11.01.2022 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, oliy va professional ta’lim muassasalarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni 3-bandiga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘lishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar toifasi (texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lgan bitiruvchilar)ni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali bitiruvchilarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlarini o‘rganish va o‘rganish natijalari bo‘yicha bitiruvchiga xabar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda Suhbat komissiyasini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayonlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari hamda Suhbat komissiyalari tomonidan tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalikka tavsiya etilgan bitiruvchilar ro‘yxatini oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilish hamda ularga to‘lov-kontrakt blankalarini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-kontrakt shartlarini to‘liq bajargan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) tomonidan tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichiga talabalikka o‘qishga qabul qilinishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish uchun ularni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan elektron tizimni ishlab chiqsin va ishga tushirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 11-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni (keyingi o‘rinlarda — bitiruvchilar) o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichidan o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilgan toifaga kirmaydigan hamda texnikumni bitirganiga ikki yildan oshganlar o‘qishga kirish istagini bildirganda, ularni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bitiruvchilarni o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasining 2-bosqichidan o‘qishga qabul qilish uchun har yili oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) buyrug‘i bilan qabul komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) qabul komissiyasining raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bitiruvchilar har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishida tizimga shaxsiy ma’lumotlarini kiritishi va quyidagi hujjatlarni yuklashi talab etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport yoki ID-karta nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnikumni bitirganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali bitiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari muvofiqlashtirilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bitiruvchilar tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda, u suhbatdan (talabalikka qabul qilingandan keyin aniqlansa, talabalikdan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Suhbat jarayonini tashkil etish va o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) har yili 10-avgustga qadar o‘z buyrug‘i bilan har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha alohida Suhbat komissiyasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasi 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda tuziladi va uning tarkibiga kadrlarning asosiy ish beruvchilari bo‘lgan tashkilotlar va oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirliklar va idoralarning mas’ul xodimlari, sohaga taalluqli texnikumning malakali o‘qituvchisi hamda boshqa oliy ta’lim muassasasining tegishli soha bo‘yicha professor-o‘qituvchisi kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayoni to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkaziladi va jarayon ota-onalar, kuzatuvchilar uchun ajratilgan alohida kutish joyiga ovozli tarzda onlayn translyatsiya qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayoni to‘liq va sifatli videokuzatuv ostida o‘tkazilishini va videoyozuvlarning kamida uch yil oliy ta’lim muassasasida saqlanishini ta’minlash mas’uliyati shaxsan oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda, Suhbat komissiyasi tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayoniga jamoatchilik vakillari ham xolis kuzatuvchi sifatida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilangan muddatlarda suhbatga kelmagan bitiruvchilarga shu o‘quv yili uchun qayta suhbat o‘tkazilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan o‘qishga qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchi uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, xizmat safarida bo‘lganligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) suhbatda ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa yoki ishtirok etmasa, suhbat o‘tkazilgan sanadan uch kundan kechikmay oliy ta’lim muassasasida tuzilgan qabul komissiyasiga murojaat etishi lozim. Mazkur toifadagi bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng bir hafta muddat ichida qo‘shimcha suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Suhbat jarayonida bitiruvchilarning har biriga quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan jami to‘rtta savol beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur savollar bo‘yicha baholash mezonlari tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi hamda ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Savollar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savollar mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mavzularga mos tuzilganligi bo‘yicha mas’uliyat qabul komissiyasi raisi zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suhbat jarayonida Suhbat komissiyasining har bir a’zosiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy shakldagi bitiruvchining suhbat natijalarini qayd etish varag‘i (keyingi o‘rinlarda — suhbat natijalarini qayd etish varag‘i) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan suhbat natijalarini qayd etish varag‘iga har bir bitiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra ball belgilab boriladi va imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha suhbat jarayoni yakunlangach Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan to‘ldirilgan suhbat natijalarini qayd etish varaqlaridagi ballar hisoblab chiqiladi va shu asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy shakldagi bitiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘i (keyingi o‘rinlarda — suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘i) to‘ldirilib, Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra suhbatdan o‘tganlar ro‘yxati shu kunning o‘zida abituriyentlarga o‘qib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oliy ta’lim muassasasida suhbatlar o‘tkazilishi davrida belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya shikoyatlari suhbat natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida oliy ta’lim muassasasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma shaklda yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn shaklda qabul qilinadi va appelyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatda videoyozuv asosida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik, idoraga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Suhbat komissiyasining suhbat natijalarini qayd etish hamda suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varaqlari uch yil oliy ta’lim muassasasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Suhbat komissiyasi a’zolari mehnatiga haq to‘lash oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘quv mashg‘ulotlarini olib borganlik uchun belgilangan soatbay haq to‘lash shartlarida oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. To‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan talabalikka tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Talabalikka tavsiya etilganlarning umumiy ro‘yxati suhbat jarayoni to‘liq yakunlangandan so‘ng bir kun muddatda oliy ta’lim muassasasining veb-saytida e’lon qilinadi va shu kundan boshlab ularga belgilangan namunadagi to‘lov-kontrakt blankalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Talabalikka tavsiya etilganlar uchun to‘lov har yili kontrakt shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kontrakt shartlari, tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan talabalikka tavsiya etilganlar belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlari bajarilgandan so‘ng oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichiga o‘qishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan (o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq baholarning kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lgan) bitiruvchi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

Har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar

2-bosqich

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari

1. Bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlarini o‘rganadi.

2. O‘rganish natijalari bo‘yicha bitiruvchiga shaxsiy kabineti orqali xabar beradi.

Har yili 5-avgustga qadar

3-bosqich

Oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari)

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda Suhbat komissiyasini tuzadi.

Har yili 10-avgustga qadar

4-bosqich

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari hamda Suhbat komissiyalari

Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayonlarini tashkil etadi.

Har yili 10-avgustdan 25-avgustga qadar

5-bosqich

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari

1. Talabalikka tavsiya etilganlar ro‘yxatini oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

2. To‘lov-kontrakt blankalarini talabalikka tavsiya etilganlarga beradi.

Suhbat jarayoni to‘liq yakunlangandan so‘ng 1 kun muddatda

6-bosqich

Oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari)

To‘lov-kontrakt shartlarini to‘liq bajargan talabalarni tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichiga o‘qishga qabul qiladi.

Shartnoma to‘lovi amalga oshirilgandan so‘ng 10 kun muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlaridagi suhbat natijalarini qayd etish varag‘i

‎‎‎________________________________________________________________________________________(oliy ta’lim muassasasi nomi)

‎‎________________________________________________________________________________________ (ta’lim yo‘nalishi nomi)

‎‎__________________________
‎‎(ta’lim shakli)

‎‎___________________________
‎‎(ta’lim tili)

‎‎__________________________
‎‎(sana)

‎T/r‎‏

‎Bitiruvchining
‎ F.I.O.‎‏

Bitiruvchiga qo‘yilgan ball‎‎

Suhbat
‎komissiyasi a’zosining imzosi ‎‏

Jami‎‎

1-savol‎‎

2-savol‎‎

3-savol‎‎

4-savol‎‎

1.

2.

3.

4.‎

...‎

‎‎...

...

...

...

...

...

...

‎‎Suhbat komissiyasi a’zosi ___________________________________________________ _________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlarida o‘tkazilgan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘i

‎________________________________________________________________________________________
‎(oliy ta’lim muassasasi nomi)‎‎

________________________________________________________________________________________
‎(ta’lim yo‘nalishi nomi)

‎‎________________________
‎‎(ta’lim shakli)

‎‎___________________________
‎‎(ta’lim tili)

‎__________________________
(sana)‎‎‎

T/r‎

‎‎Bitiruvchining
‎F.I.O.

‎‎Komissiya
‎ a’zolari soni

‎‎Jami to‘plagan
‎ bali

O‘rtacha bali‎‎

1.‎

‎‎

2.‎

‎3.

4.

...‎

...

...

...

...

‎‎Suhbat komissiyasi raisi ___________________________________________________

‎‎______________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)‎

‎‎ Suhbat komissiyasi a’zolari

‎‎____________________________________________________‎‎

‎‎______________‎

‎‎(F.I.O.)‎

‎‎(imzo)

‎‎____________________________________________________‎

‎‎______________‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)‎

‎‎____________________________________________________‎‎

‎‎‎‎______________‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

‎‎‎‎(imzo)‎‎

‎‎‎‎____________________________________________________‎‎ ‎‎

‎‎‎‎‎‎______________‎ ‎‎‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎‎‎‎‎(imzo)‎‎‎

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/17/0012-son)