Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.02.2005 yildagi 61-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISh SOHASIGA ZAMONAVIY HISOBGA OLISh PRIBORLARINI VA RESURSLARNI TEJOVChI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlarning hajmi va qiymatini yakka tartibda hisobga olish va ular haqini o‘z vaqtida to‘lash mexanizmini joriy etish va unga so‘zsiz rioya etish, kommunal xizmatlarni ishlab chiqarish va aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatishda zamonaviy resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish asosida kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini modernizatsiyalash, texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarni hisobga olishning zamonaviy tizimini joriy etish dasturi tasdiqlansin, unda hisobga olish priborlari o‘rnatishni to‘liq tugallashning quyidagi muddatlari nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gazni hisobga olish priborlarini — 2005-yil 1-sentabrgacha, 1-ilovaga* muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 8-avgustdagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 321-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 8-avgustdagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 321-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini (ko‘p kvartirali uylarga kirish joylarida) — 4-ilovaga* muvofiq 2007-yil 1-yanvargacha tugallash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqlik bilan ta’minlash manbalarida issiqlikni va tabiiy gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish 2007-yil 1-yanvargacha tugallansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish priborlarini o‘rnatish yo‘li bilan aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarni to‘liq hisobga olishni joriy etish dasturini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish priborlarini O‘zbekiston Respublikasining ularni o‘rnatish va almashtirishga bo‘lgan joriy ehtiyojini to‘liq ta’minlaydigan miqdorda keng ko‘lamda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda umuman har qaysi hudud, tumanlar va shaharlar, muayyan ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha kommunal xizmatlarni hisobga olish priborlarini o‘rnatish jadvallari va tadbirlarini ishlab chiqsinlar hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish kompleks dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, dasturda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bug‘ agregatlarini ishlab chiqarish hamda ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan tejamsiz bug‘ agregatlarini almashtirish ishlarini 2008-yil 1-yanvargacha tugallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eskirgan issiqlik va suv quvurlari tarmoqlarini almashtirish ishlarini 2010-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda tugallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda 2005—2008-yillar mobaynida hamma joyda issiqlik bilan ta’minlashning yopiq sxemasiga yoki markazlashtirilmagan holda (mahalliy sxema bo‘yicha) issiqlik bilan ta’minlashga o‘tish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshirish nazarda tutilayotgan ustuvor investitsiya loyihalari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini muntazam ravishda yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.H. To‘xtayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 11-fevraldagi
61-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshirish nazarda tutilgan ustuvor investitsiya loyihalari ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Loyihaning nomi*‎

Loyihaning ishlab chiqilganlik darajasi‎

Amalga oshirish muddatlari**‎

Zarur mablag‘larning taxminiy summasi**‎

Moliyalashtirish manbalari (ishlab chiqiladigan kreditlar summasi)‎

‎‎I. Suv ta’minoti sektori

1.‎ Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlashni yaxshilash.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2005—2009-yillar‎ 75,0‎ Osiyo taraqqiyot banki—40,0,
‎OIT Quvayt jamg‘armasi — 20,0,
‎Islom taraqqiyot banki — 15,0 ‎
2.‎ Damxo‘ja mintaqalararo suv quvurlarini zamonaviylashtirish (I navbati)‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2009-yillar‎ 7,0‎ XXR Hukumati krediti ‎
3.‎ Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari suv ta’minotini kengaytirish (I faza, Damxo‘ja mintaqalararo suv quvurlarining II navbati).‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2006—2010-yillar‎ 35,0‎ Islom taraqqiyot banki —15,0,
‎OIT Quvayt jamg‘armasi—20,0 ‎
4.‎ Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va suv oqish tarmog‘iga yaqin bo‘lgan aholi punktlari suv ta’minotini tubdan yaxshilash.‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2007—2010-yillar‎ 40,0‎ XXR Hu�umati krediti ‎
5.‎ Tuyabug‘uz-Bekobod mintaqalararo suv quvuri.‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2005—2010-yillar‎ 60,0‎ XXR Hukumati krediti—25,0,
‎XMI ning 35 mln AQSh dollari summasidagi qo‘shimcha mablag‘lari‎
6.‎ Toshkent viloyatining Chinoz, Zangiota, Toshkent tumanlari va Yangiyo‘l tumanining bir qismi qishloq aholi punktlari suv ta’minoti uchun VU-1, VU-3 suv chiqarish inshootlarini rekonstruksiya qilish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2007-yillar‎ 19,0‎ XXR Hukumati krediti ‎
7.‎ Uchqo‘rg‘on suv omboridan Namangan shahrining suv ta’minotini yaxshilash, 2-navbati.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2009-yillar‎ 11,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎
8.‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi shaharlarida suv quvurlari tarmoqlarini rivojlantirish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2007—2009-yillar‎ 14,3‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎

‎‎II. Kanalizatsiya sektori

9.‎ Namangan shahri tozalash kanalizatsiya inshootlarini kengaytirish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2009-yillar ‎ 19,8‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎
10.‎ Chirchiq shahri tozalash kanalizatsiya inshootlarini cho‘kindilardan tozalash va qayta ishlov bergan holda kengaytirish va rekonstruksiya qilish.‎ Loyihaning TIA ishlab chiqilgan ‎ 2006—2008-yillar‎ 6,9‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎
11.‎ Guliston shahri kanalizatsiyalarini rekonstruksiya qilish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2007—2009-yillar ‎ 7,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎
12.‎ Qarshi shahri tozalash kanalizatsiya inshootlarini cho‘kindilardan tozalash va qayta ishlov bergan holda rekonstruksiya qilish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2008—2010-yillar‎ 10,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎
13.‎ Jizzax shahri tozalash inshootlari kanalizatsiyalarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2007—2009-yillar‎ 15,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎
14.‎ Termiz shahri kanalizatsiya tarmoqlarini va tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2008-yillar‎ 12,5‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎

‎‎III. Sanitariya jihatidan tozalash sektori

15.‎ Samarqand shahrida sanitariya jihatidan tozalash tizimini takomillashtirish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2007-yillar‎ 75,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎

‎‎IV. Issiqlik ta’minoti sektori

16.‎ Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2005—2007-yillar ‎ 40,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari ‎
17.‎ Issiqlik ta’minotini yopiq tizimga o‘tkazish yo‘li bilan Chirchiq shahrining issiqlik ta’minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish.‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2006—2008-yillar‎ 6,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎
18.‎ Namangan shahrining “Markaz” va “Do‘stlik-1” bug‘qozonxonasini mahalliylashtirish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2009-yillar‎ 4,6‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎
19.‎ Farg‘ona shahrining issiqlik ta’minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish.‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2007—2010-yillar‎ 11,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari‎

Jami:‎

469,1‎

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha Idoralararo kengash moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda investitsiya loyihalari ro‘yxatiga aniqlik kiritish huquqiga ega.
(5-ilovaga izohning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—O‘R QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Jalb etiladigan mablag‘lar summalari va amalga oshirish muddatlari loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini tasdiqlash natijalariga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 36-modda; 2006-y., 31-32-son, 321-modda; 2009-y., 43-son, 456-modda)