16.12.2021 yildagi PQ-54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomorqa xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish orqali aholi daromadini oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini yaratish, shuningdek, har bir tumanda tomorqa yer egalari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomorqada mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi qarz mablag‘lari quyidagi bosqichlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) milliy valyutada 4 yillik imtiyozli davr bilan 11 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada yo‘naltirilsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqichda — 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 2022-yil 1-yanvarga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqichda — 17,2 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 1-bosqich mablag‘laridan foydalanish samaradorligi natijalariga ko‘ra 2022-yil 1-iyunga qadar.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning 1-bandida belgilangan mablag‘lar tijorat banklariga resurs sifatida yo‘naltirilgan holda, tomorqachilik loyihalarini kreditlash uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida belgilangan shartlar asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tomorqa yer egalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5 — 10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ixcham issiqxonalar, “dala do‘konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik uchun kredit ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchisi) tavsiyasiga ko‘ra “Tomorqa xizmati” MCHJlarga urug‘lik va ko‘chat, motokultivator va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablag‘ uchun 300 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Tomorqa xizmati” MCHJlarga beriladigan kreditlar bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari garov ta’minoti sifatida qabul qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur garovsiz kreditlar qaytmasligi xavfi tashabbuskor hisobidan kredit olishdan oldin sug‘urtalanadi, tashabbuskor tomonidan kredit evaziga olingan asosiy vositalarga tijorat banki tomonidan taqiq qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Tomorqa xizmati” MCHJlarga 300 million so‘mgacha ajratilgan garovsiz kredit uchun Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit) olingan mablag‘larining akseptsiz undirilgan qismini qoplash maqsadida, mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan Jamg‘armaning daromadlari hisobidan zaxira yaratiladi hamda Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit) olingan mablag‘larining akseptsiz undirilgan qismi mazkur zaxira mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-394-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yetakchi tadbirkorlik subyektlariga aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Jamg‘arma tomonidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti og‘ir tomorqa va ijara yer maydonlarini sug‘orish uchun tik quduqlarni burg‘ilash va quvvati 10 kVt soatdan kam bo‘lmagan quyosh panelini o‘rnatish uchun xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 mln so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilda burg‘ilangan vertikal sug‘orish quduqlarini ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha tegishli hujjatlar keyingi yilning ikkinchi choragiga qadar qabul qilinadi hamda ushbu xarajatlar hujjatlar qabul qilingan yil mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-394-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti og‘ir tomorqa va ijara yer maydonlarini sug‘orish uchun tik quduqlarni burg‘ilash va quyosh panelini o‘rnatish xarajatlarini qoplash uchun har yili Davlat budjetidan Jamg‘armaga tegishli mablag‘ yo‘naltiriladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti og‘ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 2026-yil 1-yanvarga qadar har yili Davlat budjetidan Jamg‘armaga mablag‘ yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omborxonalarni jihozlash, sotib olinayotgan quritish, saralash va qadoqlash uskunalari yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan xulosa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 1-yanvarga qadar motokultivatorlar (TIF TN kodi — 8432 29 100 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 94 100) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari belgilansin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlariga hokim yordamchilari bilan birgalikda quyidagi yangi vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomorqa xo‘jaliklari bilan agrosanoat klasterlari, tayyorlov, qayta ishlash va eksportyor korxonalarni jalb etgan holda kooperatsiya aloqalarini tashkil etishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi xonadonlarida, qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5 — 10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi boqishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirgan holda, joylarda “tarqatish va mahsulotlarni yig‘ib olish bo‘yicha mobil xizmatlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xonadonbay” ishlash asosida hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va hudud aholisining tajribasidan kelib chiqqan holda tomorqa xo‘jaliklarini “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir mahallada kooperatsiya asosida parranda, quyonchilik, qo‘y-echkichilik, asalarichilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarni aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda faoliyati klaster usulida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon xo‘jaliklarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini ishga tushirishning prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-394-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining mavjud shtatlari doirasida aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha bittadan agronom shtati tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Agrobank” ATB shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida 2022-yil 1-aprelga qadar jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan, aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini marketpleys usulida sotishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha onlayn maslahatlar ko‘rsatuvchi maxsus platformani ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Agrobank” ATBning platformaga ulanish va xizmatlardan foydalanishni bepul qilib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, har bir tumanda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat (ish haqi saqlangan holda) xonadonlarda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan doimiy loyiha ofisi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B.T. Norqobilov), “Parrandasanoat” uyushmasi (B.I. Isayev), manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda xonadonlarda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda hudud ehtiyojidan kelib chiqib, xonaki parrandalar naslchiligi korxonalarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda joylardagi ehtiyojni o‘rganib va hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlardan xonaki parranda tuxumlarini olib kelish hamda aholiga tarqatish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) hokim yordamchilari bilan birgalikda mazkur qaror doirasida ajratilgan kredit resurslari hisobiga doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlariga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hokim yordamchilariga tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MCHJ va boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda, quyidagi vazifalar yuklansin:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyma-uy yurish orqali tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan yerni tayyorlash, urug‘, ko‘chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni ko‘paytirish holatini, ushbu qaror doirasida tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MCHJ va boshqa tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini, shuningdek, mazkur shaxslar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlariga rioya etilishini davriy monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, aholi tomorqalarini xizmatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yanada ko‘paytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanilishi bo‘yicha ishlarni manzilli tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tomorqa yer egalari va kooperatsiyalarni mahsulot ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga o‘rgatish, kooperatsiya a’zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini o‘tkazish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha qisqa muddatli amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha reja ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tomorqa yerlarida kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik xaritalarni, parranda, quyon, qo‘y va echki, asalari uyalari, intensiv usulda baliq boqish, shuningdek, ixcham issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha texnologik tavsiyalarni ishlab chiqsin va ushbu yo‘nalishlarda internet tarmog‘i orqali onlayn maslahat berib borilishini yo‘lga qo‘ysin. Tijorat banklari kreditni rasmiylashtirish jarayonida qarz oluvchilarning haqiqiy ehtiyojini aniqlash va kreditni qaytarish muddatlarini belgilashda texnologik xarita va tavsiyalarni inobatga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B.T. Norqobilov), “O‘zbekchorvanasl” agentligi (B.T. Atamuratov), “Parrandasanoat” uyushmasi (B.I. Isayev) bilan birgalikda bir oy muddatda har bir tumanda veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish va ozuqa-yem tarqatish, aholini o‘qitish markazlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov), Hisob palatasi (B.T. Turabov) mazkur qaror doirasida ajratilayotgan mablag‘larning ochiqlik va oshkoralik tamoyili asosida maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda “O‘zbekiston 24” va “Mahalla” telekanallarida tomorqa xo‘jaliklarida ochiq va yopiq usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasida aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan teleko‘rsatuvlar namoyish etilishini tizimli tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har bir hududda ochiq va yopiq usulda sabzavot mahsulotlari yetishtirish hamda ularning eksportini rivojlantirish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalar sonini ko‘paytirish uchun mahallalarda taqdimotlar va seminarlar o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori X.M. Karimov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Sh.M. G‘aniyev va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 16-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-54-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda faoliyati klaster usulida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomlanishi

Tumani

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

“Beruniy agrobusines tomorqa xizmati” MCHJ

Beruniy

2.

“El agro tomorqa klaster” MCHJ

Ellikqal’a

Andijon viloyati

3.

“Oltinko‘l tomorqa xizmatlari” MCHJ

Oltinko‘l

4.

“Obod Diyor tomorqa xizmati” MCHJ

Asaka

Buxoro viloyati

5.

“Tomorqa xizmati klaster agrokapital” MCHJ

Buxoro

6.

“G‘ijduvon agro tomorqa xizmat klasteri” MCHJ

G‘ijduvon

Jizzax viloyati

7.

“Do‘stlik tomorqa xizmat ko‘rsatish” MCHJ

Do‘stlik

8.

“Bo‘ston agrosnap tomorqa xizmati” MCHJ

Sharof Rashidov

Qashqadaryo viloyati

9.

“Dilziyo tomorqa xizmati” MCHJ

Qarshi

10.

“Azamat Sattarov Garden Services” MCHJ

Shahrisabz

11.

“Chiroqchi sifatli tomorqa xizmati ko‘rsatish” MCHJ

Chiroqchi

Navoiy viloyati

12.

“Lochin baraka tomorqa xizmati” MCHJ

Karmana

13.

“Yangirabod tomorqa xizmati klasteri” MCHJ

Xatirchi

14.

“Shavkat bobo tomorqa xizmati klasteri 2021” MCHJ

Konimex

15.

“Qiziltepa tomorqa xizmati klasteri” MCHJ

Qiziltepa

Namangan viloyati

16.

“Kosonsoy klaster tomorqa xizmati” MCHJ

Kosonsoy

17.

“Norin tomorqa xizmat” MCHJ

Norin

Samarqand viloyati

18.

“Qayroqli tezkor tomorqa xizmati” MCHJ

Urgut

19.

“Dilbar sifat urug‘ tomorqa xizmat” MCHJ

Bulung‘ur

20.

“Paxtachi agrohamkor tomorqa xizmati” MCHJ

Paxtachi

21.

“Oqoltin bog‘bonlari tomorqa xizmati” MCHJ

Pastdarg‘om

Sirdaryo viloyati

22.

“Sayxun Eldorbek tomorqa xizmati”

Sayxunobod

23.

“Forish sunrise Foods tomorqa xizmati” MCHJ

Sardoba

Surxondaryo viloyati

24.

“Grand Garden tomorqa xizmati” MCHJ

Boysun

25.

“Buyuk kelajak agro tomorqa xizmati” MCHJ

Qumqo‘rg‘on

26.

“Oftobqo‘rg‘on tomorqa xizmati” MCHJ

Jarqo‘rg‘on

27.

“Baqtriya agro tomorqa xizmati” MCHJ

Angor

Toshkent viloyati

28.

“Dry Garden tomorqa xizmati” MCHJ

Ohangaron

29.

“Parkent ziyo nur tomorqa xizmat” MCHJ

Parkent

Farg‘ona viloyati

30.

“Xan gurup tomorqa xizmati” MCHJ

Quvasoy sh.

31.

“Ta’minot tomorqa xizmati” MCHJ

Bag‘dod

32.

“Roshidon tomorqa xizmati” MCHJ

Rishton

33.

“Green valleys star tomorqa xizmatiMCHJ

Furqat

34.

“Nuriddinjon kelajagi tomorqa xizmati” MCHJ

O‘zbekiston

Xorazm viloyati

35.

“Yangibozor tomorqa xizmat” MCHJ

Yangibozor

36.

“Xorazm agro tomorqa xizmati” MCHJ

Urganch

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur klasterlarda ko‘chatchilik issiqxonasi, texnika parki, yuk saqlash omborxonasi, sovitkichli omborxona, urug‘, ko‘chat, o‘g‘it, kimyoviy vositalar do‘koni, ixcham issiqxonalar qurish sexi, mevani quritish va qayta ishlash sexi, inkubator, sun’iy qochirish punkti, sutni qabul qilish punkti, yem ishlab chiqarish sexi, saralash va qadoqlash sexi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mazkur ro‘yxatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon xo‘jaliklarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini ishga tushirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Tumanlar soni

Mahallalar soni

Jami quduqlar soni

Shundan:

kichik quduqlar soni

katta quduqlar soni

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

15

89

337

331

6

2.

Andijon viloyati

10

37

54

17

37

3.

Buxoro viloyati

7

107

145

42

103

4.

Jizzax viloyati

9

64

207

134

73

5.

Qashqadaryo viloyati

7

104

333

268

65

6.

Navoiy viloyati

7

112

407

224

183

7.

Namangan viloyati

9

68

90

20

70

8.

Samarqand viloyati

12

72

128

11

117

9.

Surxondaryo viloyati

11

87

133

88

45

10.

Sirdaryo viloyati

4

18

29

29

11.

Toshkent viloyati

7

16

51

30

21

12.

Farg‘ona viloyati

17

125

149

59

90

13.

Xorazm viloyati

7

49

100

100

Respublika bo‘yicha:

122

948

2 163

1 224

939

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mazkur prognoz ko‘rsatkichlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-394-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3824-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlar yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi, bankda hisob raqamlariga, shaxsiy g‘azna hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori egallab turgan lavozimiga ko‘ra tuman kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi, lavozimga hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi mazmundagi yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fermer xo‘jaligining yil yakuniga ko‘ra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olishi uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va keyingi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashga a’zolik badallari hisoblanishi va to‘lanishini tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agronomlar tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar berish, sifatli urug‘ va ko‘chatlar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishida amaliy yordam berish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Markazlarning joylashuvi ular tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan fermer xo‘jaliklarining sonidan va fermer xo‘jaliklari uchun qulayligidan kelib chiqqan holda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tavsiyasiga ko‘ra tuman hokimliklari tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, markazlarning moddiy-texnika bazasi to‘laqonli tashkil etilishi uchun tuman hokimlari shaxsan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor



Buxgalter*

Soliq va statistika hisobotlari bo‘yicha maslahatchi

Agronom

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 20 — 25 ta fermer xo‘jaligiga bitta buxgalter biriktiriladi, bunda agronom shtati fermer xo‘jaliklariga biriktiriladigan buxgalterni qisqartirish hisobidan tashkil etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 2-ilova quyidagi mazmundagi 4-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4.

Agronom

9

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha agronom — oliy ma’lumotli agronom yoki agronom mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan yoki maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan hamda markazlarning shtat jadvalida turadigan jismoniy shaxs”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Markazlar tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan muassasa shaklida tashkil etiladi. Markaz direktori egallab turgan lavozimiga ko‘ra tuman kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi, lavozimiga hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“daromadlar va xarajatlarni tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va kelgusi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zolik badallari hisoblanishi va to‘lanishini tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agronom tomonidan aholiga o‘z xonadonlaridagi tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha, shuningdek fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar berish, sifatli urug‘ va ko‘chatlar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishida amaliy yordam berish”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)