1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 16-noyabrdagi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosini yetishtirish yoki fermer xoʻjaliklari va boshqa paxta xom ashyosi yetishtiruvchi boshqa xoʻjalik subyektlaridan mahsulot sotib olish maqsadida tashkil etiladigan paxta-toʻqimachilik klasterlari shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markaziga talabgor tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish boʻyicha ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami hamda ularni koʻrib chiqish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimliklari bilan talabgor oʻrtasida paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻrt tomonlama bitim (keyingi oʻrinlarda — bitim) tuzish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha paxta-toʻqimachilik klasteri va uning ishtirokchilari uchun belgilangan huquq va majburiyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteri bilan mahsulot yetkazib beruvchilarning oʻzaro munosabatlarini bozor tamoyillariga asosan tashkil etish maqsadida fyuchers shartnomasi asosida paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar uchun belgilangan huquq va majburiyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish va samarali tashkil etishda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish va uning yer uchastkalaridan foydalanish va ijara huquqlari, shuningdek, tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida tuzilgan shartnomalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kafolatlanishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23, 24-moddalari. Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasterining bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarga rioya etishi va uning faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha monitoring yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan bitimda nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi toʻrt tomonlama bitimni bekor qilish (toʻliq yoki muayyan hududga nisbatan) tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur nizomga muvofiq tuziladigan paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻrt tomonlama bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteri bilan fermer xoʻjaliklarining paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish boʻyicha tuziladigan fyuchers shartnomasi namunalarini ishlab chiqib, oʻzlarining veb-saytlarida joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyundagi 397-son qarori 4 va 5-bandlari hamda qarorga 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 4-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
733-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrotexnologik xarita — paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan har yili oktabr oyiga qadar tasdiqlanadigan hamda mavsum davomida barcha qilinadigan ishlar va taxminiy xarajatlarni (oylar kesimida) aks ettiruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashuv boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish — paxta-toʻqimachilik klasterining biznes reja va agrotexnologik xaritasida koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va yetishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteri — bir yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirish va (yoki) shartnoma asosida sotib olishdan uni, shu jumladan boshqa xoʻjalik subyektlari bilan hamkorlik asosida chuqur qayta ishlash jarayonlarini oʻz ichiga olgan ishlab chiqarish majmuasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish uchun ariza bergan bir yoki bir nechta yuridik shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Paxta-toʻqimachilik klasteri quyidagi shaklda tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta xom ashyosini yetishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olmasdan paxta xom ashyosini shartnoma asosida fermer xoʻjaliklari va boshqa paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xoʻjalik subyektlaridan (keyingi oʻrinlarda — paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar) sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta xom ashyosini yetishtirish hamda paxta xom ashyosi yetishtiruvchilardan shartnoma asosida paxta xom ashyosini sotib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Paxta-toʻqimachilik klasteri bilan paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning oʻzaro munosabatlari taraflarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuziladigan shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Paxta-toʻqimachilik klasteri Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlari asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Paxta-toʻqimachilik klasteri Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida paxta xom ashyosini yetishtirish uchun moʻljallangan yer uchastkalari negizida mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shakllarda tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda Uyushma) hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari oʻzaro kelishgan holda yangi paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etiladigan hududlar, ularning maydonlari va hosildorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili 20-avgustga qadar oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, paxta-toʻqimachilik klasterlari mazkur Nizomning 3-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaklda tashkil etilayotgan boʻlsa tanlov maʼlumotlarida yer uchastkasining oʻlchami, konturi, ball bonniteti va normativ qiymati haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish uchun talabgor ixtiyoriy ravishda har yili 10-sentabrga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabgor arizada paxta-toʻqimachilik klasterining shakli, paxta xom ashyosiga boʻlgan talabining hajmi va yer uchastkasining maydonini (yer uchastkasini ijaraga olish istagi boʻlgan taqdirda) aniq koʻrsatib quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sohaga oid ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati doirasida zarur boʻladigan aktivlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) talabgor tomonidan tasdiqlangan, shu jumladan quyidagilardan iborat biznes-reja:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi yetishtirishdan boshlab uni tayyor mahsulot sifatida sotishgacha boʻlgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz zanjirini, shu jumladan hamkorlik asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanizatsiya darajasini va ekinlar hosildorligini oshirish, resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan zamonaviy sugʻorish usullaridan foydalanish, yerlarning unumdorligini va melioratsiya holatini yaxshilash (qishloq xoʻjaligi yer uchastkasi ijaraga oluvchi talabgor uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalari, shu jumladan ularning quvvatlari, moliyalashtirish manbalari, yaratiladigan ish oʻrinlari hamda eksport prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tanlovga qoʻyilgan yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravaridan ortiq miqdordagi pul mablagʻlari depozitga qoʻyilganligi haqidagi bank maʼlumotnomasi (qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga oluvchi talabgorlar uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat xizmatlari markazi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn vaqt rejimida talabgor tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish boʻyicha taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Vazirlikka yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlik Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish boʻyicha yuborilgan arizani va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini ikki ish kunida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda Vazirlik tomonidan talabgorga kamchiliklarni bartaraf etish uchun besh ish kuni beriladi. Bunda, ushbu muddat oʻtgandan keyin talabgor tomonidan yetishmaydigan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, Vazirlik arizani qaytarishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlik besh ish kunida Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda talabgor tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq va kamchiliklarsiz taqdim qilingan arizani hamda unga ilova qilingan hujjatlarni Respublika komissiyasiga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Respublika komissiyasi kotibi paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqish uchun yigʻilish vaqti haqida Respublika komissiyasi aʼzolariga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Respublika komissiyasi xulosasi qaror shaklida komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Bunda, Respublika komissiyasining har bir aʼzosi bir ovozga ega va ularning ovoz berish jarayonida betaraf qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Respublika komissiyasi kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, aniq asoslarni koʻrsatgan holda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning arizalarini rad etish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi taklif foydasiga ijobiy va qolgan takliflar yuzasidan salbiy qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Respublika komissiyasi talabgorlarning arizalarini har yili 1-oktabrga qadar koʻrib chiqib, eng maqbul taklif foydasiga qaror qabul qiladi. Bunda talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi davlat organlari va idoralarining elektron maʼlumotlar bazalari orqali tekshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Respublika komissiyasi tomonidan talabgorlarning arizasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Vazirlik ikki ish kunida paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etiladigan hududlar, ularning maydonlari va hosildorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytida qayta eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, arizalari rad etilgan talabgorlar Respublika komissiyasi qaroridagi kamchiliklarni tuzatgan holda paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish boʻyicha bir oy muddatda ariza berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tanlov yuzasidan kelib tushgan arizalar mazkur Nizomning 12 — 17-bandlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlik bir oy muddatda Respublika komissiyasi yigʻilishining ijobiy qaroriga muvofiq paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati qabul qilingandan soʻng:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch ish kunida Vazirlik talabgorlarni, ularning arizalari qanoatlantirilganligi toʻgʻrisida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali belgilangan tartibda xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
besh ish kunida Vazirlik, Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan talabgor oʻrtasida paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida oʻttiz yil (talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi boʻlgan taqdirda yigirma besh yilgacha boʻlgan) muddatga toʻrt tomonlama bitim (keyingi oʻrinlarda — bitim) tuziladi. Bunda faoliyat yuritayotgan paxta-toʻqimachilik klasteri bitimning amal qilish muddati tugaganidan keyin bitimni yangilashda ushbu paxta-toʻqimachilik klasteri boshqa teng sharoitlarda ustunlik huquqiga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch ish kunida paxta-toʻqimachilik klasteri tegishli tuman (shahar) hokimi bilan yer ijarasi shartnomasi tuzadi (paxta-toʻqimachilik klasteri yer uchastkasini ijara olgan holda tashkil etilgan taqdirda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan, istisno tariqasida, faqat quyidagi hollarda yer uchastkalari toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablagʻi depozitga qoʻyilganda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga koʻra ortib boradi) boʻlgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun — loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablagʻ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq toʻlagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bitimda quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning predmeti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan paxta-toʻqimachilik klasteri shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimda belgilangan majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasterining yillar kesimida investitsiyalar kiritish va ish oʻrinlarini yaratish hamda ularni amalga oshirish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda har yili paxta-toʻqimachilik klasterining faoliyatini tahlil qilish, bitim, shu jumladan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi, samaradorlik va moliyaviy auditni amalga oshirish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni bekor qilish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolarni hal qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiyatlarni buzish holatlarini aniq belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim tuzilgan sana va joy, taraflarning rekvizitlari, pochta manzillari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning kelishuviga koʻra bitimda boshqa qoʻshimcha shartlar ham aks ettirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taraflarning kelishuviga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Taraflardan birining bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qolgan taraflar tomonidan rad etilgan taqdirda, ushbu masala yuzasidan sudga murojaat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish tartibi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Paxta-toʻqimachilik klasterining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Paxta-toʻqimachilik klasteri quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini yuritishda ishlab chiqaradigan mahsulotlarini, tijorat banklaridan oladigan kreditlarni, oʻzining tasarrufidagi koʻchmas mulk obyektlarini, texnika vositalari va ishlab chiqarish texnologiyalari asbob va uskunalarini sugʻurtalashda mustaqil ravishda xohlagan sugʻurta tashkiloti xizmatlaridan foydalanib amalga oshirish;

gʻoʻza navlari urugʻlik chigitlarini mustaqil ravishda ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslarini oʻz vaqtida yetkazib berishni mutasaddi tashkilotlardan talab qilish;

paxta xom ashyosini oʻzining yoki ijaraga olingan paxta tozalash zavodida yoxud tegirmon usulida dastlabki qayta ishlashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtirilgan paxta xom ashyosidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni erkin tasarruf etish (paxta tolasini eksport qilish bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan paxta tolasining oʻz ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojidan ortiq qismini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotish;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosidan olinadigan chigit va boshqa mahsulotlarni mustaqil ravishda qayta ishlash yoki ularni, shu jumladan qayta ishlangan mahsulotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotish.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son “Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasteri qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasteri quyidagi qoʻshimcha huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza navlarini mustaqil joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan yer uchastkalarida almashlab ekishni joriy etgan holda, ushbu yerlarning konturlarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan agrotexnologik xaritadagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun imtiyozli moliyaviy resurslardan foydalanish;

mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi-moylash materiallarini import qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni tashkil etishning bozor tamoyillariga asoslangan klaster — fermer, klaster — dehqon xoʻjaligi, klaster — oilabay pudrat va qishloq xoʻjaligida ish yuritishning boshqa zamonaviy usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga biriktirilgan yer uchastkalarini shartnomaga asosan yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijara (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) asosida berish.

28. Qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olmasdan tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasteri quyidagi qoʻshimcha huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi faoliyat yuritayotgan hududdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilingan taqdirda, boʻshagan yer uchastkasini qayta ijaraga berishda teng sharoitlarda ustunlik huquqidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarga gʻoʻza navlarini joylashtirish boʻyicha tavsiya berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi yetishtiruvchilardan tasdiqlangan agrotexnologik xaritaga muvofiq tegishli chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarga yangi zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari, yoqilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar va boshqa zarur tovarlarni xarid qilish va texnologiyalarni joriy qilishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi yetishtirish uchun yer uchastkasini, shu jumladan qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan yer uchastkasini ijara shartnomasi asosida ajratish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtadan yuqori hosil olgan paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarni ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Paxta-toʻqimachilik klasteri quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznes-reja va bitim parametrlariga rioya qilish hamda bir yilda kamida bir marta hisobotlarni Vazirlikka, Uyushmaga hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan imtiyozli moliyaviy resurslardan tasdiqlangan agrotexnologik xaritaga muvofiq foydalanish;

paxta xom ashyosi yetishtirishdan boshlab uni tayyor mahsulot sifatida sotishgacha boʻlgan ishlab chiqarishning uzluksiz zanjirini, shu jumladan kooperatsiya asosida tashkil etish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma bilan paxta-toʻqimachilik klasteri oʻrtasida tuzilgan aʼzolik shartnomalari doirasida olingan majburiyatni bajarish hamda aʼzolik badallarini belgilangan muddatlarda toʻlab borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasteri qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasteri quyidagi qoʻshimcha majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta yetishtirishda mexanizatsiya darajasini oshirib borish hamda suv tejaydigan zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini joriy etish;

yerlarning irrigatsiya va melioratsiya holatini yaxshilash, tuproq tarkibini laboratoriyadan oʻtkazish;

yerlarning hosildorligini oshirish, ball bonitetini doimiy nazorat qilib borish.

31. Qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olmasdan tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasteri quyidagi qoʻshimcha majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi faoliyat yuritayotgan hududdagi paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar bilan paxta xom ashyosini sotib olish boʻyicha shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar bilan tuzilgan shartnoma talablariga qatʼiy rioya etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berish boʻyicha barcha tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish hamda zarur tovar va materiallarni yetkazib berish (agar shartnomada paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosini shartnomada belgilangan narxlarda sotib olish va yakuniy hisob-kitoblarni hosil yigʻib olingan yilning 31-dekabriga qadar amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi faoliyat yuritayotgan hududda (tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar) istalgan paxta-toʻqimachilik klasteri bilan paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha ixtiyoriy ravishda shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan agrotexnologik xaritadagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun imtiyozli moliyaviy resurslardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini yuritishda ishlab chiqaradigan mahsulotlarini, tijorat banklaridan oladigan kreditlarni, oʻzining tasarrufidagi koʻchmas mulk obyektlarini, texnika vositalari va ishlab chiqarish texnologiyalari asbob va uskunalarini sugʻurtalashda mustaqil ravishda xohlagan sugʻurta tashkiloti xizmatlaridan foydalanib amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslarini oʻz vaqtida yetkazib berishni mutasaddi tashkilotlardan talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan agrotexnologik xaritaga muvofiq ajratilgan imtiyozli moliyaviy resurslardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga biriktirilgan yer uchastkalarini shartnomaga asosan yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijara (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) asosida berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteri bilan tuzilgan shartnomaga qatʼiy amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan imtiyozli moliyaviy resurslardan tasdiqlangan agrotexnologik xaritaga muvofiq foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtirgan paxta xom ashyosini shartnomada belgilangan narxlarda sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta yetishtirishda mexanizatsiya darajasini oshirib borish hamda suv tejaydigan zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning irrigatsiya va melioratsiya holatini yaxshilash, tuproq tarkibini laboratoriyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning hosildorligini oshirish, ball bonitetini doimiy nazorat qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar qonunchilik hujjatlari va paxta-toʻqimachilik klasteri bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteridan biznes reja va investitsiya loyihalarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni bekor qilish toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflarni Respublika komissiyasiga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qonunchilik hujjatlari va paxta-toʻqimachilik klasteri bilan tuzilgan bitimga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Vazirlik, Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning melioratsiya holatini yaxshilash maqsadida xoʻjaliklararo irrigatsiya va melioratsiya inshootlarini kapital taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasterining ishlab chiqarish obyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteriga imtiyozli va tijorat kreditlari, shuningdek, subsidiya va kompensatsiyalar berilishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasterining paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar bilan bogʻliq munosabatlarini barqarorlashtirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteri xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qonunchilik hujjatlari va paxta-toʻqimachilik klasteri bilan tuzilgan bitimga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Paxta-toʻqimachilik klasterining yer uchastkalaridan foydalanishi va ijara huquqlari, shuningdek, tomonlar kelishuvi boʻyicha tuzilgan shartnomalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Paxta-toʻqimachilik klasteriga ajratilgan yer uchastkalari mazkur Nizomning 41-bandida va bitimda nazarda tutilgan asoslardan tashqari boshqa asoslar bilan qayta taqsimlanishi va olib qoʻyilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati monitoringini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Vazirlik Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish majburiyatlari, shuningdek, shartnomaviy majburiyatlarga rioya etilishi va paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Vazirlik paxta-toʻqimachilik klasterining biznes-reja va bitim hamda boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Vazirlik Uyushma, tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan birgalikda tahliliy maʼlumotlar asosida sohadagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Vazirlik Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilgan holda oʻrganib, monitoring natijalarini hisobot yilining oxirida Respublika komissiyasiga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Bitimni bekor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Quyidagilar bitimni bekor qilishga (toʻliq yoki muayyan hududga nisbatan) asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksida belgilangan tartibda bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim tarafi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq tugatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim tarafi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining bitimni bekor qilish boʻyicha Vazirlikka, Uyushmaga hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga murojaatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan bitimda nazarda tutilgan majburiyatlar belgilangan muddatda bajarilmaganda (fors-major holatlar va (yoki) oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra vujudga keladigan holatlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan shartnoma munosabatlarini uch yil davomida bajarilmay kelganligini asoslovchi yozma murojaatlari boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni mazkur bandda va bitimning oʻzida koʻrsatilmagan boshqa asoslarga koʻra bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda bitimni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi va Fuqarolik kodeksi hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda bitimni bekor qilish Vazirlik, Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari yoki boshqa manfaatdor shaxslarning murojaatlariga asosan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Mazkur Nizomga 41-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi murojaatlari yozma ravishda Vazirlikka yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Respublika komissiyasi bitimni bekor qilish masalasini koʻrib chiqish uchun yigʻilish vaqtini belgilaydi va bu haqida Respublika komissiyasi aʼzolariga xabarnoma yuboradi. Bunda Respublika komissiyasining qarori mazkur nizomning 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Respublika komissiyasi ikki hafta muddatda mazkur nizomga 41-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bitimni bekor qilish toʻgʻrisida Vazirlikka, Uyushmaga hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga tavsiya beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Vazirlik yoki Uyushma yoxud tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Respublika komissiyasining tavsiyasiga asosan ikki ish kunidan kechiktirmay bitimni bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Sudning bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori paxta-toʻqimachilik klasteriga hamda Vazirlik yoki Uyushma yoxud tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Paxta-toʻqimachilik klasteri bilan tuzilgan bitim bekor qilingan taqdirda, Vazirlik tomonidan ularning klasterlik faoliyatini tugatish yuzasidan bir oy muddatda tegishli hujjat loyihasi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati tugatilayotgan paxta-toʻqimachilik klasteriga tugatilayotgan yildagi mavsum boʻyicha paxta hosilini toʻliq yigʻib (sotib) olishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Vazirlik paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tugatish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat qabul qilingandan soʻng, uch ish kunida bu haqda faoliyati tugatilgan paxta-toʻqimachilik klasterini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatida vujudga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoidalar asosida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Masʼullar
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
1-bosqich
Vazirlik, Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Yangi paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etiladigan hududlar, ularning maydonlari va hosildorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
Har yili 20-avgustga qadar
2-bosqich
Talabgor
(jismoniy yoki yuridik shaxs)
Paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Ixtiyoriy ravishda, har yili 10-sentabrga qadar
3-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgor tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish boʻyicha taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Vazirlikka yuboradi.
Onlayn vaqt rejimida
4-bosqich
Vazirlik
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil etish boʻyicha yuborilgan arizalarni qabul qiladi va ularga ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini koʻrib chiqadi.
Ikki ish kunida
5-bosqich
Vazirlik
Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda talabgor tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq va kamchiliklarsiz taqdim qilingan arizalarni hamda ularga ilova qilingan hujjatlarni Respublika komissiyasiga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritadi.
Besh ish kunida
6-bosqich
Respublika komissiyasi
Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish boʻyicha taqdim etilgan arizalarni hamda ularga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, eng maqbul taklif foydasiga ijobiy qaror qabul qiladi.
Har yili 1-oktabrga qadar
7-bosqich
Vazirlik
1. Respublika komissiyasi tomonidan talabgorlarning arizasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Vazirlik paxta-toʻqimachilik klasteri tashkil etiladigan hududlar, ularning maydonlari va hosildorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytida qayta eʼlon qiladi.
Ikki ish kunida
2. Respublika komissiyasi yigʻilishining ijobiy qaroriga muvofiq paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Bir oy muddatda
8-bosqich
Vazirlik
Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingandan soʻng, talabgorlarni ularning arizalari qanoatlantirilganligi toʻgʻrisida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Uch ish kunida
9-bosqich
Vazirlik, Uyushma hamda tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Talabgor bilan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida oʻttiz yil (talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi boʻlgan taqdirda yigirma besh yilgacha boʻlgan) muddatga toʻrt tomonlama bitim tuzadi.
Besh ish kunida
10-bosqich
Tuman (shahar) hokimliklari
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yangi tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasteri bilan yer ijara shartnomasini tuzadi (paxta-toʻqimachilik klasteri yer uchastkasini ijara olgan holda tashkil etilgan taqdirda).