Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi Vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1041-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-dekabr,
793-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 793-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1041-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 6-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 1 — 3-ilovalarning nomlarida “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 09/21/793/1222-son)