13.12.2002 yildagi 438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XORIJIY MAMLAKATLARDAGI DIPLOMATIK VAKOLATXONALARINING SHTAT JADVALLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2003-yil yanvar oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Elchixonasida ikkinchi kotib lavozimini qisqartirish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasida ikkinchi kotib lavozimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi shtat jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Elchixonasi shtat jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjetda navbatdagi moliyaviy yilga tasdiqlangan chet eldagi muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlash miqdorlaridan kelib chiqib shtat jadvallaridagi oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda koʻrsatib oʻtilgan diplomatik muassasalar taʼminotiga mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Elchixonasi balansidagi moddiy va pul boyliklarini belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazsin hamda ulardan bundan keyin foydalanish boʻyicha taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Malayziyada Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasini ochish toʻgʻrisida” 1996-yil 22-noyabrdagi 409-son qaroriga 1-ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Indoneziya Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish toʻgʻrisida” 1997-yil 25-iyundagi 322-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H.Komilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 13-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
438-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-iyuldagi PQ-1379-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-dekabrdagi 438-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Elchixonasining
SHTAT JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Lavozimi

Shtatdagi xodimlar soni

Elchining maoshiga (1700$) nisbatan xodimlarning maoshi

Oylik maosh

Bir yilga ish haqi fondi

Diplomatik xodimlar tarkibi

1.‎ Elchi* 1‎ ‎
2.‎ Birinchi kotib 1‎ 75‎ 1275‎ 15300‎
‎ Jami: 2‎ ‎ 1275‎ 15300‎

Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi

1.‎ Joyning oʻzida yollanadigan yoki Elchixona xodimlarining oila aʼzolaridan iborat boʻladigan xodimlar (oshpaz, farrosh, qorovul va boshqalar) ‎ ‎ 300‎ 3600
‎ Jami: ‎ ‎ 300‎ 3600
‎ Hammasi: 2‎ ‎ 1575 18900
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*) Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchisi oʻrindoshlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchisi hisoblanadi.