Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 10-fevraldagi PQ–3-son qarori va “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-fevraldagi PQ–5-son qaroriga binoan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmat koʻrsatish sohasiga zamonaviy hisobga olish priborlarini va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 11-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-may,
127-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qarorida:
b) 1-bandning oltinchi xatboshi hamda 5-ilova 2005-yil 1-iyulidan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 1-ilovadan “Gaz taʼminoti” IV boʻlim chiqarib tashlansin;
g) 4-ilovada:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “erkin” soʻzi “cheklangan” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “viloyat hududiy-kommunal-uy-joydan foydalanish birlashmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi band chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy-kommunal-uy-joydan foydalanish birlashmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-fevraldagi 54-son qarori bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF–2832-son Farmoni bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) balansida uy-joy fondiga ega boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, aholiga issiqlik energiyasini belgilab qoʻyilgan tariflar boʻyicha berishdan tushadigan daromadlarini asosiy faoliyat natijalariga kiritadilar”;
8-bandning birinchi xatboshidagi “va kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlari” chiqarib tashlansin, “va kvartira egalari hamda kvartira ijarachilari uy-joylarga xizmat koʻrsatish va saqlash xarajatlari ulushlarini (hisob-kitob shakllari ilova qilinadi)” soʻzlari “(hisob-kitob shakli ilova qilinadi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi xatboshidagi “Kommunal” soʻzi “Issiqlik taʼminoti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddan “uy-joy tashkilotlarida”, “hamda kvartira egalari va kvartira ijarachilarining turar joyga xizmat koʻrsatish va saqlash xarajatlari ulushini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
15-bandning birinchi xatboshidan “viloyat hududiy-kommunal xizmat koʻrsatish birlashmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash xarajatlarini budjetdan qoplash hisob-kitobi va Fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berilishi munosabati bilan turar joy tashkilotlarining kamayadigan daromadlarini qoplash hisob-kitobi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 780-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Toʻlov muddati belgilangan muddatlardan kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq toʻlovning kechiktirilgan summasidan 50 foizdan ortiq boʻlmagan penya hisoblanadi.
Turar joy va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar tijorat banki muassasalari yoki toʻlov qabul qilish kassalari orqali amalga oshiriladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 21-dekabrdagi 493-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy-kommunal foydalanish birlashmasining, shuningdek tuman (shahar) kommunal foydalanish boshqarmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati tuzilmasi 3, 4 va 5-ilovalarga muvofiq” soʻzlari “Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasining, tuman (shahar) kommunal foydalanish boshqarmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati tuzilmasi 4 va 5-ilovalarga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 6-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari va tashkilotlariga hamda Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasiga rahbarlik qilish, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kommunal xizmat koʻrsatishni rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin”;
g) 7-banddagi “hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari” soʻzlari “Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 18-apreldagi 178-son qarori 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son 23-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Mablagʻlar yigʻilishini takomillashtirish maqsadida fuqarolarning arizalari boʻyicha ularning ish joyidagi ish haqidan tegishlicha ushlab qolish yoʻli bilan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun haq toʻlanishini tashkil etish amaliyotini keng qoʻllasinlar.
Aholi tomonidan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar har bir tijorat banki muassasasi va toʻlov qabul qilish kassalari orqali toʻlanadi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “2002—2004-yillarda uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-martdagi 99-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 18-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzkommunxizmat” agentligi” soʻzlari “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “yanvardan” soʻzlari “sentabrdan” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 8-bandda:
birinchi xatboshidagi “2002—2004-yillarda quyidagilar” soʻzlari “2002-yil — 2005-yil 1-sentabrda quyidagilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gazlashtirilgan uy-joy fondini (koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarni) gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvali” soʻzlari “Oʻzkommunxizmat” agentligi hududiy gaz taʼminoti korxonalari boʻyicha uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash dasturi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
13-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band “g” kichik bandining uchinchi—beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori bilan chiqarilgan. — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 414-modda)
17-bandning toʻqqizinchi xatboshidagi “yanvardan” soʻzi “sentabrdan” soʻzi bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Gaztaʼminot” shuʼba korxonalari” soʻzlari “hududiy gaz taʼminoti korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash uchun hisob-kitoblarning kontrakt (shartnoma) tizimiga oʻtish toʻgʻrisida” 1993-yil 17-iyuldagi 363-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sotiladigan elektr energiyasi tariflari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-sentabrdagi 453-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 9-son, 43-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sotiladigan koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun shartnomaviy (erkin) narxlarga oʻtish toʻgʻrisida” 1994-yil 8-sentabrdagi 454-son qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 9-son, 44-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son qarorining 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholining uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1999-yil 11-fevraldagi 65-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 1-iyundagi 280-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 30-modda) va mazkur qarorga 1-ilova.
8. Vazirlar Mahkamasining “Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 25-iyundagi 315-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 34-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzkommunxizmat” agentligi toʻgʻrisidagi nizomni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududiy kommunal foydalanish birlashmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 10-modda), koʻrsatilgan qarorga 2-ilova va 3-ilovaning 14-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 15-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda; 2009-y., 24-son, 269-modda; 2017-y., 31-son, 780-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)