12.11.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2921-4
O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining buyrug‘i, 12.11.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2921-4
Kuchga kirish sanasi
12.11.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son “Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2921, 2017-yil 28-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 935-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Qaror muqaddimasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 369-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
a) muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 369-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 14, 20 va 28-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 15-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 21-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 26-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 30-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.