Hujjat raqami
696
Organ
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси
Imzolangan sana
19.11.2021
Kuchga kirish sanasi
19.11.2021
Qo‘shimcha axborot
Ulashish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonining 10-bandiga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkilotlari) bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplomga ilova)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi (keyingi o‘rinlarda — bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi) kiritilishi va ushbu ko‘rsatkich oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Bosqich

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari va kasb-hunar maktablari

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tomonidan 6 — 11-sinflar o‘quvchilarining, o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari va kasb-hunar maktablari 1-2-bosqichlari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha yillik baholarini elektron platformaga kiritish.

Har o‘quv yilining yakuni bo‘yicha 15-iyunga qadar


2-bosqich

Abituriyent

1. Abituriyent Davlat test markazining “ABITUR” maxsus elektron dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tganda shaxsiy kabinetida aks etgan shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumta’lim fanlari baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi bilan taqqoslaydi va tasdiqlash tugmasi bosiladi.

Har yili o‘qishga qabul qilish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida

Davlat test markazi

2. Abituriyent tomonidan tasdiqlash tugmasi bosilgandan so‘ng abituriyentga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma shakllantiriladi.


3-bosqich

Abituriyent

1. Abituriyent Davlat test markazining ABITUR” maxsus elektron dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tganda shaxsiy kabinetidagi umumta’lim fanlari baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda shahodatnomadagi yoki diplomga ilovaning aslidagi baholar o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘rtasida tafovut aniqlanganda abituriyent tegishli ta’limni boshqaruvchi boshqarmaga murojaat qiladi.

Ma’lumot olingan kunning o‘zida

Ta’limni boshqaruvchi hududiy boshqarma

2. O‘z o‘rnida hududiy boshqarmalar mavjud muammo bartaraf etilishini ta’minlaydi.

Shu kunning o‘zida


4-bosqich

Davlat test markazi

1. Oliy ta’lim tashkiloti bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun ABITUR maxsus dasturi orqali ariza topshirgan, ammo elektron platformaga baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritilmagan abituriyentlar haqidagi ma’lumotni tegishli vazirliklar va idoralarga yuborish.

Har yili qabul jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda ma’lumotlar tasdiqlangan kunning o‘zida

Tegishli vazirliklar va idoralar

2. Davlat test markazidan olingan ma’lumotni abituriyentning shahodatnomasi yoki diplomi berilgan ta’lim tashkiloti joylashgan ta’limni boshqaruvchi hududiy boshqarmaga yuborish.

Ma’lumot qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida


5-bosqich

Ta’limni boshqaruvchi hududiy boshqarma

1. Davlat test markazidan olingan baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritilmagan abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotni ta’lim tashkilotiga yuborish.

Ma’lumot olingan kunning o‘zida

Ta’lim tashkiloti rahbari

2. Abituriyentning shahodatnomasidagi yoki diplomga ilovadagi umumta’lim fanlari baholarini elektron platformaga kiritish va tasdiqlash tugmasini bosish.

Uch ish kuni davomida

Abituriyent

3. Abituriyent tomonidan umumta’lim fanlari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumta’lim fanlari baholari bilan taqqoslanadi va tasdiqlash tugmasi bosiladi.

Ma’lumot olingan kunning o‘zida


6-bosqich

Davlat test markazi

Abituriyentlarning test sinovi jarayonida to‘plagan ballariga tegishli ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini qo‘shish va tanlov jarayonida inobatga olish.

Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari yakunlanganidan so‘ng, tanlovga qadar