyotlarni ishlab chiqish hamda tegishli jihoz-uskunalar va texnika bilan jihozlash orqali, oʻziga xos rivojlanish xususiyatlari (nutq, koʻrish va eshitish nuqsonlari) boʻlgan bolalarga taʼlim berish tizimini takomillashtirish. | Oʻquvchilarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga koʻmaklashish va alohida ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berish imkoniyatlarini kuchaytirish. 616 ta maktabni jihozlash, ilm-fanga jalb qilish fondi, 100 ta taʼlim muassasalarida gender tarbiyalashning tajriba dasturlarini amalga oshirish, alohida ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun 2 ta markazni jihozlash. | BRM 4, 5 | Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari | YUNFPA, YUNESKO, JAYKA, donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari |
3-ILOVA
T/r |
Asosiy yoʻnalishlar |
Chora-tadbirlar |
Muddati |
Kutilayotgan natijalar |
Masʼul ijrochilar |
Xalqaro hamkorlar |
|
I. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish choralarini amalga oshirish | ||||||
|
1. |
Orolboʻyi mintaqasida xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirishning milliy mexanizmini yaratish. |
1. Xalqaro tashkilotlar, donor mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) roʻyxatini shakllantirish hamda ularning Orolboʻyi mintaqasida ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berish. |
2022-yil iyul |
1. BMTning Oroboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik Trast jamgʻarmasi (Trast jamgʻarma) Maslahat qoʻmitasining barqaror investitsiyalar, monitoring va xabardorlikni oshirish boʻyicha ishchi guruhlari tashkil etiladi; 2. Trast jamgʻarma doirasidagi loyihalarni monitoring qilish tartibi qabul qilinadi. |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirliklar va idoralar, NNT, ilmiy institutlar |
BMT institutlari, YEI, YEIB, donor mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari, xalqaro NNT, xalqaro tashkilotlar |
|
2. Orolboʻyi mintaqasi barqaror rivojlanish Maslahat qoʻmitasi reglamenti va bayonnomalarini hamda xalqaro hamkorlar bilan ishlash mexanizmini joriy etish. |
2022-yil iyul | |||||
|
3. Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish, shu jumladan, ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar masalalari muhokamasini tashkil etish uchun Maslahat qoʻmitasining mavzuli guruhlarini shakllantirish. |
2022-yil sentabr | |||||
|
2. |
Orolboʻyi mintaqasida xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish. |
Orolboʻyi mintaqasi rivojlanishi masalalarini muhokama qilish va muvofiqlashtirish uchun xalqaro hamkorlar bilan muntazam umumiy va mavzuli uchrashuvlarni oʻtkazish, shu jumladan, rejalashtirilgan dastur va loyihalarga hamda ekologik innovatsiyalarga va texnologiyalarga alohida eʼtibor qaratish. |
har olti oyda |
1. Orolboʻyi mintaqasida dasturlar va loyihalarni amalga oshirayotgan donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining Trast jamgʻarma Maslahat qoʻmitasiga aʼzoligi taʼminlanadi; 2. Orolboʻyi mintaqasida amalga oshirilishi taklif etilgan dasturlar va loyihalarga moliya resurslarini jalb qilish maqsadida Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan mavzuli taqdimotlar va “fand reyzing” tadbirlari oʻtkaziladi. |
Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vazirliklar va idoralar, NNT, ilmiy institutlar |
BMT institutlari, YEI, YEIB, donor mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari, xalqaro NNT, xalqaro tashkilotlar |
|
3. |
Ekologik innovatsiyalarni, texnologiyalarni va investitsiyalarni jalb qilish uchun xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantirish. |
1. Orolboʻyi mintaqasida infratuzilmani yaratish va rivojlantirishga hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalariga innovatsion yondashuvlarni joriy qilishga va yangi texnologiyalarni jalb qilishga tayyor boʻlgan xorijiy hamkorlar uchun choralarni, qoʻshimcha imtiyozlarni ishlab chiqish. |
2022-yil oktabr |
1. Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish konsepsiyasi va “Yoʻl xaritasi” yirik xalqaro konferensiya va forumlarda muhokama etiladi; 2. Orolboʻyi mintaqasida yangi texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha choralar koʻriladi hamda ragʻbatlantiruvchi va imtiyozli imkoniyatlar yaratiladi. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, vazirliklar va idoralar, NNT, ilmiy institutlar |
BMT institutlari, YEI, YEIB, donor mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari, xalqaro NNT, xalqaro tashkilotlar |
|
2. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning xalqaro hamkorlar bilan oʻzaro aloqasini yoʻlga qoʻyish, bu borada Orolboʻyi mintaqasida olib borilayotgan faoliyat toʻgʻrisida axborotni BMT tizimining dasturlari va tashkilotlari, aʼzo davlatlari, jamgʻarmalar, xalqaro moliya institutlari tizimining muassasalari va boshqa tomonlar oʻrtasida faol targʻib qilish. |
doimiy | |||||
|
II. Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha dastur va loyihalarni amalga oshirishni monitoring qilish | ||||||
|
4. |
Orolboʻyi mintaqasida amalga oshiriladigan dastur va loyihalarni samarali monitoring qilish mexanizmini yaratish. |
1. Dastur va loyihalarning yagona monitoring tizimini ishlab chiqish. |
2022-yil iyun |
1. Amalga oshirilayotgan dastur va loyihalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo axborot almashinuvi tartibi qabul qilinadi; 2. Amalga oshirilayotgan loyihalarning yagona elektron maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar, NNT, ilmiy institutlar |
BMT institutlari, YEI, YEIB, donor mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari, xalqaro NNT, xalqaro tashkilotlar |
|
2. Dastur va loyihalarni monitoring qilish masalalari boʻyicha mahalliy va xalqaro hamkorlar oʻrtasida muvofiqlashtirish mexanizmini tashkil qilish. |
2022-yil sentabr | |||||
|
3. Dastur va loyihalarni amalga oshirishda muntazam hisobotlar boʻyicha formatlar va bayonnomalarni ishlab chiqish va qabul qilish. |
2022-yil oktabr | |||||
|
4. Dastur va loyihalarni amalga oshirish haqida maʼlumot yigʻish uchun yagona elektron platformani yaratish. |
2022-yil dekabr | |||||
|
5. Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarning yagona milliy reyestrini ishlab chiqish. |
2022-yil dekabr | |||||
|
6. Loyihalar ijrosi monitoringi va tahlili natijasida Orolboʻyi mintaqasining barqaror rivojlanishi boʻyicha Maslahat qoʻmitasi tomonidan “Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalar roʻyxati”ga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
||||||
|
5. |
Orolboʻyi mintaqasida dasturlar va loyihalarni monitoring qilish choralarini amalga oshirish. |
Dastur va loyihalarni amalga oshirishni muhokama qilish uchun asosiy yoʻnalishlar boʻyicha (shu jumladan, ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar boʻyicha alohida guruh) uchrashuvlarni oʻtkazish. |
har olti oyda |
1. Orolboʻyi mintaqasida amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini baholash boʻyicha monitoring tizimi joriy etiladi; 2. Amalga oshirilayotgan loyihalarning natijalari toʻgʻrisida OAV va internet tarmoqlari orqali jamoatchilik xabardorligi oshirib boriladi. |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar, NNT, ilmiy institutlar |
BMT institutlari, YEI, YEIB, donor mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari, xalqaro NNT, xalqaro tashkilotlar |
|
6. |
Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning holatini baholash va prognozlash boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish. |
1. Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning holatini baholash koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va ushbu koʻrsatkichlar boʻyicha idoralararo axborot almashinuv tizimini joriy etish. |
2022-yil avgust |
Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning holatini baholash koʻrsatkichlari asosida yaqin kelajakda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmi joriy qilinadi. |
Davlat statistika qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar, NNT, ilmiy institutlar |
BMT Taraqqiyot dasturi, donor mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari, xalqaro NNT, xalqaro tashkilotlar |
|
2. Axborot almashinuv tizimini avtomatlashtirish va elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish. |
2022-yil dekabr | |||||
|
7. |
Orolboʻyi mintaqasining barqaror rivojlanishi boʻyicha Maslahat qoʻmitasi faoliyatida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini keng jalb qilish |
1. Maslahat qoʻmitasining “Monitoring va tahlil” ishchi guruhi doirasida Mintaqada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida erishilgan natijalarni nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻrganish ishlarini tashkillashtirish. |
2022-yil avgust |
Mintaqada barqaror rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda hamda loyihalarni ishlab chiqish va grant mablagʻlarini jalb qilishda notijorat tashkilotlar ishtiroki kengaytiriladi. |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar, NNT, ilmiy institutlar |
BMT Taraqqiyot dasturi, donor mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari, xalqaro NNT, xalqaro tashkilotlar |
|
2. Maslahat qoʻmitasining “Barqaror investitsiyalar” ishchi guruhi doirasida nodavlat notijorat tashkilotlariga loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun grant mablagʻlarini jalb qilishda amaliy koʻmak berish tizimini joriy qilish. |
2022-yil dekabr | |||||
4-ILOVA
| ming dollar | |||
| T/r | Taklif etilayotgan chora-tadbirlar / loyihalar | Masʼul ijrochilar | Qiymati (loyiha parametrlari asosida oʻzgarishi mumkin) |
| I. Ekologik barqarorlik hamda ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish | |||
| 1.1. Suv resurslarini barqaror boshqarish | |||
| 1. | Mavjud ilmiy-tadqiqot institutlari yoki universitetlari negizida suv xoʻjaligi mutaxassislari (tahliliy laboratoriyalar, gidrologik va monitoring stansiyalari xodimlari) malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-mashgʻulot markazini tashkil qilish. | Suv xoʻjaligi vazirligi, | 300,0 |
| 2. | Suv xoʻjaligi mutaxassislari va suvdan foydalanuvchilar uchun suv resurslarini integrallashgan boshqarish, suvni tejash masalalari boʻyicha moslashtirilgan oʻquv materiallarini tayyorlash. | Suv xoʻjaligi vazirligi | 100,0 |
| 3. | Suv resurslarini mahalliy darajada boshqarish samaradorligini oshirish uchun suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyalari salohiyatini rivojlantirish dasturi. Suv resurslarini mahalliy darajada oqilona taqsimlash mexanizmini ishlab chiqish. | Suv xoʻjaligi vazirligi | 1 000,0 |
| 4. | Suvdan foydalanuvchilar, suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyalari uchun suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanish va suv resurslarini integrallashgan boshqarishning boshqa jihatlari boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish tizimini tashkil qilish. | Suv xoʻjaligi vazirligi | 1 000,0 |
| 5. | Orolboʻyida gidropostlar tarmogʻining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va gidropostlar tarmogʻini kengaytirish yoʻli bilan suv resurslarini monitoring qilish tizimini kuchaytirish. | Suv xoʻjaligi vazirligi, | 2 000,0 |
| 6. | Suv taqsimlashni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish uchun davlatlararo suv resurslarini monitoring qilish tizimini tashkil qilish. | Suv xoʻjaligi vazirligi, | 1 000,0 |
| 7. | Suvdan foydalanuvchilar oʻrtasida suv resurslari sarfi hisobini yuritish mahalliy tizimlarini ishlab chiqish va joriy qilish. | Suv xoʻjaligi vazirligi | 1 000,0 |
| 8. | Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialida kompleks gidrologik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun laboratoriyalarni jihozlash. | Suv xoʻjaligi vazirligi | 500,0 |
| 9. | Asosiy suv xoʻjaligi inshootlarining samaradorligini oshirish va suvning texnik yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida ularni rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash. | Suv xoʻjaligi vazirligi | loyiha smeta asosida |
| 10. | Mintaqani rivojlantirish omillari va iqlim oʻzgarishining taʼsirini hisobga olgan holda, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda suv resurslari hamda suv taʼminotiga ehtiyojlarni modellashtirish va prognozlash boʻyicha tahlillarni oʻtkazish. | Suv xoʻjaligi vazirligi, | 500,0 |
| 11. | Masofadan zondlash tadqiqoti usullaridan foydalangan holda, suv resurslarini monitoring qilish tizimini va geografik axborot tizimini tashkil qilish. | Suv xoʻjaligi vazirligi, | 2 000,0 |
| 12. | Suv resurslarini integrallashgan boshqarishni joriy qilish masalalari boʻyicha institutsional va qonunchilik bazasini takomillashtirish va Orolboʻyi mintaqasida suv resurslaridan foydalanishni muvofiqlashtirishni kuchaytirish. | Suv xoʻjaligi vazirligi | 500,0 |
| 13. | Orolboʻyi mintaqasida monitoring avtomatik punktlarini va zamonaviy tahliliy jihoz-uskunalarni joriy qilish hisobiga suv resurslari sifatini monitoring qilish tizimini yaxshilash. | Suv xoʻjaligi vazirligi, | 1 000,0 |
| 14. | Biotexnologiyalardan foydalanib, yer usti suvlarini tozalash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Suv xoʻjaligi vazirligi, | 1 000,0 |
| 15. | Orolboʻyining oliy taʼlim muassasalarida “gidrologiya” mutaxassisligiga oʻqitish boʻyicha yoshlarni suv xoʻjaligi tizimiga jalb qilish dasturini ishlab chiqish. | Suv xoʻjaligi vazirligi, | 1 000,0 |
| 16. | Suv xoʻjaligi sohasidagi yosh mutaxassislarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish. | Suv xoʻjaligi vazirligi | 500,0 |
| 17. | Gidrogeologik xizmatning dala laboratoriyalarini zamonaviy jihoz-uskunalar bilan jihozlash. | “Oʻzbekgidrogeologiya” DUK | 200,0 |
| 18. | Kanalboʻyi linzalardan aholi ehtiyojlari uchun foydalanishni kengaytirish maqsadida ularning hozirgi holatini baholash. | “Oʻzbekgidrogeologiya” DUK | 200,0 |
| 19. | Yer osti suvlari holatini baholash va monitoring qilishning kompleks dasturini amalga oshirish (yer osti suvlarining holatini monitoring qilishni kengaytirish; Orolboʻyi hududining geoekologik sharoitlarni oʻrganish va baholash; qurigan dengiz tubi hududida optimal monitoring tarmogʻini ishlab chiqish; qurigan dengiz tubining hozirgi geoekologik holatini baholash; geologik-gidrogeologik sharoitlarni baholash va yer osti suvlarining ehtimoliy yigʻilishini aniqlash; yer osti suvlarining oqib kelishini aniqlash uchun hozirgi gidrogeologik holatlarni baholash; Amudaryo suv havzasida suv oqimining hozirgi gidrokimyoviy rejimini, hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatiga taʼsirini baholash). | “Oʻzbekgidrogeologiya” DUK, | 1 000,0 |
| 20. | Amudaryo suv havzasi deltasida oʻzanboʻyi linzalarda chuchuk yer osti suvlarini muqobil suv taʼminoti manbai sifatida reabilitatsiya qilish boʻyicha tajriba ishlarini bajarish. | “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM, | 200,0 |
| JAMI: | 15 000,0 | ||
| 1.2. Yer resurslarini barqaror boshqarish | |||
| 21. | Yaylov joylarini tiklash boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish va yaylovlardan oqilona foydalanish usullarini joriy qilish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 3 000,0 |
| 22. | Yaylovlarga yuklanishni kamaytirish va taqsimlash, aholi punktlari atrofida va uzoq oʻtloqlarda yerlar degradatsiyasining oldini olish uchun yaylovlardan rotatsion (almashlab) foydalanishni rivojlantirish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 2 000,0 |
| 23. | Choʻllanish jarayonlarini tadqiq etish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda Orol dengizi qurigan tubida shakllangan tuproq-grunt qoplamlarini doimiy kuzatish-tekshirish uchun statsionar va dala laboratoriyalarini jihozlash. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, | 300,0 |
| 24. | Yerdan foydalanuvchilar uchun yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishda zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari tizimini tashkil qilish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, | 300,0 |
| 25. | Yaylovlar va sugʻoriladigan yerlar degradatsiyasi va tuproq shoʻrlanishiga qarshi kurashish sohasida tadqiqotlarni kengaytirish. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 500,0 |
| 26. | Yaylovlardan oqilona foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy bazani rivojlantirish va takomillashtirish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, | 300,0 |
| 27. | Qishloq xoʻjaligi ishchilarini yaylovlar va sugʻoriladigan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini olish usullariga oʻqitish dasturlari. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, | 500,0 |
| 28. | Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va yer resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish choralarini ishlab chiqish uchun tuproq holatini monitoring qilish tizimini rivojlantirish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 300,0 |
| 29. | Yer resurslarini samarali monitoring qilish va boshqarish uchun masofadan zond tadqiqotlari usullaridan va geografik axborot tizimlaridan foydalanish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 2 000,0 |
| 30. | Yerlarning unumdorligini oshirish uchun ekologik xavfsiz oʻgʻitlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 200,0 |
| 31. | Oʻtloqlarga haydab chorvachilik bilan shugʻullanadigan oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash dasturi. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi | 500,0 |
| 32. | Tuproqni barqarorlashtirish, shoʻrlanishga qarshi kurashish va qishloq xoʻjaligining maqsadli qurgʻoqchil yerlarida suvni ushlab qolish uchun fito melioratsiya va boshqa innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni qoʻllash choralaridan foydalanishni kengaytirish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 2 000,0 |
| JAMI: | 11 900,0 | ||
| 1.3. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, biologik xilma-xillik, oʻrmon xoʻjaligi | |||
| 33. | Orolboʻyi sharoitida seleksiyaviy ekish materiallarini yetishtirish, oʻrmonlarni kengaytirish va oʻrmonlar zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashish texnologiyalarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash orqali seleksiya va urugʻchilik bilan shugʻullanadigan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 1 000,0 |
| 34. | Oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislari va mahalliy aholi uchun oʻrmonchilik va hududlarni koʻkalamzorlashtirish koʻnikmalari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va oʻqitish. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 300,0 |
| 35. | Maxsus texnika, traktorlar, oʻrmon ekish agregatlari va boshqa kerakli texnikani sotib olish orqali oʻrmon xoʻjaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 3 000,0 |
| 36. | Oʻrmon koʻchatxonalari tarmogʻini tashkil qilish (baʼzilari issiqxonalar bilan). | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 2 000,0 |
| 37. | Ichimlik suv taʼminoti uchun hamda koʻchatlarni yetishtirish uchun koʻchatxonalarni sugʻorishni tashkil etish uchun quduqlarni qazish. Uzoq joylashgan uchastkalarda oʻrmon xoʻjaligi xodimlari uchun shoʻr suvni chuchuklashtirish vositalari bilan taʼminlash. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 300,0 |
| 38. | Mintaqaviy oʻrmon urugʻchiligi, seleksiya bazasini va Orolboʻyi mintaqasining sharoitida foydalanish uchun moslashtirilgan oʻrmon oʻsimliklari urugʻlarining sifatini tahlil qilish uchun stansiyalarni tashkil qilish. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 500,0 |
| 39. | Oʻrmon ekinlarini biologik himoya qilish boʻyicha laboratoriyalarni tashkil qilish. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 100,0 |
| 40. | Naʼmatak, unabi va chakanda oʻsimliklarining (ularning mevalari inson faoliyatining turli sohalarida ishlatiladigan bir qator foydali xususiyatlarga ega) hamda qizilmiya plantatsiyalarini tashkil qilish. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 200,0 |
| 41. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi shimoliy tumanlarining aholi punktlarini koʻkalamzorlashtirish uchun ekin materiallari bilan taʼminlash uchun koʻchatxonani tashkil qilish. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 300,0 |
| 42. | Urugʻlarni kapsulalash va granulalash yoʻli bilan avia-vositalar, shu jumladan, dronlardan foydalanib, choʻl oʻsimliklarini ekishni kengaytirish. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 500,0 |
| 43. | Oʻrmon xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish texnologiyalarini joriy qilish. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 200,0 |
| 44. | Oʻrmon fondini xatlovdan oʻtkazish, monitoring qilish va hisobini yuritish uchun masofadan zondlash, geografik axborot tizimlari usullaridan foydalanish. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, | 2 000,0 |
| 45. | Koʻchatxonalarda, oʻrmon xoʻjaliklarida daraxtlar va oʻsimliklarni ekish uchun vaqtincha (mavsumiy) ish joylarini va doimiy ish joylarini tashkil qilish. Ayollarni, yoshlarni va imkoniyati cheklangan shaxslarni urugʻlarni yigʻishga, oʻrmon ekinlarini ishlab chiqishga va koʻchatxonalarda/issiqxonalarda ishlashga jalb qilish. | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 300,0 |
| 46. | Koʻchatlarni yetishtirish yordamida qurigan dengiz tubini oʻrmonlashtirish yoʻli bilan Orol dengizi halokatining salbiy taʼsirini kamaytirish, shu jumladan: | Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | 10 300,0 shu jumladan: |
| “Akpetki” arxipelag orollarida Orol dengizining qurigan tubida 80,0 ga maydonda himoya oʻrmonzorlari barpo etish; | 6 500,0 | ||
| 10,0 ming ga maydonda suv xoʻjaligi va boshqa obyektlarni qum bosishdanhimoya qilish uchun qirgʻoqboʻyi himoya oʻrmonzorlarini barpo etish; | 2 500,0 | ||
| degradatsiyaga uchragan toʻqay oʻrmonlarini tiklash; | 600,0 | ||
| oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislarini va mahalliy aholini oʻqitish uchun koʻrgazmali issiqxona va koʻchatxonalarini tashkil etish. | 700,0 | ||
| 47. | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlarining hayvonot va oʻsimlik dunyosini monitoring va muhofaza qilish boʻyicha tadqiqot ishlarini oʻtkazishning zamonaviy yondashuvlari hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish salohiyatini rivojlantirish. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 300,0 |
| 48. | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlarini va yaqin joylashgan aholi punktlarida yashovchilarni ekologik turizmni tashkil qilish salohiyatini rivojlantirish. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 100,0 |
| 49. | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasini va infratuzilmasini mustahkamlash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni zamonaviy aloqa vositalari bilan texnik jihozlash. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 1 000,0 |
| 50. | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va boshqarishning kompleks rejalarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda koʻmaklashish. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 300,0 |
| 51. | Mintaqaning asosiy (choʻl va suvli-botqoq) ekotizimlarini tiklash va ulardan oqilona foydalanish va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini kengaytirish boʻyicha kompleks dasturlarni amalga oshirish. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 5 000,0 |
| 52. | Noyob hayvonlar turlarini koʻpaytirish uchun pitomniklar tarmogʻini rivojlantirish. “Jayron” Buxoro ixtisoslashgan pitomnigini qoʻllab-quvvatlash. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 1 000,0 |
| 53. | Oʻsimlik va hayvonot dunyosini masofadan zondlash hamda zamonaviy monitoring qilish usullaridan foydalanish. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 500,0 |
| 54. | Orol dengizi inqirozining taʼsirini bartaraf etish uchun yashil tiklanish sarmoyasi | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 5 500,0 |
| 55. | Orolboʻyi hududida botqoqli, koʻl va pastekisli ekotizimlarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 3 800,0 |
| JAMI: | 38 500,0 | ||
| 1.4. Qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi | |||
| 56. | Mintaqaviy dasturni ishlab chiqish hamda kichik qayta tiklanuvchi energiya obyektlaridan foydalanish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, aholi va biznes tuzilmalarining energiya samaradorligi boʻyicha bilimlarini oshirish. | Energetika vazirligi, | 500,0 |
| 57. | Kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya jihoz-uskunalarini yetkazib berish yoki ularni yigʻishni tashkil etish boʻyicha korxonalarni\texnoparklarni tashkil qilish uchun sharoit yaratish va koʻmaklashish, aholi, xususiy biznes foydalanishi uchun energetik samarali boʻlgan texnologiyalarni (pechlar, termoizolyatsiya va boshqalar) rivojlantirish. | Suv xoʻjaligi vazirligi, | loyiha smeta asosida |
| 58. | Kommunal sektorda va qurilish sohasida energiya samaradorligiga oid dasturlar. | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, | 5 000,0 |
| 59. | Qayta tiklanuvchi energiyadan yer osti suvlarini soʻrib olish, yer osti suvlarini chuchuklashtirish va markazlashgan energiya taʼminotidan uzoq boʻlgan nasos stansiyalarining energiya taʼminoti uchun foydalanish usullarini sinovdan oʻtkazish. | Suv xoʻjaligi vazirligi, | 500,0 |
| 60. | Uzoq oʻrmon xoʻjaligi obyektlarining qayta tiklanuvchi energiya vositasida energiya bilan taʼminlashning tajriba loyihalarini amalga oshirish. | Oʻrmon xoʻjaligi | 300,0 |
| 61. | Uzoq qishloq xoʻjaligi obyektlarining qayta tiklanuvchi energiya vositasida energiya taʼminotining tajriba loyihalarini (yaylov joylar, asal ishlab chiqaruvchilar va boshqalar) amalga oshirish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, | 300,0 |
| 62. | Turistik infratuzilma obyektlarining (joylashtirish, ovqatlanish obyektlari, yoʻlboʻyi infratuzilmasi, osori atiqalar) tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatish yordamida energiya bilan taʼminlashning tajriba loyihalarini (elektr energiyasi, issiq suv) amalga oshirish. | Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti, | 500,0 |
| JAMI: | 7 100,0 | ||
| 1.5. Ekologik taʼlim | |||
| 63. | Orolboʻyining ekologik muammolarini hal etishga yoshlarni ragʻbatlantirish uchun tanlovlar dasturini amalga oshirish va innovatsion birgalikda ishlash usullari madaniyatini shakllantirish. | Xalq taʼlimi vazirligi, | 500,0 |
| 64. | Talabalarning korxonalarda atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi innovatsiyalar va texnologiyalar boʻyicha kasbiy-texnik stajirovkalari dasturini joriy qilish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | 300,0 |
| 65. | Orolboʻyi oliy taʼlim muassasalarida atrof muhitning holatini monitoring qilish boʻyicha oʻquv laboratoriyalari tarmogʻini rivojlantirish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, | 200,0 |
| 66. | Atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻzbek va qoraqalpoq tillarida onlayn oʻquv platformalarini tashkil qilish. Orolboʻyi sharoitida innovatsiyalar va texnologiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha “xakaton”larni oʻtkazish. | Xalq taʼlimi vazirligi, | 500,0 |
| 67. | Oʻziga xos rivojlanish xususiyatlari boʻlgan bolalarni atrof muhitni muhofaza qilish sohasida taʼlimga va tadqiqotlarga faol jalb qilish uchun ularni qoʻllab-quvvatlash dasturi. | Xalq taʼlimi vazirligi | 500,0 |
| 68. | Qizlarni atrof muhitni muhofaza qilish sohasida taʼlimga va tadqiqotlarga, shu jumladan, muhandislik va AKT tadqiqotlariga faol jalb qilish uchun ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish dasturi. | Xalq taʼlimi vazirligi, | 500,0 |
| 69. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun ekologiya va sogʻlom turmush tarzi boʻyicha maxsus moslashtirilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilish. | Maktabgacha taʼlim vazirligi | 100,0 |
| 70. | Maktab hududlarini koʻkalamzorlashtirish va maqbul mikroiqlimni yaratish uchun maktab yonida bogʻlarni hamda atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha amaliy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun ekomaydonchalar tashkil qilish. | Xalq taʼlimi vazirligi | 2 200,0 |
| 71. | Umumtaʼlim maktablarining ekologiyani oʻqitish boʻyicha moddiy-texnik va metodologik-uslubiy bazasini mustahkamlash hamda maxsus moslashtirilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. | Xalq taʼlimi vazirligi | 500,0 |
| 72. | Mahalliy aholi va yoshlar uchun atrof muhitni muhofaza qilish va bioresurslardan oqilona foydalanish boʻyicha taʼlim dasturlari. | Xalq taʼlimi vazirligi, | 100,0 |
| 73. | Yoshlar markazlari va umumtaʼlim maktablari negizida eko-maktablar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha dasturlari boʻlgan maktablar tarmogʻini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash. | Xalq taʼlimi vazirligi, | 300,0 |
| 74. | Oliy taʼlim muassasalarida va maktablarda yoshlar uchun tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va energiya samaradorligi boʻyicha taʼlim dasturlari/kurslari. Oʻqitishda va xabardorlikni oshirishda qoʻllash uchun taʼlim muassasalarida qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi sohasida tajriba loyihalarini amalga oshirish. | Yoshlar ishlari agentligi | 500,0 |
| 75. | Yoshlarni ijtimoiy faolllashtirish hamda ijtimoiy va ekologik dasturlarga jalb qilish uchun koʻngillilar harakatini rivojlantirish. Qoraqalpogʻiston Respublikasida kamida 5 ta koʻngillilar harakatini tuzishda koʻmaklashish. | Xalq taʼlimi vazirligi, | 300,0 |
| 76. | Orolboʻyi yoshlar ekologik harakatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash. | Xalq taʼlimi vazirligi, | 300,0 |
| 77. | Oʻquv jarayonida foydalanish uchun moslashtirilgan, ekologiya va suvni tejash sohasidagi zamonaviy innovatsion texnologiyalar boʻyicha oʻquv demo-markazlarini tashkil etish. | Xalq taʼlimi vazirligi, | 200,0 |
| JAMI: | 4 800,0 | ||
| 1.6. Atrof muhitni muhofaza qilish va iqlimni monitoring qilish | |||
| 78. | Gidrometeoprognozlash, ekologik monitoring, iqlim oʻzgarishlari sohasida modellashtirish va tadqiqotlarning zamonaviy yondashuvlari/usullari boʻyicha xalqaro tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish. | Oʻzgidromet markazi | 2 000,0 |
| 79. | Yosh mutaxassislar uchun xodimlar bilan almashish dasturlari, stajirovka, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish yordamida gidrometeorologik xizmat xodimlarining ilmiy va amaliy salohiyatini oshirish. | Oʻzgidromet markazi | 500,0 |
| 80. | Gidrometeoxizmatni kompleks rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqish. | Oʻzgidromet markazi | 500,0 |
| 81. | Gidrometeorologik prognozlarni yakuniy foydalanuvchilarga taqdim etish formatini takomillashtirish, samarali xabar berish kanallarini rivojlantirish. Gidrometeorologik xizmat tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga taqdim etiladigan xizmatlar koʻlamini kengaytirishga koʻmaklashish va tijorat servislar hisobiga oʻzini qoplash qobiliyatini oshirish. | Oʻzgidromet markazi | 500,0 |
| 82. | Gidrometeokuzatuvlar, ekologik nazorat va iqlim oʻzgarishlari tadqiqotlar statsionar tarmogʻini hamda qor-koʻchki stansiyalari tarmogʻini kengaytirish va texnik mustahkamlash. | Oʻzgidromet markazi | 2 000,0 |
| 83. | Atrof muhitni monitoring qilish va gidrometeorologik tadqiqotlar mobil stansiyalarini/laboratoriyalarni texnik jihozlash. | Oʻzgidromet markazi | 500,0 |
| 84. | Gidrometeorologik xizmat xodimlarining uzoq stansiyalarda yashash sharoitlarini yaxshilash. | Oʻzgidromet markazi | 500,0 |
| 85. | Gidrometeorologik xizmatning gidrometeorologik jarayonlarni va iqlim oʻzgarishlarini modellashtirish va prognozlash tizimini texnik jihozlash. | Oʻzgidromet markazi | 500,0 |
| 86. | Iqlim oʻzgarishlariga moslashish sohasida innovatsiyalarni qoʻllash boʻyicha tadqiqotlarni kengaytirish. Iqlim oʻzgarishlarining atrof muhitga, ustuvor iqtisodiy sohalarga va ijtimoiy rivojlanishga taʼsir etishini modellashtirish. | Oʻzgidromet markazi | 500,0 |
| 87. | Ekologik va gidrometeorologik monitoring tarmogʻini avtomatlashtirish. | Oʻzgidromet markazi | 500,0 |
| 88. | Ilmiy tadqiqotlarga AKTni joriy qilish va Orolboʻyi mintaqasi uchun ekologik maʼlumot bankini shakllantirish. Atrof muhit holatining masofadan zondli tadqiqotlari va kompleks geografik axborot tizimlarini tashkil qilish. | Oʻzgidromet markazi | 1 000,0 |
| 89. | Gidrometeorologik arxiv va ekologik monitoring maʼlumotlarini raqamli formatga oʻtkazish. | Oʻzgidromet markazi | 500,0 |
| 90. | Kasb jozibadorligini oshirish va kadrlar tarkibini yoshartirish uchun Gidrometeorologik xizmatning yosh mutaxassislarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash. | Oʻzgidromet markazi | 200,0 |
| JAMI: | 9 700,0 | ||
| 1.7. Chiqindilarni boshqarish | |||
| 91. | Chiqindilarni boshqarish boʻyicha kompleks mintaqaviy konsepsiyani ishlab chiqish, shu jumladan, normativ-huquqiy bazani va institutsional rivojlanishni takomillashtirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, | 1 000,0 |
| 92. | Qishloq xoʻjaligi chiqindilarini qayta ishlash va utillashtirish yondashuvlari va texnologiyalari boʻyicha moslashtirilgan materiallarni ishlab chiqish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 100,0 |
| 93. | Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarini qayta ishlash va utillashtirish yondashuvlari va texnologiyalari boʻyicha moslashtirilgan materiallarni ishlab chiqish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 100,0 |
| 94. | Zaharli va biologik xavfli chiqindilar, shu jumladan, tibbiy chiqindilarni qayta ishlash va utillashtirish yondashuvlari va texnologiyalari boʻyicha moslashtirilgan materiallarni ishlab chiqish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi | 100,0 |
| 95. | Aholi uchun chiqindilarni boshqarish boʻyicha ommaviy axborot-taʼlim dasturini amalga oshirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 500,0 |
| 96. | Barcha turdagi chiqindilarni kompleks xatlovdan oʻtkazish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 1 000,0 |
| 97. | Chiqindilarni boshqarish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik dasturini ragʻbatlantirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 500,0 |
| 98. | Markazlashtirilgan oqova tizimlari va chiqindilarni tozalash tizimlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | loyiha smeta asosida |
| 99. | Yirik aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini rivojlantirish (yigʻish, tashish, poligonlar, qayta ishlash). | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | loyiha smeta asosida |
| 100. | Kichik aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni va qishloq xoʻjaligi chiqindilarini boshqarish tizimini rivojlantirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 1 000,0 |
| 101. | Zaharli qishloq xoʻjaligi chiqindilari, barqaror organik ifloslantiruvchilar va tibbiy chiqindilarni xavfsiz utillashtirish dasturini amalga oshirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, | 3 000,0 |
| 102. | Maishiy turmushda va ishlab chiqarishda plastikdan foydalanishni kamaytirish dasturi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 500,0 |
| 103. | Chiqindilarni yigʻish, utillashtirish va qayta ishlash boʻyicha innovatsion yondashuvlardan foydalanish. Chiqindilarni boshqarishda va qayta ishlashda innovatsiyalar boʻyicha “xakaton”larni oʻtkazish va startaplarni qoʻllab-quvvatlash. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 500,0 |
| 104. | Chiqindilarni monitoring va nazorat qilish tizimini tashkil qilish uchun AKTdan foydalanish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 200,0 |
| 105. | Sanitariya va gigiyena standartlarini oshirish uchun uy xoʻjaligi darajasida chiqindilarni barqaror boshqarish tizimlarini joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, | 500,0 |
| JAMI: | 9 000,0 | ||
| II. Orolboʻyi mintaqasini iqtisodiy rivojlantirish choralari | |||
| 2.1. Tadbirkorlikni rivojlantirish | |||
| 106. | Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholining bandligi va daromadlari darajasini oshirish. Biznesni yoʻlga qoʻyish hamda tadbirkorlik boʻyicha kurs va treninglarni tashkil etish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 300,0 |
| 107. | Band boʻlmagan aholining kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish orqali ularning mehnat faolligini oshirish hamda daromadli mehnat bilan band boʻlish imkoniyatini kengaytirish. Bunda chekka va qishloq joylarida yashovchi yoshlarga va ayollarga alohida eʼtibor qaratish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, | 2 000,0 |
| 108. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Orolboʻyi mintaqasida ishlaydigan xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini takomillashtirish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 1 000,0 |
| 109. | Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan, ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 2 000,0 |
| 110. | Kredit liniyalarini ochish va keyinchalik banklar tomonidan respublika tumanlari va shaharlarida aholi bandligiga koʻmaklashish hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik va mini-loyihalarni amalga oshirish uchun mikrokreditlar ajratish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 4 000,0 |
| 111. | Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat markazlari tarmogʻini rivojlantirish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 500,0 |
| 112. | Yoshlar oʻrtasida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish. Mintaqadagi yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan doimiy faoliyat yurituvchi grant dasturini ishlab chiqish va yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyatlarni yaratish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, | 1 000,0 |
| 113. | Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha tuman boʻlinmalarida yuridik klinikalar tashkil qilish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, | 120,0 |
| 114. | Orolboʻyi mintaqasida yashovchi aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida hunarmandchilik, xizmat koʻrsatish, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna vositalarini xarid qilishga subsidiyalar ajratish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 4 000,0 |
| 115. | Qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar oʻrtasida kasanachilik, tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol mollari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va xomashyo xarid qilish uchun imtiyozli mikrokredit liniyalarini ochish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 5 000,0 |
| 116. | Xususiy tadbirkorlar, kichik va oʻrta biznes subyektlari ishlab chiqaradigan mahsulotlarning xalqaro muvofiqlik standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish. | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi | 300,0 |
| 117. | Tovarlar va xizmatlarni birgalikda samaraliroq rivojlantirish, targʻib etish va sotish uchun tadbirkorlar tomonidan kooperativlar va/yoki ishlab chiqaruvchilarning uyushmalarini tashkil etishga koʻmaklashish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 500,0 |
| 118. | Yoshlarning turli toifalari uchun universal trening markazini (kovorking markazini) tashkil qilish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 100,0 |
| 119. | Xususiy tadbirkorlar tomonidan tovarlarni sotish va xizmatlarni koʻrsatish uchun onlayn platformalarni rivojlantirish. | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi | 200,0 |
| 120. | Kasanachilik va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kasbiy oʻqitish onlayn platformalarini ishlab chiqish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 200,0 |
| 121. | Muntazam tanlovlarni oʻtkazish va startaplarni qoʻllab-quvvatlash tizimlarini tashkil qilish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 500,0 |
| 122. | Yoshlarni AT, qishloq xoʻjaligi, sanoat sohalarida ishga joylashtirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini tashkil qilish. Yoshlarning mehnat birjasini tashkil etish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, | 200,0 |
| 123. | Startaplar, shu jumladan, texnologiyalar va jihoz-uskunalarni sotib olish uchun grantlar berilishi yoʻli bilan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, shuningdek, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mavjud ijtimoiy korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va yangi korxonalarni tashkil qilish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 500,0 |
| 124. | Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun yoshlarga va ayollarga alohida eʼtibor qaratgan holda, kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha kasbiy kurslarni tashkil etish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, | 500,0 |
| JAMI: | 18 920,0 | ||
| 2.2. Turizmni rivojlantirish | |||
| 125. | Orolboʻyida balneologik turizmni rivojlantirish uchun yerosti suvlaridan (mineral va termal suvlar) foydalanish. | “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM, | 200,0 |
| 126. | Suv havzalari hududida havaskorlik va sport baliqchiligini tartibga solish hamda uni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. | Turizm va sport vazirligi, | 50,0 |
| 127. | Turizmni rivojlantirish boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqish (servis, mehmondoʻstlik, mehmon uylarini barpo etish, gidlarni tayyorlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, turistik mahsulotlarni ishlab chiqish). Ayollar, yoshlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqish. | Turizm va sport vazirligi | 50,0 |
| 128. | Turizm klasteri negizida turistik sohada xizmat koʻrsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha mahalliy aholi uchun oʻqitish markazini tashkil etish. | Turizm va sport vazirligi | 200,0 |
| 129. | Mahalliy aholini turistik sohada xizmat koʻrsatishga jalb qilish masalalari boʻyicha ayollar guruhlariga va yoshlarga alohida eʼtibor qaratgan holda, joylarga chiqib, sayyor amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish. | Turizm va sport vazirligi | 50,0 |
| 130. | Xizmat koʻrsatishga oid standartlarni ishlab chiqish va joriy qilish (mehmon uylari, ovqatlanish joylari, transport xizmatlari, gidlar xizmatlarini sertifikatlash). | Turizm va sport vazirligi | 50,0 |
| 131. | Turistik mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish hamda jarayon ishtirokchilarini umumiy tashkil qilish va info materiallarni xatlovdan oʻtkazish hamda yoʻnalishlar, osori atiqalar, mehmonxonalar/mehmon uylari, muzeylar, umumiy ovqatlanish joylari, kemping shoxobchalari, yonilgʻi quyish stansiyalari va boshqalar koʻrsatilgan turistik xaritalar/materiallarni ishlab chiqish. | Turizm va sport vazirligi | 100,0 |
| 132. | Turizm sohasida faoliyat yurituvchi tashabbuskor guruhlarni va tadbirkorlarni doimiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat markazlarini tashkil etish. | Turizm va sport vazirligi | 50,0 |
| 133. | Mahalliy turistik biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish uchun qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish (zamonaviy transport vositalari va boshqa maxsus texnikani sotib olish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlar, preferensiyalar). | Turizm va sport vazirligi | 100,0 |
| 134. | Orolboʻyi mintaqasining tabiiy va iqtisodiy salohiyati, raqobat ustuvorliklari haqida materiallarni jahon axborot maydoniga faol kiritib, targʻib etish boʻyicha maxsus marketing dasturini ishlab chiqish. Orolboʻyi mintaqasida turizmni targʻib etish va rivojlantirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Turizm va sport vazirligi | 200,0 |
| 135. | Yoʻllar tarmogʻini (mavjud yoʻllarni asfalt bilan qoplash va yangi avtomobil yoʻllarini oʻtkazish) va yoʻlboʻyi infratuzilmasini rivojlantirish (umumiy ovqatlanish joylari, doʻkonlar, kemping turar joylari, yonilgʻi quyish stansiyalari). | Turizm va sport vazirligi | loyiha smeta asosida |
| 136. | Turistlarni joylashtirish tarmogʻini (mehmonxonalar, mehmon uylari va boshqalar) tashkil qilish. | Turizm va sport vazirligi | 200,0 |
| 137. | Osori atiqalar atrofida infratuzilmani tashkil etish, (yoʻnalishlarni jihozlash, ovqatlanishni, hojatxonalarni, dam olish joylarini tashkil etish, suvenirlar bilan savdo qilish). | Turizm va sport vazirligi | 200,0 |
| 138. | Transport xizmatlarini koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish. Transport vositalari, kvadrotsikllar va havo sharlarini sotib olish. | Turizm va sport vazirligi | 300,0 |
| 139. | Tematik saytlarda, jahonning yirik yangilik kanallarida, Internet jahon axborot tarmogʻidagi forumlarda tegishli materiallarni joylashtirish yoʻli bilan Orolboʻyi masalalariga xalqaro eʼtiborni tortish uchun mintaqada turizmni axborot-targʻibot yoʻnalishida qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Turizm va sport vazirligi | 50,0 |
| 140. | Turizmni rivojlantirish uchun AKT ishlanmalarini joriy qilish: veb-sahifalar (mehmonxonalar, mehmon uylari, ovqatlanish obyektlari, transport ijarasi, gidlar va boshqalar), Internet jahon axborot tarmogʻi orqali xizmat koʻrsatishni buyurtirish imkoniyati bilan. | Turizm va sport vazirligi | 100,0 |
| 141. | Qishloqlarda koʻp funksiyali rivojlanish markazlarini rivojlantirish, ulardan turizmni rivojlantirish, taʼlim berish, maslahat xizmatlari, bolalar toʻgaraklari uchun foydalanish. | Turizm va sport vazirligi | 300,0 |
| 142. | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar atrofidagi qoʻriqlanadigan zonalarda bazaviy turistik infratuzilmani (tabiat muzeylari, yoʻnalishlar), logistikani rivojlantirish. | Turizm va sport vazirligi, | 100,0 |
| 143. | Mahalliy aholi uchun turistik sohada xizmatlarni koʻrsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va oʻqitishni tashkil etish, bunda ayollar guruhlariga, yoshlarga, imkoniyatlari cheklangan shaxslarga maxsus eʼtibor qaratish. | Turizm va sport vazirligi | 50,0 |
| 144. | Ekologik turizmni rivojlantirish va Orolboʻyi mintaqasi tabiiy obyektlari/muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻylab sayohatlarni tashkil etish uchun hududning ekologik sigʻimini va ekotizimlarga taʼsir etishini minimallashtirishni hisobga olgan holda,turistik marshrutlar belgilash. | Turizm va sport vazirligi, | 300,0 |
| JAMI: | 2 650,0 | ||
| 2.3. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish | |||
| 145. | Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari yangi texnologiyalar va innovatsiyalardan foydalana olishi uchun yangi maqsadli mikro- va oʻrta kredit moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish. Shu jumladan, zamonaviy texnologiyani qoʻllashni ragʻbatlantirish uchun bank mahsulotlarini qoʻshma moliyalashtirish/subsidiyalash tizimini joriy qilish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 10 000,0 |
| 146. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning suv tejaydigan texnologiyalarini joriy qilish dasturi. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 2 000,0 |
| 147. | Mutaxassislarni tayyorlash dasturlari va agronomlarning, yaylov ishchilarining malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 200,0 |
| 148. | Aholini yaylovlarda barqaror chorvachilikni rivojlantirishga oʻqitish dasturlarini keng qoʻllash. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 200,0 |
| 149. | Mayda va oʻrta qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlash uchun chorvachilik mahsulotlarini (goʻsht, jun, terilar, sut) sotish tizimini tashkil qilish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 1 000,0 |
| 150. | Kichik va oʻrta qishloq xoʻjaligi korxonalarining rentabelligini va unumdorligini oshirish uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining uyushmalarini, kooperativlarini tashkil qilish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 200,0 |
| 151. | Chorva zotlarini yaxshilash va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining unumdorligini oshirish uchun seleksiya markazlarini rivojlantirish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 2 000,0 |
| 152. | Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun kredit dasturlari va mahsulotlaridan foydalanish yoʻllari boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 300,0 |
| 153. | Mintaqaning eksport salohiyatini oshirish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sertifikatlash sohasida jahon standartlarini joriy qilish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 1 000,0 |
| 154. | Veterinariya nazoratini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi laboratoriyalarini tashkil qilish va texnik jihozlash, shu jumladan, yemlarning sifatini nazorat qilish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 1 000,0 |
| 155. | Yemlarni ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish. Urugʻchilikni rivojlantirish, urugʻchilik xoʻjaliklarini tashkil qilish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 1 000,0 |
| 156. | Yaylov va oʻtloq hududlarini kengaytirish uchun ularni suv bilan taʼminlash. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 500,0 |
| 157. | Oʻtloq yaylov xoʻjaliklari infratuzilmasini rivojlantirish (suv, energiya taʼminoti, oʻtloqlarni jihozlash). | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 200,0 |
| 158. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (goʻsht, jun, terilar, sut mahsulotlari) qayta ishlash boʻyicha mahalliy tizimlarni/ishlab chiqarishni rivojlantirish. Jihozlangan kushxonalar (mol soʻyish sexlari) tarmogʻini rivojlantirish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 3 000,0 |
| 159. | Qorakoʻlchilik va tuyachilikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini keng qoʻllash. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 2 000,0 |
| 160. | Naslchilik ishlari, seleksiya sohasida qishloq xoʻjaligi hayvonlarining yangi zotlarini, liniyalarini yoʻlga qoʻyish, hamda yem ekinlarining navlarini va gibridlarini yaratish, urugʻchilik va urugʻshunoslik boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, | 3 000,0 |
| 161. | Oʻzbekistonning qurgʻoqchilik xavfi boʻlgan hududlarida fermerlar hamjamiyatlarining iqlimiy barqarorligini oshirish dasturlarini amaliyotga joriy qilish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 5 000,0 |
| 162. | Zonalarga ajratish, qishloq xoʻjaligi ishlarini monitoring qilish va rejalashtirish uchun masofadan zondlash tadqiqotlari usullaridan foydalanish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 1 000,0 |
| 163. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun, shu jumladan, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mavjud ijtimoiy korxonalarni, ayollarning tashabbuskor guruhlarini/kooperativlarni (sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, kigizni ishlab chiqarish va boshqalar) qoʻllab-quvvatlash va yangi korxonalarni tashkil qilish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, | 1 000,0 |
| 164. | Yuqori mahsuldor qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun energetik samarali boʻlgan quyosh issiqxonalari tarmogʻini tashkil qilish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 1 000,0 |
| 165. | Seleksiya, qishloq xoʻjaligi texnologiyalari sohasida ilmiy muassasalarning salohiyatini va texnik imkoniyatlarini oshirish, qishloq xoʻjaligida yangi texnologiyalardan va innovatsiyalardan foydalanish sohasini oʻsimlikshunoslik (guruch, sabzavotlar va boshqalar) va chorvachilikni (shu jumladan, parrandachilikni) rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, | 500,0 |
| 166. | Xalqaro anjumanlar, koʻrgazma-yarmarkalarni tashkil etish orqali qishloq xoʻjaligi sohasidagi muvaffaqiyatli tajribani tarqatish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 200,0 |
| 167. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlashning fitosanitariya nazorati mobil va/yoki statsionar punktlarini tashkil qilish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 200,0 |
| 168. | Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini biologik himoyalash boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 200,0 |
| 169. | Orolboʻyi mintaqasida mavjud boʻlgan suv havzalarini rivojlantirish va ulardan baliqchilik va akvakultural yetishtirish uchun oqilona foydalanish choralari kompleksini ishlab chiqish. | Suv xoʻjaligi vazirligi | 200,0 |
| 170. | Vaziyatni oʻrganish va har bir alohida tuman uchun kichik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash choralarini ishlab chiqish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 200,0 |
| 171. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni logistik va marketing qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish orqali mintaqaning eksport salohiyatini kengaytirish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 500,0 |
| 172. | Artemiyani ishlab chiqarishda koʻmaklashish boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, | 100,0 |
| 173. | Inkubatsion sexlar, yuqori miqdorli oqsil boʻlgan yemlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash punktlari, saqlash va tashish tizimlari boʻlgan zamonaviy baliq pitomniklarini tashkil qilish orqali baliqchilikni rivojlantirish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, | 1 000,0 |
| 174. | Akvakulturani rivojlantirish, shu jumladan, tabiiy va sunʼiy suv havzalari negizida moʻynali hayvonlarni (ondatra, nutriya va boshqalar) koʻpaytirish va boqish uchun hayvonot fermalarini tashkil qilish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, | 500,0 |
| 175. | Aholiga yerga ishlov berish va mahsulotni yigʻib-terish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun ixtisoslashgan MTP (mashina-traktor parklari) moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. | “Oʻzagroservis” AJ, | 3 000,0 |
| 176. | Xoʻjalik ichidagi irrigatsiya tizimlarini taʼmirlash-qurish ishlarini qoʻllab-quvvatlash. | Suv xoʻjaligi vazirligi | loyiha smeta asosida |
| 177. | Mintaqaning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasida texnik salohiyatini mustahkamlash, shu jumladan, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni qoʻllash. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari tizimini tashkil etish. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 3 000,0 |
| 178. | Chorvachilik uchun yemlarni ishlab chiqarishda innovatsiyalardan va yangi texnologiyalardan foydalanish. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi | 200,0 |
| JAMI: | 45 400,0 | ||
| III. Orolboʻyi mintaqasini ijtimoiy rivojlantirish choralari | |||
| 3.1. Aholi punktlarini rivojlantirish | |||
| 179. | Choralarni rejalashtirish hamda hududlarni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan harakatlar rejalarini tayyorlash sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining salohiyatini rivojlantirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 200,0 |
| 180. | Orolboʻyi aholi punktlarini rivojlantirish metodologiyalarini va kompleks rejalarini ishlab chiqish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 1 000,0 |
| 181. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlari xodimlarini hududlarni boshqarishning zamonaviy usullariga oʻqitish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 500,0 |
| 182. | Orolboʻyi mintaqasida oʻqitish dasturlarini va markazlarni tashkil qilish yordamida suv taʼminoti va oqova tizimi xizmati xodimlarini yangi texnologiyalardan foydalanishga oʻqitish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 200,0 |
| 183. | Kommunal xizmatlarning samarali boshqarish va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha salohiyatini rivojlantirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 500,0 |
| 184. | Aholi punktlarini kompleks rivojlantirish uchun normativ-huquqiy taʼminotni takomillashtirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 200,0 |
| 185. | Aholi punktlarini rivojlantirishning integratsiyalashgan sektoral dasturlarini va bosh rejalarini (tarhlarini) ishlab chiqish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 1 000,0 |
| 186. | Aholi punktlarini (shahar, qishloq) koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish dasturini amalga oshirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 3 000,0 |
| 187. | Sport maydonchalari (shahar, qishloq) tarmogʻini rivojlantirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 500,0 |
| 188. | Kichik aholi punktlarida, shu jumladan, eski quduqlarni taʼmirlash va yangi quduqlarni burgʻilash hamda eski qurilmalarni taʼmirlash va yangi chuchuklashtirish qurilmalarini va nasos stansiyalarini oʻrnatish yoʻli bilan mahalliy suv taʼminoti va oqova tizimlarini joriy qilish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 2 000,0 |
| 189. | Suv hisobini yuritishni yaxshilashga koʻmaklashish, va suv taʼminoti subyektlarining iqtisodiy barqarorligini oshirish uchun toifalangan tarif siyosatini rivojlantirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 200,0 |
| 190. | Suv taʼminoti va suvni chiqarish sifatini nazorat qilish uchun suv taʼminoti tashkilotlarining laboratoriya taʼminotini modernizatsiya qilish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 200,0 |
| 191. | Suv taʼminoti, oqova va issiqlik taʼminoti tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish boʻyicha kompleks ishlarni amalga oshirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | loyiha smeta asosida |
| 192. | Oqova suvlarni tozalash sifatini oshirish hamda markazlashtirilgan va avtonom tozalash tizimlarini rivojlantirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 1 000,0 |
| 193. | Turar joy fondini yangilash (renovatsiya) va koʻp xonadonli uylarda va ijtimoiy binolarda energiyani tejash choralarini joriy qilish boʻyicha choralar kompleksini amalga oshirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 3 000,0 |
| 194. | Aholi punktlari ichida hamda shaharlararo barqaror transport vositalari harakatlanishini yanada rivojlantirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 2 000,0 |
| 195. | Suv taʼminoti, oqova va issiqlik taʼminoti tizimlarini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish, shu jumladan, isteʼmol qilish va yoʻqotishlarning hisobini yuritish, resurslarni samarali tartibga solish/dispetcherlashtirish, geografik axborot tizimlari tizimini tashkil qilish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 500,0 |
| 196. | Suv taʼminoti, oqova va issiqlik taʼminoti sohasida eng yaxshi tajriba va texnologiyalarni tadqiq etish va katalogini tayyorlash. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 100,0 |
| 197. | Qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish uchun urbanistika tamoyillarini qoʻllash. Aholi punktlarini rivojlantirishda “Aqlli shahar” tamoyillarini qoʻllash. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 200,0 |
| 198. | Bolalar bogʻchalarini va yasli guruhlarini tashkil etish yordamida yosh bolali ayollar uchun mehnat sharoitlarini yaratish va daromadlarini oshirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 1 000,0 |
| 199. | Aholining barcha guruhlari, shu jumladan, yoshlar, ayollar, oʻziga xos rivojlanish xususiyatlari boʻlgan shaxslar uchun taʼlim va ijodiy toʻgaraklar, rivojlanish markazlari tarmogʻini rivojlantirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 200,0 |
| 200. | Aholining harakatlanishi cheklangan guruhlari uchun toʻsiqlarsiz muhitni yaratish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 200,0 |
| JAMI: | 17 700,0 | ||
| 3.2. Sogʻliqni saqlash | |||
| 201. | Tibbiy xodimlarning, shu jumladan, masofadan oʻqitish tizimini joriy qilish hisobidan malakasini doimiy oshirish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 500,0 |
| 202. | Yoshlar uchun reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish va oilani rejalashtirish maqsadida profilaktik tibbiy dasturlarni ishlab chiqish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi, | 500,0 |
| 203. | Aholining tibbiy savodxonligini oshirish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 500,0 |
| 204. | Umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va oliy taʼlim muassasalari darajasida sogʻlom turmush tarzi boʻyicha oʻquv modullarini ishlab chiqish va joriy qilish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi, | loyiha smeta asosida |
| 205. | Oilaviy va qishloq poliklinikalarini, birinchi navbatda, uzoq hududlarda texnik jihozlashni yaxshilash. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2 000,0 |
| 206. | Uzoq aholi punktlarida yashovchilarga tibiiy xizmatlar koʻrsatish uchun kerakli jihoz-uskunalar (raqamli flyuorograf, EKG, ultratovushli moslamalar, gematologik va bioximik analizatorlar) bilan jihozlangan mobil ambulatoriyalarni tashkil etish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 1 000,0 |
| 207. | Shoshilinch yordam tizimini rivojlantirish, transport bilan taʼminlash. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 500,0 |
| 208. | Tibbiy preparatlardan foydalanish imkonini taʼminlash. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 200,0 |
| 209. | Tibbiy xizmat koʻrsatish uchun AKT, uzoq hududlardagi aholi uchun masofadan maslahat berish tizimini rivojlantirish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 200,0 |
| 210. | Uzoq aholi punktlarida birlamchi boʻgʻin mutaxassislari uchun maqbul turar joy sharoitlarini yaratish. Uzoq aholi punktlarida ishlaydigan yosh mutaxassislarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 1 700,0 |
| JAMI: | 7 100,0 | ||
| 3.3. Taʼlim | |||
| 211. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT) xodimlarining stajirovkalarini, tematik treninglarini tashkil etish orqali malakasini oshirish. MTT xodimlari uchun mavjud boʻlgan taʼlim muassasalari (kollejlar/texnikumlar) va pedagogik oliygohlar negizida trening markazlarini tashkil qilish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, | 200,0 |
| 212. | Oliy taʼlim muassasalarida xalqaro taʼlim standartlariga oʻtishda pedagoglarga uslubiy yordam koʻrsatish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | 50,0 |
| 213. | Oliy taʼlim muassasalari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirish markazlari salohiyatini oshirish va texnik jihozlash. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | 100,0 |
| 214. | Ustuvor mavzuli yoʻnalishlarda innovatsion texnologiyalar, shu jumladan, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, AKT, til oʻqitish, qayta tiklanuvchi energiya va suv tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish sohalarini, oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini takomillashtirish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | 200,0 |
| 215. | Bolalar taʼlim muassasalarini texnik jihozlashni yaxshilash. | Maktabgacha taʼlim vazirligi | 1 000,0 |
| 216. | BTM oʻquvchilari uchun transport xizmatlarini yaratish va maxsus maktab avtobuslarini sotib olish. | Xalq taʼlimi vazirligi, | 200,0 |
| 217. | Texnikumlar va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquvchilarining xususiy sektorda amaliyot /stajirovka oʻtash tizimini ishlab chiqish va joriy qilish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | 200,0 |
| 218. | Oʻquv jarayonini masofadan oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlash orqali onlayn taʼlim tizimini takomillashtirish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, | 1 000,0 |
| 219. | Oʻquv materiallarini raqamlashtirish va oʻquv jarayonini tashkil etish maʼlumotlari, shu jumladan, oʻquvchilar oʻzlashtirishi maʼlumotlari bazalarini shakllantirish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, | 200,0 |
| 220. | Orolboʻyi maktablarida sanitariya-gigiyenik infratuzilmani taʼminlash. | Xalq taʼlimi vazirligi | 3 900,0 |
| 221. | Mintaqada maktablarning isitish tizimlarini taʼmirlash. | Xalq taʼlimi vazirligi | 2 500,0 |
| 222. | Mintaqada maktablarning ichimlik suv taʼminotini taʼminlash. | Xalq taʼlimi vazirligi | 2 400,0 |
| 223. | Markazlarni zamonaviy jihoz-uskunalar bilan jihozlash hamda kasbiy va til tayyorgarligi kurslarini tashkil etish orqali yoshlarning kasbiy va til tayyorgarligi markazlarini rivojlantirish. | Yoshlar ishlari agentligi | 200,0 |
| 224. | Oliy taʼlim muassasalari talabalarining ilmiy muassasalarda, dala tadqiqotlarida amaliyot oʻtash tizimini rivojlantirish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | 200,0 |
| 225. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari kesimida robototexnika boʻyicha kurslarni tashkil etish. Oʻzbekistonning boshqa hududlaridan mutaxassislarni qisqa va oʻrta muddatli kurslarga jalb qilish. | Yoshlar ishlari agentligi, | 200,0 |
| 226. | AKT sohasida mahalliy mutaxassislarning doimiy maktabini tashkil qilish maqsadida mahalliy AKT mutaxassislari uchun trening kurslarini tashkil etish. | Innovatsion rivojlanish vazirligi, | 150,0 |
| 227. | Qizlarning kasbiy-texnik taʼlimi uchun jihoz-uskunalarni taqdim etish. | Xalq taʼlimi vazirligi | 4 400,0 |
| 228. | Yosh mutaxassislarni Orolboʻyi oliy taʼlim muassasalarida va professional taʼlim muassasalarida ishlashga jalb qilish va qoʻllab-quvvatlash dasturi. Yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash va ilm-fanga jalb qilish fondini tashkil qilish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | 300,0 |
| 229. | Oliy taʼlim muassasalari va professional texnik taʼlim muassasalari uchun gender tenglik masalalari boʻyicha maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tajriba-sinov tarzida joriy qilish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | 100,0 |
| 230. | Maxsus uslublarni ishlab chiqish hamda tegishli jihoz-uskunalar va texnika bilan jihozlash orqali oʻziga xos rivojlanish xususiyatlari (nutq nuqsonlari, koʻrish va eshitish nuqsonlari) boʻlgan bolalarga taʼlim berish tizimini takomillashtirish. | Maktabgacha taʼlim vazirligi, | 500,0 |
| JAMI: | 18 000,0 | ||
| IV. Xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va monitoring qilish | |||
| 231. | Orolboʻyi mintaqasida amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarning samaradorligini baholashni va tahlilini oʻtkazish. | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, | 500,0 |
| 232. | Muntazam axborot almashish hamda Orolboʻyi mintaqasida taraqqiyot dasturlari va loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish mexanizmini tashkil qilish, shu jumladan, ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarning yagona mintaqaviy reyestrini shakllantirish. | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, | 2 000,0 |
| 233. | Oʻzbekistonda Orolboʻyi mintaqasida amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarni samarali monitoring qilish mexanizmini tashkil qilish, shu jumladan, dasturlar va loyihalarni amalga oshirishning borishi haqidagi maʼlumotlarni yigʻish uchun yagona elektron platformani va ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarning yagona mintaqaviy reyestrini ishlab chiqish. | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, | 2 000,0 |
| JAMI: | 4 500,0 | ||
| UMUMIY QIYMATI: | 210 270,0 | ||