Hujjat raqami
667
Organ
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси
Imzolangan sana
02.11.2021
Kuchga kirish sanasi
03.11.2021
Qo‘shimcha axborot
Ulashish
ushbu Vaqtinchalik nizomning 7-bandida belgilangan miqdorda konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘im, shuningdek, haydovchilik guvohnomasini berganlik uchun to‘lov to‘laganligi to‘g‘risida kvitansiya.
8. Ushbu Vaqtinchalik nizom 7-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hisobvarag‘iga o‘tkazish tartibi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
15. Konsullik mansabdor shaxs diplomatik pochta orqali qabul qilgan milliy haydovchilik guvohnomasini talabgorga ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq avval to‘ldirilgan arizasiga hamda hisobga olish kitobiga olganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib topshiradi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Talabgor

1. Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga murojaat qilish.

1. Xohishiga ko‘ra

2. Nizomning 6 va 7-bandlariga muvofiq zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim qilish.

2. Murojaat qilinganda


2-bosqich

Konsullik muassasasi

Talabgor nomidan so‘rovnomani to‘ldirish va uni axborot tizimi orqali Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinda — IIV YHXBB) yuborish.

Bir ish kunida

3-bosqich

IIV YHXBB

1. Taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish.

2. Talabgorning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq berilganligi ma’lumotlar bazasi orqali tasdiqlash (guvohnoma tasdiqlanmagan holda asoslangan sabablarga ko‘ra rad etish xabarnomasini konsullik muassasasiga axborot tizimi orqali yuborish).

3. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish.

4. Rasmiylashtirilgan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga (keyingi o‘rinda — TIV KHD) yuborish.

Bir ish kunida

4-bosqich

TIV KHD

Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini konsullik muassasasiga diplomatik pochta orqali yuborish.

Diplomatik pochta jadvaliga muvofiq

5-bosqich

Konsullik muassasasi

1. YHXBBdan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yoki asoslangan sabablarga ko‘ra rad etish xabarnomasini olish.

2. Eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini olib qo‘yish.

3. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini egasiga berish yoki asoslangan sabablarga ko‘ra rad etish.

Bir ish kunida