1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yoʻqolgan ashyolarni olish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyatini tugatish hamda 2022-yil 1-martdan boshlab tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan yoʻqolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolgan ashyolarni qidirish boʻyicha murojaatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham qabul qilinishini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yoʻqolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilinadigan, saqlanadigan va egalariga qaytariladigan yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshiriladigan yoʻqolgan ashyolar toifalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topilmalarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish, shuningdek, egasi aniqlanmagan ashyolarni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolgan va topilgan ashyolar hisobini olib borish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topilmalar va yoʻqolgan ashyolarning elektron reyestrini yuritish, reyestrga kiritiladigan maʼlumotlarni shakllantirish va klassifikatsiyalash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatlari agentligi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022-yil 1-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yoʻqolgan ashyolarni qidirish, topilmalar haqida maʼlumot olish imkoniyatini nazarda tutuvchi “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Topilmalar” AT) joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish boʻyicha davlat xizmatini yoʻlga qoʻyish doirasida davlat xizmatlari markazlarida xavfsizlik talablariga javob beradigan maxsus xonalarni (joylarni) tashkil etsin, shuningdek, barcha markazlarning temir seyflar, zarur moddiy-texnika vositalari hamda tashkiliy texnikalar bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomda koʻrsatilgan xizmatlarning yoʻlga qoʻyilishini hamda “Topilmalar” ATning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2023-yil 1-yanvarga qadar Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Topilmalar” AT ichki ishlar organlarining “Buyum” axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Topilmalar” ATga yoʻqolgan va topib olingan ashyolar, ularni topib olgan va qidirayotgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, “Topilmalar” ATni ishlab chiqish, ishga tushirish hamda topilmalar va yoʻqolgan ashyolarning elektron reyestrini shakllantirish, shuningdek, ularni keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar jismoniy shaxslarga ularning yoʻqolgan yoki oʻgʻirlatilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari oʻrniga yangi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan hollarda “Topilmalar” ATga bu haqida maʼlumot kiritib borilishini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 18-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yoʻqolgan va topib olingan ashyolarni topshirish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish, shuningdek, Topilmalar va yoʻqolgan ashyolarning elektron reyestrini (keyingi oʻrinlarda — reyestr) yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom qoidalari jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida yoʻqolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markazga xususiyati buziladigan, biologik tarkibga ega boʻlgan, turi, shakli, miqdori oʻzgaradigan ashyolar, isteʼmol qilinadigan mahsulotlar, avtomototransport vositalari, dori vositalari, qattiq taʼsir qiluvchi zaharli moddalar, psixotrop va giyohvandlik vositalari, ularning prekursorlari, portlovchi va pirotexnik moddalar, qurollar va ularning oʻq-dorilari, shuningdek, hayvonlar qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlmagan topilmalar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yoʻqolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish Markaz xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Topilmalarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish, shuningdek, egasi aniqlanmagan ashyolarni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan topilmalarni qabul qilib olish, saqlash, egalariga qaytarish va egasi aniqlanmagan ashyolarni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Topilmani topib olgan shaxslar ularni topshirish yuzasidan Markazga murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binolar va ularning hududlarida, jamoat transportida topib olingan topilmalar ularni topib olgan shaxslar tomonidan ushbu binolar yoki jamoat transporti mulkdorlari boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga topshiriladi hamda, qoida tariqasida, ushbu shaxslar tomonidan Markazga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaz xodimi jismoniy va yuridik shaxslar (ularning vakillari) tomonidan topilgan ashyolarni Markazga qabul qilishda ushbu shaxslarning nomidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Markaz xodimi tomonidan qabul qilingan ashyo haqidagi maʼlumotlar bir vaqtning oʻzida hamma foydalanishi uchun ochiq boʻlgan reyestrga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaz xodimi tomonidan reyestrga kiritilgan maʼlumotlar asosida qabul qilingan topilma haqida “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimiga avtomatik ravishda eʼlon joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markazga qabul qilingan ashyolar Markazning maxsus jihozlangan xonasiga (joyiga) saqlash uchun joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yoʻqolgan ashyolarini topish boʻyicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari yoʻqolgan ashyolarni topish boʻyicha oʻzi shaxsan kelib murojaat etganda — Markaz xodimi murojaat etuvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda — murojaat etuvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnoma toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soʻrovnomaga yoʻqotib qoʻyilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron maʼlumotlar, agar ashyo hujjat boʻlsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101.Soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng yoʻqolgan ashyo haqida “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimiga avtomatik ravishda ikki oy mobaynida eʼlon joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan muddat ichida yoʻqolgan ashyo topilmaganda, eʼlon avtomatik tarzda yakunlanadi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Topib olingan ashyolar Markazda olti oy davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazdagi ashyolar saqlanadigan xonalar (joylar) temir eshiklarga ega boʻlishi, belgilangan talablarga muvofiq yongʻin xavfsizligi normalariga javob berishi, xavfsizlik talablariga javob beradigan jihozlar, temir seyflar hamda signalizatsiya uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaz xodimi tomonidan har olti oyda Markazda saqlanayotgan ashyolar xatlovi oʻtkaziladi. Bunda ashyolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ichki ishlar organlarining “Buyum” axborot tizimidagi maʼlumotlar bilan ham solishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar topilma Markazga qabul qilingan paytdan eʼtiboran olti oy mobaynida uni olishga haqli boʻlgan shaxs aniqlanmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 193-moddasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan ashyoni topib olgan shaxsga uning ashyoga nisbatan mulk huquqi vujudga kelganligi toʻgʻrisida xabar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoni topib olgan shaxs uni qabul qilib olishni rad etgan taqdirda, ashyo davlat mulkiga oʻtadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda topilma haqida joylashtirilgan eʼlon avtomatik tarzda yakunlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat mulkiga oʻtgan moddiy qimmatlikka ega boʻlgan ashyo Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan uch ish kuni ichida belgilangan tartibda “E-auksion” savdo maydonchasida elektron auksionga qoʻyiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ashyoni auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning 20 foizi auksionga qoʻyish xarajatlarini chegirib tashlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlikning Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga, qolgan qismi esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xatlov natijalari boʻyicha egasi aniqlanmagan yoki yangi egalari tomonidan olib ketilmagan hujjatlar, ular qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga keltirilganidan soʻng, tegishliligi boʻyicha viloyat va tuman (shahar) davlat arxivlariga yoki idoraviy arxivlarga topshiriladi, bundan mazkur Nizomning 18-bandi birinchi xatboshisida keltirilgan hujjatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasiga koʻra saqlash muddati tugagan hujjatlar belgilangan tartibda yoʻq qilishga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaz xodimi har bir yoʻqolgan ashyo boʻyicha murojaatlar va topilmalar boʻyicha maʼlumotlarni reyestr orqali oʻzaro solishtirib, egalari aniqlangan topilmalarni ularga topshirish yuzasidan manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markaz tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli topilmani ularga topshirish topilmaning haqiqatdan ham ushbu shaxslarga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni (maʼlumotlarni), shu jumladan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlarni (agar ashyo hujjat boʻlsa, uning nusxalarini) hamda manfaatdor shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxslarning vakili uchun — uning vakolatini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatish asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egalariga topshirilgan ashyolar haqidagi maʼlumotlar ayni shu vaqtning oʻzida reyestrga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markazga kelib tushgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar bir oy muddat ichida egalari tomonidan talab qilinmagan taqdirda, Markaz xodimi tomonidan tegishliligi boʻyicha ushbu hujjatni bergan tashkilotga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda topilma haqida joylashtirilgan eʼlon avtomatik tarzda yakunlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar, agar ular bekor qilinmagan boʻlsa, egalariga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yoʻqolgan hujjat oʻrniga yangi hujjat olgan taqdirda, yoʻqolgan hujjat bekor qilingan deb hisoblanadi va Markaz xodimi tomonidan tegishliligi boʻyicha ushbu hujjatni bergan tashkilotga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaz xodimi topilmani berishni soʻrab murojaat qilgan shaxsga quyidagi asoslar mavjud boʻlganda topilmani topshirishni rad etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat qilgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topilmaning jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar yoki maʼlumotlar koʻrsatilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimga tegishli ekanligini aniqlash imkoni boʻlmagan hujjatning nusxalari yoki uning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar oʻrniga yangi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoga egalik qilish haqidagi dalillarga ega boʻlgan ikki yoki undan ortiq manfaatdor shaxslar tomonidan bir vaqtning oʻzida ashyoni soʻrab murojaat qilinganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan hollarda Markaz xodimi tomonidan ushbu shaxslarga ularning ashyoga boʻlgan egalik masalasini hal qilish uchun belgilangan tartibda sudga murojaat etish huquqi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimi topilmani berishni soʻrab murojaat qilgan shaxsga topilmani berish rad etilishining aniq sabablarini koʻrsatgan holda mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xabarnoma rasmiylashtiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Topilmalar va yoʻqolgan ashyolarning elektron reyestrini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Reyestr YIDXP bilan integratsiya qilingan holda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr foydalanish uchun ochiq axborot resursi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Reyestrda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markazga topshirilgan topilmalar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoning nomi va tavsifi (moddiy qimmatliklarning shakli, vazni, alohida belgilari, ashyo hujjat boʻlganda, u tegishli boʻlgan shaxsning F.I.O., mazmuni, xos raqamlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyo ishlab chiqarilgan yoki berilgan vaqt (mavjud boʻlsa);

ashyoni Markazga topshirgan shaxsning F.I.O., yuridik shaxs nomi va STIR, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyo topilgan manzil, hudud, joy nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyo saqlanayotgan Markaz nomi va u saqlashga qabul qilingan vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoning reyestrdagi seriya va raqami;

ashyoning fotosurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoga tegishli hujjatlar (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyo tegishli shaxsga qaytarilganligi haqida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyo tegishli davlat tashkilotlariga topshirilganligi haqida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyo auksionga qoʻyilganligi va auksion natijasi toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoʻqolganligi toʻgʻrisida murojaat qilingan ashyolar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoning nomi va tavsifi (hujjatlar boʻlganda uning mazmuni, unikal raqamlari, moddiy qimmatliklarning shakli, vazni, alohida belgilari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyo ishlab chiqarilgan yoki berilgan vaqt (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyo mulkdorining F.I.O., yuridik shaxsning nomi va STIR, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyo yoʻqotilgan (taxminiy) hudud va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoning reyestrdagi seriya va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoning fotosurati yoki unga tegishli hujjatlar (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topilgan ashyoning egasiga qaytarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlar Vazirlik tomonidan idoralararo elektron hamkorlik orqali ichki ishlar organlariga taqdim etib boriladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlari yoʻqolgan ashyolarni qabul qilganda, bu haqida uch ish kuni ichida istalgan hududdagi Markazni axborot kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Topilmaga egalik qilish huquqiga daʼvogar jismoniy va yuridik shaxslar Markazning topilmani qabul qilib olish, saqlash va egalariga qaytarish, shuningdek, egalari aniqlanmagan ashyolarni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bilan bogʻliq harakatlari ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki ularni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumotlarni ichki ishlar organlarining “Buyum” axborot tizimi bilan solishtirish.
2. Doimiy ravishda
3. Xatlov natijalariga koʻra moddiy qimmatlikka ega buyumga nisbatan mulk huquqi uni topib olgan shaxsga oʻtganligini ushbu shaxsga maʼlum qilish.
3. Ashyo markazga topshirilgach 6 oydan soʻng
6-bosqich
Topilmani topib olgan shaxs
1. Egasi aniqlanmagan topilmani mulk huquqi bilan qabul qilish.
2. Topilmani qabul qilishni rad etish.
Xatlovdan soʻng
7-bosqich
Adliya vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi
Topib olgan shaxs tomonidan qabul qilish rad etilgan ashyolarni “E-auksion” savdo maydonchasida auksionga qoʻyish.
Ashyoni topib olgan shaxs tomonidan qabul qilish rad etilgandan soʻng 3 ish kuni ichida
III. Davlat xizmatlari markazidan topilmani olish
8-bosqich
Topilmani yoʻqotgan shaxs
Topilmaning ushbu shaxslarga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni hamda oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs vakili uchun uning vakolatini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan holda Markazga murojaat etish.
Xohishiga koʻra
9-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
1. Topilmani olish uchun murojaat etgan shaxs taqdim etgan maʼlumotlar asosida:
a) topilmani ushbu shaxsga berish va bu haqida reyestrga yozuv kiritish;
b) topilmani berishni rad etish va bu haqida murojaat etuvchiga xabar berish.
1 ish kuni ichida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topilmani davlat xizmatlari markaziga qabul qilish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA

I. Jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1.
F.I.O.
2.
Yashash manzili
3.
Shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlganda)
4.
Telefon raqami
5.
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda)
II. Yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
6.
Yuridik shaxs nomi
7.
STIR
8.
Pochta manzili
9.
Telefon raqami
10.
Yuridik shaxs vakili F.I.O.
III. Topilma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
11.
Topilma nomi
12.
Topilgan ashyo ishlab chiqarilgan yoki berilgan vaqt (maʼlum boʻlsa)
13.
Topilmaning xususiyatlari (shakli, vazni va b.)
14.
Topilmaning alohida belgilari (seriya raqamlari, kodlari, tashqi taʼsirga uchraganligi va b.)
15.
Topilma qabul qilingan vaqt
16.
Topilma topilgan manzil, hudud, joy nomi
17.
Topilma topshirilgan Markaz nomi
18.
Topilmani qabul qilib olgan xodimning F.I.O.
19.
Topilmaga berilgan seriya va raqam
IV. Ilova qilinadigan hujjatlar
20.
Ashyoning fotosurati
21.
Ashyoga tegishli hujjatlar nusxalari (mavjud boʻlsa)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazi orqali izlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1.
F.I.O.
2.
Yashash manzili
3.
Shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlganda)
4.
Telefon raqami
5.
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda)
II. Yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
6.
Yuridik shaxs nomi
7.
STIR
8.
Pochta manzili
9.
Telefon raqami
10.
Yuridik shaxs vakili F.I.O.
III. Yoʻqotilgan ashyo toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
11.
Ashyo nomi
12.
Ashyo ishlab chiqarilgan yoki berilgan vaqt (maʼlum boʻlsa)
13.
Ashyoning xususiyatlari (shakli, vazni va b.)
14.
Ashyoning alohida belgilari (seriya raqamlari, kodlari, tashqi taʼsirga uchraganligi va b.)
15.
Ashyo yoʻqolgan (taxminiy) hudud
16.
Ashyo yoʻqolgan (taxminiy) vaqt
17.
Soʻrovnoma toʻldirilgan vaqt
IV. Ilova qilinadigan hujjatlar
18.
Ashyoning fotosurati yoki unga tegishli hujjatlar nusxalari (mavjud boʻlsa)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga topilmani berishni rad etish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XABARNOMA

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalarida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83-banddagi “topilmalar idorasiga” soʻzlari “belgilangan tartibda davlat xizmatlari markaziga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-banddan “yoki topilmalar idorasi xodimi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 10-martdagi 57-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 35-bandi uchinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” soʻzlari “davlat xizmatlari markazidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning 26-bandi uchinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” soʻzlari “davlat xizmatlari markazidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-ilovaning 13-bandi uchinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” soʻzlari “davlat xizmatlari markazidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 49-bandi ikkinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” soʻzlari “davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-ilovaning 91-bandi ikkinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” soʻzlari “davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 4-ilovaning 96-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Dublikat berish toʻgʻrisidagi arizaga davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida maʼlumotnoma ilova qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 5-ilovaning 50-bandi ikkinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” soʻzlari “davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi uchinchi xatboshisidagi “topilmalar stoli”dan” soʻzlari “davlat xizmatlari markazidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/170/0233-son)