22.12.2021 yildagi PQ-58-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni strategik rejalashtirish va tahlil qilish hamda investitsiya loyihalari samaradorligini o‘rganish asosida moliyalashtirishning uzviy tizimini yaratish, sohaga jalb etilgan xalqaro moliya institutlari mablag‘larining ishlatilishi samaradorligini ilmiy asoslangan holda baholash va ilm-fan natijalarini amaliyotga joriy etishning samarali tizimini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohadagi islohotlarning ta’sirchanligini va ilmiy tadqiqotlarning amaliy natijalari samaradorligini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani rivojlantirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rejalar hamda strategiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ta’minoti sohasidagi, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni (kredit va grant), shu jumladan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va shakllantirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohadagi axborot va statistik ma’lumotlarni tizimlashtirish hamda ulardan foydalanishning samarali tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — XMI va XHMT) kredit va grantlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kreditlar va grantlar olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tijorat banklariga taqdim etishda tadbirkorlik subyektlariga konsalting xizmatlari va amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohadagi barcha grant, texnik ko‘mak va kredit loyihalarini va dasturlarni boshqarish, muvofiqlashtirish va samaradorligini monitoring qilish hamda ularning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari hisobidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-2023-yillarda hududlarning tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib, har bir tumanda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil qilish choralarini ko‘rsin. Bunda, har yili barpo etiladigan ko‘rgazmali dala maydonlari ro‘yxati Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda bitta hududda xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar ishtirokida bog‘, tokzorlar barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlar, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularni qayta ishlash, eksport qilish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasining ustuvor yo‘nalishlari sifatida global, mintaqaviy va hududiy muammolar, shuningdek, qishloq xo‘jaligining agrobiznes, logistika, investitsiya va boshqa dolzarb mavzularini taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan XMI va XHMT kredit hamda grant loyihalarini amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar, grantlar, XMI va XHMT mablag‘lari hamda budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradigan vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot natijalarini baholash, davlat ilmiy dasturlari doirasida loyihalarni amalga oshirishda belgilangan tartibda Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlik qiladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish hamda xalqaro tashkilotlar va xorijiy yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasi iqtisodiyoti hamda strategiyasi yo‘nalishida oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish hamda ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va qonunchilik hujjatlarida ilmiy tashkilotlar uchun joriy etilgan imtiyozlardan foydalanish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) ikki oy muddatda Markaz huzurida rivojlangan xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sohadagi global, mintaqaviy va hududiy muammolarning hamda agroklasterlar faoliyatining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilish maqsadida ilmiy kengash tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining tuzilmasi hamda uning hududiy iqtisodiy tahlil va me’yorlash markazlarining namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajarishga, loyihani amalga oshirish masalalariga taalluqli o‘zi tayyorlagan hujjatlar va boshqa ma’lumotlarning ishonchliligi uchun hamda XMI va XHMTning kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishga javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tender savdolarida raqobatni kuchaytirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni, xalqaro kompaniyalarni, jamoatchilikni keng jalb etish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi va xaridlar to‘g‘risidagi axborotdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq, o‘z vaqtida, erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlagan holda uni axborot portaliga joylashtiradi (bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini, asosiy kapitalga kiritilgan mablag‘larni va texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan natijalarga erishilganligini baholovchi tizimni joriy etish, shu jumladan loyiha natijalarini (mijozbay) baholash hisobotlarini umumlashtiradi, tahlil qiladi va har oy Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan va yakunlangan loyihalar bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar hamda erishilgan natijalarga oid ma’lumotlarni muntazam ravishda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, XMI va XHMT tomonidan investitsiya va grant loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar, homiylik xayriyalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy va rahbar xodimlarining ish haqi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning faqat ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadigan tuzilmalari xodimlariga ish haqi to‘lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning budjetdan moliyalashtiriladigan shtat birliklari 2022-yilda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, keyingi yillardan esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida yillik xarajatlar XMI va XHMTlar tomonidan loyihaning texnik iqtisodiy asosida tasdiqlangan hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan smeta bo‘yicha amalga oshiriladi hamda o‘rnatilgan tartibda ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
(8-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-iyundagi PQ-233-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2024-y., 07/24/233/0450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktoriga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda XMI va XHMT bilan kelishilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Markaz hamda uning huzuridagi loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining oylik ish haqlarini ikki barobarga oshirish huquqi beriladi (bundan oylik ish haqini xizmatlar ko‘rsatish va qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb etish hisobiga oshirish mustasno);
(8-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi PQ-96-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2023-y., 07/23/96/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz budjetdan tashqari mablag‘larni boshqarish uchun tijorat banklarida depozit hisob raqami ochishi va undagi mablag‘lardan mustaqil foydalanishi mumkin (budjet tashkilotlarining g‘azna hisob raqamlaridan foydalanishga doir talablar ushbu mablag‘lardan foydalanishga nisbatan tatbiq etilmaydi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Markaz tashkil etilganligi haqida XMI va XHMTga xabarnomalar yuborsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 1 a-uy (1-qavat va yerto‘la) manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda barcha kommunal va joriy to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar Markaz mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qaror ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosari Sh. G‘aniyev bir hafta muddatda tashkiliy yig‘ilish o‘tkazib, Markaz faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni hududlar va ijrochilar kesimida taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev bir oy muddatda Markazning yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega kadrlar bilan to‘ldirilishini hamda faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Markaz faoliyatini xorijiy davlatlar tajribasi asosida samarali tashkil etish bo‘yicha 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Markazning ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ommaviy axborot vositalari orqali meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 22-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-58-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-dekabrdagi PQ-58-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ilmiy kengash

Direktor*

Direktorning ilmiy ishlar va strategik tahlil bo‘yicha birinchi o‘rinbosari*

Institutsional islohotlar bo‘limi*

2

Loyiha va dasturlarni monitoring qilish va baholash bo‘limi**

Bosh yuriskonsult**

Ilmiy ishlanmalarni joriy etish bo‘limi**

Maxsus bo‘lim*

1

Ilmiy kotib*

1

Iqtisodiy va siyosiy tahlil bo‘limi*

2

Xaridlarni amalga oshirish bo‘limi**

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis*

1

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘limi*

2

Strategik rejalashtirish, dasturlash va muvofiqlashtirish bo‘limi*

2

XMI va XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlari***

Devonxona, ijro intizomi va murojaatlar bo‘limi*

2

Tabiiy resurslardan samarali foydalanishni tadqiq etish bo‘limi*

2

XMI va XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlarining hududiy vakillari***

Axborot va kommunikatsiyalarni boshqarish bo‘limi*

2

Bosh buxgalter*

1

Agrobiznes subyektlari faoliyatini va marketingni rivojlantirish bo‘limi*

2

Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi**

12 ta hududiy iqtisodiy tahlil va me’yorlashtirish markazlari*

“Agroiqtisodiyot” ilmiy-amaliy jurnali**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 22 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga asosan aniqlanadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** XMI va XHMT ishtirokidagi loyihalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** XMI va XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari, shu jumladan hududiy guruhlar vakillari soni amalga oshirilayotgan loyihalar TIAda ko‘rsatilgan soniga ko‘ra belgilanadi va moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-dekabrdagi PQ-58-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi iqtisodiy tahlil va me’yorlash markazlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Boshliq*

Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida iqtisodiy tahlilni amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassis*

1

Ilmiy ishlanmalarni joriy etish va marketing bo‘linmasi****

2

Bosh buxgalter*

1

Yordamchi xodimlar***

XMI va XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlarining hududiy vakillari**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xodimlarning umumiy cheklangan soni 5 nafar (ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlardan tashqari).

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ilmiy-tadqiqot ishlarining hajmidan kelib chiqib, ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirishda ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

* Budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

** XMI va XHMT ishtirokidagi loyihalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

*** Ilmiy yordamchi va yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga asosan aniqlanadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

**** Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 07/21/58/1186-son; 16.03.2023-y., 07/23/96/0152-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 26.06.2024-y., 07/24/233/0450-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)