26.09.1997 yildagi 453-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IDORAGA QARAShLI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINI JOYLARDAGI DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI BALANSIGA BOSQIChMA-BOSQICh O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy hokimiyat organlarining aholini xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va kommunal xizmat ko‘rsatish muassasalari xizmatlari bilan ta’minlashni tashkil etishdagi rolini oshirish, ular faoliyatiga yagona tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar, idoralar, birlashmalar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va korxonalarning 1998-yil 1-yanvargacha idoraga qarashli sog‘liqni saqlash, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari va umumta’lim maktablari obyektlarini, ularni budjet mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlashga bosqichma-bosqich o‘tgan holda, korxonalar balanslaridan joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari 1—3-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga o‘tkazilayotgan idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlarini o‘z vaqtida qabul qilib olishni amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkazilayotgan ijtimoiy soha obyektlaridan zarur darajada foydalanishni, moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash va undan samarali foydalanishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va korxonalar ijtimoiy soha obyektlarini balansdan balansga o‘tkazishda uzoq muddatli hamkorlik shartnomalari tuzsinlar, ularda o‘tkazilayotgan obyekt sotib olishda va asosli ta’mirlashda yordam ko‘rsatilishini, hokimliklar tomonidan esa bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari va statsionarlarda korxonalar xodimlari uchun zarur miqdorda joylar ajratish kafolatlari berilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun 1998-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirishga sof foyda (daromad)ga nisbatan foizda hisoblanadigan mahalliy soliq joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning 1998-yilgi budjeti parametrlari prognozi bilan bir vaqtda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga mahalliy soliqning cheklangan darajasi to‘g‘risidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga soliqni hisoblash hamda uni mahalliy budjetlarga to‘lash tartibini ishlab chiqsin va soliq to‘lovchilarga yetkazsin, unda o‘tkazilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini mablag‘ bilan ulushli ta’minlash miqdoriga ko‘ra hududlar va korxonalar bo‘yicha tabaqalashtirilgan stavkalarni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yilgi budjetlarni tuzishda joylardagi davlat hokimiyati organlari qabul qilib olgan ijtimoiy soha obyektlarini ta’minlash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlarini davlat hokimiyati organlari balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma (nizom)ni ishlab chiqsinlar, unda ularning vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, birlashmalar va korxonalar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish shakllarini nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkazilayotgan idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlariga vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, birlashmalar va korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarni mablag‘ bilan ulushli ta’minlash tartibini ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirliklar, idoralar, birlashmalar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, birlashmalar va korxonalar Davlat mulki qo‘mitasining hududiy organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallanmagan ijtimoiy soha obyektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazsinlar va o‘zaro kelishuvga ko‘ra ularni korxonalar balansidan joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga o‘tkazsinlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu obyektlar qurilishini tugallashni qurilishlarning adresli ro‘yxatlariga kiritsinlar. Ularning qurilishini davom ettirish maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining mahalliy organlari bilan birgalikda va Respublika idoralararo komissiyasi bilan kelishgan holda ushbu obyektlarni kim oshdi savdolari orqali belgilangan tartibda sotish amalga oshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar balansidagi energetika va kommunal xo‘jalik obyektlarini (yordamchi stansiyalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi liniyalar, butqozonlar, issiqlik tarmoqlari, suv quvurlari, kanalizatsiya va boshqa obyektlarni, texnologik obyektlardan tashqari) qayta ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda ularni ushbu vazirliklar balansiga bosqichma-bosqich o‘tkazish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.X. Jo‘rabekov hamda Bosh vazir o‘rinbosarlari A.A. Azizxo‘jayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 26-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
453-son