18.11.2021 yildagi SQ-429-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda goʻdaklarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda goʻdaklarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam holati yuzasidan parlament soʻrovi yuborish haqidagi masalani koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda goʻdaklarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam holati yuzasidan parlament soʻrovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament soʻrovini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 2022-yilning 20-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yozma javob taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi (O. Iminov) parlament soʻroviga kelib tushgan javobni tahlil qilib, 2022-yil 5-martgacha Oliy Majlis Senatining Kengashiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-429-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 18-noyabrdagi SQ-429-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARLAMENT SOʻROVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda goʻdaklarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam holatini oʻrgandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika boʻyicha homilador, tugʻuvchi va tuqqan ayollar hamda yangi tugʻilgan chaqaloqlarga 226 ta tugʻruq muassasasi, shu jumladan 18 ta perinatal markaz hamda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika “Ona va bola skrining” va uning 13 ta hududiy filiallari tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayollarni ultratovush tekshiruvdan oʻtkazish uchun markaziy koʻp tarmoqli tuman va shahar poliklinikalari qoshida perinatal tashxis xonalari tashkil etilib, 6,4 mln AQSH dollari hisobiga zamonaviy, koʻp maqsadli 200 ta ultratovush apparati bilan jihozlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ona va bola skrining” markazlari tomonidan homiladagi nuqsonlarni barvaqt aniqlash maqsadida 2021-yilning 9 oyi davomida xavfli guruhga kiruvchi 210 362 nafar homilador ayol skrining ultratovush tekshiruvidan oʻtkazilgan, shundan 3 700 nafar ayolda homilaning tugma nuqsoni mavjudligi aniqlanib, 3 175 ta homiladorlik oʻz vaqtida toʻxtatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, 541 570 nafar yangi tugʻilgan chaqaloq tugʻma gipotireoz (qalqonsimon bez faoliyatining keskin susayishi) va fenilketonuriya (ruhiy rivojlanish susayishiga olib keluvchi va nasldan naslga oʻtuvchi, tugʻma modda almashinuvi buzilishi) kasalliklariga skrining tekshiruvlaridan oʻtkazilgan. Tekshiruvlar natijasiga koʻra 7 392 nafar chaqaloqda tugʻma gipotireoz va 3 897 nafarida fenilketonuriya kasalligiga moyillik borligi aniqlangan. Aniqlangan kasalliklar skrining markazlarida dispanser nazoratiga olinib, sogʻlomlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan choralar natijasida 100 ming tirik tugʻilgan bolaga nisbatan onalar oʻlimi 2017-yildagi 21,0 promilledan 2020-yilda 18,5 promillegacha kamayishi qayd etilgan. 2021-yilning 9 oyida ushbu koʻrsatkich 16,8 iromilleni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib borilayotgan ishlar bilan birga sohada qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchidan, 2019 — 2023-yillarda homilador, reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturida belgilangan qator vazifalar oʻz vaqtida bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, jumladan perinatal markazlar va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida shoshilinch perinatal va shoshilinch pediatriya mobil navbatchi reanimatsion brigadalarni tashkil etish uchun zarur maxsus uskunalar bilan jihozlangan 29 ta reanimobillar xarid qilinmagan va shtat birliklari ajratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchidan, mahallalarda yashayotgan ayollar uchun oilaviy poliklinikalar va tibbiyot markazlarida “Ayollar maslahatxonalari” va “Oʻsmir qizlar markazlari” kabi xizmatlarni tashkil etish hamda reproduktiv yoshdagi har bir ayolni qamrab olish darajasi juda past.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazish holati qoniqarsiz holatda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyatida 2 144 nafar, Jizzax viloyatida 2 833 nafar, Navoiy viloyatida 3 957 nafar, Samarqand viloyatida 10 048 nafari hamda Xorazm viloyatida 6 062 nafar ayol tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan boʻlsa-da, ularni toʻliq sogʻlomlashtirish choralari koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchidan, ayrim perinatal markazlarida neonatolog shifokorlar yetishmaydi (Jizzax viloyatida — 55 foiz, Navoiy viloyatida — 47,1 foiz, Sirdaryo viloyatida — 53,6 foiz, akusher-ginekologlar — 74,4 foiz, Surxondaryo viloyatida — 43 foiz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻrtinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi perinatal markazining 3 ta binosi, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari perinatal markazlari binolari belgilangan talablarga mutlaqo javob bermaydi va taʼmirtalab ahvolda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beshinchidan, tugʻruq muassasalaridagi oʻrin fondi 2020-yilda 11 503 tani tashkil etib, 2015-yilga nisbatan (3 foiz) 333 taga kamaygan. Biroq 2015 — 2020-yillar davomida tugʻruqlar soni 734 141 dan 841 817 taga, yaʼni 122 707 taga (14 foiz) oshgan. Shu sababli tugʻruq muassasalaridagi oʻrinlarning oʻrtacha bandlik meʼyorlari buzilishi holatlari qayd etilmoqda. Masalan, Fargʻona viloyati perinatal markazi tugʻruq boʻlimi oʻrinlarining 9 oy uchun belgilangan meʼyorida 3 750 nafar homilador ayollarga tibbiy xizmat koʻrsatish belgilangan boʻlib, 2021-yil 9 oyi davomida 5 782 nafar yoki meʼyordan 54 foizga koʻp homiladorlar davolangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltinchidan, perinatal markazlarning tasdiqlangan tuzilmalariga rioya qilmaslik holatlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari perinatal markazlarida maslahat va tashxis poliklinikasi tashkil etilmagan. Perinatal markazlarida qon quyish boʻlimi mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yettinchidan, goʻdaklar oʻlimi koeffitsiyentlari pasayish tendensiyasida boʻlsa-da, 2021-yilning oʻtgan 10 oyida 2020-yilning oʻsha davriga nisbatan Andijon viloyatida 64 nafarga va Navoiy viloyatida 20 nafarga bolalar oʻlimi koʻrsatkichlari oʻsishi kuzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sakkizinchidan, ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi qoʻyilgan talablarga javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha viloyat perinatal markazlarida chaqaloqlarda mikroproba qon namunalari orqali gematologik, biokimyo, immunologik tahlillar oʻtkazish imkoniyati yoʻq. Qondagi gazlarni, kislota-ishqoriy balansni aniqlash uchun analizatorlar mavjud emas hamda bakteriologik tekshiruvlar oʻtkazish imkoniyati (joy, shtat, mablagʻ) yoʻq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati perinatal markazidan tashqari barcha markazlar laparoskoplar (ichki organlardagi operatsiyalarni kichik hajmdagi teshikchalar orqali amalga oshiriladigan uskuna) bilan taʼminlangan boʻlsa-da, uskunalarni sterillash uchun plazmali sterilizatorlar mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Xorazm, Toshkent viloyatlari “Ona va bola skrining” markazlarida zamonaviy ultratovush apparatlari hamda laborator-diagnostika jihozlari maʼnan eskirgan va zamonaviy talabga javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻqqizinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari “Ona va bola skrining” markazlari mutaxassislariga hamda laboratoriya boʻlimlariga ajratilgan joylar oʻlchami belgilangan meʼyorlarga javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻninchidan, “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonunning talablari va unda belgilangan normalarni amalga oshirish choralari koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, xususan ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda ichki bozor ehtiyojini qondirish boʻyicha yetarli choralar koʻrilmagan. Natijada goʻdaklar asosan xorijda ishlab chiqarilgan ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan oziqlantirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasi hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2019 — 2023-yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturi ijrosini toʻliq taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuqori malakali kadrlarga tegishli sharoitlar yaratgan holda ularni sohaga jalb etish, kadrlarni ishga olish boʻyicha zamonaviy va shaffof mexanizmlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tugʻruq muassasalarining yuklamalarini ulardagi oʻrin fondiga hamda belgilangan normativ meʼyorlariga mosligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Barcha tugʻruq muassasalarining perinatal statsionar yordam koʻrsatish darajalariga muvofiqligini taʼminlash va doimiy monitoringini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahallalarda har bir reproduktiv yoshdagi ayolni “Ayollar maslahatxonalari” va “Oʻsmir qizlar markazlari” tomonidan xizmat koʻrsatilishi boʻyicha qamrab olinishiga erishish, aholining tibbiy madaniyatini oshirishda mahallaning faoliyatini kuchaytirish hamda sogʻlom oila tushunchasini shakllantirish boʻyicha ishlarning koʻlamini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Perinatal markazlar binolarini belgilangan talablar asosida taʼmirlash va jihozlash boʻyicha kamchiliklarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Perinatal va “Ona va bola skrining” markazlarining moddiy-texnik bazasini belgilangan talablar darajasiga keltirish, uskunalarni zamon talabiga mosligini toʻliq tahlil qilib, ularning faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Ona va bola skrining” markazlari boʻlimlarining maydonlarini sanitariya meʼyorlarida belgilangan talablarga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga doir qonunchilik meʼyorlarining toʻliq ijrosini taʼminlash hamda mazkur oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ichki ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda koʻzda tutilayotgan rejalar toʻgʻrisida yozma ravishda asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazaringizni bayon qilish talabi qoʻyilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARLAMENT SOʻROVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bilan murojaat etadi hamda javobingiz Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinib, yakunlari boʻyicha qaror qabul qilinishi maʼlum qilinadi.