14.01.2022 yildagi PQ-86-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tiklanadigan energiya manbalarini jadal rivojlantirishni taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, shuningdek, elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Xalqaro moliya korporatsiyasining moliyaviy va texnik koʻmagida “Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida umumiy quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida oʻtkazilgan xalqaro tender savdolari natijalariga koʻra, “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) gʻolib deb topilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nur Jizzakh Solar PV” xorijiy korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 12-iyulda investitsiya shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya shartnomasi) imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va ekspluatatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash boʻyicha jami 150 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 12-iyulda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) hamda 2022-yil 20-iyulda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv imzolanganligi va ularga muvofiq:
(1-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2022-y., 07/22/453/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 20 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasi doirasida fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va oshiruvchi podstansiya Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan soʻng Loyiha kompaniyasi ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin;
(1-band “d” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2022-y., 07/22/453/1122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “d” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-453-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2022-y., 07/22/453/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor hamda Loyiha kompaniyasi oʻrtasida imzolangan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda unga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imzolangan oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimning asosiy koʻrsatkichlariga, shu jumladan amalga oshirish muddatlari, ishlab chiqarilgan 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun oʻrnatilgan tarif miqdori hamda loyiha bilan bogʻliq boshqa parametrlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2022-y., 07/22/453/1122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun tarif miqdori Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim va unga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi kelishuvda nazarda tutilgan miqdorda va xorijiy valyutada oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin hamda toʻlov narxlarining AQSH dollariga bogʻlanishiga ruxsat berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2022-y., 07/22/453/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Investor, Loyiha kompaniyasi va Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni majburiy ekspertiza oʻtkazmagan holda tanlab olishga va shartnomalar tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el bankining xorijiy valyutada tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Jahon banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, Jahon banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi Jahon banki xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, lozim boʻlgan barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda, xorijiy kreditorlar loyihalarni moliyalashtirishda anʼanaviy qoʻllaydigan tavakkalchilikni boshqarish talablariga muvofiq, quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit olish, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan xorijiy valyutada kredit tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiya loyihasi doirasida fotoelektr panellarini oʻrnatish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish hamda bino va inshootlar poydevorlarini loyihalash normalari va qoidalari Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim qoidalariga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jizzax viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasini hamda fotoelektr stansiyasi faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur boʻlgan yer maydonlarining, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib, Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ijaraga berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq toʻlash yerga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Loyiha kompaniyasi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining fotoelektr stansiyasi, podstansiya hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini joylashtirish uchun ajratilgan Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi mazkur qarorga ilovaga muvofiq 658,71 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati hokimligi 2023-yil 1-yanvarga qadar toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Investitsiya loyihasi doirasida Energetika vazirligi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomalari asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
(101 va 102-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-453-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2022-y., 07/22/453/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi oʻz majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya shartnomasi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 14-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-86-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi PQ-86-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida umumiy quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hudud nomi

Kontur raqami

Jami yer uchastkasi

(gektar)

Shundan:

Tuproq ball boniteti

Sugʻoriladigan ekin yerlar

Yaylov yerlar

Lalmi yerlar

Fotoelektr stansiyasi va podstansiya qurish uchun

Gʻallaorol tumani “Koʻkbuloq” massivi

199ch q

8,0

7,8

baholanmagan

200q

72,0

71,5

31

362ch q

6,0

6,0

baholanmagan

365q

11,8

11,5

baholanmagan

366q

17,0

16,8

31

368ch q

3,8

3,8

baholanmagan

369q

3,4

3,4

baholanmagan

370q

4,5

4,2

baholanmagan

371q

89,7

88,6

31

373q

0,4

0,3

baholanmagan

375q

3,3

3,2

31

384q

4,5

4,3

baholanmagan

385q

5,2

5,0

baholanmagan

386q

311,6

310,7

31

387q

9,4

9,3

baholanmagan

388q

19,4

19,1

baholanmagan

Jami

565,5

74,7

490,8

Havo elektr uzatish tarmoqlari qurish uchun

Gʻallaorol tumani “Koʻkbuloq” massivi

389q

1,0

1,0

baholanmagan

402q

0,64

0,64

baholanmagan

392q

1,44

1,44

baholanmagan

391q

0,83

0,83

baholanmagan

168q

12,80

12,83

baholanmagan

125q

2,83

2,83

26

173q

0,72

0,72

baholanmagan

128q

11,16

11,16

30

129q

0,59

0,59

baholanmagan

137q

13,37

13,37

30

134q

1,93

1,93

baholanmagan

3q

11,30

11,30

30

Hudud boʻyicha jami

58,61

19,95

38,66

Gʻallaorol tumani “D. Yoʻldoshev” massivi

54q

0,39

0,39

baholanmagan

53q

2,56

2,56

30

77q

3,51

3,51

30

98q

6,18

6,18

30

95q

1,00

1,00

baholanmagan

87q

0,26

0,26

baholanmagan

100q

0,27

0,27

45

287q

0,81

0,81

baholanmagan

292q

0,76

0,76

baholanmagan

293q

2,51

2,51

30

294q

0,78

0,78

baholanmagan

300q

0,35

0,35

baholanmagan

298q

0,47

0,47

baholanmagan

299q

0,49

0,49

baholanmagan

304q

1,24

1,24

baholanmagan

306q

1,29

1,29

baholanmagan

244q

3,28

3,28

baholanmagan

353q

2,31

2,31

baholanmagan

355q

0,59

0,59

60

21q

5,55

5,55

baholanmagan

Hudud boʻyicha jami

34,60

0,86

18,98

14,76

Jami

93,21

0,86

38,93

53,42

Loyiha boʻyicha jami

658,71

0,86

113,63

544,22

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-453-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2022-y., 07/22/453/1122-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 07/22/86/0038-son; 27.12.2022-y., 07/22/453/1122-son)