27.10.1997 yildagi 487-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“KABUL-OʻZBEK KO.” OʻZBEKISTON—KOREYA QOʻSHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni taʼminlash, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish va recpublikaning eksport imkoniyatlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kabul-Toʻytepa tekstil” qoʻshma korxonasini qayta tashkil etish haqidagi, uning ishlab chiqarishlarini ishlab turgan Toʻytepa yigiruv-toʻqimachilik fabrikasi, Toshkent shahrining Koʻkcha mavzesida qurilayotgan fabrika va “Malika” aksiyadorlik jamiyatining alohida korpuslari bazasida tashkil etilayotgan, ustav jamgʻarmasi 37,2 mln. AQSH dollari, ilovaga* muvofiq ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʻlgan paxta tolasidan kalava, gazlama, trikotaj buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Kabul-Oʻzbek ko.” Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma korxonasiga kiritgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav jamgʻarmaga Oʻzbekiston tomonidan 11,5 mln. AQSH dollari (31%) qoʻshilishi, shu jumladan “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tomonidan Toʻytepa fabrikasining binolari va inshootlari (6,0 mln. AQSH dollari), Toshkentdagi Koʻkcha mavzesida qurilayotgan fabrikaning qurilishi tugallanmagan inshootlari (5,0 mln. AQSH dollari) va “Malika” aksiyadorlik jamiyatining eski boʻyoq va koton korpuslari binolari (0,5 AQSH dollari) qoʻshilishi toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kabul Tekstaylz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qoʻshma korxona ustav jamgʻarmasiga 25,7 mln. AQSH dollari (69%) qoʻshilishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin, uning 14 mln. AQSH dollari “Kabul-Toʻytepa tekstil” qoʻshma korxonasini tashkil etishda qoʻshilgan va 11.7 mln. AQSH dollari Toshkent shahrining Koʻkcha mavzesidagi fabrika qurilishida qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kabul Tekstaylz” akspyadorlik kompaniyasi asbob-uskunalar xarid qilish, ularni montaj qilish va sozlash uchun zarur boʻlgan xorijiy valyutadagi kreditni oʻz kafolati ostida “Kabul-Oʻzbek ko.” qoʻshma korxonasiga berish masalalarini hal etadi hamda qoʻshma korxonaning butun faoliyati davrida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 80 foizidan 100 foizigacha jahon narxlari boʻyicha eksport qilinishini kafolatlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik darajani yomonlashtirmasdan loyihani arzonlashtirish va tezlikda iqtisodiy samara olish maqsadida oʻz koʻrsatkichlari boʻyicha yangi asbob-uskunalardan qolishmaydigan, ishlatilib kelingan asbob-uskunalarning bir qismi (55% doirasida) qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahrining Koʻkcha mavzesidagi fabrikaning qurilayotgan binolari va inshootlarini, “Malika” aksiyadorlik jamiyatining eski boʻyoq va koton korpusini “Kabul-Oʻzbek ko.” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasiga bersin hamda qoʻshma korxonadagi davlat ulushini trast boshqarish huquqini “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Kabul-Oʻzbek ko.” qoʻshma korxonasi obyektlar qurilishining buyurtmachisi, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni, “Oʻzagroqurilish” bosh pudrat tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni va “Oʻzjamoaxoʻjalikqurilish” uyushmasi subpudrat tashkilotlar etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi “Kabul-Tekstaylz” kompaniyasi bilan birgalikda “Kabul-Oʻzbek ko.” qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlari ilovaga muvofiq muddatlarda ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan qoʻshma korxona qurilishini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqishda, 1998-yildan boshlab, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi buyurtmalariga muvofiq, ushbu xom ashyoga konvertatsiya qilinadigan qattiq valyutada haq toʻlangan holda, “Kabul-Oʻzbek ko.” qoʻshma korxonasi ehtiyojlarini hisobga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki loyihaning samaraliligi va oʻzini qoplashini tasdiqlovchi ekspertiza asosida Toshkent shahrining Koʻkcha mavzesida fabrika qurilishi uchun milliy valyutada kreditlarni belgilangan tartibda ajratsin. Kreditni qaytarish “Kabul-Oʻzbek ko.” qoʻshma korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahrining Koʻkcha mavzesida korxona qurilishida toʻqimachilik fabrikalarini loyihalash sohasidagi zamonaviy yutuqlardan foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzengsanloyiha” (DPI-4), “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi “Kabul Tesktaylz” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi davlat standartlari hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq keluvchi Koreya Respublikasida amal qiluvchi standartlarga binoan loyihalashtirish normalari qoʻllanilishi imkoniyatini koʻrib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari qurilish davrida qoʻshma korxonaga kelayotgan asbob-uskunalar ortilgan konteynerlarni vaqtincha saqlash uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratsin, ushbu uchastkalardan keyinchalik xom ashyo va tayyor mahsulot omborlari qurish uchun foydalanish imkoniyatini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi bilan birgalikda quvvatlarni ishga tushirib va ulardan samarali foydalanishni taʼminlab “Kabul-Oʻzbek ko.” qoʻshma korxonasi obyektlari qurilishi uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarning yashashi uchun binolarni aniqlasin va ularni belgilangan tartibda “Kabul Tekstaylz” aksiyadorlik kompaniyasiga sotsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi buyurtmasi boʻyicha “Kabul-Oʻzbek ko.” qoʻshma korxonasida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga, vizalar rasmiylashtirilganligi uchun ularni konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Kabul-Oʻzbek ko.” qoʻshma korxonasida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga mehmonxonada yashaganlik va respublika hududida transportning barcha turlarida yurganlak uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Kabul-Oʻzbek ko.” qoʻshma korxonasi uchun asbob-uskunalar ortilgan konteynerlar oʻz vaqtida va uzluksiz qabul qilinishini, saqlanishini va joʻnatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qobul-Toʻytepa Tekstil” Oʻzbekiston-Koreya korxonasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 17-iyuldagi 275-son qarori, 2-bandning 3 va 4-xatboshilardan tashqari, oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H.Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 27-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
487-son