|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Samarqand viloyatining Urgut tumanini yanada rivojlantirish, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida yaratilgan qulay biznes yuritish tajribasini boshqa hududlarga tatbiq qilish, yuqori texnologiyalar asosida hududning eksport salohiyatini rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida: 1. Samarqand viloyatining Urgut tumani hududi innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun erkin iqtisodiy zona etib belgilansin. Bunda, Urgut tumanining hududiy chegaralari ichida innovatsion yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Urgut” EIZ) ishtirokchisi maqomi beriladi. 2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining: 1-ilovaga muvofiq jami 580,8 gektar yer maydonlarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish, shundan 273,6 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan boshqa yer toifasiga oʻtkazish; yer uchastkalarini belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda, “Urgut” EIZ direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish orqali “Urgut” EIZ hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. Quyidagilar Samarqand viloyati maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining “Urgut” EIZ direksiyasiga doimiy foydalanishga berilayotgan yer uchastkalariga nisbatan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin: tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan va importning oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish; Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan samarali foydalanishni taʼminlash; mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari oʻrtasida va, umuman, respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish. 4. “Urgut” EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Samarqand viloyati hokimligi 2022-yilning 1-iyuliga qadar: Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “Urgut” EIZning yangi hududlari bosh rejalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda “Urgut” EIZning yangi hududlarini tasdiqlangan bosh rejalariga asosan muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan taʼminlash boʻyicha quriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda kelishish ishlarini yakunlasin. 6. Quyidagilar: Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi DUK “Urgut” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlari boʻyicha buyurtmachi etib; Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining mahalliy budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar “Urgut” EIZning bosh rejasini, obyektlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin. “Urgut” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha bosh pudrat tashkiloti belgilangan tartibda aniqlansin. 7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining yuridik shaxs tashkil etmagan holda mavjud shtat birliklari soni doirasida, xodimlari soni 3 ta shtatdan iborat “Urgut ofisi” tashkil etilsin va unga “Urgut” EIZ hududida amalga oshirish uchun istiqbolli loyihaviy takliflar ishlab chiqish hamda tashabbuskorlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda koʻmaklashish vazifasi yuklansin. 8. Belgilansinki: “Urgut” EIZ hududida, shu jumladan yangi tashkil etiladigan hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi; “Urgut” EIZ hududiga ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi. 9. Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki yil muddatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida “Urgut” EIZ loyihalarini joylashtirish uchun ajratilayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga teng miqdorda yangi yerlarni oʻzlashtirish choralarini koʻrsin. 10. Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda: ikki oy muddatda Samarqand va Surxondaryo viloyatlari iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral xom ashyo va infratuzilmani inobatga olgan holda, “Urgut” EIZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini; “Urgut” EIZ hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini; “Urgut” EIZ hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, “Urgut” EIZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlasin. 11. Quyidagilar: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakovga — vazirliklar, idoralar, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining “Urgut” EIZ rivojlanishi va samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, uning hududida investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatini nazorat qilish; energetika vaziri A.S. Sultanov, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov, transport vaziri I.R. Maxkamovga — “Urgut” EIZ hududidagi investitsiya loyihalarining obyektlari foydalanishga topshirilgunga qadar zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi hamda mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, ularga talab etiladigan ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: uch oy muddatda “Urgut” EIZning yangi hududlarini muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan taʼminlash uchun Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining zarur mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin; ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida 2022-yilning 1-fevral va 1-iyul sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2021-yil 4-noyabr, PQ-5278-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-5278-son qaroriga 1-ILOVA “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga kiruvchi yangi hududlar ROʻYXATI
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PQ-219-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 07/26/219/0588-son) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-5278-son qaroriga 2-ILOVA “Urgut” EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha CHORA-TADBIRLAR REJASI
Izoh : Koʻrsatilgan quvvat va tarmoq uzunliklariga loyiha-smeta hujjatlariga asosan oʻzgartirish kiritilishi mumkin. (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2021-y., 07/21/5278/1025-son; 29.11.2023-y., 07/23/378/0902-son; 22.12.2023-y., 07/23/400/0953-son; 12.02.2024-y., 07/24/64/0116-son; 11.06.2026-y., 07/26/219/0588-son) |
Постановление Президента Республики Узбекистан О мерах по расширению деятельности свободной экономической зоны «Ургут» В целях дальнейшего развития Ургутского района Самаркандской области, распространения опыта ведения благоприятного бизнеса, созданного в свободной экономической зоне «Ургут», на другие регионы, развития экспортного потенциала региона на основе высоких технологий, создания новых рабочих мест, а также обеспечения исполнения Закона Республики Узбекистан «О специальных экономических зонах»: 1. Определить территорию Ургутского района Самаркандской области свободной экономической зоной по производству инновационной, основанной на высоких технологиях, экспортоориентированной и импортозамещающей продукции. При этом субъектам предпринимательства, реализующим инвестиционные проекты по организации производства инновационной основанной на высоких технологиях, экспортоориентированной и импортозамещающей продукции на территориальных границах Ургутского района, предоставляется в установленном порядке статус участника свободной экономической зоны «Ургут» (далее — СЭЗ «Ургут»). 2. Согласиться с предложениями Министерства инвестиций и внешней торговли, Министерства сельского хозяйства, Министерства водного хозяйства, Торгово-промышленной палаты, хокимиятов Самаркандской и Сурхандарьинской областей, предусматривающими: изъятие для государственных и общественных нужд всего 580,8 гектара земельных площадей, перевод из них 273,6 гектара земельных участков из категории земель сельскохозяйственного назначения в другую категорию земель согласно приложению № 1*; расширение территории СЭЗ «Ургут» путем выделения дирекции СЭЗ «Ургут» земельных участков на праве постоянного пользования с проведением государственной регистрации их в качестве государственной собственности в установленном порядке. 3. Определить основными направлениями деятельности административного совета специальных экономических и малых промышленных зон Самаркандской области в отношении к земельным участкам, предоставляемым дирекции СЭЗ «Ургут» в постоянное пользование: привлечение прямых инвестиций иностранных и отечественных инвесторов для организации современных производств по выпуску востребованной на внешних рынках и импортозамещающей продукции с высокой добавленной стоимостью; обеспечение эффективного использования производственного и ресурсного потенциала Самаркандской и Сурхандарьинской областей; углубление процессов локализации производства высокотехнологичной продукции на основе установления прочных кооперационных связей на базе отечественного сырья и материалов, а также развития промышленной кооперации между предприятиями свободных экономических зон и в республике в целом. 4. Утвердить План мер по развитию производственной, инженерно-коммуникационной и транспортной инфраструктуры СЭЗ «Ургут» согласно приложению № 2*. *Приложения приводятся на узбекском языке. 5. Хокимияту Самаркандской области в срок до 1 июля 2022 года: совместно с Министерством строительства, Министерством инвестиций и внешней торговли разработать и утвердить генеральные планы новых территорий СЭЗ «Ургут»; совместно с Министерством экономического развития и сокращения бедности, Министерством жилищно-коммунального обслуживания, Министерством энергетики, Комитетом по автомобильным дорогам разработать проектную документацию возводимых объектов по обеспечению новых территорий СЭЗ «Ургут» инженерно-коммуникационной и дорожно-транспортной инфраструктурой на основе утвержденных генеральных планов и в установленном порядке завершить согласительные работы. 6. Определить: заказчиком работ по разработке генерального плана СЭЗ «Ургут», строительству, реконструкции и ремонту объектов дорожно-транспортной и инженерно-коммуникационной инфраструктуры, разработке проектной документации Инжиниринговую компанию ГУП «Служба единого заказчика» при хокимияте Самаркандской области; источниками финансирования разработки генерального плана СЭЗ «Ургут», проектной документации объектов средства местных бюджетов Самаркандской и Сурхандарьинской областей, а также иные источники, не запрещенные актами законодательства. Определить в установленном порядке генеральную подрядную организацию по разработке генерального плана СЭЗ «Ургут». 7. Создать «Ургутский офис» Центра разработки инвестиционных проектов при Министерстве инвестиций и внешней торговли без образования юридического лица в пределах имеющейся штатной численности в количестве 3 штатных единиц с возложением на него задач по разработке перспективных проектных предложений для реализации на территории СЭЗ «Ургут» и оказанию содействия инициаторам при разработке проектной документации. 8. Установить, что: выделение земельных участков для реализации инвестиционных проектов на территории СЭЗ «Ургут», в том числе на новых создаваемых территориях, осуществляется посредством электронного онлайн-аукциона в соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 21 декабря 2018 года № УП-5600 «О мерах по дальнейшему совершенствованию системы координации и управления деятельностью свободных экономических зон»; компенсационные выплаты по возмещению потерь сельскохозяйственного и лесного производства, связанных с выделением СЭЗ «Ургут» земельных участков, предусмотренных пунктом 2 настоящего постановления, в порядке исключения, не взимаются. 9. Хокимиятам Самаркандской и Сурхандарьинской областей совместно с Министерством сельского хозяйства в двухлетний срок принять меры по освоению новых земель в объеме, равном земельным площадям сельскохозяйственного назначения, выделяемым для размещения проектов СЭЗ «Ургут», в целях недопущения сокращения земельных площадей сельскохозяйственного назначения. 10. Хокимиятам Самаркандской и Сурхандарьинской областей совместно с Министерством инвестиций и внешней торговли, Министерством экономического развития и сокращения бедности, Торгово-промышленной палатой и коммерческими банками в установленном порядке обеспечить: в двухмесячный срок с учетом потребностей экономики Самаркандской и Сурхандарьинской областей, а также имеющегося минерального сырья и инфраструктуры разработку конкретных предложений — «дорожных карт» по размещению на территории СЭЗ «Ургут» предприятий по производству импортозамещающих и экспортоориентированных видов готовой продукции, материалов и комплектующих изделий; доведение до субъектов предпринимательства информации о видах импортозамещающей и экспортоориентированной готовой продукции, материалов и комплектующих изделий, предлагаемых для освоения на территориях СЭЗ «Ургут»; качественное и своевременное рассмотрение инвестиционных заявок по привлечению субъектов предпринимательства для реализации проектов на территории СЭЗ «Ургут», проведению системной работы с ними, а также размещению производств на территории СЭЗ «Ургут». 11. Возложить персональную ответственность на: заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан С.У. Умурзакова — за осуществление контроля деятельности министерств, ведомств, хокимиятов Самаркандской и Сурхандарьинской областей по развитию и эффективной деятельности СЭЗ «Ургут», а также своевременной реализации инвестиционных проектов на ее территории; министра энергетики А.С. Султанова, министра жилищно-коммунального обслуживания Ш.С. Хидоятова, министра транспорта И.Р. Махкамова — за обеспечение до ввода в эксплуатацию объектов инвестиционных проектов на территории СЭЗ «Ургут» подключения их к необходимым инженерно-коммуникационным сетям и исходя из имеющихся ресурсных и технических возможностей поставки им требуемой питьевой воды, природного газа, электрической энергии. 12. Министерству инвестиций и внешней торговли: в трехмесячный срок принять меры по привлечению необходимых средств институтов Арабской координационной группы для обеспечения новых территорий СЭЗ «Ургут» инженерно-коммуникационной и дорожно-транспортной инфраструктурой; в двухмесячный срок совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами внести в Кабинет Министров предложения об изменениях и дополнениях в законодательные акты, вытекающие из настоящего постановления. 13. Возложить на первого заместителя министра инвестиций и внешней торговли А.Б. Воитова и хокима Самаркандской области Э.О. Турдимова персональную ответственность за эффективную организацию исполнения настоящего постановления. Обсуждение хода исполнения настоящего постановления, осуществление координации и контроля за деятельностью ведомств, ответственных за его исполнение, возложить на заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан С.У. Умурзакова. О результативности осуществляемых мер информировать Президента Республики Узбекистан в срок до 1 февраля и 1 июля 2022 года. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 4 ноября 2021 г., № ПП-5278 (Национальная база данных законодательства, 05.11.2021 г., № 07/21/5278/1025; 29.11.2023 г., № 07/23/378/0902; 22.12.2023 г., № 07/23/400/0953; 12.02.2024 г., № 07/24/64/0116) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||