27.12.2021 yildagi 777-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-son Farmoni hamda “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, birja savdolariga yangi savdo instrumentlarini, shu jumladan, tovar derivativlarini bosqichma-bosqich joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining to‘liq raqamlashgan shaffof navbat tamoyiliga asoslangan elektron logistika savdo portalini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Birja, sotuvchi korxonalar

Fyuchers kontrakti birjaning Listing komissiyasi tomonidan ochilib, birjada muomalaga chiqariladi.

Savdolar o‘tkazilishidan oldin

2-bosqich

Birja

Birjada fyuchers shartnomalari fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun birja tomonidan tashkil etiladigan alohida o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, tegishli sertifikat olgan hamda birjadan akkreditatsiyadan o‘tgan birja a’zolari orqali tuziladi.

Savdolar o‘tkazilishidan oldin

3-bosqich

Birja a’zolari

Birja a’zolari fyuchers shartnomalarini o‘z nomidan va o‘z hisobidan yoki mijozning topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan tuzishlari mumkin. Mijoz va birja a’zosi o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.

Savdolar o‘tkazilishidan oldin

4-bosqich

Birja a’zosi, Hisob-kitob kliring palatasi

Kliring ishtirokchilari tomonidan fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun xizmat ko‘rsatayotgan birja a’zolariga va ularning mijozlariga HKKPda shaxsiy hisobvaraqlari ochiladi.

Savdolar o‘tkazilishidan oldin

5-bosqich

Birja, Hisob-kitob kliring palatasi

Fyuchers kontrakti bo‘yicha kliring ishtirokchilari tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida HKKP kliring ishtirokchisi yoki birja a’zosi tomonidan ochiladigan pozitsiyalar miqdori, fyuchers kontraktlari bo‘yicha narxlarning o‘zgarish limitlari, kafolatlash mablag‘lari miqdorini belgilanishi mumkin.

Savdolar o‘tkazilishidan oldin

6-bosqich

Kliring ishtirokchisi

Fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun mijoz kliring ishtirokchisi yoki birja a’zosi orqali o‘zining HKKPdagi shaxsiy hisobvarag‘iga depozit marjasini kiritadi.

Savdolar o‘tkazilishidan oldin

7-bosqich

Birja

Fyuchers savdolari belgilangan savdo sessiyalari jadvaliga muvofiq elektron shaklda ikki tomonlama qarama-qarshi auksion asosida o‘tkaziladi.

Savdolar jarayonida

8-bosqich

Birja

Savdo sessiyasi davomida ijro etilgan talabnomalar bo‘yicha shartnomalar birja tomonidan ro‘yxatga olinadi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.

Savdolar jarayonida

9-bosqich

Hisob-kitob kliring palatasi

HKKP savdo sessiyasidan keyin ochiq qolgan har bir pozitsiya yoki savdo sessiyasi mobaynida yopiq bo‘lgan pozitsiyalar uchun variatsion marja hisoblanadi.

Savdolar o‘tkazilgandan so‘ng

10-bosqich

Hisob-kitob kliring palatasi

Variatsion marja musbat bo‘lganda, ushbu mablag‘ HKKP tomonidan qisqa pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisidan uzun pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, agar manfiy bo‘lsa, mablag‘ uzun pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisidan qisqa pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Savdolar o‘tkazilgandan so‘ng

11-bosqich

Kliring ishtirokchisi

Fyuchers kontraktlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar asosida shakllangan huquq va majburiyatlar ofset bitimlarini tuzish yoki tovarni yetkazib berish yo‘li bilan bekor qilinadi.

Savdolar o‘tkazilgandan so‘ng

12-bosqich

Birja, Hisob-kitob kliring palatasi

Ofset bitimini amalga oshirishda HKKP tegishli hisobvaraqda oldin ochilgan ochiq pozitsiyalar bo‘yicha hisobga olish yozuvini bekor qiladi.

Fyuchers bozorida sotuvchi sifatida tovar ishlab chiqaruvchi bo‘lgan taqdirda, u tovarni fyuchers kontrakti bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi asosida yetkazib berishi mumkin.

Savdolar o‘tkazilgandan so‘ng

Mazkur bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda, e’londa belgilangan boshlang‘ich narxdan balandroq narxda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
mazkur Nizomning 32-bandiga asosan buyurtmachi va yuk tashuvchi tomonidan ariza berilmaganda, jarimalarsiz;
a) 20, 38 va 40-bandlaridagi “YuHR” so‘zi “EBHR” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 41-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 10-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
v) 11-bandga quyidagi mazmundagi “j” kichik band qo‘shilsin:
g) 12-bandga quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
d) 13-bandga quyidagi mazmundagi o‘ttiz to‘qqizinchi va qirqinchi xatboshilar qo‘shilsin:
o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshi qirq birinchi xatboshi deb hisoblansin;
e) 16-bandga quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi va yigirma yettinchi xatboshilar qo‘shilsin:
yigirma oltinchi xatboshi yigirma sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
j) 23-bandga quyidagi mazmundagi yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar qo‘shilsin:
yigirma birinchi xatboshi yigirma uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
a) Nizomning nomidagi “va” so‘zi “va (yoki)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi xatboshidagi “yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulot” so‘zlari “yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulot” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 4-bandga “prognozlar ko‘rsatkichlariga muvofiq” so‘zlaridan keyin “hamda ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqqan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi xatboshidagi “tuzatishlar kiritish haqidagi ko‘rsatmalarining bajarilmasligi” so‘zlaridan keyin “hamda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvallarini belgilangan muddatda Qo‘mitaga taqdim etmaslik” so‘zlari qo‘shilsin.
e) 7-bandning birinchi xatboshidagi “BSETda avtomatik rejimda yoki mahsulotni birja orqali sotish bo‘yicha shartlar o‘zgargan taqdirda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
j) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
z) 19-bandning beshinchi xatboshiga “shartnoma bo‘yicha yuklab jo‘natish davri” so‘zlaridan keyin “(yuklab berish oyi)” so‘zlari qo‘shilsin.
i) 20-banddagi “foizigacha” so‘zi “foizdan kam bo‘lmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l) 21-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar qo‘shilsin:
n) 22-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilari qo‘shilsin:
o) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
r) 32-banddagi “o‘rganish natijalari bo‘yicha narxlar” so‘zlari “o‘rganish natijalari bo‘yicha manipulatsiya va narxlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomning nomidagi “va” so‘zi “va (yoki)” so‘zlari bilan almashtirilsin;