21.12.2021 yildagi 767-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan keltiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga jo‘natiladigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
12. Har bir xalqaro kuryerlik jo‘natmalari bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlari tomonidan bojxona organlariga bojxona deklaratsiyasi (bevosita xalqaro kuryerlik jo‘natmasiga yopishtirilgan bo‘lishi lozim), mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklda manifest hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan dastlabki elektron shakldagi axborot (keyingi o‘rinlarida — dastlabki axborot) taqdim etiladi.
20. Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan joylarda jo‘natmalarning bojxona nazoratini amalga oshirishda tovarlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan bo‘lsa, bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi va keyingi manzilga yo‘naltirish hamda qabul qiluvchiga topshirish uchun pochta aloqasi operatori yoki provayderi xodimlariga topshiriladi.
26. Jo‘natmalarning bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblangan bojxona to‘lovlari ushbu Nizom 23 — 25-bandlarida belgilangan tartibda bunday jo‘natmalarni qabul qilib oluvchilar tomonidan to‘langandan keyin amalga oshiriladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan tovarlarni o‘z ichiga olgan jo‘natmalar qonunchilikda belgilangan tartibda jo‘natiladi.