Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 10.05.2005 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “SIFAT” O‘ZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASh MARKAZI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1 avgutdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 31-martdagi 93-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 7-maydagi 220-son qarorining 2-bandi va ushbu qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 10-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 10-maydagi 117-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida paxta tolasi va chigitini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz tizimiga Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Paxta chigiti sifatini nazorat qilish markaziy laboratoriyasi, Tekshirish va nazorat qilish markaziy laboratoriyasi, mintaqaviy sinov laboratoriyalari hamda paxta tozalash korxonalari huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan urug‘chilik laboratoriyalari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazni va uning mintaqaviy bo‘linmalarini moddiy-texnik ta’minlash, Markaz tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash paxta tolasi va chigitini sertifikatlash ishlarini bajarishdan tushadigan mablag‘lar, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Markazning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) belgilangan standartlar, metodikalar, qoidalar, kontraktlar, shartnomalarga hamda respublika hududida va uning tashqarisida paxta tolasini ishlab chiqarish va saqlash joylarida uning sifatiga qo‘yiladigan talablarni nazarda tutuvchi boshqa bitimlarga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) respublika paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi turkumlari massasini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) jahon bozori va ichki bozor talablariga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish va ta’minlash bo‘yicha amaliy va ilmiy faoliyatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) paxta tozalash sanoati korxonalarini, paxta tolasi, momig‘i va chigiti xaridorlarini va boshqa tashkilotlarni sertifikatlanadigan mahsulotning standart namunalari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda g‘o‘zalarni tolaning yopishqoqligi jihatidan aprobatsiya qilishda, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan ruxsat berilgan paxta tozalash zavodlari tayyorlov punktlarida qabul qilib olishda paxta xomashyosi sifatini nazorat tekshiruvidan o‘tkazishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlari bilan tuzilgan bitimlariga muvofiq loyihalarni amalga oshirishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) paxta mahsulotini sertifikatlash, tasniflash, sinash usullari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) paxta chigiti ishlab chiqarishni, uning miqdorini, sifatini, undan maqsadli foydalanishni, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, paxta tozalash, yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini hamda uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni sifatli saqlashning ta’minlanishini, tashish vaqtida nobud bo‘lishini qisqartirishni, shuningdek qishloq xo‘jaligi korxonalarida urug‘lik chigitdan foydalanishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) paxta chigitiga va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarga normativ-texnik hujjatlar talablariga, shuningdek qabul qilib olish, yuklab jo‘natish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash metodlariga rioya etilishini muntazam ravishda nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan texnik chigitning har qaysi turkumini muvofiqlik sertifikati bergan holda sinashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) paxta tozalash va yog‘-moy sanoati korxonalariga paxta chigitini saqlash, tozalash, quritish, unga ishlov berish bo‘yicha, shuningdek paxta tozalash korxonalarida normativ-texnik hujjatlarni va ilg‘or texnologiyalarni belgilangan tartibda joriy etish, texnik chigitni topshirish-qabul qilib olish mexanizmini takomillashtirish masalalarida metodik yordam ko‘rsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) paxta tolasi, chigitiga va uni qayta ishlashdan olinadigan boshqa mahsulotlarga davlat standartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sertifikatlash tartibini belgilovchi normativ-texnik, tashkiliy-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi va yangilab boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sertifikatlash uchun buyurtmalar qabul qiladi va paxta tolasi va chigiti sifatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) paxta tolasi va chigiti tashqi ko‘rinishining standart namunalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) paxta tolasi va chigiti sifatini aniqlash metodlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda zarurat bo‘lganda manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda ularni takomillashtirish yuzasidan tegishli ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) paxta mahsulotlarini sertifikatlash, tasniflash va sinash usullari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi, o‘qitishning shakl va usullarini takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) paxta mahsulotini sertifikatlash sohasida respublikada va uning tashqarisida paxta tolasi va chigitini ishlab chiqaruvchilar, tashqi savdo tashkilotlari va paxta mahsulotlari iste’molchilari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sifati, saqlanishi, ulardan oqilona foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) respublika hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizoli holatlarda, shuningdek eksport-import operatsiyalarida o‘z vakolatlari doirasida paxta chigitining sifati bo‘yicha sinovlar o‘tkazadi hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning balanslarini tuzishda qatnashadi, xarid qilish, shu jumladan import bo‘yicha xarid qilish mo‘ljallanayotgan xomashyoning sifati bo‘yicha, shuningdek uni eksport qilishda takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) texnologik jarayonlar bilan tartibga solingan paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanish bilan bog‘liq sifat, saqlash, oqilona foydalanish, hisobini yuritish masalalari bo‘yicha normativ-texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish, tasdiqlash va manfaatdor idoralar bilan kelishishda, shu jumladan ishlab chiqarish, transportda tashish va saqlashda ularning chiqishini, tabiiy kamayish normalarini aniqlashda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sifatini oshirish va ulardan oqilona foydalanish davlat dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) paxta chigiti sifatining yomonlashishi, kamomadi holatlari va sabablarini aniqlaydi, zarurat bo‘lganda ularni bartaraf etishga doir ko‘rsatmalar beradi hamda paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar resurslarining saqlanishi va ulardan foydalanish ishlarining ahvoli to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bevosita va mintaqaviy sinov bo‘linmalari orqali hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Markazning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) respublikadagi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun majburiy bo‘lgan paxta tolasi va chigitining milliy standartlarga muvofiqlik sertifikatini belgilangan tartibda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) paxta tolasi va chigitini eksportga yetkazib berish jarayonida uning sifatiga baho berilayotganda, sifat masalalari ko‘rib chiqilayotganda xorijiy va xalqaro tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar resurslarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish korxonalari va tashkilotlarini belgilangan tartibda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) korxonalar va tashkilotlarning tekshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hujjatlari bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) korxonalarda paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning namunalarini belgilangan tartibda olish, tekshirib ko‘rish uchun ularning laboratoriyalaridan foydalanish va zarurat bo‘lganda tekshirish bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun korxonalar mutaxassislarini jalb etish, zarurat bo‘lganda paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar namunalarini qo‘shimcha ravishda tekshirish uchun tegishli laboratoriyalarga jo‘natish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) zarurat bo‘lganda avtomobil va temir yo‘l transportidan tushirilayotgan va ularga yuklanayotgan paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar turkumlarini paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari bilan birgalikda nazorat qilish tartibida og‘irligini tortib ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) paxta chigiti va mahsulotlar qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi asosli ravishda shubha tug‘dirgan taqdirda paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar resurslari qoldiqlarini qayta tortib ko‘rgan yoki standart massaga o‘ralgan mahsulotni qayta sanab chiqqan holda navbatdan tashqari xatlov o‘tkazilishini tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning saqlash uchun yaroqsiz idishlarda saqlanishini taqiqlash, texnologiya va sanitariya rejimlari qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda ayrim ishlab chiqarishlar, sexlar va korxonalar ishini ushbu qoida buzishlar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib qo‘yish, shuningdek normativ va texnik hujjatlar talablariga javob bermaydigan paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni muayyan maqsadda sotishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, birlashmalarga va boshqa tovar ishlab chiqaruvchilarga paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sifatini baholash bo‘yicha shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek o‘z vakolatlari doirasida boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) mehnatga haq to‘lash, uni tashkil etish va normalash shakllari va tizimini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) bank va tijorat kreditlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) respublikada va chet ellarda o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan bitishuvlarni va boshqa yuridik hujjatlarni tuzish va ishlarni ro‘yobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan binolar qurish, sotib olish, o‘zgaga berish, ijaraga olish, kiraga olish va berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) respublikada va chet ellarda mustaqil ravishda yoki mamlakatimizdagi yoki xorijiy sheriklar bilan pay asosida filiallar, bo‘limlar, vakolatxonalar va shu kabilarni ta’sis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) korxona va tashkilotlarga, ularning ishlab chiqarish binolariga, omborlariga kirish hamda sinash, sertifikatlash yoki sifatning standartlarga va boshqa normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat (inspeksiya) qilish uchun tegishli paxta mahsuloti namunalarini tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) korxonalar va tashkilotlardan xomashyo, paxta tolasi va chigiti sifati masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) paxta mahsulotini standartlash va sertifikatlash masalalarini hal etish uchun mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) paxta tolasi va chigiti sifatini tekshirish natijalari bo‘yicha hujjatlar tuzish hamda tegishli korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga amaldagi standartlar buzilishining aniqlangan hollarini bartaraf etish yuzasidan takliflar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u) respublikada va chet elda “nou-xau” hamda paxta mahsulotini standartlash, sertifikatlash va sifatini nazorat qilish bo‘yicha boshqa ilmiy yutuqlarni belgilangan tartibda sotib olish va sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markazga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi.
(12-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi, uning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, maqomi bo‘yicha vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladigan ikki nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi;
(12-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya boshlig‘i ayni vaqtda “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktorining o‘rinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bosh direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Markaz tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Markaz faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Markaz markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, uning shtat jadvalini, shuningdek Markazning markaziy apparati va uning mintaqaviy sinov laboratoriyalarining xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning markaziy apparati va uning bo‘linmalari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markazda bosh direktor (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi bosh direktorning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatining belgilangan standartlar, metodikalar, qoidalar, kontraktlar, shartnomalarga hamda respublika hududida va uning tashqarisida paxta tolasini ishlab chiqarish va saqlash joylarida uning sifatiga qo‘yiladigan talablarni nazarda tutuvchi boshqa bitimlarga muvofiq paxta tolasini bundan buyon sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish, respublika paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi turkumlari massasini nazorat qilishni ta’minlash, shuningdek jahon bozori va ichki bozor talablariga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish va ta’minlash bo‘yicha amaliy va ilmiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Markaz rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at Markazning vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at majlisiga Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda bosh direktor paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markazni tugatish yoki qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 19-20-son, 140-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda)