Hujjat raqami
PQ-6
Organ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Imzolangan sana
11.11.2021
Kuchga kirish sanasi
12.11.2021
Qo‘shimcha axborot
Ulashish
2. Moliya vazirligi mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq ajratilayotgan mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan talabnomalariga hamda belgilangan stavkaga ko‘ra qaytarish sharti bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ularga budjet ssudasi sifatida ajratsin. Bunda, Moliya vazirligi kredit mablag‘larini respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga va yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda ularning mutaxassislari malakasini oshirishga ham yo‘naltirishi mumkin.
xorijda malaka oshiradigan tibbiyot xodimlari ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlov (konkurs) asosida shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni bilan tashkil qilingan Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi;

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Moliyalashtirish shartnomalarini tuzish

1.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi o‘rtasida kredit shartnomasini imzolash.

Kredit shartnomasi

2021-yil 1-dekabrgacha

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

2.

Hududiy davlat tibbiyot muassasalari uchun zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish hamda yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda ularning mutaxassislari malakasini oshirish uchun budjet ssudalarini ajratish.

Ssuda shartnomasi

Talabnomalarga asosan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi (Ishmetov)

II. Davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlash

3.

Talab yuqori bo‘lgan asosiy turdagi tibbiy uskunalar ro‘yxatini hududlar kesimida shakllantirish.

Ro‘yxat

2021-yil 5-dekabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Hududiy tibbiyot muassasalaridagi mavjud tibbiy uskunalarni xatlovdan o‘tkazish va ulardan foydalanish darajasini o‘rganish.

Bunda, xalqaro moliya tashkilotlari, Davlat budjeti va boshqa manbalar hisobidan xarid qilinishi ko‘zda tutilgan tibbiy uskunalar inobatga olinadi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 15-yanvargacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov)

5.

Xatlov natijalari asosida hududlar va tibbiyot muassasalari kesimida:

Tuman (shahar)lar kesimida xarid qilinadigan tibbiy uskunalar ro‘yxati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1) birinchi navbatdagi talab yuqori bo‘lgan tibbiy uskunalarga bo‘lgan talabni aniqlash;

2021-yil 15-dekabrgacha

2) qo‘shimcha tibbiy uskunalarga bo‘lgan talabni shakllantirish.

Talabga ko‘ra

6.

Ssuda hisobidan xarid qilinadigan tibbiy uskunalarga bo‘lgan talabni Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishish.

Bunda, hududlardagi aholining kasallanish ko‘rsatkichlari hamda tibbiy uskunalarning texnik parametrlari inobatga olinadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasi (kelishuv xati)

2022-yil 1-yanvargacha dastlabki xulosa asosida, keyinchalik kelishuvga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Tibbiy uskunalarni xarid qilish bo‘yicha texnik topshiriq va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish.

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi

Hujjatlar taqdim qilingan kundan keyin 7 kun ichida

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allaberganov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Zarur tibbiy uskunalarni xarid qilish, ulardan foydalanishni o‘rgatish va ta’mirlash bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish hamda shartnomalar tuzish:

Shartnomalar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov)

1) birinchi navbatdagi talab yuqori bo‘lgan tibbiy uskunalar ro‘yxati bo‘yicha yetkazib berish shartnomalarini tuzish;

2022-yil 15-fevralgacha

2) qo‘shimcha talab etiladigan tibbiy uskunalarni yetkazib berish shartnomalarini tuzish.

Talabga ko‘ra

9.

Zarur tibbiy uskunalarni yetkazib berish shartnomalari doirasida yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan mutaxassislar uchun o‘quv seminarlarini tashkil qilish.

O‘quv seminarlari

Shartnomalarda ko‘rsatilgan muddatlarga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov), yetkazib beruvchi tashkilotlar

10.

Tibbiy uskunalarni xarid qilish jarayonlari va ulardan foydalanish samaradorligini o‘rganish (post-monitoring) tadbirlarini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafikka asosan

Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Inoyatov, Azizov)

III. Davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalari mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish

11.

Xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuboriladigan mutaxassislarni tanlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga joriy qilish hamda mazkur tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2021-yil 1-dekabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Azizov)

12.

Xorijiy tibbiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar (markazlar) bilan malaka oshirish va stajirovka o‘tash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish.

Bunda, mazkur tashkilotlarning malaka oshirish bo‘yicha salohiyatini o‘rganish, stajirovka muddatlari va shartlarini hamda qabul qilinadigan mutaxassislar sonini aniqlash, muzokaralar o‘tkazish va kelishuvlarga erishish.

Memorandum va shartnomalar

2022-yil 15-yanvargacha

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish bo‘yicha ishchi guruhi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Musayev, Azizov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun hududlarda konkurs e’lon qilish va o‘tkazish:

Ro‘yxat

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Musayev, Azizov)

1) dastlabki ro‘yxatni shakllantirish;

2021-yil 1 — 25-dekabr

2) qo‘shimcha talabga ko‘ra yangi ro‘yxatlarni shakllantirib borish.

Talabga ko‘ra

14.

Shakllantirilgan ro‘yxat asosida malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yetakchi xorijiy tibbiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar (markazlar) bilan shartnomalar tuzish:

Shartnomalar

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish bo‘yicha ishchi guruhi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Musayev, Azizov)

1) shakllantirilgan dastlabki ro‘yxat bo‘yicha guruhni 2022-yil 15-fevralgacha malaka oshirish va stajirovkaga yuborish;

2022-yil 1-fevralgacha

2) shakllantiriladigan qo‘shimcha ro‘yxat bo‘yicha guruhlarni yuborish.

Talabga ko‘ra

15.

Malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yetakchi xorijiy tibbiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar (markazlar) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish.

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi

Hujjatlar taqdim qilingan kundan keyin 7 kun ichida

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allaberganov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuboriladigan mutaxassislar bilan ish beruvchi o‘rtasida malaka oshirish va stajirovka o‘taganidan keyin kamida 2 yil ishlab berish bo‘yicha shartnoma tuzish.

Shartnomalar

2022-yil 15-yanvargacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Xorijda malakasini oshirgan va stajirovkadan o‘tgan mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga joriy etish, ular ishtirokida mahorat darslari, vebinarlar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

O‘quv dasturlari

Shartnomalarga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Azizov)

18.

Xorijda malakasini oshirgan va stajirovkadan o‘tgan mutaxassislarning malakasini oshirish samaradorligini o‘rganib borish (post-monitoring).

Ishchi guruhi qarori

Har chorakda

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish bo‘yicha ishchi guruhi