O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy siyosiy jamg‘armasi to‘g‘risida” 1996-yil 8-noyabrdagi 394-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.