30.12.2021 yildagi 792-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori ijrosini ta’minlash hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori 12-bandiga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish tartibi joriy qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

I. O‘quvchilarni tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish

1-bosqich

Umumta’lim muassasalari

7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni aniqlaydi va ularning ma’lumotlar bazasini yaratadi.

O‘quv yili davomida

2-bosqich

Umumta’lim muassasalari

8-sinfda ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar beradi va yo‘naltiradi.

Har chorak yakunida

3-bosqich

Umumta’lim muassasalari,

Kasb-hunarga tayyorlash markazi

9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha muayyan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boradi.

O‘quv yili davomida

II. O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash

4-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari,

xalq ta’limi boshqarmalari,

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalari

Ehtiyoj mavjud bo‘lgan ishchi kasblarni aniqlaydi.

Umumta’lim muassasalarini kasb-hunarga tayyorlash markazlariga biriktirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi.

Har yili iyun oyida

5-bosqich

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Kasb-hunarga tayyorlashga qo‘yiladigan malaka talablari va boshqa o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini tasdiqlaydi va amaliyotga joriy qiladi.

Har yili iyul oyida

6-bosqich

Kasb-hunarga tayyorlash markazlari

O‘quvchilarga kasbiy ta’lim berishni va o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshiradi.

O‘quv yili davomida

7-bosqich

Kasb-hunarga tayyorlash markazlari

Kasb-hunarga tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi sertifikatni beradi.

Kasb-hunarga tayyorlashning yakuniy bosqichida