15.12.2021 yildagi 753-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va taʼlim klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika kimyo sanoatida ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion hamkorlikni ilgʻor xorijiy tajriba asosida samarali tashkil etish, kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hamda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga toʻgʻridan toʻgʻri tatbiq qilish orqali sohaning eksport salohiyatini oshirish, shu bilan birga ,kimyo sanoatini yuqori malakali kadrlar, jumladan, ilmiy kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga asosan “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va taʼlim klasterini (keyingi oʻrinlarda — ilmiy klaster) tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqilib, ilmiy klasterni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) shakllantirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy klaster “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) va Vengriyaning Debretsen universitetining Toshkent shahridagi filiallari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Oʻzbekiston — Koreya kimyo texnologiyalari innovatsiya markazi” ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti ishtirokida tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy klaster faoliyatini tashkil etish va boshqarish uning ishtirokchilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar ilmiy klaster faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini respublika kimyo sanoati korxonalariga tatbiq etish, ushbu tarmoqni texnologik transformatsiyalash va rivojlantirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash hisobiga kimyo sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish hamda yangi turdagi import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan raqobatbardosh kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy tajribalar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo sohasida ilmiy yoʻnalishlar va tegishli ixtisosliklar boʻyicha ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash hamda iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli fan-texnika va innovatsion dasturlarni amalga oshirish orqali kimyo fani va texnologiyalarini muvofiqlashtirishda faol ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash maqsadida tegishli ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari hamda tarmoq korxonalari bilan aloqalarni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda ilmiy kadrlarning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, ilmiy klaster faoliyatiga chet ellik olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan, xorijdagi sohaga oid vatandoshlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy klaster ilmiy va oʻquv faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahar hokimligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ulugʻbek shaharchasi, Xuroson koʻchasi, 1-uy manzilidagi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga qarashli boʻsh turgan 60 gektar yer uchastkasi keyinchalik ilmiy klaster obyektlarini joylashtirish uchun “Oʻzkimyosanoat” AJga doimiy foydalanish huquqi asosida bepul ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Kimyo sanoati uchun innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish va taʼlim klasteri direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etish toʻgʻrisida “Oʻzkimyosanoat” AJning taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Direksiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy klaster obyektlarini qurish boʻyicha buyurtmachi vazifasini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy klaster obyektlari qurilishi yakunlangandan soʻng ularni balansda saqlovchi sifatida boshqarish, saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash, ijaraga berish va sotish boʻyicha belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oʻzkimyosanoat” AJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Direksiya bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini (akademik oʻquv binolar, laboratoriya inshootlari, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun turar joylar, zarur materiallar, asbob-uskunalar va inventarlar) barpo etish boʻyicha loyihaviy yechimlar va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy klaster obyektlarini joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkasida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari asosida ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini barpo etish va foydalanishga topshirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasi negizida ushbu qarorning 1-bandi uchinchi xatboshisida sanab oʻtilgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ijara huquqi asosida bepul joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ilmiy klaster binolarining birinchi va ikkinchi qavatlarida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy-oʻquv binolarida — kimyo, gaz-kimyo va boshqa sanoat korxonalarining vakolatxonalari, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, startaplar, kovorking markazlari, bosmaxona va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yotoqxona, boshqa yordamchi binolar va ularning atrofida — ilmiy klaster ishchi-xodimlari va talabalar uchun zarur maishiy, madaniy, sport, oziq-ovqat taʼminoti (alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish hamda talabalarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan koʻngilochar maskanlar faoliyatini tashkil etish bundan mustasno) kabi xizmatlarni koʻrsatadigan obyektlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzkimyosanoat” AJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Direksiya bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil yakuniga qadar ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari roʻyxatini, shuningdek, 2022-yil 25-dekabrga qadar taʼlim yoʻnalishlari va oʻquv dasturlarini kimyo sanoatini uzoq muddatli rivojlantirishning ilgʻor xalqaro tendensiyalari bilan uzviy bogʻliqlikda ishlab chiqib, ishchi guruhga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-noyabrga qadar injiniring kompaniyasini jalb qilgan holda ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini, ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzkimyosanoat” AJ Direksiya bilan birgalikda ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini, ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini barpo etish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyiha tashkilotini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda tanlangan texnik yechimlar va loyiha hujjatlarining ishlab chiqilishini koʻrib chiqish, obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat qilish boʻyicha arxitektura va qurilish sohasidagi ilgʻor tajribaga ega injiniring kompaniyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil yakuniga qadar qurilish-montaj va ishga tushirish ishlarini bajarish boʻyicha pudratchi tashkilotlarni belgilangan qonunchilikka muvofiq tanlov asosida jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilmiy klaster obyektlarini qurishni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Debretsen universitetining Toshkent shahridagi filiali obyekti boʻyicha — xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan ssuda va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali obyekti boʻyicha — “Oʻzkimyosanoat” AJ, uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar mablagʻlari, Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston — Koreya kimyo-texnologiya innovatsiya markazi ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti obyektlari boʻyicha — xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari, “Oʻzkimyosanoat” AJ, uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar mablagʻlari va Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda “Oʻzkimyosanoat” AJga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ssuda toʻliq ajratilgandan soʻng olti oy muddatda Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tegishli Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 41 va 41-A uylar, Shayxontohur tumani, Samarqand darboza koʻchasi, 60-uy, Navoiy koʻchasi, 32 va 36-uylar, Sergeli tumani, Sergeli-2 mavzesi, 64-A uy manzilda joylashgan bino va inshootlarning (keyingi oʻrinlarda — bino va inshootlar) baholash tashkilotini jalb qilgan holda qiymati aniqlanishini hamda mazkur bino va inshootlar Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent kimyo-texnologiya institutini ilmiy klaster doirasida qurilgan yangi obyektlarga koʻchirish ishlari yakunlangandan soʻng ularning Toshkent shahridagi bino va inshootlari belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolar orqali sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarni baholash va elektron onlayn-auksion savdolar orqali sotishni tashkil etish Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bino va inshootlarni elektron onlayn-auksion savdolar orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar, sotish xarajatlarini chegirgan holda, ilmiy klaster obyektlarini qurish uchun “Oʻzkimyosanoat” AJga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan ssudani yoki jalb qilinadigan kreditlarni qoplashga maqsadli yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur mablagʻlar yetmagan qismi boʻyicha ilmiy klaster binolarining tijorat maydonlarini sotish va ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan ssudani yoki jalb qilinadigan kreditlarni qoplash uchun qoʻshimcha manba hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar ilmiy klaster doirasida qurilgan yangi obyektlarga koʻchirish ishlari yakunlangandan soʻng “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali joylashgan Toshkent shahar, Mirzo-Ulugʻbek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uy manzilidagi bino va inshootlar negizida kimyo sanoati uchun ixtisoslashtirilgan zamonaviy oʻrta maxsus taʼlim muassasasini tashkil etish boʻyicha taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzkimyosanoat” AJ Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Direksiya bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini barpo etish ishlarini boshlash uchun mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan moliyalashtirish manbalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdorlari va moliyalashtirish mexanizmlarini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toshkent viloyati hokimligi “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda Oʻzbekiston — Koreya kimyo-texnologiya innovatsiya markazi ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti obyektlarini ilmiy klaster hududida qurish ishlari boshlangandan soʻng “Oʻzkimyosanoat” AJning murojaati asosida Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti-Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-yanvardagi 39-son qaroriga muvofiq “Oʻzkimyosanoat” AJ va Koreya Respublikasining Eksimbanki oʻrtasida “Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJga Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Choshtepa qishlogʻi manzili boʻyicha ajratilgan 25,36 ga yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentiga, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamaxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
753-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/753/1168-son)