17.01.2022 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, issiqxona xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, eksportbop va raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetishtirish hamda qishloq joylarida aholi bandligini ta’minlash va daromad olishga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S.S. Saidkarimov boshchiligida “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi muammoli issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tashkil etilsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ishchi guruhi ikki hafta muddatda “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklari moddiy-texnika bazasini, iqtisodiy ahvolini va infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Markaziy bank hamda tijorat banklarining “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturlari doirasida hamda davlat qarzi evaziga jalb qilinadigan resurslar hisobidan ajratiladigan kreditlar muddatini 7 yildan 10 yilgacha qilib belgilash hamda mazkur issiqxona xo‘jaliklariga ilgari ajratilgan kredit muddatlarini tegishli ravishda 3 yilgacha uzaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gaz uchun mavjud qarzdorlikni 6 oyga uzaytirish va 2022-yil 1-iyuldan boshlab teng ulushlarda yil oxirigacha qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gaz uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya miqdorini 0,4 foizidan 0,1 foizga tushirish, shuningdek 2021-yil 31-dekabr holatiga hisoblangan penya summasini hisobdan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gaz uchun oshirilgan stavkada (shartnomaviy hajmdan oshgan qism uchun 1,4 koeffitsiyent) to‘lov qo‘llash tartibini bekor qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur imtiyozlar Respublika ishchi guruhining o‘rganish natijalariga ko‘ra shakllantirilgan ro‘yxat asosida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi mavjud tajribali va malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklariga biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy agronomlarni jalb qilgan holda davlat dasturlari doirasida kredit ajratilgan respublikadagi issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini auditdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qarorida belgilangan mablag‘lar hisobidan “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklariga ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda masalaga aloqador boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublika hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan issiqxonalarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishda vujudga keladigan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va ijrosini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi samarasiz issiqxona xo‘jaliklarini aniqlab, ularning mulkdorlari bilan kelishgan holda mazkur issiqxona xo‘jaliklarini yangi tashabbuskorlarga o‘tkazib berilishini (oldi-sotdi, kredit bo‘yicha bank oldidagi majburiyatlarni o‘tkazish yoki boshqa kelishilgan shartlarda) tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ishchi guruhi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat hokimlari samarasiz issiqxona xo‘jaliklarini sotishda iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zaruriy infratuzilma obyektlari, shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lgan salohiyatli tashabbuskorlarni tanlanishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika ishchi guruhi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bir oy muddatda issiqxona xo‘jaliklari moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 17-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 27-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi muammoli issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh.M. G‘aniyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, ishchi guruhi rahbari

2.

S.S. Saidkarimov

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari, ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari (kelishuvga ko‘ra)

3.

X.M. Karimov

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori, ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

4.

A.A. Kamalov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari

5.

A.D. Asamov

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

6.

Sh.X. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari

7.

J.I. Abdiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

8.

B.B. Eshmuratov

“Hududgazta’minot” AJ raisi

9.

B.E. Murodov

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o‘rinbosari

10.

A.I. Nazarov

Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

11.

J.U. Eshniyozov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi — ishchi guruh kotibi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/27/0036-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)