Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2022 05.01.2022 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 492-sonli “Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan Konsullik roʻyxatida turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani va davlat boji toʻlovini elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkonini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron murojaat qilish boʻyicha arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan maʼlumotlarga ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanish hamda murojaatning holatini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan tizim doirasida jalb etilgan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning elektron talabnomalarini identifikatsiya qilish hamda tegishli statistik maʼlumotlarni shakllantirish va monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron murojaat qilish, elektron shaklda dastlabki ariza yuborish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish, fuqaroning oʻz xohishiga koʻra ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi va kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi tasdiqlangach, ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlovlar YIDXP orqali elektron tarzda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron shaklda dastlabki arizaga ilova qilinadigan hujjatlar fuqaroning oʻz xohishiga koʻra ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga YIDXP orqali yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron murojaat qilish, elektron shaklda dastlabki ariza yuborish hamda onlayn toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha davlat xizmatining YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi hamda boshqa davlat organlari bilan birgalikda bir oy muddatda YIDXP orqali taqdim etiladigan elektron shakldagi dastlabki arizaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilish uchun zarur boʻlgan axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmati koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar qoʻllasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 5-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Maʼmuriy reglament fuqarolarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Ichki ishlar vazirligi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Maʼmuriy reglament fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron murojaat qilish boʻyicha arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish, koʻrib chiqish jarayonida tizim ishtirokchilarining muayyan vazifalarini belgilaydi, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan maʼlumotlarga ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanish hamda murojaatning holatini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan tizim doirasida jalb etilgan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning elektron talabnomalarini identifikatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli statistik maʼlumotlarni shakllantirish va monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishi mazkur Maʼmuriy reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ariza beruvchi fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish masalasi yuzasidan oʻz xohishiga koʻra vakolatli organga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi YIDXP orqali fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha murojaat etganda, ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga toʻlmagan fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha murojaat uning ota-onasi yoki vasiy (homiy) tomonidan amalga oshiriladi va ushbu Maʼmuriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandining ikkinchi — toʻrtinchi, yettinchi — oʻninchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Avtomatlashtirilgan tizim orqali soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi tasdiqlangach, ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda YIDXP orqali toʻlovlar elektron tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat xizmati uchun toʻlovlar ariza beruvchi tomonidan uch kun muddatda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlovlar amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toʻlov muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng, fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha shakllantirilgan soʻrovnoma, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kelib tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soʻrovnomada xatolik aniqlanganida, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat etuvchiga soʻrovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun besh ish kuni muddat berilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma, bunda SMS-xabarnoma uchun toʻlov soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqamining hisobidan yechiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddat ichida soʻrovnomadagi xatoliklar bartaraf etilmagan taqdirda soʻrovnoma avtomatik ravishda rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasporti olish yuzasidan tekshiruv natijalari haqida hamda tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportini olib ketishi mumkinligi haqida ariza beruvchiga bir ish kunida xabar yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma yuboriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Toʻlovlar belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda (toʻlov toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda qisman toʻlangan toʻlov summasi ariza beruvchiga qaytarilmaydi) soʻrovnoma avtomatik ravishda rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. YIDXP orqali xorijga chiqish biometrik pasportini olish masalasi yuzasidan shakllantirilgan elektron soʻrovnomaga tegishli xabarnomani olganidan soʻng, fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan vakolatli organga murojaat etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchiga fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasporti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandi talablariga muvofiq taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undirilgan davlat bojlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foizi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etganda, undiriladigan toʻlov davlat bojining 90 foizi miqdorida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, amalga oshirilgan toʻlov summasi ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Maʼmuriy reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron murojaat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron murojaat qilish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.

2. Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron soʻrovnomani toʻldirish va yuborish.

Murojaat qilingan vaqtda

(darhol)

2-bosqich

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — Vakolatli organ)

1. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish.

2. Soʻrovnomada xato maʼlumotlar koʻrsatilganda va taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaganda, ularni toʻgʻrilash uchun soʻrovnomani qaytarish hamda xato maʼlumotlar toʻgʻrilanmagan taqdirda soʻrovnomani rad etish.

Avtomatik ravishda

(darhol)

Xato maʼlumotni toʻgʻrilash uchun 5 ish kuni

3-bosqich

Ariza beruvchi

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdordagi toʻlovlarni elektron tarzda amalga oshirish.

3 ish kuni muddatda

4-bosqich

Vakolatli organ

Ariza beruvchiga arizasi qabul qilinganligi va fotosuratga tushish va qoʻl barmoq elektron izlarini olish uchun kelishi kerak boʻlgan kun haqida xabarnoma berish.

1 ish kunida

5-bosqich

Ariza beruvchi

Xabarnomaga asosan xorijga chiqish biometrik pasporti uchun fotosuratga tushish va qoʻl barmoq elektron izlari olinish uchun belgilangan kunda vakolatli organga shaxsan kelish hamda fotosuratga tushish va qoʻl barmoq elektron izlarini topshirish.

Xabarnoma olganidan soʻng

6-bosqich

Vakolatli organ

Xorijga chiqish biometrik pasportini berish.

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandi talablariga muvofiq.

10 ish kuni davomida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha

SOʻROVNOMA



Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

I. Jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. JShShIR

2. FIO

3. Oldin mavjud boʻlgan barcha familiya, ismi, otasining ismi:

4. Tugʻilgan joyi va sanasi

5. Millati

6. Harbiy xizmatga majburiyati

7. Ish (oʻqish, xizmat) davrida davlat siriga taalluqli maʼlumotlar bilan tanishish uchun rasman ruxsatnoma rasmiylashtirilganligi

II. Arizachi tomonidan taqdim etiladigan fuqarolik pasporti yoki unga tenglashtiriladigan hujjat haqida maʼlumot

8. Seriyasi va raqami

9. Kim tomonidan berilgan

10. Qachon berilgan

11. Telefon raqami

12. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa)

13. Mehnat faoliyati haqida soʻnggi 5 yildagi maʼlumot (taʼlim muassasalaridagi oʻqish va harbiy xizmat ham kiradi):

Yili va oyi

Lavozim, davlat organi yoki boshqa tashkilotning nomi

Ish joyi joylashgan manzil

Kirish

Ketish





14. Turmush oʻrtogʻi toʻgʻrisida maʼlumot (mavjud boʻlsa).

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Tugʻilgan sanasi va joyi

Ish joyi, lavozimi

Istiqomat mamlakati va yashash manzili


Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

16 yoshga toʻlmagan fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha

SOʻROVNOMA

Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

I. Jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. JShShIR (mavjud boʻlsa)

2. FIO

3. Oldin mavjud boʻlgan barcha familiya, ismi, otasining ismi

4. Tugʻilgan joyi va sanasi

5. Millati

II. Arizachi tomonidan taqdim etiladigan fuqarolik pasporti yoki unga tenglashtiriladigan hujjat haqida maʼlumot

6. Seriyasi va raqami

7. Kim tomonidan berilgan:

8. Qachon berilgan

9. Telefon raqami

10. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa)

11. Hamrohlik qiluvchi shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tugʻilgan sanasi




12. Ota-onasi toʻgʻrisida maʼlumot:

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tugʻilgan sanasi

Fuqaroligi




(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2022-y., 09/22/5/0004-son, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)