O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-yanvar,
35-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-bandda quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda, ushbu bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘laridan saqlanadigan xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, qolgan xodimlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi”;
2. Quyidagi mazmundagi 21-band qo‘shilsin:
“21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash bo‘yicha razryadlar 4 — 6-ilovalarga muvofiq belgilansin.
Belgilansinki, mazkur qarorga asosan belgilangan mehnatga haq to‘lash tartibi davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar amal qiladi.”.
3. 1-ilovada:
a) 10-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi”;
b) 13-bandda:
1-kichik bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
1-kichik bandning yigirma uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
2-kichik bandning yetmishinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliq solish maqsadlarida yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining marksheyderlik ishlari Agentlikning Respublika aerogeodeziya markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududlararo bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi”;
v) 18-bandda:
24-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24) Agentlik tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomni, lavozim yo‘riqnomalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning nizom, tuzilma va ustavlarini hamda Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash”;
25-kichik bandda “Davlat kartografiya-geodeziya fondi boshlig‘i,” so‘zlaridan keyin “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
g) 27 va 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Agentlik direktori Davlat soliq qo‘mitasi raisining tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
Agentlik direktori Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar maslahatchiga ega bo‘ladi.
28. Agentlik direktori bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari Agentlik direktorining buyrug‘i bilan uning o‘rinbosarlaridan biriga yuklatiladi.
Agentlik direktori, uning o‘rinbosarlari maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ravishda vazirga, vazirning o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Agentlik direktorining maslahatchilari mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra Agentlik direktorining o‘rinbosariga tenglashtiriladi”;
d) 7-bobning 4-paragrafi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-§. Agentlikning hay’ati, boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari
34. Agentlikda Agentlik direktori (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, uning faoliyati asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
341. Agentlikda uning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlik direktori o‘rinbosari (kengash raisi), Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat Tarmoq ilmiy-texnik kengashi Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
35. Tarmoq ilmiy-texnik kengashi nizomi va uning shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
36. Agentlikda Agentlik direktorining buyrug‘i bilan kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.
Agentlikda tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi”;
e) 40-banddagi “uzluksiz” so‘zlari chiqarib tashlansin;
j) 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari hamda Davlat kartografiya-geodeziya fondi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi”;
z) 44-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari va Davlat kartografiya-geodeziya fondi xodimlarining lavozim maoshlarini aniqlashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha 1,7 baravar miqdorida koeffitsiyent qo‘llanilgandagi xarajatlar”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari va Davlat kartografiya-geodeziya fondi xodimlariga ustamalar, martaba darajalari va uzoq muddat xizmati uchun qo‘shimcha haq to‘lash”;
o‘n beshinchi-o‘n oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari va Davlat kartografiya-geodeziya fondining kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari;
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlarining Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtiriladigan shtat birliklarini saqlab turish, shuningdek Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining qo‘shimcha shtat birliklarini saqlab turish”;
o‘n sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi, Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji hamda idoraviy mansub tashkilotlarining faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi”;
i) 46-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va uning tumanlar (shaharlar) bo‘linmalari hamda Davlat kartografiya-geodeziya fondining xodimlariga har oyda Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uzoq muddat xizmati uchun (ish stajiga ko‘ra) ustama haq miqdorlari lavozim maoshiga (lavozim maoshiga nisbatan rag‘batlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi koeffitsiyentlar bilan hisoblanadi”;
k) 47-banddagi “uzluksiz” so‘zi chiqarib tashlansin;
l) 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va umumiy foydalanish bo‘yicha axborot tizimlarini joriy etish, dasturiy vositalar bilan ta’minlash hamda Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy rag‘batlantirish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun qo‘shimcha manba sifatida Agentlikning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy organlari hamda tizimga kiruvchi tashkilotlarning jami bajarilgan ishlar hajmiga nisbatan 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorida ajratmalar o‘tkazishi hisobiga shakllantiriladi”;
m) 50-banddagi “uzluksiz” so‘zi chiqarib tashlansin.
4. 2-ilovada:
a) 6-bandda quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish komissiyalari tashkil etiladi”;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “o‘tkazish” so‘zi “o‘tkazishni tashkil etish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 11-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “o‘tkazadi” so‘zi “o‘tkazishni tashkil etadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 11-bandning “a” kichik bandida quyidagi mazmundagi oltinchi — o‘n birinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini amalga oshiradi;
yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etadi va amalga oshiradi;
yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritadi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etadi”;
d) 12-bandning 2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, hududlar davlat kadastrini yuritish, kadastr yig‘majildini tayyorlash hamda Davlat kadastrlar palatasi sohasiga oid davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishni tashkil etish va ularni ko‘rsatish sifati monitoringini olib borish;”;
e) 15-bandda quyidagi mazmundagi 23 — 28-kichik bandlar qo‘shilsin:
“23) yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi;
24) yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini ta’minlaydi;
25) yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
26) yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini ta’minlaydi;
27) har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi;
28) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri hamda hududlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlarni tuman (shahar) filiallari tomonidan Integratsion axborot tizimiga kiritish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi”;
j) 17-bandda:
to‘rtinchi xatboshida “ma’lumotlar va axborotlarni” so‘zlaridan keyin “Integratsion axborot tizimiga” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi;
yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini ta’minlaydi;
yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini ta’minlaydi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi”;
z) 19-bandning ikkinchi xatboshisida “binolar va inshootlar davlat kadastrini” so‘zlaridan keyin “, hududlar davlat kadastrini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
i) 23-bandning 2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hududlar davlat kadastri yuritish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritilishini samarali amalga oshirilishini ta’minlash”;
k) 24-bandning 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, hududlar davlat kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish”;
l) 43-banddagi “uzluksiz” so‘zi chiqarib tashlansin;
m) 45-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu bandda nazarda tutilgan manbalar va ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlardan tushadigan mablag‘lar Davlat kadastrlari palatasi tomonidan taqsimot qilinishi, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari o‘rtasida qayta taqsimot qilinishi mumkin hamda ushbu mablag‘lar hisobidan Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan belgilangan miqdorda Davlat kadastrlari palatasiga ajratmalar o‘tkaziladi”;
n) 47-bandning yettinchi xatboshisidan “uzluksiz” so‘zi chiqarib tashlansin;
o) quyidagi mazmundagi 491-band qo‘shilsin:
“491. Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmati, harbiy va maxsus unvonlari (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar saqlab qolinadi”.
5. Quyidagi mazmundagi 4 — 6-ilovalar qo‘shilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
|
Lavozim nomi |
Razryadlar |
|
Direktor |
18 |
|
Direktor o‘rinbosari, Matbuot kotibi, Direktor maslahatchisi |
17 |
|
Boshqarma boshlig‘i |
16 |
|
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari |
15 |
|
Bo‘lim boshlig‘i |
14 |
|
Shu’ba boshlig‘i* |
|
|
Bosh yuriskonsult |
13 |
|
Bosh mutaxassis, Yetakchi yuriskonsult, Direktor yordamchisi |
12 |
|
Yetakchi mutaxassis |
11 |
|
Rahbar kotibi |
6 |
* Shu’ba boshlig‘iga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
|
Lavozim nomi |
Razryadlar |
|
Boshqarma boshlig‘i |
15 |
|
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari* |
|
|
Bo‘lim boshlig‘i, Bosh buxgalter |
13 |
|
Shu’ba boshlig‘i** |
|
|
Bosh inspektor, Bosh yuriskonsult |
12 |
|
Bosh mutaxassis |
11 |
* Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosariga boshqarma boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda belgilanadi.
** Shu’ba boshlig‘iga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 4% kam miqdorda belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
|
Lavozim nomi |
Razryadlar |
|
Bo‘lim boshlig‘i |
13 |
|
Bosh inspektor |
10 |
|
Yetakchi inspektor |
9 |
|
”. |
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)