22.12.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3076-1
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i, 22.12.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3076-1
Kuchga kirish sanasi
22.12.2021
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2021-yil 22-oktabrdagi 655-son “Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Buyruqning muqaddimasidagi “O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
a) muqaddimaning ikkinchi xatboshisidagi “harbiy oliy” degan so‘zlar “oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova 17-pozitsiyasining “Ish turlarining bajarilganligini aniqlash” ustunidagi “ilmiy-texnik” degan so‘zlar “ilmiy” degan so‘z bilan almashtirilsin.