1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kundagi globallashuv sharoitida jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda milliy xavfsizlikka boʻlgan harbiy tahdidlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilaridan yuqori jangovar shaylikni, mustahkam iroda va jismoniy mukammallikni talab qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini munosib himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining jismoniy tayyorgarligi yuqori darajada boʻlishiga bevosita bogʻliqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yuqori kasbiy va jismoniy malakaga ega harbiy xizmatchilarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish, qoʻshinlarning yuksak jangovar shayligini saqlash maqsadida:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning jismonan baquvvatligi va chidamliligini aniqlash, ekstremal sharoitlarda ularning turli jismoniy yuklamalarga ruhiy bardoshliligini intensiv sinovlardan oʻtkazish hamda intensiv sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan harbiy xizmatchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini intensiv sinovlardan oʻtkazish va ularni “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishonining koʻrinishi va tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi har yili bir marta amaldagi reja va dasturlarga muvofiq intensiv sinovlarni oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv sinovlar har yili 15-sentabrdan 30-sentabrga qadar har bir vazirlik va idoraning intensiv sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida ichki idoraviy hujjatlariga muvofiq alohida-alohida oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan harbiy xizmatchilar “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni bilan taqdirlanadi hamda maxsus moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan harbiy unvon va lavozim maoshining bir baravari miqdoridagi bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan mukofotlanadi;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarga berilgan “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni ularning butun xizmat faoliyati davomida saqlanadi;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv sinovlarni oʻtkazish va ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan harbiy xizmatchilarni mukofotlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyaga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga intensiv sinovlarni oʻtkazish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 10-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-40-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-40-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini intensiv sinovlardan oʻtkazish va ularni “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining (keyingi oʻrinlarda — masʼul vazirlik va idoralar) kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarini (keyingi oʻrinlarda — harbiy xizmatchilar) intensiv sinovlardan oʻtkazish va ularni “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv sinov — harbiy xizmatchilarning jismonan baquvvatligini, chidamliligini, ekstremal sharoitlarda turli jismoniy yuklamalarga ruhiy bardoshliligini sinash boʻyicha mashqlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moslashuvchanlik koʻnikmasi — inson organizmi va tashqi muhit oʻrtasidagi muvozanatni saqlash uchun doimo sarflanadigan funksional zaxiralar boʻlib, bunda oziqlanuvchi tizim organizm funksiyasini tartibga soladi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
piyoda yurish (marsh-yugurish) — tezkor piyoda yurish, qoʻshinlar yoki alohida boʻlinmalarning yurish va yugurish bilan uyushgan holdagi harakatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy barqarorlik — ekstremal sharoitlarda vazifalarni bajarishda asab faoliyatining optimal parametrlarini saqlab turish qobiliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuch mashqlari — tanani qisqa muddatli maksimal yuklamalarga, uzoq muddatli oʻrtacha intensiv yuklamalarga hamda muskullarni chidamlilik va yuqori hajmdagi yuklamalarga moslashtirish mashqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona toʻsiqli yoʻlak — tezkorlik, kuch, chidamlilik va chaqqonlik hamda juftlikda ishlashni mashq qilish uchun sunʼiy ravishda jihozlangan toʻsiqlar majmuasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qismlar — masʼul vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari, harbiy okruglari (birlashmalari, boshqarmalari), qoʻshilmalari, harbiy qismlari, harbiy taʼlim muassasalari va boshqa harbiy boʻlinmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi — amaliy ahamiyatga ega boʻlgan har xil sport turlaridan olingan mashqlardan foydalangan holda, jangovar vazifalarni bajarish uchun harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini talab darajasida saqlashga qaratilgan tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekstremal sharoit — shiddatli, toʻsatdan, uzoq muddatli hamda hayot uchun tahdid soluvchi holatlar yoki harbiy xizmatchi oʻz xizmat faoliyatini amalga oshiradigan noodatiy muhit.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar intensiv sinovlarni oʻtkazishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmat nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilarda Vatanga va oʻz kasbiga sadoqat hissini hamda ular oʻrtasida oʻzaro sogʻlom raqobat muhitini mustahkamlashga qaratilgan harbiy anʼanalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qismlarning doimiy yuqori jangovar shayligini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarda oʻz kuchiga boʻlgan ishonch hissini tarbiyalash, ularda qatʼiy iroda va ruhiy barqarorlik kabi sifatlarni rivojlantirish, ekstremal sharoitlarda toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qismlar jangovar tayyorgarligi va shaxsiy tarkibning mustaqil jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, masʼul vazirlik va idoralarning harbiy jamoalari oʻrtasida jipslikni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul vazirlik va idoralarning harbiy qismlari oʻrtasida yuksak axloqiy-jangovar va sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-kasbiy faoliyat davomida shaxsiy tarkibga noqulay omillar taʼsir qilganda, ular organizmining chidamliligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqulay iqlim va hudud sharoitlarida harbiy xizmatchilar organizmida moslashuvchanlik koʻnikmalarini hosil qilish hamda ularning turli sharoitlarda jangovar harakatlarni olib borish imkoniyatlarini kengaytirish.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar intensiv sinovlarni oʻtkazishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligi va ruhiy bardoshliligi, shuningdek, harbiy-kasbiy mahoratga taʼsir koʻrsatuvchi jismoniy sifatlarini yanada rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchida katta yuklama va zoʻriqishlarga chidamlilik qobiliyatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekstremal sharoitlarda harbiy xizmatchining shaxsiy sifatlarini, xususan, uning ruhiy bardoshlilik, sobitqadamlik, matonat va chidamliligini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamon talablariga mos ravishda kutilmagan sharoitlarda bir harakatdan boshqasiga tezkor oʻtish va mushaklar zoʻriqishlarini qayta taqsimlashni nazarda tutuvchi harakatlanish tajribasini oshirish.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Intensiv sinovlarni oʻtkazish va “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni bilan taqdirlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Intensiv sinovlarni oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Intensiv sinovlarda qatnashish istagini bildirgan harbiy xizmatchilar har yili 15-avgustga qadar bevosita komandirlariga (boshliqlariga) bildirgi bilan murojaat qiladi. Bildirgi bilan murojaat qilgan harbiy xizmatchilar intensiv sinovlarda qatnashishga nomzod hisoblanadi. 15-avgustdan keyin berilgan bildirgilar qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarning bildirgilari 25-avgustga qadar harbiy qismlarning shtablari tomonidan tashkil etiladigan va oʻtkaziladigan harbiy qismlarning umumiy yigʻilishida, ularning oxirgi bir yillik xizmat faoliyatini muhokama qilgan holda koʻrib chiqiladi. Umumiy yigʻilish muhokamasida nomzodlarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy intizomi, kasbiy, maʼnaviy-axloqiy sifatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
funksional vazifalarini oʻz vaqtida va sidqidildan bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komandirlik va jangovar tayyorgarlik fanlarini oʻzlashtirish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikani soz va shay holatda saqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat faoliyati davomida erishgan boshqa ijobiy koʻrsatkichlari (harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda jonbozlik koʻrsatib kelayotganligi, ommaviy tadbirlardagi faol ishtiroki, respublika va xalqaro musobaqalarda erishgan koʻrsatkichlari va boshqa shu kabilar) koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy yigʻilish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va nomzodlarning roʻyxati 1-sentabrga qadar harbiy qismlar tomonidan Intensiv sinovlarni oʻtkazish komissiyasiga tavsiya etiladi. Bunda har yili bitta harbiy qismdan tavsiya etiladigan harbiy xizmatchilarning umumiy soni 5 kishidan oshmasligi lozim.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Intensiv sinovlar har yili 15-sentabrdan 30-sentabrga qadar har bir vazirlik va idoraning intensiv sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida ichki idoraviy hujjatiga muvofiq alohida-alohida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Intensiv sinovlarni oʻtkazish uchun quyidagi tarkibda Intensiv sinovlarni oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi — vazirlik yoki idora rahbarining qoʻshinlar jangovar tayyorgarligiga bevosita javobgar boʻlgan oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari — vazirliklar yoki idoralar markaziy apparatining bosh boshqarma, boshqarma, boʻlim va xizmatlar ofitserlari (10 nafar).
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Intensiv sinov bosqichlari boshlanishidan oldin nomzodlar qonunchilikda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Tibbiy koʻrikdan oʻtgan nomzodlarga intensiv sinov bosqichlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Intensiv sinovlar harbiy kiyimda Komissiya tomonidan belgilangan ekipirovkada bajariladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Intensiv sinovlar uch bosqichda quyidagi ketma-ketlikda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — kompleks kuch mashqlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — 30 km masofaga piyoda yurish (marsh-yugurish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqich — yagona toʻsiqlar yoʻlagida umumiy nazorat mashqini, oʻqotar qurollardan (avtomat yoki toʻpponcha) amaliy otish mashqini va pichoq uloqtirish mashqini bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nomzodlar intensiv sinovlardan oʻz boʻlinmasi yoki vaqtinchalik tashkil etilgan yigʻma boʻlinma tarkibida oʻtadi. Bunda har bir yigʻma boʻlinma (boʻlinma) tarkibi 20 kishidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Intensiv sinovlardan oʻtishda harbiy xizmatchilarni kuzatish uchun har 5 nafar ishtirokchiga 1 nafardan yoʻriqchi biriktiriladi. Ushbu yoʻriqchilar oʻziga biriktirilgan ishtirokchilarning kompleks mashqlarni toʻliq va toʻgʻri bajarishini nazorat qilib boradi hamda har bir mashq yakuni boʻyicha Komissiyaga maʼlumot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Intensiv sinovlar bir kun davomida soat 9.00 dan 18.00 gacha masʼul vazirlik va idoralarga qarashli poligonlarning birida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Birinchi bosqichdagi kompleks kuch mashqlari quyidagi tartibda bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashqdan oldin Komissiya tomonidan ishtirokchilarga oʻquv vazifasi boʻyicha taktik vaziyat haqida maʼlumot beriladi. Kompleks kuch mashqlari 2 daqiqa davomida 80-marta bajariladi. Bunda “Diqqat!” dastlabki buyrugʻi va “Boshla!” ijro buyrugʻi berilgach, bir daqiqa davomida — yuqoriga qarab yotgan holda qoʻllar bosh orqasida, oyoqlar juft qilib uzatilgan dastlabki holatdan tirsak tizzaga tekkizilgan holda bukish amallari maksimal koʻp marta bajariladi (dastlabki holatga qaytganda kurak yerga tegishi kerak). Bir daqiqa oʻtib “Vaqt!” ijro buyrugʻi berilgach, ikkinchi daqiqa davomida — qoʻllarga tayangan holatga oʻtib, dam olish uchun tanaffus qilmay, tana uzatilgancha qoʻllarga tayanib yotish holatida ularni bukish va toʻgʻrilash amali maksimal koʻp marta bajariladi (qoʻllar koʻkrak qafasi yerga tekkunga qadar bukiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi mashqda vaqt toʻxtatilmasdan 10 — 20 metr uzunlikdagi arkasimon koʻprikdan (narvondan) oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan shartlarga koʻra kompleks kuch mashqlarini bajarmagan ishtirokchilar intensiv sinovlarning keyingi bosqichida ishtirok etmaydi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar kompleks kuch mashqlari yakunlanishi bilanoq 30 km masofaga piyoda yurish (marsh-yugurish) mashqini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu mashq tabiiy notekis boʻlgan hududlarda harbiy kiyim, baland qoʻnjli botinkada, avtomat bilan qurollangan, bel kamaridagi sumkaga (yuksizlantiruvchi nimchaga) ikkita oʻqdon joylangan, 15 kg ogʻirlikdagi yuk qopi, yelkaga gazniqob va ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish vositasi tashlangan holda, umumiy start olgan tarzda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilar startdan soʻng yigʻma boʻlinma (boʻlinma) tarkibida dastlab 10 km masofaga piyoda marsh yurishadi (marsh), keyingi 10 km masofani marsh-yugurish bilan amalga oshirishadi, qolgan 10 km masofani esa piyoda yurish bilan davom ettirishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Piyoda yurish va marsh-yugurishni amalga oshirish vaqtida ishtirokchilar dushman tomonidan toʻsatdan hujum qilinganligini, portlashni imitatsiya qilgan holda, shartli koʻprikdan oʻtish, suvli toʻsiq va zaharlangan hududdan hamda sunʼiy va tabiiy toʻsiqlardan iborat murakkab sharoitli hududlardan oshib oʻtish boʻyicha turli taktik topshiriqlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Marsh-yugurishni amalga oshirish uchun nazorat vaqti Komissiya raisi tomonidan ob-havo va hudud sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda marsh-yugurishni amalga oshirish uchun umumiy vaqt 1 soat 30 daqiqadan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Marsh-yugurish vaqtida ishtirokchilarning ruhiy barqarorligini aniqlash uchun har xil (imitatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan yongʻin, portlash, tutun va boshqa) xarakterdagi ruhiy bosimlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Marsh-yugurishni belgilangan nazorat vaqtida bajarmagan hamda piyoda yurish uchun oʻrnatilgan masofani toʻliq bosib oʻtmagan ishtirokchilar intensiv sinovlarning keyingi bosqichida ishtirok etmaydi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Uchinchi bosqichda ishtirokchilar tomonidan yagona toʻsiqli yoʻlaklardan oshib oʻtish mashqi, oʻqotar quroldan (5,45 mm AK-74 avtomati yoki 9 mm PM toʻpponchasi) amaliy otish mashqi va pichoq uloqtirish mashqi bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona toʻsiqli yoʻlaklardan oshib oʻtish mashqini bajarish uchun umumiy 3 daqiqa vaqt beriladi. Mashqni bajarishda ishtirokchilardan barcha toʻsiqlarni 400 metr masofaga yugurgan holda, xatolarsiz bajarish talab etiladi. Bunda ushbu mashq “4-harbiy kiyim” rusumida, qurolsiz bajariladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mashq quyidagi tartibda bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xandaq ichida tik turgan holatda vazni 600 gramm keladigan oʻquv granatasi 20 metr uzoqlikdagi devorga (devordagi tuynukka) yoki devor oldidagi oʻlchami 1 x 2,6 metr keladigan maydonchaga uloqtiriladi. Bunda oʻquv granatasining belgilangan nishonga bevosita tegishi (tushishi) hisobga olinadi. Birinchi granata nishonga tegmasa, oʻquv granatasini uloqtirish amali nishonga tekkunga qadar davom ettiriladi, biroq oʻquv granatalari soni uch donadan oshmasligi lozim (agar uchala granata ham nishonga yoki belgilangan joyga tegmasa, nazorat mashqi ijrosi uchun belgilangan ballar miqdori bir ballga pasaytiriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xandaqdan sakrab chiqilib, toʻsiqlar yoʻlagi boshlanadigan marraga qadar 100 metr masofaga yugurish amali bajariladi va bayroqcha atrofidan aylanib oʻtiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eni 2,5 metr keladigan olov yonib turgan xandaq ustidan sakrab oʻtiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutunli shashka qoʻllanilgan labirint yoʻlaklari boʻylab yugurib, devordan oshib oʻtiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vertikal tushgan narvondan vayron boʻlgan koʻprikning ikkinchi (egilgan) toʻsini ustiga chiqiladi, toʻsinlar boʻylab, AK-74 qurolidan otilayotgan paxtavon oʻqlar ovozi ostida uzilgan qismlardan sakrab oʻtiladi va soʻnggi toʻsin uchidan tik turgan holatda yerga sakrab tushiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vayron boʻlgan zinapoyaning uchta pogʻonasi bosib oʻtiladi. Bunda zinapoya pogʻonalari orasidagi yerga ikkala oyoq bilan tegib tushish majburiy sanalib, toʻrtinchi pogʻonaning ostidan oʻtiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
devordagi tuynuk orqali oʻtib, xandaq ichiga sakrab tushiladi va yurish yoʻlagi boʻylab yurib oʻtiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quduq ichidan tashqariga chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
devordan sakrab oshib oʻtiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nishab zina boʻylab toʻrtinchi pogʻonagacha yugurib chiqilib, vayron boʻlgan zinapoya pogʻonalari boʻylab pastga yugurib tushiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vayron boʻlgan koʻprik toʻsiniga vertikal tushgan narvondan chiqiladi, toʻsinlar boʻylab, uzilgan qismlardan sakrab, yugurib oʻtiladi va nishab taxta ustidan yugurgancha pastga tushiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eni 2 metrli xandaq ustidan sakrab oʻtiladi, 20 metr masofa yugurib oʻtilgach, bayroqcha atrofidan aylanib, yoʻlak boʻylab ortga 100 metr masofa yugurib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona toʻsiqli yoʻlaklardan oshib oʻtish mashqini belgilangan vaqt ichida yuqoridagi shartlar boʻyicha bajargan ishtirokchilar “mashqni bajardi” deb, bajara olmagan ishtirokchilar esa “mashqni bajarmadi” deb baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yagona toʻsiqli yoʻlaklardan oshib oʻtish mashqi shartlarini bajarmagan ishtirokchilarga oʻqotar quroldan amaliy otish mashqini bajarishga ruxsat berilmaydi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ishtirokchilarga yagona toʻsiqli yoʻlaklardan oshib oʻtish mashqini bajargandan keyin dam olish uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi. Shundan soʻng ishtirokchilar tanloviga koʻra bitta oʻqotar quroldan, yaʼni 5,45 mm AK-74 avtomati yoki 9 mm PM toʻpponchasidan quyidagi amaliy otish mashqini bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5,45 mm AK-74 avtomatdan aniqlikka (kunduzi) otish mashqi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nishon — 2-sonli sport nishoni, harakatsiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nishongacha boʻlgan masofa — 100 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patronlar soni — 13 dona;

sinov otish uchun — 3 dona patron;

nazorat otish uchun — 10 dona patron;

otish uchun ajratilgan vaqt — 3 daqiqa (nazorat otishi uchun);

otish holati — yotgan holda qoʻlda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ballar nazorat otishda urilgan ochkolarning soniga qarab hisoblanadi va kamida 80 ball boʻlishi kerak.

b) 9 mm PM toʻpponchasidan aniqlikka (kunduzi) otish mashqi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nishon — koʻz balandligida, oʻlchamlari 0,75x0,75 m boʻlgan taxtaga oʻrnatilgan aylana chiziqli koʻkrak barobar shakl (4-sonli nishon), harakatsiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nishongacha boʻlgan masofa — 25 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patronlar soni — 13 dona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinov otish uchun — 3 dona patron;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat otish uchun — 10 dona patron;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otish uchun ajratilgan vaqt — 3 daqiqa (nazorat otishi uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otish holati — tik turgan holda bir qoʻlda yoki ikki qoʻlda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ballar nazorat otishda urilgan ochkolarning soniga qarab hisoblanadi va kamida 80 ball boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mashqni bajarish mobaynida ishtirokchi tomonidan qurol va oʻq-dorilar bilan muomala qilishda xavfsizlik talablari qoʻpol ravishda buzilsa, 0 (nol) ball beriladi. Bundan tashqari, “Oʻt ochish toʻxtatilsin!” buyrugʻidan soʻng otish davom ettirilsa yoki nishonda ortiqcha oʻq tekkan joylari mavjud boʻlsa, eng yuqori boʻlgan ochkolar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻqotar quroldan (avtomat yoki toʻpponcha) amaliy otish mashqini bajarib, belgilangan ballarni toʻplay olmagan ishtirokchilar pichoq uloqtirish mashqiga qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishtirokchilar pichoq uloqtirish mashqini maxsus jangovar pichoqlar bilan bajaradi. Pichoq uloqtirish uchun nishon — yogʻochdan yasalgan, 70x70 sm oʻlchamli kvadrat shaklda, harakatsiz. Nishonning umumiy balandligi 2 metr. Nishongacha boʻlgan masofa — 5 — 7 metr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilar pichoqni istalgan holatda va usulda 2 daqiqa davomida 10-marta uloqtiradi. Uloqtirilgan pichoq nishonga sanchilgan holda qolsa, hisobga olinadi. Agar pichoq uloqtirilganda orqa tomoni bilan sanchilsa hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pichoq uloqtirish mashqini bajarish uchun “Diqqat!” dastlabki buyrugʻi va “Boshla!” ijro buyrugʻi beriladi hamda 2 daqiqadan soʻng “Toʻxta!” buyrugʻi beriladi. “Toʻxta!” buyrugʻidan keyin bajarilgan urinishlar hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pichoq uloqtirish mashqining natijalari nishonga sanchilgan pichoqlar soniga qarab aniqlanadi. Uloqtirilgan pichoqlarning kamida 6 tasi nishonga sanchilsa, mashq muvaffaqiyatli bajarilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Intensiv sinovlarning uchta bosqichida belgilangan kompleks mashqlarni bosqichma-bosqich, toʻliq va muvaffaqiyatli bajargan ishtirokchilar intensiv sinovlardan oʻtgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mukofotlash tartibi
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Intensiv sinovlardan oʻtgan harbiy xizmatchilar tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan har yili 1-noyabrga qadar “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni bilan taqdirlanadi hamda maxsus moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan harbiy unvon va lavozim maoshining bir baravari miqdoridagi bir yoʻla toʻlanadigan bir martalik pul mukofoti bilan mukofotlanadi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Harbiy xizmatchilarga berilgan “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni butun xizmat faoliyati davomida saqlanadi. Bunda xizmat burchini qoʻpol ravishda buzgan, xizmat faoliyati davomida harbiy intizom talablariga zid xatti-harakatlar sodir etgan, harbiy xizmatchining or-nomusi va qadr-qimmatini, harbiy boʻlinma yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining nufuzini obroʻsizlantirgan harbiy xizmatchi mazkur farqlovchi nishondan vazirlik va idora rahbari tomonidan mahrum qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Intensiv sinovlar natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar uning natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida apellyatsiya komissiyalariga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya shikoyati bir kun muddat ichida koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Apellyatsiya komissiyalari masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlari tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyalari tarkibiga komissiyalar faoliyatida ishtirok etgan shaxslar kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda shikoyatchining oʻzi ham bevosita ishtirok etishi mumkin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Apellyatsiya komissiyasi ishtirokchilarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha intensiv sinovning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi bosqichida qayta ishtirok etishga ruxsat berish yoxud ruxsat bermaslik toʻgʻrisidagi qarorlardan birini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorning apellyatsiya bergan ishtirokchiga belgilangan muddatda yetkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Intensiv sinovlarni toʻliq qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Intensiv sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini intensiv sinovlardan oʻtkazish va ularni “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini intensiv sinovlardan oʻtkazish va ularni “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar
Intensiv sinovlarda qatnashish toʻgʻrisida bevosita komandirlarga (boshliqlarga) bildirgi bilan murojaat qilish.
Har yili 15-avgustga qadar
2-bosqich
Harbiy qismlarning umumiy yigʻilishi
1. Nomzodlarning oxirgi bir yillik xizmat faoliyatini muhokama qilgan holda koʻrib chiqish.
Har yili 25-avgustga qadar
2. Intensiv sinovlarni oʻtkazish komissiyasiga nomzodlarning roʻyxatini tavsiya etish.
Har yili 1-sentabrga qadar
3-bosqich
Intensiv sinovlarni oʻtkazish komissiyasi
Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtgan harbiy xizmatchilarga intensiv sinovlarda qatnashishga ruxsat berish.
Intensiv sinovlardan oldin
4-bosqich
Intensiv sinovlarni oʻtkazish komissiyasi
Birinchi bosqichda kompleks kuch mashqlarini bajarish.
Har yili 15 — 30-sentabr kunlari masʼul vazirlik va idoralarning tasdiqlangan jadvaliga muvofiq 9.00 dan 18.00 gacha (uzluksiz tarzda)
Ikkinchi bosqichda 30 km masofaga piyoda yurish (marsh-yugurish) mashqlarini bajarish.
Uchinchi bosqichda yagona toʻsiqli yoʻlaklardan oshib oʻtish, oʻqotar qurolidan (avtomat yoki toʻpponchadan) amaliy otish va pichoq uloqtirish mashqlarini bajarish.
5-bosqich
Intensiv sinovlarni oʻtkazish komissiyasi
Intensiv sinovlardan oʻtgan ishtirokchilarni aniqlash.
Har yili 30-sentabrga qadar
6-bosqich
Vazirlik yoki idora rahbari
Intensiv sinovlardan oʻtgan ishtirokchilarni “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni va pul mukofoti bilan taqdirlash.
Har yili 1-noyabrgacha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-40-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Dovyurak jangchi” farqlovchi nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

Kundalik va bayramona kiyimlar uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“DOVYURAK JANGCNI” farqlovchi nishoni balandligi 45 millimetr va eni 56 millimetr oʻlchamdagi murakkab shaklda boʻlib, tillarang va kumush rang bilan qoplangan “SAM 1-4” qotishmasidan quyish usulida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farqlovchi nishon kompozitsiya jihatidan tarkibiy qismlar birikishidan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻgʻri uchburchak — tilla rangda boʻlib, toʻq-qizil rangli emal bilan qoplangan. Uchburchak — yigitlik, kuch va mardlik ramzi. Qizil rang — bu har bir tirik mavjudotning tomirida urib turgan hayotiy kuch boʻlib, hayot ramzidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qilichlar — tilla rang tusda boʻlib, qilich uchlaridan tarkib topgan. Qilichlar nurlar ostida turlanadi va kuch ramzini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori qismning markazida rassomlar tomonidan haykal va rasmlarda tasvirlangan Amir Temur bosh kiyimi shaklidagi kumush rangli dubulgʻa aks ettirilgan. Bosh kiyim Buyuk sarkardaga ishora va donishmandlik ramzi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishon markazidagi kumush rangdagi qalqon himoyachi sifatida barcha jangchilarning asosiy burchi — oʻz uyi va Vatanini himoya qilish maʼnosini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qalqon markazida jasurlik ramzi boʻlgan sherning boshi tilla rangda tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sherning bosh tasviri pastki qismida chetlari kumush rangda hoshiyalangan eni 4,5 millimetrli toʻq-qizil emal fonidagi tasma tasvirlangan boʻlib, unda kumush rangdagi harflar bilan “DOVYURAK JANGCNI” soʻzlari bitilgan. Harflar balandligi 2 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishonning pastki qismida jasurlik ramzi sifatida tilla rangda eman daraxtining shoxlari tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuchlilik, donishmandlik, jasurlik, dovyuraklik, himoya qilish — bu “Dovyurak jangchi”ning ajralmas qismi ekanligini xulosa qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farqlovchi nishonning ort qismida kiyimga taqish uchun gaykali murvat moslamasi bor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishon koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kiyimlarga tikiladigan “DOVYURAK JANGCNI” farqlovchi nishonining balandligi 2 sm va uzunligi 10 sm oʻlchamda yarimoysimon qilib bukilgan toʻrtburchak shaklda boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishonning asosi kundalik va bayramona kiyimlarga toʻq qizil, dala kiyimi uchun ushbu kiyim rangida, nishon atrofi hoshiyalangan boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farqlovchi nishonda lotin alifbosidagi toʻgʻri bosma harflarda “DOVYURAK JANGCNI” soʻzlari nishon shakliga mos ravishda yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kundalik va bayramona kiyimlarga tikiladigan nishonning hoshiyasi va yozuvi sariq rangli, dala kiyimiga tikiladigan nishonda — qora rangli iplar bilan tikilgan holda tasvirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishon harbiy xizmatchilarning kiyimlarining chap yengining yuqori chegarasidan 2 sm pastga tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dala kiyimi uchun belgilangan nishon asosining matosi va rangi tegishli vazirlik yoki idoraning harbiy xizmatchilari uchun belgilangan kiyim matosi va rangiga moslashtiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2021-y., 07/21/40/1156-son)