23.12.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3165-1
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining qarori, 23.12.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3165-1
Kuchga kirish sanasi
23.12.2021
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-son “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-son “O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “urug‘liklar turkumi” degan so‘zlar “urug‘liklar to‘dasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. 16-banddagi, 17-bandning birinchi xatboshisidagi, 18-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 20 va 21-bandlardagi, 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 8-ilova matnidagi “Markaz” degan so‘z “Institut” degan so‘z bilan almashtirilsin.
4. 17-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 1-ilova matnidagi “huzuridagi O‘rmon va dorivor o‘simliklari tahlil Markaziga” degan so‘zlar “O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.