O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 18-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 19-noyabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2021-yil 19-noyabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1281-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarni ishlatmasdan turib so‘zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno), —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
2) 1282-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1282-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida monitordan (displeydan) foydalanish
Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida transport vositasi salonining old qismiga o‘rnatilgan monitordan (displeydan) foydalanish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 1283-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari ko‘rsatkichlaridagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan jami xatolar hisobga olinib, ular qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, ma’muriy jazo chorasi qo‘llaniladi”;
4) 135-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Haydovchining yonida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini o‘z yonida olib yurishi talab etilmaydi”;
5) 1351-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravari” degan so‘zlar “ikkidan bir qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) 170-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“valyuta boyliklari musodara qilinib, o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
7) 1751-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “yetti baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 1763-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
9) 245-moddaning birinchi qismidagi “1281-moddasining ikkinchi qismida, 1282-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
10) 248-modda:
birinchi qismidagi “1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “1281, 1282-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5-bandidagi “1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “1281, 1282-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6-bandidagi “1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “1281, 1282-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-bandidagi “1282-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar “1282-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 256-modda:
birinchi qismidagi “1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “1281, 1282-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “1281, 1282-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 291-modda birinchi qismining:
“a” kichik bandidagi “137, 1763-moddalarida” degan so‘zlar “137-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“d” kichik bandidagi “1763” raqami chiqarib tashlansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborotni (transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar, transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislari haqidagi axborotni) O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasalari bergan biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) asosida planshetlar va kompyuterlar vositasida foydalangan holda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan tekshirish tartibini Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi yagona elektron ish yuritish tizimi doirasida 2022-yil 1-martga qadar bo‘lgan muddatda joriy etsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 4-bandi 2022-yil 1-martdan e’tiboran amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-noyabr,
O‘RQ-734-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)